Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 369 guests and no members online

Facebook

Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi

O’quv-uslubiy ishlar.


Hozirgi davrda kafedrada quyidagi fanlar o’qitilmoqda:
Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari;
2010-2017 yillarda kafedrani kompyuter sinflari 39 ta yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi. Kafedrada darslar zamonaviy axborot-kommunikasiya va internet taxnologiyalaridan foydalanilgan holda o’tilmoqda. Kafedradagi kompyuterlarga “Multimediali interaktiv o’rgatuvchi dasturiy majmui-elektron darsliklar” o’rnatilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan fanlar bo’yicha “O’QUV-USLUBIY MAJMUA”lar ishlab chiqilgan va ular o’quv jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tadbiq qilinib kelinmoqda. Shu davrga qadar kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan ko’plab o’quv-uslubiy, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar yaratilgan. Bu kutubxona Internet tizimida olinayotgan yangi manbalar hisobiga muntazam ravishda to’ldirilib borilmoqda.
•Kafedra o’quv xonalari zamonaviy kompyutyerlar bilan jihozlangan. Kafedra Internet tarmog’iga ulangan o’quv xonalariga ega.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar. Kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan «Qishloq xo’jaligida menejment» fakulteti tomonidan ajratilgan bosqich va guruhlarga rahbarlik qilish yo’lga qo’yilgan. Jumladan, «Ma’naviyat va ma’rifat ishlari dasturi»ga muvofiq quyidagi tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:
•Vatanga hurmat his-tuyg’ularini shakllantirish. O’zbekiston Respublikasining madhiyasi, gerbi va bayrog’ining mohiyatini anglash;
•O’zbekiston Respublikasining «Mustaqillik kuni» bayrami munosabati bilan tadbirlar tashkil qilish;
•Markaziy Osiyo va o’zbek xalqining mustaqilligi uchun kurashgan Shiroq, To’maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va boshqa qahramonlarga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazish;
•“Milliy mafkura nima?”, “O’zbek xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi”, “Milliy g’urur nima?”, “O’zbek xalqining umuminsoniy qadriyatlari”, “O’zbekiston dunyo nigohida”, “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak” mavzularida anjumanlarni tashkil etish;
•Vatan himoyachilari kuni, Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan urush qatnashchilari Vatan himoyachilari o’rtasida uchrashuvlar tashkil etish;
•Konstitutsiya kuni munosabati bilan vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari, tushunchalari mavzularida uchrashuvlar o’tkazish;
•Talabalarning Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklariga sayohatlarini tashkil etish va ularning ma’naviy ahamiyati haqida suhbatlar uyushtirish;
•Talabalarni dunyo yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish, tahlil va muhokamalar qilishi, har xil qiziqarli mavzularda munozaralarini tashkil etish;
•Talabalarni jamoat joylarida o’zini tuta bilishi, ichkilikbozlik, giyohvandchilik va jamoatchilikning huquqlari mavzusida suhbatlar uyushtirish;
• “Oilaviy tarbiya-ma’naviy tarbiya beshigi”, “Sharqona nikoh va oila” mavzularida uchrashuvlar o’tkazish. Turli teri-tanosil kasalliklarni davolovchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
• “O’qituvchi-murabbiylar” kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish;
•Yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish. Qizlar o’rtasida 8-mart xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan kechani tashkil etish;
• “Vatan muqaddasdir”, “Kiyinish va muomala odobi” mavzularida suhbatlar uyushtirish. Talabalarni turli xil sport to’garaklari va sport tadbirlariga jalb etish.
Halqaro aloqalar. Kafedramizning yetakchi professor–o’qituvchilari Respublikamizda kibernetika faniga asos solgan taniqli olim, akademik V.Qobilovning tashabussi bilan tashkil qilingan O’zFA Kibernetika IICHBda nomzodlik dissertatsiyalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Hozirgi paytda bu ilmiy maskan O’zFAning «Informatika» ITI nomi bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Bu ilmiy - tadqiqot instituti bilan hamkorlik hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Shuningdek, kafedramiz professor-o’qituvchilari chet tillarda (Rossiya Federasiyasi, Malayziya va boshq.) ham malaka oshirish kurslarida o’qib, u davlatlarda erishilgan ilg’or tajribalarni o’rganib keldilar.
•Oliy matyematika va axborot texnologiyalari kafedrasi bilan Respublikamiz, MDH davlatlari va dunyoning quyidagi universitet, akademiya, institut va ilmiy-tadqiqot institutlari o’rtasida hamkorlik yo’lga quyilgan:
•MARA texnologiya universiteti. Malayziya;
•K.Timiryazov nomidagi Moskava qishloq xo’jalik akademiyasi - Rossiya Davlat Agrar Universiteti. Rossiya federasiyasi;
•Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. O’zbekiston;
•Toshkent Davlat texnika universiteti. O’zbekiston;
•Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti. Toshkent.O’zbekiston;
•Toshkent moliya universiteti. Toshkent.O’zbekiston;
•O’zbekiston Milliy inistitutii. O’zbekiston;
•Toshkent Davlat agrar universiteti. O’zbekiston;
•Samarqand Davlat universiteti. O’zbekiston;
•Termiz Davlat universiteti. O’zbekiston;
•O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va uning filallari. O’zbekiston;
•TATU Samarqand filiali. Samarqand;
•Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Samarqand. O’zbekiston.
Ustoz va shogirdlik munosabatlari. Kafedramizda fan to’garaklarida talabalar bilan ishlashga katta e’tibor berilmoqda. Kafedrada tashkil qilingan «Oliy matematika» va “Informatika. Axborot texnologiyalari” fanlari bo’yicha fan to’garaklariga har yili 50 dan ziyod talaba jalb qilinib kelinmoqda.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550