Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili 

  

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 168 guests and no members online

Facebook

YOSH MENEJERLAR UCHUN MASTER KLASS

 

Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi «Yosh menejer» to’garagining 2018 yil 14 fevralda 13-yig’ilishi o’tkazildi.

Unda quyidagi masalalar ko’rildi:

KUN TARTIBI

1. Tadbirkor Qahramon Shodiyevning “Uzumchilikda innovatsion texnologiyalarni boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasi

2. Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Ipak yo’li Universitetlari tizimi (Silk-road Universities Network (SUN))ning WRICOS-2017 tanlovida sovrindori Saibniyazov Muhammadyusufdan muvaffaqiyatli taqdimot tayyorlash bo’yicha master-klass.

3. Har xil masalalar.

1. Tadbirkor Qahramon Shodiyevning “Uzumchilikda innovatsion texnologiyalarni boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasi

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov yuzasidan so’zga chiqib, “Yosh menejer” to’garagida qishki attestatsiya davrida talabalarning yakuniy attestatsiyalarga tayyorgaligini mazmunli o’tkazishni tashkil etish maqsadida 2 hafta mobaynida to’xtatib turilganligini va bugundan yana faoliyatini davom ettirishini ta’kidladi. Bugungi yig’ilish haqida ma’lumot berish uchun ilmiy kotib, kata o’qituvchi G’.Ibragimovga so’z berildi.

To’garak ilmiy kotibi bugungi yig’ilishga qabul qilingan 2 ta taqdimot mavjudligini aytib, ular bir-biridan qiziqligini va ma’ruzachilar ham yaxshigina tajribaga ega ekanliklarini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, ma’ruza uchun navbat tadbirkor Qahramon Shodiyevning “Uzumchilikda innovatsion texnologiyalarni boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasiga berildi.

Tadbirkor Qahramon Shodiyevning “Uzumchilikda innovatsion texnologiyalarni boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasida Meva-uzum, mayiz mahsulotlarini qayta ishlash (qadoqlash) ning samaradorligi, Meva-uzum, mayiz mahsulotlarini qayta ishlashning ahamiyati, Uzum-mayiz mahsulotlarini sifatli quritish texnologiyasi, Uzum-mayiz mahsulotlarini qayta ishlashning (qadoqlash) samaradorligi, mayiz turlari, ularning tayyorlanishi va bozorda baholanishi, shuningdek eksport imkoniyatlari kabilarni gapirib berdi (taqdimot ilova qilinadi).

To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi. Talabalar tomonidan ularni qiziqtirgan masalalar bo’yicha savollar berildi va javoblar olindi.

Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.

Ushbu masala yuzasidan yig’ilish

Qaror qiladi:

1. Tadbirkor Qahramon Shodiyevning “Uzumchilikda innovatsion texnologiyalarni boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasi taqdimoti qoniqarli baholansin.

2. Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Ipak yo’li Universitetlari tizimi (Silk-road Universities Network (SUN))ning WRICOS-2017 tanlovida sovrindori Saibniyazov Muhammadyusufdan muvaffaqiyatli taqdimot tayyorlash bo’yicha master-klass.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov so’z olib, Samarqand qishloq xo’jalik instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti talabasi Muhammadyusuf Saibniyazov va Agroinjineriya fakulteti talabasi Firdavs Murodovlar Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Ipak yo’li Universitetlari tizimi (Silk-road Universities Network (SUN))ning WRICOS-2017 tanlovida sovrindorlar qatoridan joy olishganligi. Mazkur tizim Ispaniyadan to Yaponiyagacha bo’lgan universitetlar tizimini o’z ichiga olishini ta’kidlab o’tdi.

Tanlovda qatnashgan 50dan ortiq mamlakatlar vakillari ichida ikki nafar vakilimiz «Buyuk Ipak Yo’li men uchun nimani anglatadi?» mavzusida o’z insholari bilan sovrindor bo’lishdi. Muhammadyusuf Saibniyazov maxsus tanlov g’olibi va Firdavs Murodov tanlov g’olibi nomiga sazovor bo’lishdi.

Shundan so’ng, navbat Muhammadyusuf Saibniyazovga berildi, u Prezi (https://prezi.com/1gdaapwnolxl/mukhammadyusuf/) dasturi orqali professional taqdimotlar tayyorlash usullarini yosh menejerlarga namoyish etib berdi.

