Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Kafedra professor - o’qituvchilarining ilmiy-uslubiy ishlari

 

2012-2013 o’quv yili davomida kafedrada bakalavrlar uchun 31 ta fanlardan va texnologik fakultetlar uchun 8 ta aralash fanlardan o’quv-uslubiy majmualar yaratildi. Shuningdek yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni o’z ichiga oluvchi katta hajmdagi ta’lim texnologiyalari yaratildi va yig’ma jild shaklida chop etildi. Ya’ni, kafedrada o’tiladigan Iqtisodiy nazariya, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, Iqtisodiy geografiya, Personalni boshqarish, Marketing, Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Korxonalar iqtisodiyoti, Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish, Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish va uning iqtisodiyoti, Jahon qishloq xo’jaligi va iqtisodiyoti, Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi, Kichik biznes va tadbirkorlik, Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti, Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari, Agrosanoat majmuasida menejment, Zamonaviy ish yuritish asoslari, Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti, Qishloq xo’jaligi menejmenti va marketingi va magistrlar uchun Ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti va Rahbarlik san’ati fanlaridan ishchi dasturlar tayyorlandi va mavjudlari yangilandi, texnologik xaritalar, reyting rejalari, grafigi va reyting oynasi tayyorlandi. Shuningdek, ushbu fanlar bo’yicha professor-o’qituvchilar maruzalar va assistentlar amaliyot darsi ishlanmalarini tayyorlashdi. Yuqoridagi fanlar bo’yicha reyting savollari va test savollari, shuningdek imtixon biletlari ishlab chiqildi. Bundan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim texnologiyalari yaratildi. 

 

          Kafedra mudiri, i.f.d., professor O.Murtazayev. Men, 2012-2013 o’quv yilida iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 2-3-4- bosqich iqtisodiyot kunduzgi bo’lim talabalariga mos ravishda «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» va «ASM iqtisodiyoti» fanlaridan, 3-bosqich “Fermer xo’jaligini boshqarish” bo’limi talabalariga «ASM iqtisodiyoti» fanidan 4-bosqich talabalariga “Fermer xo’jaligini boshqarish” bo’limi talabalariga “Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti va tashkiliy asoslari” fanlaridan ma’ruza darslarini olib bordim. Shuningdek, ushbu oqimlar bo’yicha malakaviy ishlab chiqarish amaliyotiga uslubiy rahbarlik ishlarini amalga oshirdim. Agronomiya, veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakultetlari magistrlariga “Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti”fanidan ma’ruza va amaliyot darslarini olib bordim. Iqtisodiyot kunduzgi  bo’lim 4-kurs bitiruvchilarining bitiruv ishlariga rahbarlik qildim. 3-kurs kunduzgi bo’lim talabalariga «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» fanidan bosqich ishiga rahbarlik qildim. Talabalardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat qabul kildim. Bundan tashqari institut o’quv bo’limi tomonidan o’quv yuklamasiga qo’shimcha kiritilgan«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizasiyaya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish»  nomli ma’ruzalarini oliy ta’lim muassasalarida o’rganish bo’yicha  ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib bordim. Institut rektorining buyrug’iga binoan kunduzgi bo’lim bitiruvchilarining Davlat Attestasiyasi himoyasida ishtirok etdim. Bundan tashqari Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi Bir martalik kengashning muammoli – kordinasiyalashtiruvchi kengashining a’zosi sifatida, Toshkent Moliya instituti qoshidagi bir martalik kengash a’zosi sifatida dissertasiya himoyalarida ishtirok etdim. Institut ilmiy kengashining a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatdim.

 

Hisobot davrida mening rahbarligimda 9 ta bakalavr malakaviy bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti bitiruvchi-bakalavrlaridan 8 kishiga va magistrlaridan 10 kishiga tashqi taqriz yozib berdim.

