Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Genetika, seleksiya va urug'chilik kafedrasi

"Genetika, seleksiya va urug'chilik" kafedrasi Agronomiya fakultetidagi yetakchi kafedralardan biri bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda kafedrada 3 ta fan doktori, professorlar, 3 ta q.x.f.n dosentlar va 1 to'liq stavkadagi va 3 ta 0,25 - 0,75 stavkada assistentlar, 1 ta kabinet mudirasi va 1 ta laborant faoliyat ko'rsatyapti.
Kafedra 5410200 -Agronomiya, 5410400 - qishloq xo'jalik ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi, 5410300 - O'simliklar himoyasi va karantin,5420100- Fermer xo'jaligini boshkarish, 5111000- Kasb ta'lim (Agronomiya) va 5410500- qishloq xo'jalik maxsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash ta'lim yo'nalishlari va 5A410401 - Dala ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi magistratura mutaxassisliklariga dars o't

Kafedrada bakalavriat ta'lim yo'nalishi talbalariga "Biologiya va Genetika", "Umumiy seleksiya va urug'chilik", "O'simliklari immuniteti", "Meva, sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi", "Q/x biotexnologiyasi", "O'rmon seleksiyasi", "Dala ekinlari xususiy seleksiyasi", "Q/x ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi", "Donli ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi", "G'o'za seleksiyasi va urug'chiligi", "Yopiq grunt sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi", "O'simliklar introduksiyasi", "Dala ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi", "Moyli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi", "Urug'chilik va navshunoslik", "Yangi navlarni Davlat nav sinovi", "Mikrobiologiya va q/x biotexnologiyasi", fanlaridan, magistratura mutaxassisligi bo'yicha "Seleksiya va urug'chilikda ilmiy tadqiqot uslubi va tadqiqot natijalarini statistik taxlili", "Seleksiya va urug'chilikda biotexnologiya", "Maxsulot sifatini oshirish seleksiyasi", "Donli ekinlar navshunosligi va nav yangilash", 

O'quv uslubiy faoliyat ko'rsatkichlari bo'yicha:

 Barcha fanlardan me'yoriy - xuquqiy xujjatlar bilan to'liq ta'minlangan. Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan namunaviy o'quv rejalarga asosan ishchi o'quv rejalar tuzilgan va ular me'yoriy - xuquqiy xujjatlarga mos, fakultet va institut ilmiy kengashida muxokama qilingan va o'quv ishlari bo'yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan.

Kafedrada professor - o'qituvchilarni 2014- 2015 o'quv yili uchun o'quv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va tarbiyaviy ishlari xajmini hisoblash Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2004 yil apreldagi "Vaqt me'yorlari" to'g'risidagi 105 - sonli buyrug'iga asosan tuzilgan NIZOM ga asosan taqsimlangan.
Kafedra jamoa faoliyatiga oid xamma xujjatlar talablarga javob beradigan darajada yuritilmoqda. O'quv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va ma'naviy - ma'rifiy faoliyatlarga oid 34 ta papka yuritiladi. 
Kafedrada va fakultetda tasdiqlangan rejaga asosan professor - o'qituvchilar tomonidan ochiq darslar o'tkazilib ularning zarur xujjatlari Ziyonet tarmog'iga topshirilgan.
 Kafedrada xar bir fan bo'yicha adabiyotlar bilan ta'minlanish monitoringi yuritilgan. Xozirgi paytda kafedra fanlardan 100% adabiyotlar bilan ta'minlangan. Shuni ta'kidlash kerakki, tavsiya etilgan va foydalanilayotgan darsliklar va o'quv qo'llanmalarning asosiy qismi kafedra professor - o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan.
Kafedra professori D.T.Abdukarimov tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari uchun tayyorlangan "Don ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi" darsligi Respublika "Eng yaxshi darslik va o'quv qo'llanma" tanlovining g'olibi deb topilib, Oliy ta'lim vazirligiining uchinchi darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi. 
Multimediyali va elektron darsliklardan samarali foydalanish maqsadida fakultet kafedralari uchun kamida 1 ta proyektor ajratish lozim. 
 Kafedrada ikkita "Seleksioner" va "Genetika" talabalar ilmiy to'garagi mavjud bo'lib ularga 35 ta iqtidorli talabalar jalb qilingan. 

Kafedrada "Genetika" va "Seleksioner" ilmiy to'garaklarida mavjud bo'lib, talabalarning darsdan bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun, ayniqsa iqtidorli talabalarning ushbu to'garaklarga ishtiroki uchun sharoitlar yaratilgan. 

Kafedra professor - o'qituvchilari joriy yilda rejada belgilangan dasturlar asosida quyidagi yo'nalishlarda ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqdalar. 
 Kafedrada 3 ta ilmiy loyixalarga raxbarlik qilinmoqda. Jumladan, QXA – 9 – 048,QXA – 8 – 085, QXA – 8 – 028raqamli loyihalariga rahbarlik qilmoqdalar. Ushbu loyixalarga 90% kafedra xodimlari, magistrlar,aspirantlar va talabalar jalb etilgan. Loyixalarni bajarish uchun joriy yilda 90 million so’m mablag' ajratilgan. 
Professor T.X.Xodjaqulov ToshDAU qoshidagi "06.01.05 seleksiya va urug'chilik" ixtisosligi bo'yicha ilmiy kengashga a'zo sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Kafedra Moskvadagi "Gavrish" urug'chilik firmasi, kartoshkachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (NPO po kartofelevodstvu), Butunrossiya o'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Krasnodar moyli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, Odessa boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot instituti, O'zbekiston g'o'za seleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot instituti, O'zbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, O'zFA Genetika va eksperimental biologiya ilmiy - tadqiqot institutlari bilan ilmiy aloqalar o'rnatgan va birgalikda ish olib boradi.

Kafedra professor o'qituvchilari bilan “O’zSPE va KITI” Samarqand tayanch punkti, "YaNG - GU - BOG'IZAG'ON AGRO" MChJ O'zbekiston - Koreya qo'shma korxonasi o'rtasida kartoshkani virussiz asosda urug'chiligini tashkil qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish va talabalarni amaliyotlarini o'tash bo'yicha shartnoma tuzilib shu asosida ishlar olib borilmoqda. Kafedra professor o'qituvchilari Tayloq "Agrotadbirkorlik" kolleji va Tayloq "Kasb-hunar" kolleji bilan hamkorlik qilib keladi. 

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550