Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 319 guests and no members online

Facebook

Munosib nomzodga ovoz berdik!

Joriy yilning 11 sentyabr kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand qishloq xo’jalik institutida mavjud barcha fakultetlarda  yoshlar yetakchiligi uchun  saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlar chinakamiga ko’tarinki ruhda xuddi yoshlar bayramidek tashkil etildi.

Xususan Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun  bo’lgan saylov ham bundan mustasno emas. Saylovda fakultet dekani B.Nuriddinov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand qishloq xo’jalik instituti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi  v.v.b A.Shamsiyev, o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari  A.Gapparov,  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari  J.Allaboyev hamda professor o’qituvchilar va  talabalardan jami  119 nafari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti dekani B.Nuriddinov so’z olib, O’zbekiston yoshlar ittifoqi va tashkilot tomonidan o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fakultetda talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish kerakligi borasida hamda sohaviy yo’nalishlar asosida axborot berdi.                                                                             So’zi yakunida dekanat  yoshlar masalalari bo’yicha har qanday yordamga tayyorligini takidlab o’tdi va yoshlarga o’qish va ishlarida omad tiladi hamda barcha yoshlarni O’zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zolikka chaqirdi.                                                     Shundan so’ng, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand qishloq xo’jalik instituti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi  v.v.b A.Shamsiyev so’zga chiqib O’zbekiston yoshlar ittifoqi va xususan Samarqand qishloq xo’jalik instituti boshlang’ich tashkiloti hamda institutda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor yaratilayotgan shart-sharoitlar to’g’risida, imtiyozlar borasida yig’ilganlarga alohida tushincha berib o’tdi.       So’ngra so’zga Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari  J.Allaboyev chiqdi va o’z so’zida bir qator ma’lumotlar va yoshlar ittifoqi bo’yicha hamda boshlang’ich tashkilot ish faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.                                                                                                  O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari A.Gapparov ham so’z olib, mavzu yuzasidan bir qator fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Shu bilan birga yoshlar ittifoqining fakultetdagi keyingi faoliyati yuzasidan quyidagi takliflarini bildirib o’tdi:

Birinchidan, har bir guruh kesimida yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan ishlashni yanada samarali yo’lga qo’yish;

Ikkinchidan, turli fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar va boshqa loyihalarda qatnashib yutuqlarga erishgan talabalarni barchaga na’muna sifatida ko’rsatish maqsadida “Iqtidorli talabalar stendi” ni tashkil qilish;

Uchinchidan, “Ommaviy madaniyat” ko’rinishlariga moyil talabalar, shuninigdek, tungi klubda yurgan talabalar bilan ishlash bo’yicha chora tadbirlarni amalga oshirish;

To’rtinchidan, “Zakovat” intelektual o’yinini talabalar o’rtasida yanada ko’proq tashkil qilish kerakligini aytib o’tdi.                                                                                          Kun tartibidagi masala yuzasidan so’z O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yoshlar yetakchiligiga nomzod R.Norjigitovga berildi va nomzod tomonidan saylov oldi dasturi taqdimot tarzida yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.                                                                                                                           O’qituvchilardan O.Isakov, M.Tovasharov va talabalardan X.Sadirdinov, Sh.Ergashevalar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yoshlar yetakchiligiga nomzod R.Norjigitov to’g’risida iliq fikrlarni aytishdi va nomzodni qo’llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Shundan so’ng O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun ko’rsatilgan nomzod ovozga qo’yildi.

Rozilar 100 %, Qarshilar  yo’q, Betaraflar yo’q.                                             R.Norjigitov  nomzodi  O’zbekiston yoshlar ittifoqi Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti yoshlar yetakchiligi uchun  bir ovozdan ma’qullandi.  

Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti  yoshlari o’zlari  munomib deb   bilgan   nozodga ovoz berishdi. Yoshlar yetakchisi R.Norjigitovga keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

                                                  Iroda Musayeva                      Zootexniya va qorako’lchilik fakulteti talabasi

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550