 

2012-2013 o’quv yili davomida men «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» va «ASM iqtisodiyoti» fanlaridan ishchi dasturlar tayyorladim va mavjudlari yangiladim, texnologik xaritalar, reyting rejalari, grafigi va reyting oynasi tayyorladim. Shuningdek, ushbu fanlar bo’yicha maruzalarga tayyorlandim, ma’lumotlar to’pladim va «ASM iqtisodiyoti» fani bo’yicha ma’ruza matnlari tayyorladim. Yuqoridagi fanlar bo’yicha reyting savollari va test savollari ishlab chiqdim. Institut magistrlari uchun «Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti» fanidan ishchi dastur, texnologik xarita, reyting xaritasi, reyting rejasi va boshqa hujjatlar tayyorladim. Shuningdek, bakalavrlar uchun «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti», «ASM iqtisodiyoti» «Fermer xo’jaliklari iqtisodiyoti va tashkiliy asoslari» fanlaridan  magistrlar uchun «Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti», fanlaridan o’quv-uslubiy majmua tayyorladim. Yuqorida qayd etilgan fanlarning har biridan 100 tadan savol va javoblari bilan hamda test savol–javoblari tayyorladim. Bundan tashqari «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti», «ASM iqtisodiyoti» fanlaridan va magistrlar uchun «Ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti» fanlaridan  yangi talab bo’yicha ta’lim texnologiyalarini yaratdim.

 

Dosent Sh. Raxmonov  2012-2013 o’quv yilida 5340100-Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi) talabalari uchun “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Agrosanoat majmui iqtisodiyoti” fanlaridan namunaviy o’quv dasturi tayyorlandi , o’tiladigan 2 ta fan bo’yicha ishchi o’quv dasturlari – o’quv majmualari tayyorlandi, barcha o’tiladigan fanlardan assistentlar bilan hamkorlikda ta’lim texnologiyalari yangilandi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlandi, ma’ruza kursi va amaliy mashg’ulot ishlanmalari tayyorlandi, 5340100-“Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan talabalarni Respublika olimpiadasiga va ilmiy konferensiyalarga tayyorlandi, ilmiy ishlari uchun materiallar to’plashga yordamlashildi  hamda o’quv – uslubiy materiallarga taqrizlar berildi.

 

Dosent D.Raxmonov 2012-2013 o’quv yilida  “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va  menejment ” fanidan  4-bosqich 5640100-Veterinariya, 4- bosqich 5630100-Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish, 5620500-Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi hamda 3-bosqich 5140900-Kasb ta’limi (zootexniya)  ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun namunaviy o’quv dasturi tayyorlandi , o’tiladigan 3 ta fan bo’yicha ishchi o’quv dasturlari – o’quv majmualari tayyorlandi, barcha o’tiladigan fanlardan assistentlar bilan hamkorlikda ta’lim texnologiyalari tayyorlandi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlandi,  ma’ruza kursi va amaliy mashg’ulot ishlanmalari tayyorlandi, talabalar   ilmiy konferensiyalarga tayyorlandi hamda  iqtidorli talabalarga uy vazifalari berib, ilmiy ishlari uchun materiallar to’plashga yordamlashildi hamda o’quv – uslubiy materiallarga taqrizlar berildi.

 

