Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 100 guests and no members online

Facebook

Agronomiya fakulteti


NORMURODOV DAVLAT SOYIBNAZAROVICH 
Qishloq xo'jalik fanlari nomzodi, dotsent fakultet dekani
                ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662344506
Fax: (8366) 2340786
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

Agronomiya fakulteti 1929-yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti tashkil topishi bilan ochilgan fakultetlardan hisoblanadi. Dastlab fakultetda «G‘allachilik agronomlari», «Sholichilik agronomlari», «Mevachilik agronomlari» tayyorlangan. Lekin qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga umumiy yo’nalishidagi agronomlar talab qilinganligini hisobga olib, 1940-yildan buyon faqat dalachilik agronomlari tayyorlana boshlandi.
Professorlar X.N.Klitn, A.P.Zaikanov, N.S.Lesov, M.M.Siyazov, M.N.Kosobutskiy, N.A.Merkulovich, K.P.Danilovskiy, N.Stolipin, L.G.Momat, L.N.Gorev, G.A.Abolina, M.B.Muxamedjanov, D.K.Saidov, D.M.Kuguchkov, L.D.Nagibin, A.V.Trushkin, X.X.Xamdamov, Sh.T.Xoliqulov, dosentlar N.A.Kuznesova, K.N.Savich, L.X.Gorenberg, M.G.Seytlin, Ch.N.Toxtamishev, I.I.Boboxodjayev, T.S.Safarov, L.T.Tashmatov, V.I.Deryabin, T.S.Musayev, N.K.Kazimirskiy, V.A.Lebedev, S.B.Bekmuradovlar har xil lavozimlarda ishlaganlar.
O’tgan 90 yilga yaqin davr davomida fakultetda 18 mingdan ortiq agronomlar tayyorlanib, ishlab chiqarishga yuborilgan. Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakulteti bitiruvchilari orasidan taniqli yirik olimlar, akademiklar - M.I.Muxamedjanov, D.K.Saidov, V.Vitkovskiy, I.I.Kuzmin, K.V.Smirnov, E.P.Gorelov, A.V.Trushkin, X.X.Xamdamov, A.K.Spisin, V.A.Lebedov, F.P.Gabrieleans, M.P.Narilskiy, Mehnat va O’zbekiston Qahramonlari – I.Turopov, D.Aliboyev, T.Mingliyev, B.Daminov, J.Yusupov, Z.Norqulova, O.Hamrayeva, M.Qo’chqorov, B.Kumakov, I.Fayzullayev, D.Abdullayev, A.Ergashev, M.Zokirov va boshqa davlat arboblari yetishib chiqqan. Bugungi kunda ham fakultetimizni bitirgan agronomlar xorijiy, MDH mamlakatlari va Respublikamizning turli ilmiy, o’quv va ishlab chiqarish muassasalarida faoliyat ko’rsatmoqda.
O’tgan yillar davomida fakultetda jami 18000 ta olim–agronomlar va bakalavrlar, 80 nafardan ortiq magistrlar tayyorlangan; 6 ta fan doktorlari, akademiklar, 32 ta fan doktorlari professorlar, 186 ta fan nomzodlari, dosentlar, 6 ta O’zbekiston Qahramoni va Davlat arboblari yetishib chiqqan. Hozirda fakultetda mutaxassislar tayoyorlashda 12 nafar fan doktorlari, professorlar, 28 nafar fan nomzodlari dosentlar, 7 nafar katta o’qituvchilar, 94 nafar assistentlar va 16 nafar texnik xizmatchilar qatnashmoqda.
Hozirgi kunda fakultetda tajribali olimlardan fan doktorlari, professorlar, D.T.Abdukarimov, I.H.Hamdamov, R.Oripov, P.U.Uzoqov, F.X.Hoshimov, T.E.Ostonaqulov, K.M.Mo’minov, N.X.Xalilov, T.X.Xujakulov, I.T.Ergashev, A.Hamzayev va fan nomzodlari, dosentlar Q.Ravshanov, M.M.Komilova, B.X.Xolmirzayev, A.Umrzoqov, Sh.B.Berdiqulov, M.A.Xayitov, M.Lukov, D.Normurodov, A.Elmurodov, S.Mustanov, P.Bobomirzayev, SH.X.Rizaev, B.Abdullayev, U.Qarshiyeva, E.Xamdamova, A.Sanaqulov, S.T.Sanayev, B.T.Mavlonovlar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Dekanlar A.M.Muxtarov, K.K.Savich, E.N.Stokipin, K.P.Danilevskiy, I.S.Suleymanov, P.U.Uzakov, T.S.Safarov, S.B.Bekmuradov,K.N.Kazimirskiy, F.T.Stojarova, O.S.Saidmuradov, F.X.Xoshimov, K.M.Muminov, M.A.Xaitov, urush vaqtida D.N.Pryanishnikov, P.M.Jukovskiy,V.I.Edelshteyn,V.Vilyams.
