Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Kafedra professor-o'qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari

Kafedra jamoasi «Respublikaning janubiy hududidi agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligini oshirish» nomli umumiy mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Kafedraning barcha professor – o’qituvchilari umumiy mavzuga hamohang sohalarda ilmiy ish olib borishdi.

Hisobot davrida men QXA-2-022 loyiha  doirasida “Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish” mavzusidagi monografiya chop etildi va rejada ko’rsatilgan OTM lariga tarqatildi. Ilmiyish natijalari bo’yicha ilmiy-uslubiy va amaliy ishlanmalar O’zbekiston Respublikasi  Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi kollegiyasiga topshirilgan va ma’lumotnoma olingan. Hisobot davrida mening rahbarligimda assistent G’.Ibragimov va assistent A.Abruyevlar nomzodlik dissertasiyalarining birlamchi variantlarini yozib tugatdilar va kafedradan muhokamadan o’tdilar. assistent G’.Ibragimov nomzodlik dissertasiyasini Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi ixtisoslashgan kengashga topshirdi. Shuningdek kunduzgi bo’lim aspirantura bitiruvchisi  J.Mirzayev nomzodlik dissertasiyasining 85,0 % ini, 3-kurs aspiranti A.Mamatxonov 70,0 % ini yozib tugatdi. Assistentlar S.Mamasoliyev, A.Tojiyev va D.Sattarovlar dissertasiya mavzularini kafedra yig’ilishida, fakultet olimlar kengashida va institut ilmiy kengashida tasdiqlatdilar. Tadqiqotchi Sh.Xudoyberdiyev dissertasiyaning 2-bobini yozib tugatdi. Joriy yilda jami 1 ta monografiya 6 ta maqola chop etildi, shundan 1 tasi “Servis” jurnalida, 1 tasi Samarqand ISI dagi konferensiyada va 4 tasi institut professor-o’qituvchilarining hisobot konferensiyasi materiallarida chop etildi. Joriy yilda “Navoiy GRES” OAJ bilan 8.1 mln so’mlik xo’jalik shartnomasi bo’yicha ish bajarildi.

15-jadval

Kafedra mudiri, i.f.d., professor O.Murtazayevning 2012-2013 o’quv yilidagi ilmiy ishlari ro’yxati

 

Ilmiy asar nomi

Nashr yoki qo’lyozma

Jurnal, to’plam(yil, nomer, betlari), nashriyot yoki mualliflik guvoxnomasi 

nomeri

Bosma toboq yoki betlar soni, mu-alliflik ishtiroki

Hammual-liflar familiyasi

1.

Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish (Monografiya)

Nashr 

Samarqand, “N.Doba”, 

Monografiya, 2012 y.

14,0 bosma toboq

I.Ganiyev, F.Axrorov, Sh.Xasanov, A.O.Murtazayev

2.

Agroservis korxonalari faoliyati samaradorligi

Nashr

“Servis”jurnali, Samarqand,

2011 y. № 1

29-32 betlar

G’.Ibragimov, A.Abruyev 

3.

Qishloqda servisni rivojlantirish istiqbollari

Nashr

Mamalakatni moyernizasiyalash sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand ISI. (3-qism)(2012 yil 17 fevral) Samarqand 2012 

104-106 betlar

Ibragimov G’., Tursunov O.

4.

Ilmiy asoslangan hisob-kitob orqali samaradorlik sari

Nashr

Agrar fani va ishlab chiqarishni rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning o’rni va istiqboldagi vazifalari. Staj.-tadq.-izla., katta ilmiy xod.-izla. va mustaqil tadqiqotchilarning mustaxkam oila yiliga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjumani. Samarqand, 2012 y.

3-6 betlar

Q.Haydarov, A.O.Murtazayev

5.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda fondlar samaradorligi

Nashr

Shu anjumanda.

46-48 betlar

S.Mamasoliyev

6.