Prezi - chet elda keng tarqalgan flesh-taqdimotlarni yaratish imkonyatiga ega bo‘lgan elektron soft. Prezi muharrirning asosiy hususiyati bu – slayddan slaydga ajoyib o‘tish usulidadir. Ya’ni, taqdimotni bitta yagona “surp”da joylashadi va uning ustida belgilangan sohalarni yaqinlashtiruvchi va uzoqlashtiruvchi “kamera” aylanib turadi. Shuningdek, taqdimot va uning tarqibi yuqoridan butun holatda yaxshi ko‘rinadi. Bundan tashqari, Prezi da ko‘pgina tayyor bezatilgan andoza (shablon)lar ya’ni, templeytlar mavjud. Bunga qaramay siz o‘zingiz istagan ko‘rinishidagi vizualli shablonni mustaqil ravishda yaratishingiz ham mumkin. Dasturni, uning funksional hususiyatlariga ko‘ra, barcha imkoniyatlarini o‘zlashtirish oson emasdir. Lekin, uni murakkab deb aytib ham bo‘lmaydi. Prezi da mavjud bo‘lgan effektlar oddiy hisobotlar uchun ishlatilishi shart emas. Bu vositadan asosan ko‘chli ta’surotni qoldirayotgan taqdimotlarni yaratish uchun foydalanadi.

Prezi online dasturida taqdimotlar tayyorlash yosh menejerlarda katta qiziqish uyg’otdi va unga analog Microsoft Power Point dasturiga qaraganda yengil ishlashi va qiziqarli ekanligini ta’kidlashdi.

To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi. Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.

Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.

Ushbu masala yuzasidan yig’ilish

Qaror qiladi:

1. Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan Ipak yo’li Universitetlari tizimi (Silk-road Universities Network (SUN))ning WRICOS-2017 tanlovida sovrindori Saibniyazov Muhammadyusufdan muvaffaqiyatli taqdimot tayyorlash bo’yicha master-klass qoniqarli baholansin.

3. Har xil masalalar.

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov so’z olib, yig’ilishda Yoshlar Innovatsion markazi rahbari Ulug’bek Nurullayev qatnashayotganligi va unga ham ikki og’iz so’z uchun navbat berilishini aytdi.

Yoshlar Innovatsion markazi rahbari Ulug’bek Nurullayev “Yosh menejer” to’garagida o’tkazilgan taqdimotlarga yuqori baho berdi.

To’garak a’zolarini Yoshlar Innovatsion Markazi tomonidan, MIND (Menejment-Innovatsiya-Rivojlantirish) loyihasi “Yosh tadbirkor maktabi”ning, Yosh menejer to'garagi va Yoshlar Ittifoqi hamkorligida o'tkazilayotgan "Tadbirkorlik" kurslariga bo'yicha 2018 yil 19-24 fevral kunlari tashkil etiladigan o'quv kursi boshlanishi, kursni “Qishloq xo'jaligida menejment” kafedrasining malakali professor-o'qituvchilari va ilg'or yutuqlarga erishgan tadbirkorlar olib borishi, qiziquvchi talabalar 2018 yil 16 fevral kuni soat 15:00 da 127-xonada saralab olinishi, kurs yakunida yaxshi qatnashgan talabalar xalqaro sertifikat bilan taqdirlanishini ta’kidlab, Qo'shimcha ma'lumotlari uchun “Qishloq xo'jaligida menejment” kafedrasidagi 131-xonaga murojaat qilishni aytib o’tdi. “Yosh menejer” to’garagining navbatdagi yig’ilishi mazkur kursga qo’shiladi. Kurs to’garak bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Ushbu ma’lumot bo’yicha talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ushbu masala yuzasidan yig’ilish

Qaror qiladi:

1. Yoshlar Innovatsion markazi rahbari Ulug’bek Nurullayevning MIND (Menejment-Innovatsiya-Rivojlantirish) loyihasi “Yosh tadbirkor maktabi”ning, Yosh menejer to'garagi va Yoshlar Ittifoqi hamkorligida o'tkazilayotgan "Tadbirkorlik" kurslariga bo'yicha 2018 yil 19-24 fevral kunlari tashkil etiladigan o'quv kursi haqidagi ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.

 

 

 

 

 

  

 

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550