Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 87 guests and no members online

Facebook

O'zbek tili va chet tillar kafedrasi

O’zbek va chet tillar kafedrasi
Sobirov Solijon Sobirovich
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, kafedra mudiri.

ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand, O'zbekiston.
Tel: +998985738012

Qabul kunlari: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha

 

 

Samarqand qishloq xo'jalik instituti Zootexniya va qorako'lchilik fakultetiga qarashli «O'zbek va chet tillar» kafedrasi barcha ta'lim yo'nalishlariga faoliyat ko'rsatuvchi nufuzli kafedralardan biridir. Kafedra 1929-yilda tashkil topgan. Dastlab u umumta'lim fanlar hay'ati tarkibida faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 1948-yildan boshlab "Tillar kafedrasi" nomi bilan yuritib kelingan. 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. 1991-yil sentabrda yurtimiz istiqlolni qo'lga kiritgach, 1993-2000-yillarda "Tillar kafedrasi" ikkiga - "O'zbek tili va adabiyoti" hamda "Rus tili va chet tillar" kafedrasiga ajralib faoliyat ko'rsata boshladi. 2000-2015 yillarda "O'zbek tili va chet tillar" kafedrasi nomi bilan faoliyat ko'rsatib kelgan. 2015-yildan hozirgi kunga qadar institut Olimlar Kengashining qarori bilan “O'zbek va chet tillar” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra mudiri lavozimida 1975-yilgacha R.S. Ibragimova, 1981-yilgacha dotsent R.U.Tursunov, 1986-yilgacha dotsent A.V.Azatyan, 1998-yilgacha fan doktori L.A.Xachaturova, 2000-yilgacha dotsent S.S.Sobirov, 2004-yilgacha dotsent O'.U.Usmonov, 2011-yilgacha dotsent A.A.Ahmedovlar faoliyat ko'rsatib kelgan bo'lsalar, hozir kafedra mudiri lavozimida dotsent Solijon Sobirovich Sobirov ishlab kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada jami 36 ta professor-o'qituvchilar, shu jumladan, 1 ta dotsent, 3 ta katta o'qituvchi va 32 ta o'qituvchi faoliyat ko'rsatmoqda. «O'zbek va chet tillar» kafedrasi tarkibida rus, ingliz , nemis tillari seksiyasi mavjud.
O'zbek tili va rus tili seksiyasida filololgiya fanlari nomzodi, dotsent S.S.Sobirov, katta o'qituvchi D.D.Xolboyeva, o'qituvchilar S.T.Gafurova, M. Abdusalomova, S.H.Ullieva, Sh.Hamidova,I.Haydarova va Sh.Djamaliddinovalar faoliyat ko'rsatmoqda.
Ingliz tili seksiyasida o'qituvchilar Z.O.Xolmirzayeva, N.J.Fayzullayeva, M.U.Tursunova, O.B.Sodiqov, D.Yunusova, N.N. Ochilova, H.Fayziev, O.Isakov, F. Nomozova, B.Rafieva, M.Ashiraliyeva, D.Nosirova, D.Rahimova, F.Ahmedjanova, A.Tursunov, G.Xasanova, F. Davronova va Y. Ismatovalar faoliyat olib boradi.
Nemis tili seksiyasida katta o'qituvchilar B.M.Mirsanov, Z.S.Tog'ayeva, o'qituvchilar A.A.Murtazayev, F.U.Fayzullayev, A.Gapparov, X.Roziyev, G‘. Nizomov, M. Tovosharov va B.Sayitmurodovlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Fransuz tili darsini o'qituvchi N.Yahyoqulova olib boradi.
Kafedra a'zolari Germaniya Federativ Respublikasidagi Hohenheim va Hunboldt universitetlari, Rossiya Federatsiyasidagi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti va K.A.Timiryazev nomidagi Qishloq xo'jalik akademiyasi, Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti va Germaniya oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, qator dasturlar bo'yicha, xalqaro magistratura va bakalavriyat yo'nalishlari bo'yicha institut talabalarining Germaniya, Malayziya, Angliya, Gollandiya, Rossiya kabi mamlakat yoshlari bilan aloqa o'rnatishlarida bosh-qosh bo'lmoqdalar. Bu borada kafedra professor-o'qituvchilaridan dotsent S.S.Sobirov, katta o'qituvchilar B.M.Mirsanov, D.D.Xolboyeva, B.R.Rafiyeva, D.A.Yunusovalarning xizmati katta.
