Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 244 guests and no members online

Facebook

Agrokimyo, tuproqshunoslik va o'simliklarni himoya qilish kafedrasi

Hoshimov Farhod Hakimovich
Kafedra mudiri, qishloq xo’jalik
fanlari doktori, professor.

 Umumiy ma’lumotlar:
Manzil:Samarqand, Mirzo-Ulug’bek 77,
SamQXI, Bosh bino , 104-xona
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Kafedraning o’quv va ilmiy yo’nalishlari:

  • Agrokimyo dehqonchilikda moddalar aylanishini hamda o’simlik oziqlanish jarayonida tuproq, o’simlik va o’g’it o’rtasida sodir bo’ladigan jarayonlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va mahsulot sifati o’zgarishiga ta’sirini o’rganadigan fan.
  • Tuproqshunoslik tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jins va ishlab chiqarish vositasi  hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini o’rganadi.
  • O’simliklarni himoya qilishning asosiy vazifasi kasalliklar, zararkunandalar va begona o’tlarga qarshi samarali kurash tadbirlarini ishlab chiqish yo’li bilan qishloq  xo’jalik ekinlari hosilini saqlab qolish hamda hosil sifatini oshirishdir.

O’quv ishlari

Kafedrada quyidagi  yo’nalishlar bo’yicha o’quv ishlari olib boriladi:

  • Agrokimyo ta’lim yo’nalishdagi fannlar;
  • Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishdagi fannlar;
  • O’simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishdagi fannlar;

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv jarayonida foydalanish uchun darsliklar, o’quv qo’llanmalari, uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matinlari, elektron darslik va qo’llanmalar, o’quv taqdimotlari, slaydlar, o’quv ishlanma va boshqalar tayyorlanmoqda, bu esa o’quv jarayonini yuqori uslubiy darajada o’tkazish uchun xizmat qilmoqda.

Kafedra tarixi

Quyidagi olimlar  turli yillarda kafedralarni boshqarganlar:

         Agrokimyo kafedrasi institutda 1930 yildan ilk tashkil etilgan hisoblanadi. Bir necha yil davomida alohida agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedralari faoliyat ko’rsatgan. Agrokimyo kafedrasini dotsent I.Aliqulov, professor E.I. Stolipin, dotsentlar: I.S. Sulaymanov, I.M.Mesterlar boshqargan. Kafedrada ikkinchi jahon urushi davrida (1942-1944yy) dunyoga mashhur, agrokimyo fanining asoschilaridan biri Mehnat qahramoni, akademik D.N.Pryanishnikov ishlagan va kafedraning tashkil etilishiga hamda o’quv, ilmiy ishlarga bosh bo’lib yo’nalish bergan. Shu vaqtlari kafedrada A.A.Rode, V.A.Bolshakovlar ham ishlagan.

Tuproqshunoslik kafedrasi 1930 yilda tashkil topgan, kafedrani N.P.Zaikanov, D.M. Kuguchkov, P.U.Uzoqov, H.H. Xamdamovlar boshqargan.

O’simliklarni himoya qilish kafedrasi1930 yilda tashkil topgan, kafedraga M.M.Siyazov va M.I.Kosobutskiy, dotsentlar: M.A.Sosnina, V.A.Lebedov, S.B.Bekmurodov, R.Oripov, T.S. Musayevlar mudirlik qilgan.

         Hozirgi paytda kafedra agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi deb nomlangan, uni 1984 yildan professor  F.H. Hoshimov boshqargan. 2012 – 2014 yillarda  kafedraga  dotsent A.U. Maxmatmurodov mudirlik qilgan. 2015 yildan boshlab kafedraga  professor F.H.Hoshimov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchi va xodimlar:

 

I.K.Kazimirskiy, I.I.Boboxo’jayev, S.A.Agesheva, I.A.Bobojonov, S.Alimagambetov, S.T.Sattarova, V.I.Deryabin, O.S.Saidmurodov, L.I.Safonova, B.Sh.Sattarov, A.Z.Zaripov, V.I.Pojilov, R.A.Ashurov, S.T.Qurbonov, T.S.Suleymanov, T.E.Kulkova, V.S.Mayster, L.M.Atayants, M.Adxamova, L.Vlasenko, V.A.Vatanskaya, O.S.Lobko,  S.Karimova, V.M.Pak, G.Radjabova, V.F.Tsibulskiy, D.M.G’afurov, L.V.Kazlovskaya, L.N.Iliena, D.D.Ovechkina, G.A.Danov, I.G.Firstov, A.K.Genkey, CH.N.To’xtamishov, G.A.Gabrilyants, N.P.Zaikanov, M.G.CHijevskiy, M.X.Xakimov, V.A.Lebedov, K.M.Mo’minov, Sh.A.Berdiqulov, F.Y.Yusupov, G’.Abbosov, A.O’.Mahmatmurodov, L.I.Golimova, A.L.Sanaqulov, A.S.Sadinov, N.S.Xayrieva, Sh.A.Hazratqulov, A.M.Xudoyqulov.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchi va xodimlar:

 

F.H.Hoshimov, P.U.Uzaqov, E.U.Umurzaqov, T.Q.Ortiqov, M.A.Xayitov, B.N.Abdullayev, B.F.Fayzullayev, S.I.Ahmedov, O.M.Nazarov, N.T.Nishonov,  T.Ch.G’oziyev, I.N.Bobobekov, M.I.Mashrabov, B.Q.Shoniyozov, O.A.Po’latov, X.J.Xursanov, E.A.Usmonov, L.V.Sonamyan, X.B.Karimova, G.A.Qodirova, I.F.Mamasaliyev, M.K.Davirova, K.E.Roziqova, G.X.Xo’jamova, M.Q.Eshmurodova, N.A.Boboyeva, D.N.Sunnatov, Sh.M.Ergashev, L.B.Xolmirzayeva, O.R.Umarov, B.Q.Qulatov, SH.S.Omanturdiyev, O.M.Tolliboyev, M.Y.G’ulomova, N.F.Ismoilova.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550