Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Umumtexnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi

Kafedra tarixi. Kafedra «Chizma geometriya va konstruksion materiallar texnologiyasi» nomi bilan 1979 yilda tashkil etilgan. Kafedrada 5430100 - Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo’nalishi bo’yicha umumiy injenerlik fanlari o’qitiladi. Bugungi kunda kafedrada 14 nafar xodim ishlab kelmoqda. Ulardan 12 nafari o’qituvchi – 4 nafar dotsent, 2 nafar katta o’qituvchi, 4 nafari assistent hamda 1 nafar kabinet mudiri va 1 nafar laborant. Kafedra o’qituvchilarining o’rtacha yoshi – 42 yosh.

Kafedraning birinchi mudiri etib, t.f.n. I.K.Kruglov saylangan edi. Yangi tashkil bo’lgan jamoa laboratoriyalar, ustaxonalar, kabinetlarni jihozlash, uslubiy qo’llanmalar va o’quv rejalarini tuzish ishlarini amalga oshirdi. Shu ishlarda kafedra mudiri bilan birgalikda jamoa a’zolari dotsentlar I.I.Gurevich, L.B.Persidskaya, B.S.Suleymanov, assistent O’.U.Ablakulov, o’quv ustasi A.Ablayev, keyinchalik esa dotsentlar R.S.Dayanov, T.Q.Ostonov, I.T.Ergashev, Sh.A.Mamasovlar faol qatnashdilar. Hozirgi vaqtda kafedrada texnika fanlari nomzodlari, dotsentlar Sh.A.Mamasov, T.Q.Ostonov, H.X.Razzoqov, dotsent v.b. O’.P.Boboyev, t.f.n., katta o’qituvchi Dj.S.Yuldoshev va katta o’qituvchi A.Ya.Hosilbekov, assistentlar Yo.I.Islomov, A.T.Xodjimamedov, A.S.Mamanazarov, S.M.Sariyev, X.F.Ismoilov, Sh.R.Uralovalar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda.

Kafedra mudiri bo’lib 1979-1986 yillarda dotsent I.K.Kruglov, 1986-1993 yillarda dotsent B.S.Suleymanov, 1993-2000 yillarda dotsent O’.U.Ablakulov, 2001-2012 yillarda dotsent T.Q.Ostonov, 2012 yildan dotsent Sh.A.Mamasov ishlab kelmoqda.

Kafedrada «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» bo’yicha o’quv jarayonini moddiy texnika bazasini yangi zamonaviy asbob - uskunalar, jihozlar, zaruriy vositalar bilan ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha fanlar o’quv-uslubiy majmualari, laboratoriya va amaliy dars ishlanmalari bilan ta’minlangan, laboratoriya va amaliy darslarni o’tilish sifatini oshirish maqsadida yangi asbob-uskunalar olib kelish chora tadbirlari ko’rilmoqda.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari «O’simlikshunoslik va chorvachilikni kompleks mexanizatsiyalashda yangi texnologik jarayonlarni va texnik vositalarini ishlab chiqish va joriy etish» yo’nalishi bo’yicha olib borilmoqda. 2004 yilda kafedra dotsenti I.T.Ergashev doktorlik dissertatsiyasini, 2005 yilda kafedra katta o’qituvchisi Sh.A.Mamasov, 2008 yilda kafedra assistenti O’.P.Boboyevlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

Halqarо alоqalar. Kafedra xodimlari chet el oliy o’quv yurtlari bilan aloqalarni mustahkamlashmoqda. 2012 yila kafedra azolari Germaniyada, Irlandiyada, Vengriyada va Yaponiyada xizmat safarlarida bo’lib ilviy va amaliy aloqalarni yo’lga qo’yishdi. O’zbekistonning bir qator oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari (ToshDAU, TIMI, TAYI, O’zMEI, O’zFA Samarqand bo’limi, QMII, SamDU, SamDAQI) bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Moddiy-texnik baza. Kafedrada 3 ta ma’ruza xonasi va barcha fanlardan amaliy - tajriba mashg’ulotlari o’tkazish uchun 5 ta maxsus jihozlangan o’quv xonalari mavjud bo’lib, ular mashg’ulotlar uchun zarur asbob-uskuna va jixozlar bilan ta’minlangan. Kafedrada 1 ta kompyuter xonasi 13 dona kompyuter hamda 1 dona kodoskop mavjud. Shuningdek, kafedra qoshida chilangarlik - mexanika ustaxonalari tashkil etilgan bo’lib, 2012-2014 yillarda qayta ta’mirdan chiqarilda va unda talabalar o’quv amaliyotlari va tajriba darslari uchun maxsus verstaklar, tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash stanoklari, payvanlash uskunalari, yuk ko’tarish krani ishlab turibdi. Kafedrada «Materiallarni sinash» laboratoriyasi tashkil etilgan bo’lib, unda R-5 va R-20 cho’zish mashinalari va Rokvell hamda Brinell qattiqlikni o’lchash asboblari, materiallarga termik ishlov berish pechlari mavjud. Talabalarning o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari Samarqand Avtomobil zavodi va «Sino» kabi zamonaviy korxonalar bazasida o’tkaziladi.


O’quv-uslubiy ishlar. Kafedradagi barcha fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.

Ma’ruzalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan kodoskop va videoproyektorlar yordamida, ko’rgazmali materiallar va internet ma’lumotlaridan foydalanilgan holda o’tkaziladi va muntazam ravishda nazorat qilib tu’riladi.

Amaliy mashg’ulotlar ishlanmalar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar hamda mashina va mexanizmlar maketlaridan faydalanilgan holda o’tkaziladi. Shuningdek talabalarning mustaqil ishlashi uchun zarur sharoitlar ham yaratilgan.

Laboratoriya mashg’ulotlari barcha fanlar uchun maxsus jixozlangan o’quv-tajriba xonalarida mavjud asbob-uskunalardan foydalanilgan holda hamda talabalarning faol ishtirokida amalga oshiriladi.

Malakaviy amaliyotlar birinchi bosqich talabalariga kafedra qoshidagi chilangarlik-mexanika ustaxonasida hamda ikkinchi bosqich talabalariga ishlab chiqarish sharoitida – Samarqand avtomobil zavodi va Sino muzlatgichlar korxonalarida amalga oshiriladi va ular yordamida nazariy bilimlar amalda mustahkamlanadi. Amaliyot natijalari bo’yicha hisobotlar komissiya oldida himoya qilinadi.

Mustaqil ta’lim referatlar, hisoblash-grafik ishlari, chizma-grafik ishlar shaklida rasmiylashtiriladi va joriy va oraliq nazoratlar tarkibiga kiritiladi.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550