Shu bilan birga, yurtimizning yetakchi oliy o'quv yurtlari Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, Samarqand Davlat chet tillar instituti, Toshkent Avtomobil yo'llar instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent pedadogika universiteti, Toshkent Axborotlar texnologiyasi instituti, Samarqand Qurilish va me'morchilik instituti, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti turdosh kafedralari bilan uzviy ravishda hamkorlik qilib kelmoqda.
O'zbek tili va chet tillar kafedrasida 1995-yildan buyon Germaniya Federativ Respublikasi bilan hamkorlikda qator dasturlar doirasida bugunga qadar 100 dan ortiq institutimiz talabalari o’z sohalari bo'yicha ilg'or nemis fermerlarida amaliyot o'tab qaytishdi va amaliyot o'tashmoqda. Talabalarning Germaniyaga borib, malaka oshirishida O'zbek va chet tillar kafedrasi o'qituvchilarining hissasi katta.
O'zbek tili va chet tillar kafedrasi o’qituvchilari 2013-yilda 25 nafar talabamiz, 2014-yilda 35 nafar talabamiz - jami 60 nafar talabalarimizning Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk agrar-injenerlik universiteti bilan hamkorlik dasturi doirasida sohalari bo'yicha ilg'or fermer xo'jaliklarida amaliyot o'tab qaytishlarida o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Kafedra o’qituvchilari rus,ingliz,nemis,fransuz tillaridan institutning barcha fakultetlariga amaliy mashg’ulotlar o’tkazib kelmoqda.
Kafedra professor-o'qituvchilari institutda ta'lim olayotgan talabalarni chet tillarni mukammal o'rganib, yuqori malakali mutaxassis qilib tayyorlashni o'zlarining burchlari deb hisoblaydilar.
Kafedra o'zbek, rus, ingliz, nemis va fransuz tili fanlaridan barcha fakultet talabalariga amaliy mashg'ulotlar o'tkazib kelmoqda.
Kafedrada so'nggi yillarda ilmiy va uslubiy ishlar ham sifat, ham miqdor jihatdan o'zgardi va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, 6 ta uslubiy qo'llanma chop ettirildi.
Respublikamiz Prezidenti yosh avlodni, ayniqsa, talaba yoshlarni zamon talablari ruhida tarbiyalashda o'qituvchi-murabbiylarning o'rni beqiyos ekanligini alohida ta'kidlaydi. Buni his etgan kafedra professor-o'qituvchilari o'zlarining butun faoliyatini yoshlarga ilm sirlarini o'rgatish bilan bir qatorda, ularni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashga butun diqqat e'tiborlarini qaratib kelmoqda.
O'quv- uslubiy faoliyat ko'rsatkichlari
Barcha fanlardan me'yoriy - huquqiy hujjatlar mavjud. Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan namunaviy o'quv rejalarga asosan ishchi o'quv rejalar tuzilgan va ular me'yoriy - huquqiy hujjatlarga mos, fakultet va institut ilmiy kengashida muhokama qilingan va o'quv ishlari bo'yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan.
Kafedrada professor - o'qituvchilarining 2011-2012-o'quv yili uchun o'quv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va tarbiyaviy ishlari hajmini hisoblash Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2004-yil apreldagi "Vaqt me'yorlari to'g'risida”gi 105-sonli buyrug'iga asosan tuzilgan NIZOM ga asosan taqsimlangan.
Kafedra jamoasi faoliyatiga oid hamma hujjatlar talablarga javob beradigan darajada yuritilmoqda. O'quv, ilmiy - uslubiy, ilmiy - tadqiqot, tashkiliy - uslubiy va ma'naviy - ma'rifiy faoliyatlarga oid 22 ta papka yuritiladi.
Professor - o'qituvchilarning har kuni kelib ketish vaqti ko'rsatilgan jurnallari to'ldirib boriladi.
