Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Veterinariya, zootexniya va qorako'lchilik fakulteti


NIYOZOV HAKIM
Veterinariya fanlari nomzodi, dotsent, fakultet dekani
ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77.  140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662342162
Fax: +998662340786
Qabul kunlari:  Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.
 
         «Veterinariya, zootexniya va qorako'lchilik» fakulteti Respublikamiz chorvachiligining barcha sohalari, davlat, nodavlat, xususiy veterinariya davolash muassasalari, bojxona, ichki ishlar vazirligi, milliy xafsizlik qo'mitasi, kinologiya va chegaramiz veterinariya xizmati uchun «Veterinariya», «Zootexniya» va «Qorako'lshunos-texnolog», Kasb ta'limi (veterinariya va zootexniya) yo'nalishlari bo'yicha bakalavriat hamda magistrlik darajasidagi malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Fakultet 1929 yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentyabrdagi «Respublika qishloq va suv xo'jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi 415-sonli qarori, ijrosini ta'minlash maqsadida «Veterinariya», «Zootexniya», «Qorako'lchilik» fakultetlari hamda «Kasbiy ta'lim» bo'limi birlashtirilib, bir jamoa sifatida faoliyat ko'rsatishmoqda.
Kafedralar: 
1. Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiyasi; 
2. Hayvonlar kasalliklari va parazitologiyasi; 
3. Zootehniya, hayvonlar genetikasi va urchitish; 
4. Chorva ozuqasi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi; 
5. O'zbek tili va chet tillar; 
6. Pedagogika Psihologiya va o'qitish metodikasi;
          Fakultetda o'quv klinikasi, o'quv-ilmiy laboratoriya, turli hayvonlar asraladigan vivariya, o'quv-tajriba xo'jaligi, o'quv va ko'rgazmali muzeylar hamda dorixonalar mavjud. Shuningdek, ta'limning zamonaviy texnik vositalari hamda asbob - uskunalari bilan jihozlangan laboratoriya, o'quv xonalari va binolar talaba-yoshlar hamda professor - o'qituvchilar xizmatida.
          Ayni paytda fakultetda etarli darajadagi intellektual salohiyatga ega bo'lgan professor - o'qituvchilar jamoasi mavjud bo'lib, 15 nafar fan doktori, professorlar, 46 nafar fan nomzodi, dosentlar, 42 nafar katta o'qituvchi va assistentlar hamda ko'p sonli laborant va texnik xodimlar fidoyilik bilan yoshlarga kasb sirlarini o'rgatishadi.
           Mutaxassislar o'z navbatida hayvonlar va parrandalar zotining sermahsul yo'nalish liniyasini yaratish, yuqumli kasalliklardan asrash, chegaradan ularning kirib kelish yo'llarini to'sish, chiqib qolgudek bo'lsa, zudlik bilan karantin tadbirlarini o'tkazib, yo'q qilish, mamlakat aholisini ekologik toza chorva mahsulotlari bilan ta'minlash borasida ish olib boradi va nazorat qiladi.
         Fakultetda istiqbolli ilmiy salohiyat faoliyat ko'rsatib, jamoa ilm ahli «Respublikamizda chorva mollari, uy hayvonlari hamda parrandalarning turli kasalliklarini oldini olish, davolash, ularga qarshi kurashish, veterinariya-sanitariyasi hamda chorvachilik va ekologiyaning boshqa dolzarb muammolari» mavzusidagi keng qamrovli yo'nalishda ilmiy - tadqiqot ishlari-ni bosqichma - bosqich amalga oshirmoqdalar.
          Tadqiqotlar natijasi bo'yicha turli vaksinalar, dorivor aralashmalar, vitamin va ma'danli birikmalar, antgelmentik granula va yalamalar hamda eritma xolatidagi dori - moddalar, ko'plab yangi usul va vositalar ishlab chiqilib, patentlar olinib, amaliyotga joriy etilib kelinmoqda. Shuningdek, chorvachilik sohasida ham muhim ishlanmalar yaratilib, sut va sut-go'sht yo'nali-shidagi qoramol zotlarini yaxshilash, ularning mahsuldorligi, go'shtdorligi, nasl sifatini oshirish bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Qorako'lshunos olimlar tomonidan qorako'l qo'ylarining 5 ta zavod tipi yaratilgan.