Dosent I.Salomov 2012-2013 o’quv yilida iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 5610100-Fermer xo’jaligini boshqarish ta’lim yo’nalishining 1-bosqich talabalariga “Mutaxassislikka kirish” fanidan, 5340100-Iqtisodiyot  ta’lim yo’nalishi 3-bosqich kunduzgi bo’lim talabalariga “ Kichik biznes va tadbirkorlik” fanidan,  Agronomiya fakultetining 5620100-Agrokimyo va agroturroqshunoslik yo’nalishi, 5620200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari) yo’nalishi, 5620300-O’simliklar himoyasi yo’nalishi, 5620400-Qishloq xo’jalik ekinlari  urug’chiligi va seleksiyasi yo’nalishi, 5620800-O’rmonchilik yo’nalishi, 5620900-Ipakchilik yo’nalishi, 5140900-Kasb ta’lim ( 5620200 Agronomiya)  yo’nalishlari  bakalavrlariga  “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti” va “Kichik biznes va tadbirkorlik” fanilaridan,  Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlash fakultetining 5630100-Qishloq xo’jaligini mexanizasiya-lashtirish yo’nalishiga “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan  bo’yicha ma’ruza va amaliyot darslarini  o’tgan. Agronomiya fakulteti 4-bosqich talabalarining bosqich loyihalariga, 7 ta iqtisodiyot yo’nalishi va 1ta fermer xo’jaligini boshqarish va ish yuritish yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan. O’tiladigan 3 ta fan bo’yicha ishchi o’quv dasturlari yo’nalishlar bo’yicha–o’quv majmualari tayyorlandi, barcha o’tiladigan fanlardan assistentlar bilan hamkorlikda ta’lim texnologiyalari tayyorlandi va ulardagi kamchiliklar tuzatildi. 

 

Dosent I.G’aniyev O’kuv yili davomida o’tilayotgan barcha fanlardan o’quv-uslubiy majmua tayyorlandi. Fanlarning ishchi dasturlari tayyorlandi. O’tilayotgan fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorlangan. Yil davomida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 6 nafar iqtidorli talabasining ilmiy ishlariga ko’maklashdim. Bu ishlar natijasida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 3-bosqich talabasi Mamadiyorov San’atjon O’zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi stipendiyasiga sazovor bo’ldi. O’quv yili davomida professor O.Murtazayev, dosentlar Sh.Hasanov va F.Ahrorovlar hammuallifligida «Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari» fanidan darslik tayyorlandi va chop qilishga tavsiya qilindi.    

 

Dosent F. Axrorov hisobot davrida men «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti», “Mikroiqtisodiyot”, “Amaliy iqtisodiyot” fanlari buyicha maruzalarga tayyorlandi, amaliy mashg’ulotlar uchun dastlabki ma’lumotlar tupladi va ularni birlamchi ishlovini amalga oshirdi. Shuningdek, “ASM iqtisodiyoti” fanidan talabalar respublika olimpiadasi g’oliblari tayyorlashda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Hisobot davrida Germaniyaning Gyottengen Universiteti bilan 511172-TEMPUS-1-2010-1-DE-TEMPUS-SPCR raqamli «Ekologik ta’lim o’quv dasturlarini Bolonya prosessi doirasida isloh qilish» loyihasi rahbari sifatida faoliyat olib bordi. 

 

I.f.n. dosent, Sh.Hasanov2012-2013 o’quv yili davomida «Makroiqtisodiyot» fanidan o’quv-uslubiy majmua tayyorlandi. Shuningdek, fanlar bo’yicha amaliyot darslariga tayyorlandim, ma’lumotlar to’pladim. «Makroiqtisodiyot» fani bo’yicha reyting savollari va test savollari ishlab chiqdi. 

 

    Dosent T.H.Hayitov  «Iqtisodiy nazariya» fanidan iqtisodiyot va boshkaruv fakulteti 1- bosqich, agronomiya, veterinariya, zootexniya, va qorako’lchilik fakulteti talabalariga ma’ruza va amaliyot darslari olib bordi. Ma’ruza va seminar darslari kurib chiqilik, zarur qo’shimchalar kiritilgan. Shuningdek, mustaqil darslar uchun material tayyorlanib talabalar qo’liga berilganligini aytish mumkin. “Iqtisodiy  nazariya” fani  bo’yicha ishchi  rejadagi  soatlar  o’zgargan  va  yangi  texnologik  karta  asosida  qayta  ko’rib  chiqildi, ma’ruza  matnlari  va  amaliy  mashg’ulotlar  yangi  matnlar  asosida  qayta  ko’rib  chiqilib  to’ldirildi. Shuningdek  kurs  ishlarining tematikasi, test – reyting savollari  yangilandi.

