Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 52 guests and no members online

Facebook

Hayvonlarning yukumli va invazion kasalliklari kafedrasi

2004 –yilda mavjud «Ichki yuqumsiz kasalliklar va klinik diagnostika», «Epizootologiya» va «Parazitologiya» kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedraga har xil davrlarda mudirlik qilgan dosent S.G.Yudin, professor L.M.Dukalov, dosent V.B.Klyuchkin, professor G.A.Kudryavsev, professor D.K.Bessanov, professor I.I.Arxangelskiy, professor N.V.Badanin, professor Sh.T.Rasulov, professor I.F.Afsalyamov, professor X.Z.Ibragimov, professor N.G.Shatoxin, akademik I.X.Ergashev, dosent M.S.Xabiyev, dosent P.B.Boboyev, professor M.P.Parmanov, professor Q.N.Norboyev va veterinariya fanlari doktori R.B.Davlatovlar mudirlik qilgan va sermahsul ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirganiar.

Taniqli o’zbek olimlaridan veterinariya fanlari doktori, O’zRda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor H.Z.Ibragimov ozining 24 yilllik mudirligi davomida chorva mollarining Trixodesmatoksikoz, Ustilagotoksikoz va modda almashinuvi buzilishi kasalliklariga qarshi kurash chоra – tadbirlarini ishlab chiqgan. Mahsuldor hayvonlarni dispanserlash ta’limotiga asos salgan va 10 ga yaqin fan doktorlari va 50 ga yaqin fan nomzodlarini tayyorlab, veterinariya terapevtlari maktabini yaratgan.
O’zRFA muxbir a’zosi, veterinariya fanlari doktori, prfessor I.X.Irgashev ham uzoq yilllar davomida kafedraga mudirlik qilgan. Olimning rahbarligida Respublikaning gelmint faunasi o’rganilgan, Devastasiya ta’limotiga asos solingan. Chorva mollarining bir qator parazitli va gelmintli kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. U kishi tomonidan 10 ga yaqin fan doktorlari va 50 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlanib, O’zbekiston veterinariya parazitologlari va gelmintologlari maktabi yaratilgan

Yetuk epizootolog olim veterinariya fanlari doktori, prfessor Sh.T.Rasulov rahbarligida trixofitiya va boshqa qator yuqumli kasalliklarga qarshi kurash chora – tadbirlari ishlab chiqilgan. Respublika sharoitidagi chorva mollarining yuqumli kasalliklariga qarshi vaksinalar va autovaksinalar ishlab chiqilishiga ilmiy asos solingan.
Keyingi 10 yil ichida kafedrada 5 ta darslik, 10 ta o’quv qo’llanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar va 22 ta ilmiy tavsiyamomalar chop etilgan. 6 ta patent guvohnomasi olingan. 13ta asosiy fan bo’yicha yangi tipdagi O’quv – uslubiy majmua tayyorlangan. 1 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.
Chorva mollarining modda almashinuv buzilishlari va jigar kasalliklariga qarshi DOB, Ultraketost, LPP, premikslari, «Yo’ldosh ekstrakti», «Gepastimulin» va «Fexoselen» to’qima preparatlari, jinsiy siklni muvofiqlashtiruvchi «Ovariotropin» garmonal preparati, pasterellyoz, salmonellyoz va kolibakterioz kasalliklariga qarshi autovaksinalar, parranda eymerioziga qarshi «Kolikokstat» kompleks preparati, «Antgelmintikli – tuzli yalama» va boshqa qator preparatlar yaratilgan.
Chetdan olib kelingan zotdor qoramollarda adaptasiya sharoiti bilan bog’lik holda paydo bo’ladigan kasalliklar urganilmoqda. Ulardagi yuqori mahsuldorlik va pushtdorlik imkoniyatlarini saqlab qolish hamda ularning o’lka kasalliklariga chidamligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan «Uyg’un dispanserlash» usuli ishlab chiqilgan.
Respublikamizdagi 10 dan ziyod xo’jaliklar va korxonalar bilan korporativ aloqalar, Moskvadagi Skryabin nomidagi veterinariya tibbiyoti va biotexnologiya akademiyasi, AQShdagi Boston universiteti, O’zVITI, ToshDAU, SamDU va SamDTI lar bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yilgan.

