Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili 

  

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 265 guests and no members online

Facebook

Yosh menejerlar rahbarlik fazilatlari va moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’sirini o’rganishdi.

Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi «Yosh menejer» to’garagining 2017 yil 20 dekabr kunidagi 11-yig’ilishida 3 ta masala ko’rib chiqildi.
KUN TARTIBI
1. To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Menejer fazilatlari” mavzusidagi taqdimoti
2. To’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmonning “Moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’siri” mavzusidagi taqdimoti.
3. Har xil masalalar

1. To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Menejer fazilatlari” mavzusidagi taqdimoti
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov yuzasidan so’zga chiqib, “Yosh menejer” to’garagida bugun 2 ta taqdimot mavjudligini ta’kidladi. Talabalar taqdimot o’tkazishda faollashib borayotganligini va har to’garakda bir-biridan dimotlar ham qiziq bo’layotganligini ta’kidladi. Taqdimotlarni e’lon qilish uchun so’z to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimovga berildi.
To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov dastlabki navbatni Rahimberdiyeva Kamolaning “Menejer fazilatlari” mavzusidagi taqdimotiga berdi.
Rahimberdiyeva Kamola o’z taqdimotida Menejer (rahbar)ning vazifalari, Motivatsiya, Hukmronlik (hukm o’tkazish), Xarizma, Boshqaruvda ta’sir o’tkazish usullari, Rahbarning shaxsi orqali aniqlanadigan uslublar, Rahbar qanday bo’lishi kerak? Menejer (rahbar)lik ko’rinishlari, Menejer (rahbar)ning zaruriy sifatlari, Menejer (rahbar)ning o’nglab bo’lmas xatosi, Menejer muvaffaqiyatsizligining sabablari, Menejer fazilatlari kabi tushunchalarni taqdimotda tushuntirib berdi (taqdimot ilova qilinadi).
To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi. Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.
Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish qarori bilan to’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Menejer fazilatlari” mavzusidagi taqdimoti qoniqarli baholandi.

2. To’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmonning “Moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’siri” mavzusidagi taqdimoti.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov to’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmonning “Moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’siri” mavzusidagi taqdimoti tayyorlashganini aytib o’tdi.
To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov navbatni ma’ruza uchun to’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmonning “Moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’siri” mavzusidagi taqdimotiga berdi.
To’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmon o’z taqdimotida Samaradorlikka ta’sir etuvchi muhim omillardan biri moddiy resurslar ekanligini, taqdimotda moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasining moliyaviy natijalarga qay darajada ta’sir etishi tadqiq etilgan, Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi, tadqiqot jarayonini turli uslublardan foydalanib Samarqand viloyatida paxta xom-ashyosi yetishtirishda moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatishga qaratilgan. Taqdimotda xulosa va takliflar berilgan. Taklif yuzasidan kelgusida paxtachilik tarmog’ining samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan bo’lib, paxta xom-ashyosini yuqori navlarga sotish va sarflanadigan moddiy xarajatlarni noo’rin sarflamaslik ta’kidlandi (taqdimot ilova qilinadi).
To’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov taqdimot tugagach, savol-javoblarga navbat berdi.
Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.
Muhokamaga chiqqanlar taqdimot mavzusi qiziqarli va mahorat bilan o’tkazilganligini ta’kidlashdi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish qarori bilan to’garak a’zosi Xolmurzayev Raxmonning “Moddiy resurslar bilan ta’minlanishning samaradorlikka ta’siri” mavzusidagi taqdimotiqoniqarli baholandi.

3. Har xil masalalar
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov kelgusi to’garak yig’ilishi mavularini belgilab olish yuzasidan qanday takliflar borligini so’radi.
To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov kelgusi yig’ilishda assistent Sh.Muratov “Qishloq xo’jaligi menejmentida modellashtirish” mavzusida ma’ruza taklifi borligini bildirdi. Taklif ma’qullandi.
To’garak a’zolaridan innovatsion menejment bo’yicha taqdimot tayyorlash taklif etildi.
Shuningdek, to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov o’tgan hafta o’tkazilgan MIND loyihasi bo’yicha o’tkazilgan “Menejment” o’quv kursining Qishloq xo’jaligida menejment kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan mahorat bilan o’tkazilganligi va bu borada talabalar fikrlari bilan o’rtoqlashdi. To’garakning 1-2 kurslarda o’qiyotgan a’zolari mazkur kurs ularda katta qiziqish uyg’otganligini ta’kidlashdi.
To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov ham kurslarda barcha fakultetlar professor-o’qituvchilar faol qatnashganliklarini, Agroinjineriya, Veterinariya, Zootexniya va Qishloq xo’jaligida menejment fakultetlari talabalari faol bo’lishganligini ta’kidlashdi. Bundan tashqari 2018 yilda “Innovatsiya” bo’yicha 1 haftalik maxsus o’quv kurs tashkil etilishini e’lon qilib, unda to’garak a’zolari bemalol qatnashishlari va yakunda xalqaro sertifikat olishlari mumkinligini ta’kidladi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish qarori bilan ma’lumotlar axborot uchun qabul qilindi.

Yig’ilish raisi, dotsent D.Raxmonov

Kotib, katta o’qituvchi G’.Ibragimov

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550