Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili 

  

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 263 guests and no members online

Facebook

Global tadbirkorlik haftaligi to’garakda muhokoma etildi

                                ******************************************
Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi «Yosh menejer» to’garagining 8-yig’ilishi o’tkazildi.
Unda quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
1. Global tadbirkorlik haftaligi doirasida safarlar tassurotlari muhokamasi
Yig’ilish avvalida to’arak a’zolari tomonidan 15 noyabr kuni amalga oshirilgan safarlar taassurotlari muhokama qilindi. To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov tomonidan to’garak a’zolariga so’z berildi.
So’zga chiqqan talabalardan Yaxyoyeva Rayxon tomonidan quyidagilar aytib o’tildi: 15 noyabr kuni talabalar O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand qishloq xo’jalik instituti bo’limi ko’magi asosida SamAntepGilam gilam ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. Ushbu korxonada chiroyli, sifatli va zamonaviy gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Gilamlar asosan avtomatlashritilgan uskunalar yordamida to’qilib, ishlov berish jarayonlari va uskunalarni boshqarish ishchilar qo’l mehnatiyordamida amalga oshiriladi. Bu korxona ko’plab ish o’rinlari yaratibgina qolmay, sifatli gilamlar bilan xalqimizni ta’minlab, mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shayotganining talabalar guvohi bo’lishdi. Ushbu safar talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. MAN-Uzbekistan qo’shma korxonasiga ham amalga oshirilgan safar talabalarda yuqori taassurot qoldirdi.
Yosh menejer to’garagi a’zosi Bozorov Sherzod tomonidan quyidagilar aytib o’tildi:
Global tadbirkorlik haftaligi doirasida Respublikamizda Muvaffaqiyatli biznes yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashuvda qatnashishdi. Unda “Alimxon Exim group” korxonasi asoschisi – Akmalxon ALimxonov, “Kompas konsalting” korxonasi asoschisi – Ulug’bek Xojiaxmedov, “Murod bulding” korxonasi asoschisi – Murod Nazarov, “Xalqaro biznes va tadbirkorlar uyushmasi” asoschisi – Hikmat Abdurahmonov, “Offis Market” korxonasi asoschilari – Hasan va Husan Mamasaidovlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Savol-javoblar, startap mahorat darslari tinglandi. Ushbu uchrashuv talabalarga katta qiziqish uyg’otdi.

2. To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Communication in organizations” mavzusidagi taqdimoti.
2-masala yuzasidan so’z olgan to’garak rahbari, dotsent D.Raxmonov tomonidan yig’ilishda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalarni eshitishga ham alohida e’tibor qaratilib kelinayotganligini aytib o’tdi.
To’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov tomonidan bugungi yig’ilishga to’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Communication in organizations” mavzusidagi taqdimoti tayyorlanganligini e’lon qildi. So’z to’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaga berildi.
To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamola tomonidan “Communication in organizations” mavzusidagi taqdimot o’tkazildi.
Talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi.
Taqdimot tugagach, taqdimot muhokama qilindi.

Yig’ilish raisi, dotsent D.Raxmonov
Kotib, katta o’qituvchi G’.Ibragimov

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550