Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 320 guests and no members online

Facebook

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi

Kafedra 1932-yilda tashkil topib, unga professor N.S.Lesov rahbarlik qilgan. Uzoq yillar mobaynida kafedraga professor L.N.Gorev, dosentlar V.V.Nazarkin, M.G.Seytlin, L.T.Toshmatov, S.B.Bekmurodov, professor R.O.Oripov, dosent T.S.Musayev, professor D.T.Abdukarimov mudirlik qilgan.

1994-yildan 2005-yilgacha kafedraga yosh professor T.E.Ostonaqulov mudirlik qilgan. 

Kafedra 2004 yildan boshlab botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi bilan qo'shilib faoliyat ko'rsatmoqda. 2006-2011 yillarda dosent S.X.Narziyeva, 2011-2013-yillarda dosent E.I.Hamdamova mudirlik qildi. 2013-yildan kafedraga dosent M.M.Komilova mudirlik qilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar - T.E.Ostonaqulov, I.H.Hamdamov, 8 ta fan nomzodi, dosentlar - S.X.Narziyeva, Q.R.Ravshanov, A.Umirzaqov, B.X.Xolmirzayev, N.J.Xodjayeva, S.B.Mustanov, E.I.Hamdamova, S.T.Sanayev, 13 ta assistent G.A.Suvonova, X.X.Xonqulov, M.M.Djumayev, Q.X.Jo'raqulov, X.Ismatullayev, B.Mamatov, M.Begmatova, X.Norbekov, A.Nurniyozov,  Z.A.Tojiboyeva, Z.U.Ro’ziqulova, Y.Toshpo’latov, Sh.Shernazarovlar, kabinet mudiri Z.J.Hasanova va katta laborant D.Raxmonovalar - faoliyat ko'rsatmoqdalar. 

KAFEDRANING MODDIY-TEXNIK BAZASI

Kafedrada 7 ta o'quv xonasi, 7 ta professor-o'qituvchilar xonasi, 1 ta laborantlar xonasi, 1 ta komp'yuter sinfi mavjud. 

Kafedra tarkibi va moddiy bazasi bo'yicha shuni aytish o'rinliki, hozirgi kun talabi darajasida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o'qituvchilarni sifat jihatdan yaxshilanishga har bir asosiy mutaxassislik fanlar bo'yicha alohida o'qitish xonalariga va professor - o'qituvchilar o'tiradigan xonalarda 2-3 kishidan oshirmaslikka erishish talab etiladi. Laboratoriya darslari o'tiladigan xonalarda zamonaviy asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan jihozlash kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. 2013-2014 o’quv yilida kafedraga 1 ta kompyuter, 1 ta printer, laboratoriya darslarini sifatli o’tishi uchun 2 ta elektron mikroskop, 2014 yil yangi o’quv yilida kafedrada olib borilayotgan grant hisobidan 1 ta yangi kompyuter olindi. 

KAFEDRADA O'QUV-USLUBIY ISHLAR

Kafedrada Agronomiya fakultetining Agronomiya, Seleksiya va urug'chilik, Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, Kasbiy ta'lim (Agronomiya), O'simliklar himoyasi va karantin, O'rmonchilik, Ipakchilik hamda Iqtisodiyot va boshqaruv hamda Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini mexanizasiyalashtirish fakultetlarining talabalariga jami 17 ta fandan darslar o'tilmoqda.

Kafedrada o'tiladigan fanlarning hozirgi kun talablari darajasida O'UM lari tayyorlandi va ular gipermurojat ko’rinishida institut ARM iga topshirildi. Kafedrada professorlar T.E.Ostonaqulov, I.H.Hamdamov, dosentlar S.X.Narziyeva, Q.R.Ravshanovlar tomonidan zamon talablari darajasida innovasion texnologiyalar asosida ma'ruzalar o'qilmoqda. Kafedra assistentlari S.T.Sanayev va H.X.Xonqulovlar 2010-2011 yillarda O'zR Prezidentining "Iste'dod" jamg'armasida malaka oshirib, sertifikat oldilar va yangi pedagogik olgan bilim va ko'nikmalarini darslarda qo'llamoqdalar. 

