Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 69 guests and no members online

Facebook

Fizika va kimyo kafedrasi

Ismailov Ermamat fizika matematika
fanlari nomzodi dotsenti kafedra mudiri

Manzil: Samarqand, 140103. Mirzo-Ulug’bek 77,
Samarqand qishloq xo’jalik, 4-bino, 421 xona
Tel:998915205936 Fax:998662340786
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Qabul kuni har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

 

Umumiy kimyo kafedrasi 1929 yilda tashkil etilgan bo`lib, kafedra tashkil etilgan kundan boshlab unda olimlardan professor P.N.Parfen`yev. prof. L.N.Lapin, P.M.Faktorovich va boshqalar ishlagan. 1937-1975 yillarda dotsent K.N.Arbuzov, 1975-1998 yillar prof. SH.N.Nazarov, 1998-2004 yillarda dotsent E.Nasimovlar kafedraga mudirlik qilib keldilar.

Ushbu kafedrada turli yillar davomida SH.Zamiliddinov , G.Z.Shamilov, D.Abayev. B.I.Shutova, A.A.Axumova, Z.K.Boybekova, V.E.Borisov, N.E.Kudrina, Yu.P.Shalimov, X.R.Navruzov, T.Bobonazarov, N.Jurayev, T.Saidmurodov, M.M.Niyazov, R.L.Ibodov, T.Usmonov va boshqa tajribali o`qituvchilar faoliyat ko`rsatgan.

2004 yilda «Fizika va kimyo» kafedrasi tashkil etildi va dotsent A.Davirov qildi. 2006 yildan kafedraga fizika va matemarika fanlar nomzodi E.Ismailov rahbarlik qilmoqda. Kafedra professori SH.N.Nazarov. dotsentlar Z.Aminov, A.Davirov, S.Artiqov, N.Mamatqulov, X.Mamadiyarova. Z.T.Saidmurodova, E.Nasimov. katta o`qituvchi X.A.Avazova. o`qituvchi I/S.Yaxshiqulov va laborantlar G.Abdimuratova, L.Gaybarova faoliyat ko`rsatmoqda.

Kafedraning ilmiy pedagogik faoliyati 97% ni tashkil etadi. Kafedrada hozirgi zamon darajasida jihozlangan, 11 ta ma`ruza va laboratoriya xonalari mavjud.

Kafedrada bakalavriat ta`limy yo`nalishlarida fizika, biofizika, kimyo, hayvonlar biokimyosi va issiqlik texnikasi fanlaridan ma`ruza, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari o`tkazilib kelinmoqda.

Kafedrada keyingi 3 yil davomida zamonaviy axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo`yicha 1400 MB dan ziyod virtual laboratoriya ishlari elektron mul`timediyali darslik, 14 ta asosiy adabiyotlarning elektron versiyasi tayyorlandi.

2009-2010 yillarda institute rektori, professor SH.T.Xoliqulov va kafedra mudiri E.Ismailov tomonidan “Fermer xo`jaliklarda issiqxonalar qurish va foydalanish asoslari” nomli va dotsent X.Mamadiyarova tomonidan “Anorganik kimyo” fanidan o`quv qo`llanmalar chop etilgan.

Kafedra professor-o`qituvchilar ayrim suyuqlik va qattiq jismlar optic va elektrik xossalarini o`rganish. Ba`zi bir toksin mikroelementlarni turli ob`ektlarda atom absorbsion usulda aniqlash, suyuqlik kompleks o`g`itlardan sintez tahlili, natriy, kaliyxliorat va aminoguanidin tuzlari asosida kamzaharli defoliantlar yaratish quyosh energiyasidan qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida foydalanish mavzulari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra professor o`qituvchilar tomonidan so`ngi 3 yolda 2 ta o`quv qo`llanma, 12 ta o`quv-uslubiy ko`rsatma, 68 ta ilmiy maqola, shundan 18 tasi halqaro miqyosida, 24 tasi respublika miqyosida jurnallarda chop etilgan.

2009-2010 yillarda Respublika va Oliy o`quv yurtlari talabalarning fan olimpiadasi 2-bosqichida kimyo fani bo`yicha institutimiz talabalari faxrli 3-o`rinni egallab kelmoqda. Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik to`yi munosabati bilan kafedra dotsentlari E.Ismailov va N.Mamatqulov Toshkent Davlat Agror Universiteti professor N.Norboyev va 1-akademik litsey direktori dotsent G.Xodjayev bilan hamkorlikda “Biofizika” fanidan darslik tayyorlandi.

azarov Sharif Nazarovich davr mobaynida o’zining mehnatsevarligi, talabalar bilan ishlash qobiliyatini ko’rsatdi. U juda ham ishchan, talabchan va kamtarligi bilan jamoa a’zolari va talabalari orasida obro’ topgan.