          Jamoa olimlari so'nggi yillarda o'tkazilgan tanlov bo'yicha 5 ta «grant» sovrindori bo'lib, yilda o'rtacha - 12 million so'mlik ilmiy - amaliy tadqiqot ishlarini bajarishadi. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan yiliga 1 - 2 ta texnik shartlar (TU), instruksiya va ko'rsatmalar tasdiqlanmoqda.
          Fakultetda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya Komissiyasining D120.34.02 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengashi ham faoliyat ko'rsatib, nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalariga erishishga intilgan olimlarning dissertasiyalarini himoya qilish imkoniyatini bermoqda. 
Ayni paytda fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash talab darajasida olib borilmoqda. Talaba yoshlarni ilmga yo'naltirish va yetuk olimlar tayyorlash maqsadida 12 ta mutaxassislik bo'yicha magistratura, 8 ta ixtisoslik bo'yicha aspirantura va doktorantura izchil faoliyat ko'rsatmoqda.
           Fakultetning 80 yillik faoliyati davomida 19850 nafar veterinariya vrachlari, 11800 nafar zoomuhandislar, 4050 nafar qorako'lshunos kabi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan bo'lib, ular nafaqat O'zbekiston Respublikasining turli sohalarida, balki qator xorijiy mamlakatlar: Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Kuba, Misr, Afg'oniston, Mongoliya, Hindiston, Xitoy, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston kabi davlatlarda ham ishlab chiqarishning turli sohalarida xizmat qilmoqdalar.
            Xususan, O'zRFA akademigi Irgashev I.X. (marhum), akademiklar Sh.A.Akmalxonov va K.K.Karibayev, O'zRFA qarashli Zoologiya institutining akademigi J.A.Azimov, O'zR Vazirlar kengashining sobiq raisi Xudoyberdiyev N.J., UzR Oliy Kengashining sobiq raisi, professor N. M. Matchonov; institutimizning sobiq rektorlari: professor S.N.Voxidov, professor Haitov R.X., O'zbekiston qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ITI direktori Yusupov S.Yu., O'zbekiston veterinariya ITI direktori Mavlonov S... va shuningdek, marhum professorlar: Narziyev D.X., Rasulov Sh.T., Raximov A.A., Mavlonov N.A., To'raqulov Z.T., Uzoqov U.Ya., Dushanov A.D., Jalilov S.Z. boshqa ko'plab zabardast olimlar ham fakultetimizning sobiq talabalari hisoblanishadi.
           So'nggi yillarda jamoa professor - o'qituvchilari fakultet dekani, dosent N.O.Farmonov tashkilotchiligida «Ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini ijro etib, agrar soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishmoqdalar. Hozirgi kunda o'quv - uslubiy jarayonlarga yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilib, barcha fanlar bo'yicha zamonaviy darslik va o'quv - uslubiy qo'llanmalar tayyorlanmoqda. Jumladan, oxirgi 10 yilda 14 ta darslik, 56 o'quv qo'llanma va uslubiy ko'rsatmalar chop etilib,talabalarga taqdim etilgan.
           Fakultet professor -o'qituvchilari tomonidan «Ta'lim to'g'risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni o'quv jarayoniga tatbiq etishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha fanlar bo'yicha talabalar bilimini baholashda test-reyting tizimi joriy etilgan bo'lib, o'zining samarasini bermoqda. Fakultet talabalari orasidan Prezident stependiatlari, Beruniy stipendiyasi sovrindorlari va boshqa tanlovlar g'oliblarining yetishib chiqqanligi buning yaqqol isbotidir.
            Fakultetda o'quv, o'quv uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma'naviy - ma'rifiy ishlar, Davlat veterinariya sohasi, chorvachilik va shuningdek, fermer xo'jaliklari, xususiy xo'jaliklar uchun yuqori malakali mutaxassislarni, zooveterinariya fani rivojiga katta hissalarini qo'shayotgan ilmiy xodimlarni yetkazib berish ishlari zamon talablari darajasida olib borilmoqda.
Ilm istovchi yoshlar ushbu maskanda yetuk mutaxassis bo'lish imkoniyatiga egadirlar. 
Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550