Hozirda fakultetda 6 ta ta’lim yo’nalishlari «5410200 – Agronomiya(dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)», «5410100- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik», «5410400 - Qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi», «5410300 - O’simliklar himoyasi va karantini», «5111000 - Kasb ta’limi (5410200 – Agronomiya(dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)», «5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik» bakalavrlari, 4 ta mutaxassisliklar 5A410202-O’simlikshunoslik (donchilik), 5A410202-O’simlikshunoslik (paxtachilik), 5A410401-Seleksiya va urug’chilik (donli ekinlar), 5A410102-Agrokimyo bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Mutaxassislar mustaqil Respublikamizning hozirgi kundagi talablaridan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiga o’tish islohatlarni chuqurlashtirish dasturlari talablariga mos ravishda tayyorlamoqda. Ana shu maqsadga barcha o’quv dasturlari va ish rejalari yo’naltirilgandir. Fakultetda talabalarning 10 ta ilmiy to’garagi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Unda talabalarning 90 foizi ishtirok yetib har xil 200 dan ortiq nazariy va tajribali ma’ruzalar tinglanmoqda. Talabalarning ko’pchiligi davlat va xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy ishlar olib bormoqdalar. 2004-2005-o’quv yilida “Seleksiya va urug’chilik magistri I.Lukova, 2005-2006-o’quv yilida kasb ta’limi 4 kurs bakalavri Chuliyeva Marhabo “Qishloq xo’jaligi va meliorasiya” yo’nalishi bo’yicha O’zR. Prezidenti stipendiati, Abdumalikov Jasur va Ismoilov Alisherlar Beruniy nomidagi Davlat stipendiati sovrindori bo’lishdilar. 2007-2008-yilda Kasbiy ta’lim(agronomiya) yo’nalishi talabasi Rafiyeva Feruza Prezident Davlat stipendiyasi g’olibi, Agronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi Ishonqulova Farida “Kelajak Ovozi - 2007” Respublika tanlovi g’olibi, 2008-2009 yilda yesa Ishonqulova Farida Beruniy davlat stipendiyasi sovrindori, Kasbiy ta’lim (agronomiya) yo’nalishi talabasi Hayitova Shahnoza “Kelajak ovozi - 2009” Respublika tanlovi g’olibi, 2009-2010-o’quv yilida yesa kasbiy ta’lim(agronomiya) yo’nalishi talabalari Boboqulov Zarif Beruniy davlat stipendiyasi, Hayitova Shahnoza esa Navoiy Davlat stipendiyasi sovrindori bo’lishdilar. So’nggi 2013-2014-o’quv yilida 4 kurs bakalavriat talabalari Anvar Shamsiyev “Qishloq xo’jaligi” yo’nalishi bo’yicha O’zR. Prezidenti stipendiati, Akmal Hayitov va Feruza Toshkenboeva 2014-2015 yilda Beruniy nomidagi Davlat stipendiati sovrindori bo’lishdi.
Keyingi yillarda fakultet yetakchi olimlari tomonidan Botanika, Dehqonchilik, Tuproqshunoslik, O’simlikshunoslik, Paxtachilik, Sabzavotchilik, Mevachilik asoslari darslik va o’quv qo’llanmalari chop ettirildi.
O’quv jarayonlari bilan birgalikda fakultetda ilmiy tadqiqot ishlari keng yo’lga quyilgan bo’lib, tuproqlar unumdorligini, paxta, don va oziqa ekinlarining o’sish, g’o’za, g’alla, kartoshka ekinlarining yangi navlarining yaratish va urug’chiligini tashkil qilish borasida keng ko’lamda ishlar olib bormoqda.
Fakultet qoshida magistratura, doktorantura va doktorlik ph.D dissertasiyalarining himoya qilish bo’yicha birlashgan ixtisoslashgan kengashning mintaqaviy tarmog’i mavjud. Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:
O’simlikshunoslik va dehqonchilik;
Qishloq xo’jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug'chilik;
Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish;
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik;
Jismoniy ma’daniyat va sport.
Umuman olganda, fakultet Respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga kadrlar tayyorlash va mutaxassislarining malakalarini oshirishga yaqindan yordam berib kelmoqda.
Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550