Inson qobiliyatlari-insonkapitalini yuzaga chiqarishning asosidir.

Nashr

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlanti-rishda innovasion texnolo-giyalarning roli.Professor-o’qituvchilarning mustaxkam oila yiliga bag’ishlangan il-miy-amaliy konferensiyasi ma-teriallari. Samarqand, 2012 y

3-4 betlar

A.Murodov, F.Jonibekov

7.

Qishloq joylarda ishsizlikni kamayti-rish davr talabi.

 

Shu konferensiyada

66-68 betlar

A.Murodov

 

Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 30 martdagi 127-sonli buyrug’iga asosan Andijon qishloq xo’jaligi institutida 17-18 may kunlari “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” fani bo’yicha o’tkazilgan talabalar respublika olimpiadasining yakunlovchi 2-bosqichida fakultetimiz iqtisodiyot bo’limi 4-kurs talabasi Qobilov Anvar  faxrli 2-o’rinni egalladi. Shuningdek, Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida Makro-mikroiqtisodiyot fanlaridan bo’lib o’tgan olimpiadaning respublika bosqichida Tojiyev Yusuf faxrli 3-o’rinni egallashdi.

Dosent Sh.Raxmonov hisobot davrida «Agrar sohada mehnat munosabatlari muammolari»mavzusida ilmiy ishimni  davom ettirdi. 2012-2013 o’quv  yili  davomida  1 ta Respublika miqyosidagi konferensiyada qatnashdim va ma’ruza qildim. Samarqand qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilarning “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning roli” mavzusida mustahkam oila yiliga   bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashdim va uning materiallarida 1 ta maqola (hammualliflikda) chop etildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qildi.

Dosent  T.Hayitov «Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanish» nomli mavzuda ilmiy ish olib borgan. 

Dosent D.Raxmonov hisobot davrida «Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash samaradorligini oshirish muammolari»mavzusida ilmiy ishini  davom ettirdi. 2012-2013 o’quv  yili  davomida xorij (Ruminiya)dagi nufuzli jurnalda assistent A.Abruyev bilan hammualliflikda 1 ta maqola chop ettirdim. 2 ta Respublika miqyosidagi (Toshkent va Samarqand shaharlarida) konferensiyada qatnashdi va ma’ruza qildi. Samarqand qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilarning “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashdi va uning materiallarida 2 ta maqola (hammualliflikda) chop etildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy ishlariga rahbarlik qildi.

Dosent I.Salamov o’quv yili davomida kafedrasiga kafedraga yuklatilgan ilmiy ish ma’ruzasi bo’yicha yuklatilgan bob ustida ish olib bordi. Ilmiy anjumanga (Istitutda o’tkazilgan anjumanga) 10ta maqola topshirdi. 10 tasi chop etilgan.Respublika konferensiyasiga 2 ta maqola topshirdi.

 3ta talaba ilmiy ishiga rahbarlik qildi. Ular ma’ruzasi talabalar ilmiy anjumani chop etgan to’plamda chop etildi.

Dosent I.G’aniyev 2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Shuningdek,  professor O.Murtazayev rahbarligidagi QXA-2-022-«Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish» mavzusidagi loyihani yakunlovchi bosqichida va korporativ hamkorlik guruhi doirasida Navoiy GES bilan hamkorlikdagi loyiha ishtirokchisi sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, rejadan tashqari O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining QXA-2-016- “Milliy oziq-ovqatlar bozorini takomillashtirish va modernizasiyalash jarayonida hududlararo va tarmoqlararo munosabatlarning ilmiy asoslarini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha rahbari sifatida faoliyat yuritayapti.Hisobot yilida Institut professor-o’qituvchilar ilmiy konferensiyasi 3 maqola bilan ishtirok etdi  va bular to’plamda chop ettirildi. 2 ta maqola O’zbekistondagi ilmiy jurnallarda chop etishga topshirildi. Nomzodlik himoyalari uchun 6 ta avtoreferatga va Samarqanddagi oliy o’quv yurtlarining BMI va MDlariga taqrizlar tayyorladi.