Kafedrada zamon talablariga mos ko'rgazmali materiallar, gerbariylar, jadvallar slayd ko’rinishlarida yangilanib dars jarayonlarida foydalanilmoqda. Bundan tashqari professor T.E.Ostonaqulov va boshqalar tomonidan “Sabzavotchilikdan amaliy mashg’ulotlar” va “Mevachilikdan amaliy mashg’ulotlar” o’quv qo’llanmalari yangi pedagogik texnologiyalar bilan boyitilib chop ettirildi. “Sabzavotchilikdan amaliy mashg’ulotlar” o’quv qo’llanmasi “2013 yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti“ tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. 2014 yil kafedra professori I.X.Xamdamov va boshqalar tomonidan “Botanika va o’simliklar fiziologiyasi (Botanika qismi)” fanidan tayyorlangan darsligi yilning eng yaxshi darsligi va o’quv qo’llanmasi tanlovi nominasiyasi bo’yicha 2-darajali diplomi bilan taqdirlandi. Bundan tashqari professorlar T.E.Ostonaqulov, I.X.Xamdamov, T.E.Ergashev va K.K.Shermuxammedovlar tomonidan “Biologiya va genetika” darsligi Muvofiqlashtiruvchi kengashdan o’tib, chop etishga ruxsat etildi.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Kafedra olimlari tomonidan professor T.E.Ostonaqulovlar rahbarligida "Zarafshon vodiysi va janubiy viloyatlar sharoitida kartoshka, ayrim sabzavot ekinlaridan mo'l va ekologik sof xo'raki va urug'bop hosil bilan ta'minlaydigan navlarni tanlash, yaratish va o'stirish texnologiyasini ishlab chiqarish" mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedrada 1220 ta kartoshka navlar, duragaylar, klonlar, liniyalar va duragay populyasiyalar to'plamidan iborat 20 ta mamlakatdan keltirilgan genofond seleksiyasining 9 ta yo'nalishi bo'yicha sinalib baholanmoqda.

Bizning sharoitimizda yangi sabzavot ekinlaridan bo'lgan shirin (sabzavot) makkajo'xorining 30 dan ortiq nav va duragaylari ko'rsatkichlar bo'yicha sinalib, o'rganilib, istiqbollilari ishlab chiqarishga tavsiya etilmoqda.

Bundan tashqari kafedrada professorlar T.E.Ostonaqulov va dosent Q.R.Ravshanov rahbarligida DFTQ loyiha mavzulari bo'yicha ham ilmiy ishlar olib borilmoqda. 

Kafedrada Peterburg fanlar akademiyasi akademigi, professor T.E.Ostonaqulov rahbarligida 8 ta (kartoshkaning Quvonch 16/56 m, Bahro-30, Hamkor-1150, Bardoshli - 3, Yaroqli, shirin (sabzavot) makkajo'xorining Sherzod, tarvuzning Dehqon, Fermer) va professor I.H.Hamdamov, dosent Q.R.Ravshanov tomonidan qattiq bug'doyning Istiqlol navlari yaratilib, mualliflik guvohnomalari hamda professor T.E.Ostonaqulov tomonidan 6 ta ixtiroga patent olingan va hozirgi kunda yana 2 ta ixtiroga patent olish uchun ariza berilgan.

20 yil davomida kafedrada 15 ta fan nomzodlik dissertasiyalari tayyorlanib, muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozirgi kunda 3 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertasiyalari himoyaga tayyorlanmoqda.

KAFEDRA XODIMLARINING ISHLAB CHIQARIShGA YORDAMI

O'zR Vazirlar mahkamasining va Samarqand viloyati hokimligining ishchi guruhlari tarkibida kafedra a'zolaridan T.E.Ostonaqulov, B.X.Xolmirzayev, S.T.Sanayev, X.X.Xonqulovlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qonunlarini bajarish borasida Respublika va Samarqand viloyatining patachilik va g'allachilikka hamda meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan xo'jaliklariga borib asosiy ekinlardan bo'lgan g'o'za, bug'doy hamda bog' va tokzorlarni agrotexnikasini bo'yicha fermerlarga maslahatlar berdilar. Samarqand viloyati hududida joylashgan 10 ga yaqin qishloq xo'jalik kolledjlariga borib fermerlar o'qishlarida ma'ruzalar bilan chiqish qilmoqdalar. 

