Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili 

  

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 170 guests and no members online

Facebook

YOSH MENEJERLAR INNOVATSION TADBIRKORLIKNI O'RGANISHDI

Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi «Yosh menejer» to’garagining 12-yig’ilishida 3 masala ko’rib chiqildi:

KUN TARTIBI

1. To’garak a’zosi Nurullayev Ahmadjonnning “Blister packaging of natural products (fruit, milk products, honey, etc.)” mavzusidagi taqdimoti
2. Janubiy Koreaning Kangvon Milliy Universitetida 1-semestr ta’lim olib qaytgan talabalar (Elmurodov Mahkambek, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek va Shakarov Dilshodlar)ning safar bo’yicha taqdimoti
3. Har xil masalalar.
1. To’garak a’zosi Nurullayev Ahmadjonnning “Blister packaging of natural products (fruit, milk products, honey, etc.)” mavzusidagi taqdimoti
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov yuzasidan so’zga chiqib, “Yosh menejer” to’garagida 2 ta taqdimot mavjudligini aytib, ular bilan tanishtirib o’tish uchun so’z navbatini to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimovga berdi.
To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov o’z so’zida taqdimotlar bir-biridan qiziq ekanligi, ayniqsa, 1-ma’ruza To’garak a’zosi Nurullayev Ahmadjonnning “Blister packaging of natural products (fruit, milk products, honey, etc.)” mavzusidagi taqdimoti 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga mos kelishini ta’kidlab, talabalar orasida tadbirkorlikka va innovatsiyalarga qiziqish ug’otishiga umid qilishini ta’kidladi. Ushbu kafedrada mavjud xalqao MIND loyihasi doirasida ham tayyorlanganligi, u Toshkent shahrida o’tkaziladigan MIND loyihasi koordinatorlari yig’ilishida namoyish etilishini inobatga olib ingliz tilida tayyorlanganligi to’garakda uni bir ko’rib chiqish orqali nufuzli yig’ilishga tayyorgarlik vazifasini o’tab berishi mumkinligi ta’kidlandi.
2-ma’ruza Janubiy Koreaning Kangvon Universitetida bo’lib qaytgan talabalar (Elmurodov Mahkambek, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek va Shakarov Dilshodlar)ning safar bo’yicha taqdimoti bo’lib, u ham qiziqarli ma’ruza bo’lishini ta’kidlab, 1-ma’ruzachiga so’z berildi.
To’garak a’zosi Nurullayev Ahmadjon o’z taqdimotida 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi va MIND loyihasi asosida innovatsiyaviy loyihalar tanlovining o’tkazilishi talabalarda ham qiziqish uyg’otganligi va o’z loyihasi bilan qatnashish istagi tug’ilganligini, shu sababdan “Blister packaging of natural products (fruit, milk products, honey, etc.)” mavzusidagi taqdimotini namoyish etish istagi bilan chiqqanligini aytdi. Taqdimot davomida Blister – plastmassa qadoqlari, ularning ahamiyati. asosiy maqsadlar, loyihaning innovatsiyaviy jihatlari, texnologiyaning ishlash tartibi, mijozlar kimlar bo’lishi, investitsiyaning qoplanish muddati, ba’zi izohlar va tadqiqotlar, kutilayotgan samara haqida so’zlab berdi (taqdimot ilova qilinadi).
To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi. Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.
Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish
Qaror qiladi:
1. To’garak a’zosi Nurullayev Ahmadjonnning “Blister packaging of natural products (fruit, milk products, honey, etc.)” mavzusidagi taqdimoti qoniqarli baholansin.
2. Janubiy Koreaning Kangvon Milliy Universitetida 1-semestr ta’lim olib qaytgan talabalar (Elmurodov Mahkambek, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek va Shakarov Dilshodlar)ning safar bo’yicha taqdimoti
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov so’z olib, fakultetning 2-4 bosqichlar talabalaridan 4 kishi Janubiy Koreaning Kangvon Milliy Universitetida 1-semestr ta’lim olib qaytgan talabalar (Elmurodov Mahkambek – 4-bosqich talabasi, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek-3-bosqich talabalari va Shakarov Dilshod – 2-bosqich talabasi)ga taqdimot uchun navbat berdi.
Elmurodov Mahkambek – 4-bosqich talabasi, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek-3-bosqich talabalari va Shakarov Dilshod – 2-bosqich talabasidan iborat talabalar jamoasi qiziqarli taqdimotni namoyish etishdi. Unda Kangvon Milliy Universitetining umumiy ma’lumotlari, nima sababdan bu universitetni 1 semestr o’qish uchun tanlashganliklari, Universitetning jahondagi va Koreyadagi reytingi, talabalar va yo’nalishlar soni, 2250 professor-o’qituvchi, 30 ming talaba ta’lim olishi, talabalarga yaratilib berilgan sharoitlar: yotoqxonalar, kutubxonalar haqida gapirib berishdi. Talabalar KMUdan olgat taassurotlar va natijalar bilan o’rtoqlashishdi.
To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi. Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.
To’garakka yig’ilgan talabalar turli bosqichlar talabalari bo’lib, ularda mazkur taqdimot katta qiziqish uyg’otdi, o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va kerakli javoblar olishdi.
To’garak yig’ilishida qatnashgan institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, dotsent I.G’aniyev Xalqaro Balonya talablariga diplomlar mos kelishi uchun talaba bir semester xorijiy OTMda ta’lim olib qaytgan bo’lishi, mazkur talabalar bu talabni bajarganliklari uchun Xalqaro darajadagi diplom talablarini bajarishganligini ta’kidladi.
Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish
Qaror qiladi:
1. Janubiy Koreaning Kangvon Milliy Universitetida 1-semestr ta’lim olib qaytgan talabalar (Elmurodov Mahkambek, Haydarov Ilhom, Jo’rayev Azizbek va Shakarov Dilshodlar)ning safar bo’yicha taqdimoti qoniqarli baholansin.
3. Har xil masalalar.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov so’z olib, 22-27 yanvar kunlari MIND (Menejment-Innovatsiya-Rivojlantirish) loyihasi asosida “Yosh tadbirkor maktabi”ning “Innovatsiya” qismi bo'yicha 2018 yil 22.01.2018 – 27.01.2018 kunlari soat 13:30 dan 16:40 gacha tashkil qilinayotgan o'quv kursi boshlanishi, kursni “Qishloq xo'jaligida menejment” kafedrasining malakali professor-o'qituvchilari va ilg'or yutuqlarga erishgan tadbirkorlar olib borishi, Qiziquvchi talabalar 2018 yil 18 yanvar kuni soat 15:00 da 127-xonada saralab olinishi, kurs yakunida yaxshi qatnashgan talabalar xalqaro sertifikat bilan taqdirlanishini ta’kidlab, Qo'shimcha ma'lumotlari uchun “Qishloq xo'jaligida menejment” kafedrasidagi 131-xonaga murojaat qilishni aytib o’tdi. “Yosh menejer” to’garagining navbatdagi yig’ilishi mazkur kursga qo’shiladi. Kurs to’garak bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ushbu ma’lumot bo’yicha talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish
Qaror qiladi:
1. To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimovning MIND (Menejment-Innovatsiya-Rivojlantirish) loyihasi asosida “Yosh tadbirkor maktabi”ning “Innovatsiya” qismi bo'yicha 2018 yil 22.01.2018 – 27.01.2018 kunlari tashkil qilinayotgan o'quv kursi boshlanishi haqidagi ma’lumot axborot uchun qabul qilinsin.

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550