Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 323 guests and no members online

Facebook

Yosh menejer» to’garagining 15-yig’ilishi bayoni

Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejmentfakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi

«Yosh menejer» to’garagining 15-yig’ilishi

BAYONI

2017 yil 31 may                                                      Samarqand shahri

Qatnashdilar: to’garak ilmiy kotibi, katta o’qituvchi G’.Ibragimov,

Fakultet ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha dekan muovini A.Shukurov

To’garakni olib boruvchilar: assistentlar Sh.Urazbayeva, U.Nurullayev, H.Pardayev hamda to’garak a’zolari, qiziqish asosida tashrif buyurgan talabalar

KUN TARTIBI

1. To’garakka oid e’lonlar

2. To’garak a’zosi Abdurasulova Mohigulning “Fermer xo’jaliklarida boshqaruvni takomillashtirish” mavzusidagi taqdimoti

3. To’garak a’zosi Nahangova Dilsoraning “Akvaponikada innovatsion jarayonlarni boshqarish” mavzusidagi taqdimoti

1-masala yuzasidan Fakultet ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha dekan muovini A.Shukurov so’zga chiqib, institutda turli tadbirlar faol o’tkazilayotganligini jumladan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyаsi” bo’yicha 2 iyun kuni tadbir o’tkazilishini unda talabalar ma’ruza bilan ishtirok etishlari mumkinligini, xohlovchilarni qatnashishga chaqirdi. To’garak a’zolaridan 2 talaba ushbu tadbirda ma’ruza bilan qatnashish istagini bildirdi. Shuningdek, yoz kelishi bilan talabalar ko’ngilochar tanlovlari, jumladan QVZ tanlovlari unda institutimizning “Maroqand” jamoasi ishtirok etayotganini aytib o’tdi.

To'garak 2 taqdimotni ko'rib chiqdi. Taqdimotlar:

1. To’garak a’zosi Abdurasulova Mohigulning “Fermer xo’jaliklarida boshqaruvni takomillashtirish” mavzusidagi taqdimoti ma’ruza qilindi.  Ma’ruzada boshqaruv usullari, uslublari, nazariyalari fermer xo’jaligini boshqarish bilan uyg’unlashtirilib berildi. To’garak a’zolari boshqaruv uslublari fermer xo’jaligiga joriy etilishi qanday samaralar berishi mumkinligini qizg’in muhokama qildilar.

Ma’ruzachiga quyidagi savollar berildi:

- Rahbarlik va yetakchilik: ularda qanday tafovutlar bor?

- Boshqaruvning demokratik uslubidan fermer xo’jaliklari rahbarlari qay darajada foydalanganlari ma’qul?

2. To’garak a’zosi Nahangova Dilsoraning “Akvaponikada innovatsion jarayonlarni boshqarish” mavzusidagi taqdimotida ma'ruzachi yurtimiz qishloq xo’jailigi ishlab chiqarishida yangi bo’lgan gidroponika usulida sabzavotlar yetishtirish texnologiyasi talabalarga muvaffaqiyatli tushuntirib berdi, natijada to’garak a’zolarida bir talay savollar yuzaga keldi.

Ma’ruzachiga quyidagi savollar berildi:

- Gidroponika usulini joriy etish xo’jaliklarga yoki kichik xo’jaliklarga qay darajada samara bera oladi?

- Gidropinika usulida qishda isitiladigan uy sharoitida sabzavotlar yetishtirish mumkinmi?

- Yaponiya yoki shu kabi mamlakatlar gidropinika orqali oziq-ovqat xavfsizligini qay darajada ta’minlay olishmoqda?

Barcha taqdimotlar yig’ilganlarda qiziqish uyg’otdi va muhokama qilindi.

Shundan so’ng to’garak ilmiy kotibi tomonidan kelgusi haftadagi yig’ilishga taqdimot tayyorlash istagida bo’lganlar so’raldi va unga muofiq 2 ma’ruzachi tanlandi.

To’garakka oid e’lonlar, fikr-mulohozalarni doimo 128-xonada kutib qolamiz. Shuningdek, This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga ham yuborishingiz mumkin.

“Yosh menejer” to’garagi

ilmiy kotibi, katta o’qituvchi                                             G’.Ibragimov

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550