O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi topshirig'iga binoan bir qancha viloyatlar Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Xorazm viloyatlari, tuman va xo'jaliklarida kartoshka, sabzavot, poliz, meva, uzum, no'xat va g'alla ishlab chiqarishni ko'paytirish, ularning navlarini tanlash, ayniqsa kafedrada yaratilgan navlarni, ularni o'stirish texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy urug'chiligini tashkil etish, xavfli kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, ertagi va urug'lik hosilni nobudgarchiliksiz yig'ib olish, saqlash masalalari bo'yicha ishlab chiqarish rahbar, mutaxassis va fermerlarga bevosita uchrashuvlar, matbuot, radio televideniyelar orqali amaliy yordam berdilar. Samarqand viloyat radiosi orqali sabzavot, meva, uzum va kartoshka yetishtirish bilan shug'ullanuvchi aholiga doimiy ravishda ish mavsumiga qarab maslahatlar berildi (prof. T.E.Ostonaqulov, dosentlar B.X.Xolmirzayev va S.X.Narziyevalar - 2 martadan). Samarqand viloyati hokimligi gazetasi "Zarafshon"da 2 ta maqola "Mutaxassis maslahati" rukni bo'yicha chop ettirildi. 2014 yil   5-6 iyunda Samarqandda o’tkaziladigan xalqaro konferensiyaga kafedra professori T.E.Ostonaqulov, dosentlar S.X.Narziyeva, M.M.Komilova, B.X.Xolmirzayev, assistent X.X.Xonqulovlar faol ishtirok etishdi. Konferensiyaga intensiv bog’ bo’yicha 46 ta slayddan iborat prezentasiya tayyorlandi.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN MA'NAVIY- MA'RIFIY ISHLARI.

Kafedra professor-o'qituvchilari Agronomiya fakulteti dekanati tomonidan tavsiya qilingan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha fakultetning 4-kursiga rahbarlikni amalga oshirmoqda. O'quv yili boshida har qaysi gurux raxbari o'quv yili davomida olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini tuzadi va shu reja asosida ish olib boriladi. Kursga rahbarlik dosent S.B.Mustanov, guruxlarga raxbarlik dosentlar N.J.Xodjayeva, S.B.Mustanov, E.I.Hamdamova, assistentlar G.A.Suvonova, X.X.Xonqulov, M.M.Djumayev, Q.X.Jo'raqulov, X.Ismatullayev, B.Mamatov, M.Begmatova, X.Norbekov, A.Nurniyozov, Y.Toshpo’latov, Sh.Shernazarovlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kurs va guruh rahbarlari O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan barcha farmon va qonunlarni o'rganib, ularni talabalarga yetkazib turadi. Respublikamiz hayotida ro'y berayotgan ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy voqyealarni o'rganib guruxlarda ishlab chiqadi. Bulardan tashqari talabalar bilan muxim sanalar Mustaqillik kuni, Konstitusiya kuni, Navro'z bayrami, 8 mart xotin-qizlar bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlari birga nishonlanadi. Talabalarimiz bir necha marta taniqli olimlar, ishlab chiqarish ilg'orlari, san'at va adabiyot arboblari, oliy o'quv yurtlarining tajribali professor-o'qituvchilari bilan uchrashadilar.

Talabalar bilan Samarqand shahrining tarixiy obidalariga, Imom Al-Buxoriy ziyoratgoxiga va shahrimizning tarixiy yodgorliklariga borish tashkil qilingan.

Ayniqsa, 2014-yilni Prezidentimiz tomonidan "Sog’lom bola yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan hukumatimiz va institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi tomonidan tuzilgan dastur o'rganildi, yilning maqsad va vazifalari barcha kurs va guruh talabalariga yetkazib borildi.

Bulardan tashqari 4-kurs talabalari bilan 2014-yil paxta yig'im terimida, institut hovlisi va Samarqand shahrini obodonlashtirish, tozalash va ko'kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etmoqdalar. 

Kurs talabalari 2014 yil 21 dekabr O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga Saylov kuniga ko’tarinki rux bilan tayyorgarlik ko’rilib, haftaning har Payshanba kuni bo’ladigan axborot soatlarida talabalar o’rtasida ishlab chiqilmoqda. Kafedra a’zolari berkitilgan saylov uchastkalarida o’zlariga berilgan topshiriqlar o’z vaqtida bajarib kelmoqdalar.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550