Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 51 guests and no members online

Facebook

Gumanitar fanlar kafedrasi

Gumanitar fanlar kafedrasi 2004 yilda tashkil topib faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Falsafa bo’yicha ma’ruza darslarini 1929 yildan boshlab institutning birinchi rektori, falsafa fanlari doktori professor V.V.Makoveyev o’qigan. Institut rektori vazifasini bajarish bilan birgalikda falsafa kafedrasini ham boshqarib kelgan. Keyinchalik uzoq yillar davomida kafedra turli nomlar bilan faoliyat ko’rsatib kelib, turli yillarda mamlakatimizning etakchi olimlari O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Vitse-Prezidenti I.M.Muminov, A.D.Rodshild va A.X.Mazidov O’zbekiston Fanlar Akademiyasining mashhur a’zosi professor O.M.Aminov, professor Xodi Fayziy, professor N.Aberkulov, professor Sh.Sulaymonov dotsentlar: X.M.Miftaxov, M.M.Axmedov, S.A.Sodiqov, T.Xayitov, T.Sattorov, A.Gaybullayev, L.O’Jamolov, D.N.Aberkulovlar boshqargan.
Kafedra jamoasi institut ijtimoiy-siyosiy hayotida salmoqli ishlarni amalga oshirib, talabalar va xodimlar o’rtasida siyosiy-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kafedra o’z faoliyatini o’quv yiliga muljallangan reja asosida olib bormoqda. Kafedra yig’ilishlarida o’quv ishlari, o’quv metodik ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari, tashkiliy metodik ishlar, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning holati doimiy ravishda tahlil qilinib borilmoqda, ma’ruza matnlari va uslubiy ishlar muhokama qilinmoqda. Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlar bo’yicha yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o’quv-uslubiy majmualar yaratilgan.
1999 yildan boshlab Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qaroriga asosan “O’zbekiston tarixi” fanidan Davlat Attestasiyasi o’tkazilib kelinmoqda. Shuningdek magistratura bosqichiga qabuli uchun “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”bo’yicha ham Davlat Attestasiyasi o’tkazilmoqda.
Hozirgi vaqtda kafedra jamoasi “Yoshlarning siyosiy ongini yuksaltirishda milliy-manaviy qadriyatlarning o’rni” umumkafedra mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O’zbekiston tarixi bo’yicha “XX asr boshlarida o’zbek dehqonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli”, “O’zbekistonda veterinariya tarixi” mavzulari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu mavzular bo’yicha tadqiqotlarga kafedra mudiri t.f.n. D.Aberkulov, dotsentlar: O.Turg’unboyev, L.Jamolov, A.G’aybullayev, A.Toyirovlar jalb etilgan.
D.Aberkulov, A.Toyirov, M.Vahobov, S.Turatoshyeva, B.Hamzayev, O.Haydarov, M.Qulmatov, J.Ostanov, Sh.Tangirovlar doktorlik dissertasiyasi ustida ish olib bormoqda.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashsamarali yo’lga qo’yilgan. Kafedrada “Yosh tarixchilar”,“Yosh faylasuflar” va “Yosh ma’naviyatchilar” talabalar ilmiy to’garagi faoliyat olib bormoqda. Ular bilan maxsus reja asosida mashg’ulotlar tashkil qilinmoqda. Ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stependiyasi va boshqa nomdor stependiya tanlovlariga tayyorlamoqda. Jumladan 2004-2007 o’quv yilida 22 nafar iqtidorli talaba, 2008-2011 o’quv yilida 26 nafar iqtidorli talaba, 2012-2016 o’quv yilida 30 nafar iqtidorli talabalar tayyorlandi. Ular orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stependiyanti, Beruniy stependiyanti, A.Navoiy stependiyantlari mavjud. Iqtidorli talabalar kafedradagi ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinmoqda, ular turli konferensiyalarda o’z maqolalari bilan munosib ishtirok etib kelmoqda.
Kafedrada turli ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Kafedra a’zolari institut, tuman, shahar va viloyat miqyosida targ’bot-tashviqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550