Samarqand Davlat Universitetida tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining dasturiy kengashi ishtirokchisi sifatida ishtirok etdi. 

           Dosent X.Ko’chimov  hisobot davrida 2 ta ilmiy maqolani tayyorlab xalqaro va ilmiy–amaliy konferensiyalarda chop ettirdi.

           Dosent. F.Axrorov hisobot davrida respublikada chop etiladigan «O’zbekiston qishloq xo’jaligi», “Agroilm” jurnallarida maqolalar tayyorlab, chop ettirdi. Bundan tashqari, har yili o’tkaziladigan institut olimlari ilmiy konferensiyasida doklad bilan qatnashdi. Undan tashqari, respublika va halqaro ilmiy konferensiya tuplamlaridada ma’ruza va tezislar chop ettirdi. 

Dosent Sh.Hasanov 2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. QXA-2-016- “Milliy oziq-ovqatlar bozorini takomillashtirish va modernizasiyalash jarayonida hududlararo va tarmoqlararo munosabatlarning ilmiy asoslarini rivojlantirish” O’zR Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi loyihasida ishtirok etyapti. Hozirda «Cheklangan resurslardan foydalanish samaradorligining metodologik masalalari» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda. Germaniyaning Giyessen universitetida ilmiy-tadqiqot safarida bo’lib, ilmiy mavzusi bo’yicha ish olib bordi. 

Hisobot yilida Institut professor-o’qituvchilar ilmiy konferensiyasi 3 maqola bilan ishtirok etdi  va bular to’plamda chop ettirildi hamda konferensiyaning yakuniy yig’ilishida ilmiy ish natijalari bo’yicha taqdimot qildi. Xalqaro qishloq xo’jaligi iqtisodchilari assosasiyasining 28 kongressi uchun taqdimot uchun yuborilgan maqolasi tanlovdan o’tdi, 2 ta maqola O’zbekiston qishloq xo’jaligi jurnalida chop etishga topshirildi. Nomzodlik himoyalari uchun 2 ta avtoreferatga taqrizlar tayyorladi. 

          Assistent Z.Qozoqova hisobot davrida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Bundan tashqari 1 ta ilmiy maqola  Toshkent davlat agrar universiteti “Agrar sohoda kichik biznes va tadbirkorlikni  innovasion rivojlantirish: holati va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani va 2 ta maqola “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning roli” mavzusidagi institut professor o’qituvchilarning ilmiy amaliy konferensiyasiga topshirildi. Bundan tashkari ilmiy ish mavzusi yuzasidan Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlarini to’pladi.

Katta o’qituvchiM.Nazarova hisobot davrida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Bundan tashqari 1 ta ilmiy maqola  Toshkent davlat agrar universiteti “Agrar sohoda kichik biznes va tadbirkorlikni  innovasion rivojlantirish: holati va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani va 2 ta “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning roli” mavzusidagi institut professor o’qituvchilarning ilmiy amaliy konferensiyasiga topshirildi. Bundan tashkari ilmiy ish mavzusi yuzasidan Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlarini to’pladi.

Assistent Sh.Islomov 2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hozirda «Tamakichilikda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishini davom etdirmoqda. 

Hisobot yilida «Tamakichilikda moddiy manfaatdorlikni oshirish asosida mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari» mavzusida ilmiy maqola «Iqtisodiyot va ta’lim»ilmiy jurnalida chop ettirildi.

 Katta o’qituvchi F. Jonibekov hisobot davrida tanlangan mavzu bo’yicha ilmiy ishni davom ettirdi va unga doir ayrim eskirgan ma’lumotlarni yangiladi, Prezident asarlarini o’qib chiqish va shu mavzudagi boshka dissertasiyalar bilan tanishdi.  

