Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 246 guests and no members online

Facebook

O'simlikshunoslik va dehqonchilik kafedrasi

Komil Mo'minov Mo'minovich Qishloq xo'jalik

fanlari doktori, professor

Kafedra mudiri

ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662340786
Fax: +998662340786

e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

Kafedra «Dehqonchilik va melioratsiya asoslari» nomi bilan 2004 yildan boshlab nomlangan.

Ilgarilari dehqonchilik kafedrasi agrokimyo kafedrasi bilan birga «Tuproqshunoslik va melioratsiya» kafedrasi deb nomlangan. Ushbu kafedra 1932 yilda tashkil qilingan, o‘sha davrda «Tuproqshunoslik va umumiy dehqonchilik» nomi bilan atalgan. 1937 yildan 1970 yilgacha kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor D.M.Kuguchkov rahbarlik qildi. Ushbu olim o‘tloq tuproqlarda karbonat magniy sho‘rlanish to‘g‘risida yirik ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan.Kafedrada birinchi diplom ishini bajargan kishi akademik M.V.Muhammadjonov bo‘lgan (1935 yil)

1970-1980 yillarda kafedrani professor P.U.Uzoqov boshqargan. Undan keyin esa 1980 yildan 1997 yilgacha kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi. professor H.H.Hamdamov rahbarlik qildi va shu yillar mobaynida 10 dan ziyod fan nomzodlari tayyorladi.

 Kafedrada 1958 yildan buyon aspirantura va doktorantura, 2013 yildan katta ilmiy xodim izlanuvchilar maktabi mavjud.

Kafedrada CH.N.To‘xtamishev, I.I.Boboxo‘jaev, P.Uzoqov. O.Xudoyqulov. S.Sattorova, S.Qurbonov, O.Saidmurodov. SH.Xoliqulov tomonidan keng qirrali ilmiy izlanishlar olib borildi. Ilmiy ish yakuni bo‘yicha SH.Xoliqulov doktorlik dissertasiya ishini himoya qildi. Bugungi kunda dehqonchilik va melioratsiya bo‘yicha professor K.M.Mo‘minov, dotsentlar O.Xudoyqulov, SH.Berdiqulov, I.Islomov. P.Bobomirzaev. A.Sanaqulov. assistentlar SH.Rizaev, S.Jumaboev, SH.Jumaevlar katta ilmiy va pedagogik ishlarni amalga oshirmoqdalar.

1998 yilda «Dehqonchilik» kafedrasi «Paxtachilik» kafedrasi bilan qo‘shilgach, kafedraga professor R.O.Oripov rahbarlik qilgan. «Paxtachilik» kafedrasi aslida 1933 yilda «O‘simlikshunoslik» kafedrasidan ajralib chiqqan. turli yillarda unga yirik olimlardan professor K.P.Danilevskiy. YA.D.Nagibin, YA.G.Momot, A.V.Trushkin, E.P.Gorelov, YA.X.Gorenberg, D.T.Abdukarimov, R.O.Oripov rahbarlik qildilar. Hozirgi kunda kafedraga professor K.M.Mo‘minov rahbarlik qilmoqda.

Kafedra olimlari respublikamiz paxtachiligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib keldilar. G‘o‘za navlari yaratilib, navlar agrotexnikasi, urug‘lik chigitni sifatini yaxshilash yo‘llari keng o‘rganildi. Professor E.P.Gorelov va R.O.Oripovlar rahbarligida paxtachilikda siderasiyani qo‘llashning ilmiy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va bu yo‘nalishda o‘ziga xos alohida maktab yaratildi.

HozirgikundakafedradaishlayotganprofessorlarR.O.Oripov, K.M.Mo‘minov, dotsentlarO.X.Xudoyqulov, SH.A.Berdiqulov. I.Islomov. P.X.Bobomirzaev, A.L.Sanaqulov,SH.X.Rizaevassistentlar, S.Jumaboev, SH.M.Jumaev, A.A.Bo‘riev. J.Q.Abdumalikov, K.F.Haydarov, K.Bozorov, M.O‘roqov, SH.YAdgarov, kabinet mudirasi M.Adhamova va laborant Z. SHavkatova amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqdalar.

«Kafedraning bugungi kundagi holati»

Bugungi kunda kafedrada 21 ta xodim faoliyat ko‘rsatadi, shundan 2 ta fan doktori, professor: 6 ta fan nomzodi, dotsentlar; 3 ta fan nomzodi, assistentlar, 10 ta assistent bo‘lib, barchasining bazaviy ma’lumoti mutaxasislikka to‘g‘ri keladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati-53.5 %, o‘rtacha yoshi-42,5 yosh.

Kafedra institutning 5410200-agronomiya; 5410400-qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi; 5410100-agrokimyo va tuproqshunoslik; 5111000-kasbiy ta’lim (agronomiya); 5410300-o‘simliklar himoyasi va karantini; 5420100–qishloq xo‘jalik menejmenti: 5410500-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash; 5430100-qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli fanlardan o‘quv jarayonini olib boradi. O‘rtacha yillik yuklama joriy yilda 16562 soatni, har bir professor-o‘qituvchilarga o‘rtacha 800-950 soatdan to‘g‘ri keladi.

Kafedrada magistratura, katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar maktabi mavjud. Magistratura paxtachilik, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar-umumiy dehqonchilik yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

So‘nggi yillarda kafedra olimlari tomonidan 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, barcha fanlar bo‘yicha ma’ruza kursi chop etildi. Bundan tashqari. kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulot darslariga ishlanmalar, tarqatma materiallar, o‘quv-uslubiy majmualar, test-reyting savol-javoblari tuzilgan va ularni qog‘oz hamda elektron variantlari institut axborot resurs markaziga topshirilgan bo‘lib, ulardan talabalar foydalanishmoqda.

O‘quv jarayoni bilan bir qatorda kafedra professor-o‘qituvchilari «Zarafshon vodiysi mintaqasi sharoitida dehqonchilikning ayrim sohalarini jadallashtirishning nazariy va amaliy asoslarini ekologik 

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550