Nazarov Sharif Nazarovich malakali o’qituvchi sifatida “Anorganik va analitik kimyo”, “Fizik va kolloid kimyo” fanlarini o’qitish sohasida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda. Chop etilayotgan ilmiy maqolalari 150 dan ortiqdir.

Professor Sh.N.Nazarov “Yangi montimoriliolarni fizik-kimyoviy usulda tekshirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ilmiy ish natijalari ko’pgina halqaro va Respublika miqiyosida o’tkazilgan ilmiy anjumanlar va nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan.

U kishi hozirgi kunda Agronomiya yo’nalishida tahsil olayotgan guruh talabalariga ma’ruza va laboratoriya darslarini olib bormoqda. Hozirgi kunda kimyo fani bo’yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish ustida faol mehnat qilmoqda.

Ermamat Ismailov mahalliy va yaqin xorij mamlakatlari Respublikamiz ilmiy jurnallari va to’plamlarida 70 dan ortiq maqolalar, hamda fizika fanidan 17 ta uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar chop qilgan.

2010 yilda professor Sh.T.Xoliqulov bilan hammualliflikda “Fermer xo’jaliklarda zamonaviy issiqxona qurish va undan foydalanish” nomli o’quv qo’llanmasini chop etdi.

Ermamat Ismailov 1991 yildan Agroinjener fakultetining tarbiyaviy ishlari bo’yicha dekan muovini, 1993 yildan 1997 yilgacha o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini sifatida fakultetning o’quv va jamoat ishlarida faoliyat ko’rsatib keldi, hozirgi vaqtda Ermamat Ismailov institut “Murabbiylar kengashi” ning raisi vazifasini bajarib kelmoqda.

O’quv tarbiyaviy ishlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi va jamoat ishlarida faolligi uchun bir necha marta institut ma’muriyati, Samarqand shahar hokimiyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantirilgan.

Z.Aminov institutning Agronomiya, qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash fakultetlari talabalariga kimyo fanidan ma’ruza va amaliy darslarni yuqori ilmiy-uslubiy saviyada olib bormoqda.

Halqaro, Respublika va Institut miqiyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda, o’quv-uslubiy seminarlarda faol ishtirok etib dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilib kelmoqda. Rejali ishlarda muvaffaqiyatlifaol ishtiroki uchun Z.Aminov Institut ma’muriyati tomonidan ko’p marta mukofotlangan.

A.Davirov - kimyo fanlari nomzodi, dosent, ushbu lavozimda 1992 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda. Bir necha yillar davomida qorako’lchilik fakultetida sport ishlari bo’yicha dekan muovini, fakultet kasaba uyushmasi raisi sifatida faoliyat ko’rsatgan.

1987 yilda “Atomno-absorbsionnoye opredeleniya gidrido obrazuyuщix elementov v razlichnыx obyektax biosferы” mavzusida fan nomzodligi dissertasiyasini himoya qildi. U jurnal va to’plamlarda 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 2 ta mualliflik guvohnomasi hamda Respublikada o’tkazilgan ilmiy anjumanlar tezislarida bir necha maqolalar chop etgan.

Amir Davirov ko’p marta institut ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

N.Mamatqulov institutning Agronomiya, Veterinariya, Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti talabalariga “Fizika” va “Biofizika” fanlaridan ma’ruza va amaliy darslarni yuqori saviyada olib boradi.

Faoliyati davomida 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarni chop qilgan, so’nggi 5 yillikda 15 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar chop etgan.

Institut va respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, o’quv-uslubiy seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Rejali ishlarda muvaffaqiyatli qatnashganligi va jamoat ishlarida faolligi uchun N.Mamatqulov ko’p marta institut ma’muriyati tomonidan mukofotlangan.

Ma’ruza va amaliy darslarni zamonaviy informasion va pedagogik texnologiyalar asosida olib boradi.

Z.T.Saidmurodova institutning “Veterinariya”, “Zootexniya” va “Qorako’lchilik”, “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” fakulteti talabalariga kimyo fanidan ma’ruza va laboratoriya darslarini yuqori saviyada olib boradi.

Faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarni chop qilgan. So’nggi 5 yillikda 14 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan.

Institut va Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy koferensiyalar, o’quv-uslubiy seminarlarda ishtirok etib kelmoqda. Rejali ishlarda muvoffaqiyatli

ishtirok etganligi va jamoat ishlarida faolligi uchun Z.T.Saidmurodova ko’p marta institut ma’muriyati tomonidan mukofotlangan.