 

Dosent X.Ko’chimov  Hisobot davrida «Marketing», «Qishloq xo’jaligida marketing, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish asoslari», «Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari», «Menejment va marketing asoslari»  fanlaridan o’quv yili uchun ishchi o’quv dasturlar tayyorladi va mavjudlari yangilandi, texnologik xaritalar, reyting rejalari, grafigi va reyting oynasi tayyorlandi. Shuningdek, ushbu fanlar bo’yicha amaliyot darslariga ta’lim texnologiyasi tayyorlandi va ma’lumotlar to’plandi. Yuqoridagi fanlar bo’yicha reyting savollari va test savollari ishlab chiqildi.    

 

Katta o’qituvchi A.Zubaydullayev Hisobot davrida «Milliy va jahon iqtisodiyoti»,  « Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejment »  fanlaridan o’quv uslubiy majmua:  o’quv dasturi, ishchi dastur, ta’lim texnologiya, masala va mashqlar to’plami, testlar, nazorat uchun savollar, umumiy savollar, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro’yxati, tayanch konspekt, o’quv materiallari, xorijiy materiallar, annotasiyalar, foydali maslahatlar, normativ hujjatlar, baholash mezonlari tayyorlandi. Shuningdek, ushbu fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliyot darslariga tayyorlangan, ma’lumotlar to’plagan. 

 

   O’qituvchi Sh.Vaxobova 2012-2013 o’quv yili davomida «Iqtisodiyot nazariyasi»,”Iqtisodiy talimotlar tarixi”  fanidan o’quv-uslubiy majmua tayyorladi. Shuningdek, fanlar bo’yicha amaliyot darslariga tayyorlangan, ma’lumotlar to’plagan. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo’yicha reyting savollari va test savollari ishlab chiqilgan. 

 

Assistent G’.Ibragimov  g’isobot davrida men fanlar bo’yicha ish dasturi, ishchi reja, reyting haritasi, nazorat savollari, jadvallar va prezentasiyalar tayyorladim, amaliy mashg’ulotlar uchun dastlabki malumotlar to’plagan va ularni birlamchi ishlovini amalga oshirgan. Mazkur fanlar buyicha amaliy mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlagan. 

 

Shuningdek, fakultet uslubiy hay’ati kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

 

Katta o’qituvchi  F.Jonibekov  hisobot davrida «Zamonaviy ish yuritish asoslari» va «Mikro-makroiqtisodiyot» fanlaridan ishchi dasturlar tayyorlangan va mavjudlari yangilangan va ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqqan. Ma’ruza matnlari qayta tayyorlangan va amaliy mashgulotlariga ishlanmalar tayyorlagan, dastlabki ma’lumotlarni to’pladim va ularni birlamchi ishlovini amalga oshirdim. 

 

Assistent  Sh.Islomov  2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hozirda «Tamakichilikda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini himoya qildi va nomzodlik ilmiy darajasini  oldi. 

 

Hisobot yilida «Tamakichilikda moddiy manfaatdorlikni oshirish asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy maqola «Iqtisodiyot va ta’lim»ilmiy jurnalida chop ettirildi..

 

 

 

Katta o’qituvchi M.Nazarova, hisobot davrida «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi»,  «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti»  fanlaridan o’quv uslubiy majmua:  o’quv dasturi, ishchi dastur, ta’lim texnologiya, masala va mashqlar to’plami, testlar, nazorat uchun savollar, umumiy savollar, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro’yxati, tayanch konspekt, o’quv materiallari, xorijiy materiallar, annotasiyalar, foydali maslahatlar, normativ hujjatlar, baholash mezonlari tayyorlandi. Shuningdek, ushbu fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliyot darslariga tayyorlandi, ma’lumotlar to’pladi. 

 

 

 

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550