Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 99 guests and no members online

Facebook

Yosh menejer to’garagining 12-yig’ilishi

Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Qishloq xo’jaligida menejmentfakulteti «Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi

«Yosh menejer» to’garagining 12-yig’ilishi

BAYONI

2017 yil 3 may                                          Samarqand shahri

Qatnashdilar: Qishloq xo’jaligida menejment kafedrasi mudiri, dotsent I.M.G’aniyev

Fakultet dekani, dotsent F.B.Axrorov

To’garakni olib boruvchilar: katta o’qituvchi G’.Ibragimov, assistentlar Sh.Urazbayeva, Sh.Muratov H.Pardayev hamda to’garak a’zolari, qiziqish asosida tashrif buyurgan talabalar

KUN TARTIBI

1. To’garakka oid e’lonlar

2. Qishloq xo’jaligida menejment kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Ibragimov tomonidan “Menejmentda vaziyatli qaror qabul qilishni o’rganamiz”  mavzusida master-klass.

3. To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Qishloq xo’jaligida resurslardan foydalanishning texnik samaradorligi” mavzusidagi taqdimoti

4. To’garak a’zosi Aliqulov G’olibning “Farm labor arrangements” mavzusidagi taqdimoti

Qishloq xo’jaligida menejment kafedrasi mudiri, dotsent I.M.G’aniyev tomonidan to’garakka oid e’lonlar qismida to’garakning navbatdagi yig’ilishida 6 ta professor-o’qituvchi va 36 ta talaba, shu jumladan 2 ta Agronomiya fakulteti talabalari (207-guruh, Ahmedov Maqsad, Nahangova Dilsora) qatnashayotganini ta’kidladi. Hammaga kun tartibi berilgan, unga rozilar tasdiqlab berishlarini so’radi. Kun tartibi tasdiqlandi.

To’garak ilmiy kotibi talabalar tomonidan to’garak emblemasi (ramzi) tavsiya etilganligini uni ko’rib chiqib, maqul bo’lsa qabul qilishni tavsiya qildi. To’garak a’zolari ushbu ramzni o’rganib, keying yig’ilishda muhokama qilishga kelishib olishdi.

Shundan so’ng, Qishloq xo’jaligida menejment kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Ibragimov tomonidan “Menejmentda vaziyatli qaror qabul qilishni o’rganamiz”  mavzusida master-klass o’tkazildi. Unda quyidagi vaziyatli topshiriq asosida talabalarga qaror qabul qilish mahorati namoyish etildi:

VAZIYATLI TOPSHIRIQ. Ushbu topshiriqda 2-bosqich “Iqtisodiyot” yo’nalishi va 3-bosqich “Qishloq xo’jaligida menejment” yo’nalishi talabalari ekspert sifatida ishtirok etishadi.

Kompaniyaga 3 firma qarashli bo’lib, kompaniya direktori – Azamat firmalar menejerlari: 1-firma menejeri – Odiljon, 2-firma menejeri – G’ulom, 3-fima menejeri – Sherzodlarni butkul firmalardan aloqasini uzgan holda o’zi bilan birgalikda Bildirsoyga dam olgani olib ketdi.

1 oy o’tgach kompaniya direktori 1-firmada oldingi holatga nisbatan iqtisodiy holat o’zgarmaganligini, 2-firmada iqtisodiy pasayishni va 3-firmada iqtisodiy o’sishni kuzatdi.

Ushbu natijalardan so’ng kompaniya direktori menejerlarga nisbatan qanday chora ko’rishi lozim?

 Ushbu mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg’otdi va qizg’in muhokama qilindi.

To’garak a’zosi Rahimberdiyeva Kamolaning “Qishloq xo’jaligida resurslardan foydalanishning texnik samaradorligi” mavzusidagi taqdimotida Jizzax viloyati misolida DEA modeli asosida resurslar sharoitida g’alla, paxta, sabzavot, kartoshka, poliz, meva va uzum yetishtirishning texnik samaradorligi ko’rsatib berildi.

Taqdimotdan so’ng ma’ruzachiga quyidagi savollar berildi:

1. DEA modelidan foydalanishda qanday afzalliklar bor?

2. Tadqiqotni nimaga aynan Jizzax viloyati misolida bajargansiz?

3. Texnik samaradorlik va iqtisodiy samaradorlik qanday farqlanadi?

Berilgan savollarga javoblar berildi. 1-savol javobi yuzasidan assistent Sh.Muratov muhokamaga chiqdi va qo’shimchalar qildi.

To’garak a’zosi Aliqulov G’olibning “Farm labor arrangements” mavzusidagi ingliz va o’zbek tilida taqdimot o’tkazdi. Taqdimotda fermer xo’jaliklarida mehnatga oid munosabatlarning ijara, hosilni taqsimlash va yakka tadbirkorlik turlari haqida ma’lumot berildi. Taqdimot davomida talabalar ingliz tilini o’rganishga o’zlarida zaruriyat borligini his qilishdi.

Taqdimotdan so’ng, ma’ruzachiga quyidagi savollar berildi:

1. Hosilni bo’lib olishga asoslangan mehnat munosabatlari qay darajada rivojlangan?

2. Siz o’rgangan ob’yektda mehnatga oid munosabatlarning uch ko’rinishi qancha salmoqqa ega?

Berilgan savollarga javoblar berildi. Taqdimot qizg’in muhokamaga sababchi bo’ldi.

Mashg’ulot yakunida keying yig’ilishda kimlar ma’ruza qilishi kelishib olindi, ilmiy mavzular ko’rib chiqildi.

“Yosh menejer” to’garagi

ilmiy kotibi, katta o’qituvchi                                G’.Ibragimov

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550