Hozirgi paytda kafedrada veterinariya faniari nomzodi dosent B.Bakirov rahbarigida professorlar B.S.Salimov, Q.N.Norboyev va H.S.Salimov, veterinariya fanlari doktori R.B.Davlatov, dosentlar M.B.Safarov, X.K.Bozorov, , A.J.Rahmonov, B.M.Eshburiyev, T.Toyloqov, A.O.Rahmonov, M.N.Mamatova, A.S.Daminov va P.S.Haqberdiyev, B.X.Ibragimov, katta o’qituvchilar Sh.B.Ataqurbonov S.M.Murodov, Z.J.Shopulatova va A.Qambarov, , B.X.Ibragimov, fan nomzodlari N.B.Ro’ziqulov, D.D.Aliyev, Sh.X.Qurbanov, SH.Amingonov va V.Dystqylov, S.B.Eshburiyev,assistentiar A.Tursunqulov , S.Xoliqov, A.Abdulakimova va Uroqov K. vet vrach-ordinatorlar D.Tursunqulova va V.Qarshiyeva, , kabinet mudiri U.Sadiqova katta laborant SH. boboeva, laborant M.Haqnazarova, katta ilviy xodim – izlanuvchilar O.Boboyev, A.Xodjamshukurov va D.Nishonovlardan iborat ahil jamoa faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedra jamoasi o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birgalikda talaba yoshlar hayotida sog’lom turmush tarzini shaklantirishga qaratilgan ma’naviy – ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
O’tgan 2011 – 2012 o’quv yilida Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asari talaba yoshlar orasida keng targ’ib etildi. Ushbu 2012-2013 o’quv yilida muhtaram Prezitentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonosida» nomli buyuk asari talabalar ongigacha yetkazilmoqda. Mazqur asardan kelib chiqarilgan vazifalarni ijro etish hammaning burchi ekanligi atroflicha tushintirilmoqda.
Kafedrada professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi o’zaro muomala munosabatlarida «Odob va ahloq qoidalari»ga rioya qilish yo’lga qo’yilgan

bo’lib, jamoada sog’lom ma’naviy - ahloqiy muhit vujudga kelgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 86%, urtacha yosh 53

MODDIY-TEXNIK BAZA
Kafedrada 2 ta ma’ruzaxona, 22 ta amaliy mashg’ulot xonasi, modda almashinuv patologiyasi laboratoriyasi, virusologiya laboratoriyasi, mikrobilogiya laboratoriyasi, zooparazitologiya laboratoriyasi, rentgen xonasi, fizioterapiya va radiobiologiya xonasi, kompyuter xonasi, 5 dona kompyuter, 1 dona videoproyektor, 2 dona kodoskop, rentgen apparati, elektron mikroskop, 2 dona fotoelektrokolorimetr, 30 dona oddiy mikroskop, elektrokardiograf, avtoklavlar, quritish shkaflari, har xil diagnostikumlar, yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilari shtamplari, ichki yukumsiz, parazitli va akusher – ginekologik kasalliklarga tashxis qo’yish va davolashda ishlatiladigan boshqa asbob-uskuna va jixozlar mavjud.
Aksariyat fanlar bo’yicha darsliklar chop etilgan, o’quv – uslubiy majmualar yaratilgan.
Bulardan tashqari, fakultet vivariysida saqlanayotgan 5 bosh qoramol, 10 bosh mayda shoxli hayvonlar, ot, eshak hamda quyon va oq sichqon kabi laboratoriya hayvonlaridan, atraf mahallalaridan kelgan kasal it, qoramol, ot va qo’y-echkilardan dars jarayonida to’liq foydalaniladi.
Institut o’quv – tajriba xo’jaligidagi mavjud 20 boshdan ziyod qoramol, 50 boshga yaqin qo’y – echki va 200 donadan ortiq parranda kafedraning o’quv jarayoniga jalb etilgan.
Mikrobiologiya, VSE va Vetradiobiologiya fanlari bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlarini amalga oshirish uchun O’zVITI radiobiologiya laboratoriyasi, Siyob va boshqa dehqon bozorlari veterinariya – sanitariya eksperizasi laboratoriyalari hamda Samarqand viloyat veterinariya laboratoriyasi imkoniyatlaridan keng faydalaniladi.