 Katta o’qituvchi Sh.Vaxobova2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hisobot yilida «Paxtani qayta ishlashda sof foyda miqdorini oshirish omillari» mavzusida ilmiy maqola institut stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilarning ilmiy konferensiya materiallari to’plamida chop ettirildi.

Assistent A. Murodov  hisobot  davrida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirdim. Bundan tashqari 4 ta ilmiy maqola Samarqand qishloq xo’jalik instituti ilmiy amaliy konferensiyasida  chop ettirildi. Bundan tashqari ilmiy ish mavzusi yuzasidan Samarqand  qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlarini tupladim

Assistent G’.Ibragimovkafedraning «Agrosanoat majmuida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish imkoniyatlari» mavzusining tarkibiy qismi sifatida «Qishloqda servisni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi (Samarqand viloyati ma’lumotlari asosida)» mavzusidagi dissertasiyani tugatib ixtisoslashgan kengashga topshirdi.

Hisobot davrida 3 ta ilmiy ishlari chop etildi. Shundan 1 tasi maqola-ilmiy jurnallarda, 2 tasi ilmiy konferensiyalarda.

2011 yil 15 dekabrdan 2012 yil 15 iyunga qadar Yevropa Ittifoqining CENTAURI dasturi granti asosida Chexiyaning Brno shahridagi Mendel Universitetida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.

Assistent Sh.Murotov 2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hozirda «Qishloq xo’jalik korxonalarida yer unumdorligini boshqarish va samaradorligini oshirish imkoniyatlari» (Samarqand viloyati ma’lumotlari asosida) mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda. 

Hisobot yilida 2 ta ilmiy maqola Institut ilmiy konferensiya materiallari to’plamida chop ettirildi.

Assistent Z.Ishniyozov hisobot davrida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Bundan tashqari 1 ta ilmiy maqola  Toshkent davlat agrar universitetining “Agrar sohoda kichik biznes va tadbirkorlikni  innovasion rivojlantirish: holati va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to’plamida chop etildi. Toshkent 2011 yil 29-dekabr. 

 Bundan tashqari 2 ta ilmiy maqolani“Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning roli” mavzusidagi institut professor-o’qituvchilarning ilmiy amaliy konferensiyasi materiallari to’plami. Sam QXI, 2012 yil 27-28 aprel. 

Assistent A.Tojiyev 2012-2013 o’quv yili davomida kafedraning umumiy mavzusi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hozirda «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida paxtani qayta ishlash va sotishning samaradorligini oshirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib bormoqda. 

Hisobot yilida «Paxtani qayta ishlashda sof foyda miqdorini oshirish omillari» mavzusida ilmiy maqola Institut konferensiya materiallari to’plamida chop ettirildi..

Hisobot yilida kafedrada talabalarning 3 ta ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatagan:

1.«Iqtisodchi»;

2.«Yosh fermer»;

3.«Menejer»;

To’garaklar ish rejasi va xisobotlari mavjud. Ularda har o’quv yilida 40-60 tadan iqtisod sohasida ilmiy ish bajarishga qiziqadigan talabalar bilan ish olib boriladi.

Talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

 I. bosqich.  Talabalarning ilmiy maruzalarini kafedrada (ilmiy to’garakda)  eshitish;

II. bosqichEng yaxshi maruzalarini tanlab institut miqiyosida konferensiya o’tkazish

III. bosqich.Eng mazmunli deb topilgan ilmiy maruzalarni chop ettirish.

16- jadval  

Talabalarning ITI larida ishtiroki. 

 

1.

Talabalar ilmiy to’garagi soni

3

2.

To’garak a’zolari soni

60

3.

To’garakda eshitilgan ma’ruzalar

50

4.

Institut miqyosida eshitilgan ma’ruzalar

24

5.

Talabalar tomonidan chop ettirilgan ilmiy maqolalar soni

15

 

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550