Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Qishloq xo’jalik mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish kafedrasi

Kafedra Samarqand qishloq xo’jalik instituti olimlar kengashining 1993 yil 26 sentyabrdagi yig’ilishi qaroriga va Agroinjeneriya fakultetidagi «Konservalash texnologiyasi» va «Teri-mo’ynani qayta ishlash texnologiyasi» ta’lim yo’nalishlari uchun mutaxassis chiqaruvchi «Mahsulotlarni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi va organik kimyo» kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 1997 yilda yuqoridagi yo’nalishlar o’rniga «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» yo’nalishi berilganligi munosabati bilan kafedra nomi «Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va organik kimyo» deb nomlandi. 2001 yil sentyabr oyidan boshlab «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi» ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar tahsil ola boshladilar. Shu munosabat bilan kafedra «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish» deb nomlandi.

Kafedrada talabalarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ma’ruza va amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazilib kelinmoqda. Malakaviy amaliyotlarni Samarqand shaxrida va tumanlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan sifatli o’tkazilib borilmoqda.
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari natijalari ishlab chiqarish korxonalari tahlilxonalarida tadbiq etilib, o’qituvchi-xodimlar tomonidan «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari» mavzusida ilmiy izlanishlar xamda “Suv xo’jaligi muxofazasi” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi bilan “Zarafshon daryo vohasining ekologik ta’minotini o’rganish toksik elemantlarning tuproq-suv-o’simlik-xayvon va odam organizmi migrasiyasini aniqlash” borasida 2 mln 300 ming so’mlik ishlar olib borilmoqda.
Kafedra o’qituvchilari chet el oliy o’quv yurtlarida AQShning Xarvord Universiteti, Xarkov «Oziq-ovqat texnologiyasi» ilmiy tekshirish instituti xamda Rossiyaning “Orlov davlat agrar universiteti” bilan aloqa o’rnatgan. Respublikamizning ko’pgina oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikdagi ishlar yo’lga qo’yilgan. Kafedra mudiri dosenti Sh.A.Ishniyazova 2001 yilda SRDF fondi tomonidan grant g’olibi bo’lib, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Arizona shtati Tukson shahrida o’tkazilgan ilmiy anjumanda qatnashgan. Vashingtondagi Xorvord Universiteti bilan 2001-2005 yillarga mo’ljallangan ilmiy hamkorlik bitimi tuzilgan. 1991-2011 yillar mobaynida kafedra xodimlari tomonidan butun dunyo olimlari xalqaro ilmiy to’plamlarida maqola va tezislar chop ettirilgan. Kafedra o’qituvchisi A.X.Yusupov 1995 yilda Nyu-York fanlar akademiyasiga faxriy a’zosi bo’ldi.

Kafedrada Grant GIPT–12.44 yo’nalishi bo’yicha 2002-2003 yillarda I.X.Shukurov ish olib borgan.
Kafedrada «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va ta’lim to’g’risidagi qonun ijrosi bo’yicha o’quv jarayonini moddiy texnika bazasini yangi zamonaviy asbob uskunalar, jihozlar, zaruriy vositalar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Kafedra dosenti A.H.Yusupov o’zining «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va ta’lim to’g’risidagi qonun ijrosi bo’yicha o’quv jarayonini moddiy texnika bazasini yangi zamonaviy asbob uskunalar, jihozlar, zaruriy vositalar bilan ta’minlash va kafedrada o’tiladigan fanlardan O’quv–uslubiy majmualarni tayyorlash ishlaridagi fidokorona mehnatlari uchun “O’zbekiston mustaqilligiga 20 yil” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550