Kafedrada o'tiladigan barcha fanlardan Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq o'quv - uslubiy majmualar (jumladan, fan dasturlari, ishchi o'quv dasturi, ta'lim texnologiyasi, masalalar va mashqlar to'plami, testlar, nazorat uchun savollar, umumiy savollar, dars ishlanmalar, reyting xaritasi, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro'yxati, tayanch konspekt, o'quv materiallari (ma'ruza matni), xorijiy manbalar, kurs ishlari mavzulari, annotasiyalar, mualliflar haqida ma'lumot, foydali maslahatlar, normativ hujjatlar, baholash mezonlari, ) mavjud. Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha huquqiy - me'yoriy hujjatlar tayyorlangan. Barcha fanlardan ushbu hujjatlarning elektron variantlari mavjud.
Kafedra va fakultet tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan professor - o'qituvchilar ning ochiq darslari o'tkazilib, ularning zarur hujjatlari Ziyonet tarmog'iga joylashtirilgan.
Kafedrada har bir fan bo'yicha adabiyotlar bilan ta'minlanish monitoringi yuritilgan. Hozirgi paytda kafedrada barcha fanlardan 100% adabiyotlar mavjud.
Keyingi yillarda kafedra o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarga qaratilgan e’tibor kuchaymoqda. O’qituvchilarimiz tomonidan 100 ga yaqin ilmiy maqola,6 ta o’quv-uslubiy ishlanma va qo’llanmalar nashr qilindi.
Hozirda kafedramiz jamoasi Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov va amaldagi Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyevning yuritayotgan oqilona siyosatiga asoslangan holda yoshlarni yetuk mutaxassis qilib tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida kafedramiz a’zolari S.S.Sobirov, D.D.Xolboyeva, G.X.Tolibova tomonidan tayyorlangan “Методическое пособие по русскому языку”, S.S.Sobirov, D.D.Xolboyeva,G.H.Tolibova «Тестовые задания по русскому языку», A.A.Ahmedov,O.A.Rahimova hammuallifligida nashr qilingan «Deutsch» (SamQXI bakalavriat yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan nemis tilidan o’quv-metodik ishlanma),O.A.Rahimova, Z.S.Tagayeva, F.U.Fayzullayevlarning «Deutsch» (o’quv qo’llanma), o’qituvchilar S.S.Sobirov va D.D.Xolboyevalar tomonidan nashrga tayyorlab qo’yilgan «Русский язык»( institutlarning nofilologik yo’nalishdagi 1-bosqich talabalari uchun ) darsliklarini sanab o’tishimiz mumkin.
Multimediyali va elektron darsliklardan samarali foydalanish maqsadida kafedra uchun proyektor ajratilganligi multimediyali va elektron darsliklarni amaliy darslarga tadbiq etilayotganligini ta’kidlash lozim.
Kafedrada kafedra mudiri tomonidan o'qituvchilarning o'zlashtirish jurnallarining yuritilishi, joriy va oraliq baholashlar doimiy ravishda nazorat qilinadi. Kafedra o'qituvchilarining joriy va oraliq nazoratlar muddatida o'tkazilib jurnallarida ballar qayd etilgan. Kafedrada qaydnomalar to'g'ri to'ldirilgan va ular reyting daftarchasiga mos.
Talabalar reyting ballari to'g'risida ma'lumotga ega. Kafedrada reyting oynasi tashkil etilgan.
Har bir professor-o'qituvchi tomonidan o'tiladigan darslarda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llashga alohida e'tibor berilmoqda.
Kafedrada 30 dan ortiq iqtidorli talabalar bo'lib, ular bilan ishlash rejasi tuzilgan, ushbu talabalar ilmiy loyihalarda, ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga jalb qilingan. 2011- yilda iqtidorli talabalar tomonidan ilmiy anjumanlarda 12 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.
Akademik litseylar bilan hamkorlik
Kafedramiz professor-o’qituvchilari yoshlarga xorijiy tillarni o’rgatishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Joriy o’quv yilida ham shahrimiz kollejlari va akademik litseylaridagi talabalariga chet tilini chuqurroq o’rgatish maqsadida ular bilan o’zaro hamkorlik ishlarini davom ettirmoqda.
Shu munosabat bilan kafedra a’zolari SamQXI qoshidagi 1 va 2 –son akademik litseylar bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’ygan. Litseylarda o’quv–ilmiy va ishlab chiqarish majmualarining kafedralar filiallarini tashkil etilishi va samarali faoliyat ko’rsatishi buning yaqqol isbotidir.
