Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 356 guests and no members online

Facebook

Qishloq xo'jaligida memejment fakulteti

Ahrorov Farhod Bahriddinovich
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, iqtisod fanlari nomzodi

ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662344433
Fax: +998662340786
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. , This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha. 

 

Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo'jaligida menejment» fakulteti iqtisodiy sohada mutaxassislar tayyorlovchi nufuzli fakultetlardan biridir. Fakultet 1980 yilda tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda
1. Agroiqtisodiyot va marketing;
2. Qishloq xo’jaligida menejment
3. Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit;
4. Oliy matematika va axborot texnologiyalari
kafedralari mavjud. Kafedralarda jami 64 ta professor-o’qituvchilar, shu jumladan 2 ta iqtisod fanlari doktori, 29 ta dotsent va fan nomzodlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Fakultetga iqtisod fanlari nomzodi, dosent Ahrorov Farhod Baxriddinovich rahbarlik qilmoqda. Fakultetning 5230100-«Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi)», 5230900- «Buxgalteriya hisobi va audit», 5420100- «Qishloq xo’jaligida menejent», 5111000-Kasbiy ta’lim (qishloq xo’jaligida menejment) yo’nalishlari hamda 5A420101-Qishloq xo’jaligida menejment magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kunduzgi bo’limida 1225 ta talaba ta’lim olmoqda.
Fakultetda 1980-2016-yillar mobaynida 6 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanib, ular bugungi kunda Respublika iqtisodiyotining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Ular ichida iqtisod fanlari doktorlari, professorlar, dotsentlar, hamda O’zbekiston Respublikasi senati va qonunchilik palatasi deputatligiga saylanganlar bor.
O’qitishning zamonoviy texnik vositalari va kompyuterlar bilan jixozlangan laboratoriyalar, o’quv xonalari hamda o’quv binolari talaba va o’qituvchilar xizmatida. Fakultetda mavjud o’quv xonalarining 4 tasi kompyuterlar bilan jihozlanib, talabalar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Fakultetda fanlar bo’yicha fan to’garaklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Talabalar fan olimpiadalarida ishtirok etib, Respublikamiz oliy o’quv yurtlari orasida faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.
Fakultetda professor M.X.Husanov va O.Murtazaevlarning qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, professor N.S.Sanayevning buxgalteriya hisobi va audit, professor F.J.Jo’rayevning qorako’lchilik iqtisodiyoti, professor A.Q.Ismoilovning qishloq xo'jalik korxonalarini boshqaruvi sohalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot maktablari yaratilgan. Shuningdek, fakultetda iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar: T.Qudratov, D.Xolboyev, P.Davronov, M.Xolmirzayev, A.Aliqulov,, D.Rahmonov, I.Salomov, H.Urdushev, Sh.Raxmonov, I.Ganiev, Sh.Hasanov, G.Sanaevlar talabalarga chuqur bilim berishda va ilmiy-tadqiqot ishlarida alohida jonbozlik ko’rsatib ishlab kelmoqdalar.
Fakultetda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mamlakatimizning yetakchi tarmog’i hisoblangan agrosanoat tizimida samarali qo’llanilmoqda. Bundan tashqari keyingi yillarda professor N.S.Sanayev tomonidan «Audit va taftish», «Audit», professor A.Q.Ismoilov va O.Murtazayevlar tomonidan «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti», professor F.J.Jo’rayev tomonidan «Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish» darsliklari chop etilib, mamlakatimiz Oliy o’quv yurtlarida darslik sifatida foydalanilmoйda. Professor O.Murtazayevning «Paxtachilik agrosanoat majmui samaradorligini oshirish muammolari» monografiyasi, kasb-hunar kollejlari uchun professor N.S.Sanayevning «Audit» darsligi, dosent T.Qudratovning (hammualliflikda) «Iqtisodiy tahlil» o’quv qo’llanmasi chop etildi. Shuningdek fakultet Olimlari tomonidan 40 dan ortiq o’quv qo’llanmalar, monografiyalar, 35 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar tayyorlanib, chop etildi.
Erishilgan ilmiy yangiliklarni Respublikaning janubiy-g’arbiy viloyatlari agrosaonat majmuida joriy qilish bo’yicha amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda, xususan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil etish va ularni iqtisodini yuqori darajaga ko’tarishda muhim ishlar olib borilmokda, ilmiy-amaliy seminarlar o’tkazilib, maslahatlar berilmoqda.
Fakultetda Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi, Janubiy Ural agrar universiteti, AQShning Oxayo, Minnesota, Texas universitetlari, Yaponiyaning JICA tashkiloti, Korea Respublikasining Kangwon universiteti, Germaniyaning International Internship dasturi, Vaynshtefen va Giessen universitetlari, IAMO ilmiy tadqiqot instituti bilan bir qatorda Tempus va Erasmu+ dasturlari doirasida Yevropa Ittifoqining 34 ta oily ta’lim muassalari bilan o’quv va ilmiy hamkorlik amalga oshirilib kelinmokda. Mazkur hamkorliklar doirasida fakultetning 26 nafar professor-o’qituvchilar Yevropa, Yaponiya, Korea va Rossiyaning yetakchi oliy o’quv yurtlarida malaka oshirib keldi. Shuningdek, AQSh qishloq xo’jalik departamenti granti doirasida 7 nafar yosh o’qituvchi AQSh universitetlarida uzoq muddatli malaka oshirish kurslarida qatnashdilar.
Keyingi paytda har yili fakultetning 50 ga yaqin talaba va magistranti Germaniya, Rossiya va boshqa mamalakatlarda o’qishda va amaliyotda bo’lib qaytishmoqda.
Fakultet jamaosi va talabalari instituda o’tkaziladigan turli tadbirlarda: ilmiy konferensiyalarida, «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovida, sport musoboqalarida qatnashib, muttasil faxrli o’rinlarni egallab kelmoqdalar.

Fakultetda ta’lim olayotgan talabalarni iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal qila oladigan, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlashni fakultet professor-o’qituvchilari o’zlarining burchlari deb hisoblaydilar.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550