2001 yilda nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. Hozirgi vaqtda ham o’z ilmiy ishlarini davom ettirib kelmoqda. X.Mamadiyarovaning 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari chop etilgan. 2007 yilda Kimyo o’qituvchilar, repetitorlar va abituriyentlar uchun o’quv qo’llanma rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilinib chop etilgan. 2009 yilda “Anorganik kimyo” o’quv qo’llanmasi, Qishloq xo’jalik instituti talabalari uchun Oliy ta’lim Vazirligi tomonidan Grif berilib, chop etilgan.

2010 yilda Agrokimyo tuproqshunoslik yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan barcha Oliy o’quv yurti va kollej talabalari uchun “Anorganik kimyo” o’quv qo’llanmasi chop etilgan.

X.Mamadiyarova o’z ustida tinimsiz ishlaydigan pedagog. U malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Institut, Respublika miqiyosida bo’ladigan jamoat ishlariga aktiv ishtirok etadi.

U rahbarlik qilgan iqtidorli talabalar Kimyo fanidan Respublika olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.

Samarqand qishloq xo’jalik institutiga “Umumiy kimyo” kafedrasida 1982 yildan 1994 yilgacha ilmiy xodim vazifasida, 1994-1996 yillarda “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasida katta laborant, 1996 yildan shu kafedraning assistenti lavozimidaishlab kelgan.

X.A.Avazova davr mobaynida o’zining mehnatsevarligi, talabalar bilan ishlash qobiliyatini ko’rsatdi. U juda ham ishchan, talabchan va kamtarligi bilan jamoa a’zolari va talabalari orasida obro’ topgan.

X.A.Avazova malakali o’qituvchi sifatida “Anorganik va analitik kimyo”, “Fizik va kolloid kimyo”, “Bioorganik va biologik kimyo” fanlarini o’qitish sohasida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda. Chop etilayotgan ilmiy maqolalari 30 dan ortiqdir.

U professor Sh.Nazarov rahbarligida “Turli obyektlarda toksik elementlarni atom-absorbsion usulda aniqlash” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Ilmiy ish natijalari ko’pgina halqaro va Respublika miqiyosida o’tkazilgan ilmiy anjumanlar va nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilgan.

U hozirgi kunda qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan rus guruhi talabalariga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib bormoqda. Hozirgi kunda kimyo fani bo’yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish ustida faol mehnat qilmoqda, shu bilan birgalikda QXM va MQI fakulteti 11-guruh murabbiysidir.

KAFEDRADA TA’LIM TIZIMI.Barcha o’quv shakllari bo’yicha Oliy ta’limning

DTS lariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalarida belgilangan ma’ruzalar; amaliy mashg’ulotlar;labaratoriyalar va boshqa turdagi mashg’ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish; Kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar tayyorlash; Darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy va metodik ko’rmatmalarni tayyorlash;

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishgan va amalda bajarib kelishmoqda.

KAFEDRANING ISTIQBOLDAGI REJALARI.Kafedrada o’tiladigan fanlar bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalarini yozishni va chop etishni izchil davom ettirish;

Kafedrada fanlar bo’yicha elektron darsliklar tizimini, yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari va vertual laboratoriyalar bilan ta’minlashni tashkil etish;

Quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy tadkikotlar olib borish:

Ayrim suyuqliklar va qattiq jismlarning optik hamda elektr xossalarini o’rganish

Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan fiziologik aktiv moddalarni sintezi, analizi va ularni qishloq xo’jaligida qo’llanilishini o’rganish;

Quyosh energiyasidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash uchun foydalanish

Iqtidorli talabalarni kafedraga faol jalb qilish va ular bilan samarali shug’ullanish.

Kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar bilan hamkorlikda elektron darsliklar, vertual laboratoriyalar, uslubiy qo’llanmalar tayyorlash;

Respublikamizning viloyatlari, tumanlari, xo’jaliklari ilg’or fan yutuqlarini targ’ib etish, tegishli tavsiyalar, ma’ruzalar, suhbatlar ilmiy konferensiyalarni davriy ravishda olib borish;

Talabalarga dars jarayonida vatanparvarlik milliy mafkura g’oyalarini tinimsiz singdirib borish, yuksak axloq madaniyatiga ega bo’lishini ta’minlash;

Chuqur bilimga ega ma’naviyati yuksak barkamol avlod tarbiyalash, yosh avlodni aqidaparastlik, diniy ekstrimizm, giyohvandlik, millatchilik, mahallachilik, urug’-aymog’chilik singari zararli illatlardan muhofaza qilish bo’yicha tinimsiz tarbiyaviy, ma’rifiy ishlarni olib borish;

Kafedrada bakalavrlar tayyorlash jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish, jahon andozalari talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga erishish

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550