Reja asosida har oyda bir marta 1 va 2-sonli litsey, ma’muriyati va fan o’qituvchilari bilan mas’ul kafedra professor-o’qituvchilari uchrashib, ularga uslubiy metodik yordam ko’rsatib kelmoqdalar. Doimiy ravishda litseyning ingliz tili o’qituvchilari darslariga kirish va o’quv jarayonini o’quv materiallari bilan jihozlashda, o’quv-uslubiy materiallar tayyorlashda yordam berib kelmoqda. O’quvchilarga institutning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar berilmoqda.
Ilmiy- tadqiqot faoliyati ko’rsatkichlari
Kafedraning istiqbolli rejalarida ilmiy ishlar ikki yo’nalaishda – ilmiy izlanish va tilni chuqur o’rgatishning samarali usullarini joriy qilish bo’yicha ish olib borayapti. Bu muammolarni hal qilish,birinchidan,tilni chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ko’rsarish, tilning grammatik asoslarini o’rganish masalarini yechish imkonini bersa, ikkinchidan, kafedraning professor – o’qituvchilari tarkibini ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishida hamda doktorlik dissertatsiyasi himoyasiga dolzarb mavzu tanlash imkoniyatini beradi.
Ma'naviy - ma'rifiy faoliyat ko'rsatkichlari
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2010- yil 17 dekabrdagi Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari bo’lib o’tgan sessiyasidagi so’zlagan nutqi, jumladan, oliy ta’limda ingliz tilini mukammal o’rganish talablaridan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’limda chet tilini mukammal o’zlashtirish talablaridan, Samarqand qishloq xo’jalik instituti ilmiy kengashi chet tilini talabalar tomonidan puxta o’zlashtirish talablaridan kelib chiqqan holda chet tilini talabalar tomonidan mukammal va puxta o’rganishini ta’minlash maqsadida O’zbek tili va chet tillar kafedrasi professor-o’qituvchilar tashabbusi bilan grafik asosida 2011 yil 12 - dekabrdan boshlab Talabalar turar joyi Ma’naviyat va ma’rifat xonasi 103-xonada ingliz tili fanidan qo’shimcha darslar o’tilmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012- yil 10- dekabrdagi chet tillarini o’qitishni yanada takomillashtirish borasida”gi qarorining ijrosi taminlanmoqda.
Kafedra Zootexniya va qorakulchilik fakulteti 1-2- bosqich talabalariga rahbarlik qiladi. Bosqichda va har bir guruhda kalendar va ish rejalar mavjud bo'lib, ular asosida har oy muntazam ravishda kurs rahbari va guruh rahbarlari tomonidan yig'ilishlar o'tkazilib, bayonnomalar tuziladi.
Guruhlarda har haftada “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari”, “Sog’lom ona va bola” kabi bir qancha mavzularda suhbatlar olib boriladi.
Rejaga muvofiq, har bir guruh talabalari guruh rahbarlari bilan birgalikda shahrimizning tarixiy - me'moriy obidalar va ziyoratgoh qadamjolariga, muzeylarga sayohat uyushtirib turadi va har bir guruhda fotoalbomlar tayyorlangan.
Har bir guruh rahbari talabalari bilan yig'ilish o'tkazib, unda talabalarning o'quv dargohi hududida va tashqarida o'zini tutish, kiyinish madaniyati, guruhda talabalarning o'zlashtirishi, ularning darslarga ishtiroki haqida, bundan tashqari diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlikka qarshi, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik OITSga qarshi kurashish kabi bir qancha mavzularda suhbatlar olib boriladi.
O’zbek va chet tillar kafedrasi institutdagi eng katta kafedralardan biri bo’lib, a ’zolarining asosiy qismi ayollardan iboratdir.Kafedra xodimlarining o’rtacha yoshi 37 yoshni tashkil etadi. Bugungi kunda kafedra institut va O’zbekiston respublikasi rahbariyati tomonidan beriladigan har qanday topshiriqni bajarishga qodir.

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550