Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 244 guests and no members online

Facebook

Qishloq xo’jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash kafedrasi

Qishloq xo’jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash»  kafedrasining tarixi institut tarixi bilan chambarchas bog’langan. Kafedra 1930 yilda «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizasiyalashtirish va elektrlashtirish» kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Birinchi kafedra mudiri dosent A.I.Burshtin bo’lgan, 1939 yil sentyabr oyidan boshlab 1941 yilgacha kafedrani B.I.Ponamaryov boshqargan. Moskva qishloq xo’jalik akademiyasining evakuasiya qilinishi munosabati bilan 1941 yildan boshlab kafedrani professor P.V.Seleznev boshqargan. 1943 yil dekabr oyidan 1954 yilga qadar kafedraga dosent A.I.Nizametdinov mudirlik qilgan va kafedrada L.M.Zilbirmins, V.V.Derevenkolar ishlaganlar. 1965-1970 yillarda kafedrani dosent V.V.Agafonov boshqargan. Bu kafedraning rivojlanishiga 60-yillarda dosentlar V.V.Agofonov, D.Sh.Golberg va katta  o’qituvchilar M.S.Luchkin, A.V.Paliyev, A.F.Ivanov va boshqalar o’zlarining mehnati bilan hissa qo’shgan.          Kafedrani 1970 yildan 1981 yilgacha dosent V.A.Davlatyan, 1981 yildan 1990 yilgacha dosent R.B. Safarov, 1990  yildan 1996  yilgacha dosent A.J. Jahangirov va 1996 yildan 2004 yilgacha dosent X.N Norboyevlar  boshqargan. Ushbu kafedrada dosentlar A.I. Nizametdinov, V.A.Davlatyan, X.L. Muxamadiyev, R.B. Safarov, R.S. Gasanov, Sh.T. Razzaqov, O.Shavozov, katta o’qituvchilar G.A. Poddubniy, R.S. Dayanov, assistentlar G’.E. Eshonqulov, Sh.Sh. Sulaymonov, M.N.Sodiqova, A.Ortiqov, B.U. Nurmixamedov, O’.Qarshiyev, S.I. Xoshimovlar  faoliyat ko’rsatishgan. Ushbu kafedradan 1978 yilda «Chorvachilikni mexanizasiyalashtirish va elektrlashtirish» kafedrasi  ajralib chiqib,  unga 1991 yilgacha dosent Sh.Q. Suvanqulov rahbarlik qilgan. Ushbu kafedrada dosentlar A.I. Nizametdinov, L.B.Persidskaya, I.I. Gurevich, R. Xusainov, katta o’qituvchilar t.f.n. I.K. Kruglov, M.S. Luchkin, A.X. Xodjayev, A.N. Jabriyev, N.B. Botirov, assistentlar M. Mamatov, Z.A. Abdug’aniyev, S.Ortiqov, S. Xoliqnazarov, N.I. Valiyev, O.Z. Axmedov, N.N. Xamidov, Yo. Xolliyev, X. Po’latov, X. Qobilov, N.Bumatovlar faoliyat ko’rsatishgan. Ushbu kafedra institut ilmiy kengashi qaroriga asosan  «Qishloq xo’jalik va chorvachilik  mashinalari»  nomi bilan atalib, unga 1991 yildan 2000 yilgacha dosent A.N. Jabriyev, 2001 yildan 2004 yilgacha dosent  A.T. Musurmanov rahbarlik  qildi. 2004 yil sentyabr oyida «Mashina - traktor parkidan foydalanish va ta’mirlash» va «Qishloq xo’jalik va chorvachilik mashinalari» kafedralari birlashib, yangi «Qishloq xo’jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi tashkil etildi va unga  t.f.n. B.U. Nurmixamedov  rahbarlik qildi. Kafedraga 2005 yildan hozirgi kungacha dosent Z.A. Abdug’aniyev rahbarlik qilmoqda.
        Bugungi  kunda  kafedrada t.f.d., professor I.T.Ergashev, dosentlar O.Sh. Shavazov, A.J. Jahangirov, X.N.Norbayev, A.T. Musurmanov, t.f.n. B.U. Nurmixamedov, katta o’qituvchilar A.O.Ortiqov, T.A.Xayitov, assistentlar Sh.Sh. Mirzaxodjayev, X.Q.Pardayev, S.I.Xashimov, N.U.Bo’ronov, A.J.Beknazarov, Z.T.Xayitov, A.N.Rabbimov, F.T.Toshqulov, B.R.Toshtemirov, M.K.Axmedov, U.A.Ismoilovlar yoshlarga ta’lim tarbiya bermoqdalar. Kafedrada o’quv darslari va amaliyotlarni sifatli  o’tkazishda kabinet mudiri A.A.Radjabov, o’quv ustalari A.Usmonov, M.U.Negmatov,  X.B.Shodiyev, A.A.Asqarov, Sh.Z.Abdug’aniyeva, G’.I.Uralovlar, muhandis G.S.Xo’jamqulova, katta nazoratchi S.Boymurodov, laborant B.T.Abdualiyevalar, povilon mudiri O’.Q.Mamadaliyev, katta ilmiy xodim- izlanuvchi, t.f.n. B.U. Nurmixamedovlar mehnat qilib kelishmoqda. 
      Keyingi besh yil davomida kafedrada o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda sezilarli darajada ijobiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ikkita darslik, bitta elektron darslik, uchta monografiya, uchta o’quv qo’llanmasi, to’rtta namunaviy fan dasturlari, yigirmadan ziyod uslubiy ko’rsatmalar chop etildi va o’quv jarayoniga joriy qilindi. Kafedradagi 23ta fanning barchasi bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarning yangi avlodi tayyorlandi.
     Kafedraning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida institut o’quv-tajriba poligonida Avtotraktorodrom, bitta kompyuter sinfi ishga tushirildi, uchta laboratoriya uskunalari yasaldi va o’quv jarayoniga joriy qilindi. Malakaviy amaliyotlar ilg’or xo’jaliklar, tuman mashina - traktor parklari va UzKEYS Servis qo’shma korxonasida o’tkazilib kelinmoqda. Kafedrada  o’quv tajriba-sinash poligoni mavjud bo’lib, unga 19,8 ga maydon ajratib berilgan. Poligonda talabalar traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalarini ishlatishni va boshqarishni o’rganib, talab etiladigan harakatlanish yo’llari, darvozaga kirish, ko’prik va chorrahalardan o’tish joylari va boshqalar qurilgan. O’quv tajriba-sinash poligoniga A.Usmonov mudirlik qilib kelmoqda.  Shunindek, kafedra tarkibida yengil avtomobillarga xaydovchilikni o’rgatuvchi  avtomaktab tashkil etilgan bo’lib, bu «Avtomaktab»ga kafedra assistenti S. I. Xashimov rahbarlik qilmoqda. O’quv poligonida avtomobil va traktorlarni boshqarish uchun talab etiladigan harakatlanish yo’llari, darvozaga kirish, ko’prikdan o’tish, chorrahalardan joylari va boshqalar qurilgan. Hozirgi paytda  kafedrada  «Traktor maktabi» faoliyat ko’rsatib kelmoqda,  unga katta o’qituvchi T.A.Xayitov rahbarlik qilmoqda. Traktorlarni boshqarish davrida talabalar bu mashinalarning har birini alohida bajaradi va ular «Traktorist-mashinist» haydovchilik guvohnomasini olishadi.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550