Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 118 guests and no members online

Facebook

Agroinjeneriya fakulteti

       Agroinjeneriya fakulteti dekani
  YULDASHEV DJAZIL SAYDULLAYEVICH   
        ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +998662348577
Fax: +998662340786
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.
 
 
1979-yilda Agronomiya fakulteti tarkibida «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish» bo’limi tashkil etilgan edi. 1991-yilda shu bo’lim negizida «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish» fakulteti tashkil etildi. Fakultet hozirgi kunda «Qishloq ho’jaligini mexanizasiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlash» deb ataladi. O’tgan yillar davomida fakultetda mingdan ortiq muhandis kadrlar tayyorlangan. Bu mutaxassislar Respublikamizning turli viloyatlarida qishloq xo’jalik korxonalarida, mashina traktor parklarda, Agromashservis, Agromashxolding, Mevasabzavotuzumsanoatxolding birlashmalarida, “SamAvto”, “Agromir”, “UzBAT” kabi qo’shma korxonalarda xizmat qilib kelmoqdalar. Bundan tashqari bitiruvchi mutaxassislarimiz O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatida, ichki ishlarda, ayniqsa davlat Avtomobil Inspeksiyasi (GAI)da faoliyat ko’rsatmoqdalar. Bir nechta mutaxassislarimiz AQSh, Gollandiya, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Irlandiya va boshqa davlatlarda o’qishlarni davom etirishmoqda yoki mehnat qilmoqdalar. Fakultetda quyidagi kafedralar mavjud:
       Umumtexnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi;
       Qishloq xo’jalik mashinalari, foydalanish va ta’mirlash;
       Qishloq ho’jalik mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil  etish;
       Fizika va kimyo.             
           Bu kafedralarda 2 nafar fan doktorlari, 27 nafar fan nomzodlari, 12 nafar katta o’qituvchi va assistentlar talabalarga dars bermoqda. 
        Fakultetda “Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish” va “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta  ishlash  texnologiyasi” ta’lim yo’nalishilari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari "Dehqonchilikni mexanizasiyalashtirish" mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tahsil olmoqdalar. Fakultetda talabalar bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda fakultetda jami 677 nafar dakalavr va 6 nafar magistr talabalari tahsil olmoqda.
          Elektrotexnika, issiqlik texnikasi, metallarni sinash, chorvachilik  mashinalari va boshqa fanlar bo’yicha zamonaviy laboratoriyalar, o’quv xonalari, maxsus jixozlangan 2ta kompyuter zali, mashina traktor paviloni, chilangarlik, mexanik va avtomobillar dvigatellarini ta’mirlash ustaxonalari talabalar xizmatida. Talabalar amaliyotlari “SamAvto”, “Agromir”, “Sino”, “UzBAT”, “Agromash servis”, “O’zKeysServis” va boshqa ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazilayapti. Bundan tashkari Germaniyaning «LOGO», «Bavariya»,  dasturi bo’yicha grant sohibi bo’lgan talabalarimiz 6 oy mobaynida Germaniyada amaliyot o’tishi tashkil etildi.
          Yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy qilish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirildi. T-sxema, Venn diagrammasi, Eyler xalqalari, Aqliy hujum, FSMU (Fikr, savol, mulohaza, umumlashtirish) kabi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
         Fakultet professor-o’qituvchilari o’quv jarayonini kerakli uslubiy materiallar bilan ta’minlash borasida ko’plab ishlarni amalga oshirmoqdalar. Oxirgi uch yil davomida 3 ta darslik, 7 ta o’quv qo’llanmasi, 1ta monografiya va yuzdan ortiq uslubiy ko’rsatmalar chop etildi.
        Fakultet professor-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol ishtirok etmoqdalar. 2006-2010 yillarga mo’ljallangan dastur bo’yicha quyidagi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
         «Tuproqqa minimal ishlov berish texnologiyalari va texnik vositalarini tadqiq qilish» (ilmiy rahbar t.f.d. I.T.Ergashev); 
      «G’o’za qator oralariga ishlov berish texnologiyasi va ishchi organlarini takomillashtirish» (ilmiy rahbar t.f.n. B.U.Nurmixamedov);
        «Qorakulchilik mahsulotlariga ishlov berish va texnik vositalarini ishlab chiqish» (ilmiy rahbar t.f.n. Dj.S.Yuldashev);
       «Bog’, uzum qator oralariga ishlov berish texnologiyasi va ishchi organlarini takomillashtirish» (ilmiy rahbar dotsent A.T.Musurmonov);
       «G’o’za qator oralig’iga va ochiq maydonlarga bir vaqtning o’zida jo’yak shakllantirib yoppasiga qatorlab don ekishga mo’ljallangan yuqori samarali universal seyalka konstruktsiyasini yaratish» (ilmiy rahbar dotsent A.Jaxongirov); 
«G’o’za qator oralig’iga va ochiq maydonlarga don ekishga mo’ljallangan universal seyalkaning sanoat namunalarini tayyorlash va dala sinovlarini o’tkazish» (ilmiy rahbar dotsent A.Jaxongirov);    va boshqalar.
         2010-2013 yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo’yicha bitta monografiya, yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, 6 ta ixtiroga patent olindi, bitta doktorlik (I.T.Ergashev 2004 yil),ikki ta nomzodlik (Sh.A.Mamasov, 2005yil, O’.P.Boboyev, 2008 yil) dissertasiyalari himoya qilindi.
        Biz qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtieish va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida o'quv-uslubiy ishlar olib borish, tuproqqa ishlov berish, chorvachilik texnikalarini yaratish, qorako'lchilikdagi texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash, yaylovlarni fitomeliorativ yo'l bilan yaxshilash, muammolari bo'yicha birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishda hamkorlik qilishga tayyorligimizni bildiramiz.
   
Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550