O’QUV-USLUBIY IShLAR

Ma’ruzalar professorlar va dosentlar tomonidan ma’ruza matnlari, kodoskop va videoproyektorlar yordamida, kasal a’zolar materiallari, gijja namunalari, davolash va profilaktik vositalar namunalari hamda tarqatma materiallardan foydalanilgan holda o’tkaziladi va muntazam ravishda nazorat qilib tu’riladi.
Amaliy mashg’ulotlar talabalarning mustaqil ishlashi uchun to’liq sharoit yaratilgan holda hamda ishlanmalar, tarqatma materiallar hamda vivariyda saqlanadigan, institut o’quv – tajriba xo’jaligidan va atrof mahallalardan keltirilgan sog’lom va kasal qoramol, ot, eshak, qo’y – echki va itlardan faydalanilgan holda o’tkaziladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarining maqsadi yuqumli, parazitar, yuqumsiz va akusher – ginekologik kasalliklarga tashhis qo’yish usullarini o’rgatishga qaratilgan bo’lib, qon, tezak, sut, oshqozon suyuqligi, yuqumli kasalliklar paytida olingan patologik materiallarni gematologik, serologik, bakteriologik, virusologik, kaprologik va boshqa tur tekshirish usullarini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ekpertizadan o’tkazish usullarini o’rgatish buyicha tajribalar o’tkaziladi.
Malakaviy amaliyotlar barcha bosqichlarda oldindan belgilangan fermer xo’jaliklarida amalga oshiriladi va ular yordamida nazariy bilimlar amalda mustahkamlanadi. Amaliyot natijalari bo’yicha hisobotlar komissiya oldida himoya qilinadi.
Mustaqil ta’lim joriy va oraliq nazoratlar tarkibiga kiritiladi va referatlar shaklida rasmiylashtiriladi.
Fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari test reyting tizimi asosida aniqlab boriladi va reyting oynasida yoritib boriladi.

ILMIY-TADQIQOT IShLARI

Ilmiy – tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1. Mahsuldor qoramollarda modda almashinuvi buzilishlari va bepushitlikning oldini olishi.
2. Chorva mollari yuqumli kasalliklarini yangidan tayyorlangan vaksina va autovaksinalar yordamida bartaraf etish.
3. Chorva mallarining tremotodozlari va qon parazitar kasalliklariga qarshi kurashni takomillashtirish.
4 ҚХА-9-115 “Ўзбекистоннинг қорамолчилик фермер хўжаликларида сигирларда модда алмашинуви бузилишлари ва бепуштликни профилактика қилишнинг самарали услуб ва воситаларини яратиш”.
Keyingi 5 yil davomida 30 dan ortiq magistrlik, 7 ta nomzodlik (Sh.Avezimbetov, Sh.Qurbanov, N.Ro’ziqulov, D.Aliyev, S.Eshbo’riyev, SH.Aminjonov, V.Doctqulov) va 1 ta doktorlik (R.B.Davlatov) dissertasiyalari himoya qilindi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar kurs va guruhlarga rahbarlik shiklida hamda kafedradagi fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar paytidagi ma’naviy – ma’rifiy ishlar shaklida har o’quv yilning boshida tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi yoshlar hayotida sog’lom turmush tarzini vujudga keltirishga qaratilgan bo’lib, keyingi 5 yil ichida boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan bir qatorda Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” nomli asari talaba yoshlar va professor-o’qituvchilar orasida keng tarzda va takror-takror o’rganib chiqildi.
Prezidentimizning “O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” nomli mashhur asari keng ko’lamda va barcha pog’analarda atroflicha inforsion texnik vositalar yordamida o’rganilmoqda.
Institutda ishlab chiqilgan “Odob-ahloq qoidalari” ham professor-o’qituvchilar, ham talaba yoshlar ongiga yetkazildi va hayotga tadbiq etilmoqda.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550