Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 386 guests and no members online

Facebook

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar

        KATTA ILMIY XODIM-IZLANUVChILAR TAYYoRLAShDAGI  SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
 FAOLIYaTI

      O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi № 365-sonli qarori hamda mazkur qarorning 2013 yil 8 yanvardagi 07/1-502-sonli Nazorat rejasi topshiriqlari asosida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi  hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish bo’yicha ilmiy kengash to’g’risidagi Nizom, Fan doktori  ilmiy darajasini berish tartibi to’g’risidagi Nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to’g’risidagi ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomlar asosida bugungi kunda institutda katta  ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan ish olib bormoqdamiz.
      Bugungi kunda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orqali qo’yidagi 13-ta ixtisosliklar bo’yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan:
03.00.03-Botanika
03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi
03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya
05.20.01-Qishloq xo’jaligi va meliorasiya mashinalari, qishloq xo’jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash texnologiyalari
06.01.01-Umumiy dehqonchilik
06.01.04-Agrokimyo
06.01.05-Seleksiya va urug’chilik
06.01.08-O’simlikshunoslik
06.02.03-Xususiy zootexniya, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
08.00.04- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti 
16.00.01- Hayvonlar diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi
16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi
     O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv  xo’jaligi vazirligi 2013 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida o’tkazilgan attestasiya komissiyasi yig’ilishi bayonnomasiga binoan 1-ilovaga muvofiq institutdagi mavjud stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga 2013 yil 1 yanvardan  20 nafari o’tkazildi. Ruyxati ilova qilinmoda (1-ilova).
      Institutda doktoranturaning 6 ta ixtisosligi bo’yicha 2012 yil ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilgandi:
06.01.05-Seleksiya va urug’chilik
06.01.09-O’simlikshunoslik
06.02.04-Xususiy zootexniya, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish 
texnologiyasi
08.00.04- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti
16.00.01- Hayvonlar diagnostikasi va terapiyasi
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi
      Doktoranturada 2012 yilda yuqorida ko’rsatilgan ixtisosliklar bo’yicha taxsil oluvchilar yo’q edi, lekin fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi sifatida 7 kishi (Amirov Shavkat-06.02.03-Xususiy zootexniya, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha; -06.01.08-O’simlikshunoslik ixtisosligi Xamzayev Abdushukur, Sanaqulov Akmal, Elmurodov Abdug’ani, Jumaboyev Saydullo; 06.01.05- Seleksiya va urug’chilik ixtisosligi bo’yicha Normurodov Davlat; 08.00.04- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti  ixtisosligi bo’yicha  Hasanov Shavkatlar tahsil olishgan va  hozirda ham faoliyati davom etmoqda. 
     Yosh olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar, iqtidorli talabalar, magistrantlarga ilmiy-tadqiqot natijalarini muhokamaga olib chiqish va chop etish maqsadida institutda OTM, respublika, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalari o’tkazildi. Shunday konferensiyalar 2012 yilda 5 ta o’tkazilgan. Ushbu konferensiyalarda institut professor-o’qituvchilari tomonidan jami 660 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etildi. 
    Institutda “Mustahkam oila yili» Davlat dasturining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib professor-o’qituvchilarining “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan “Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini rivojlantirishda innovasion texnologiyalarning roli” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va yosh olimlarning  “Mustahkam oila yili”ga bag’ishlangan “Agrar fani va ishlab chiqarishini rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning o’rni va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani va ilmiy ishlar tanlovi hamda iqtidorli talaba va magistrantlarning “Muctahkam oila yili”ga  bag’ishlangan  “Fermer xo’jaliklarida muammolar yechimida talabalar ilmiy-tadqiqotlarining o’rni”  mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyalari aprel oyida o’tkazildi. Konferensiyaga yig’ilgan materiallar to’plam shaklida chop etildi. Konferensiyalar yakunida ishlab chiqarishga, fermerlarga ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. 
      Shu bilan bir qatorda joriy yilning 18 may kuni  institutda “Agrobioxilmaxillikni asrashning muammolari hamda agrosanoat majmuini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini va tashqi muhitning muhofazasini  ta’minlashda uning roli” mavzusidagi yosh olimlarning Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. Mazkur konferensiyaga 50 dan ortiq institut professor-o’qituvchilarining ilmiy maqolalari chop etildi. Konferensiyada Respublikamizning 11 ta OTM va ITI larining olimlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
        Institutda 2012 yil 20-21 noyabr kunlari « QISHLOQ XO’JALIGIDA IN NOVASION TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH MUAMMO-LARI» mavzusidagi professor-o’qituvchilarning Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada agrar fan yutuqlarini qishloq taraqqiyoti va farovonligini oshirishga yo’naltirish, fermer xo’jaliklari xususiyat va talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqotlarni ustuvor yo’nalishlarini belgilash, yakunlangan ilmiy-tadqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi. Barcha konferensiyalarda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning faol ishtirok etishi ta’minlandi va ma’ruzalar maqolalar to’plam shaklida chop etildi. Qishloq xo’jaligining dolzarb muammolariga bag’ishlangan yaroqli ilmiy ishlar aniqlandi, eng yaxshilari joriy etildi. Respublika yarmarkasi va tanlovlarida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
     Konferensiya mavzusi Davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida bo’lib, unda fan va ta’lim uyg’unlashishining ustuvor tomonlari muhokama qilindi. Institut professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan kafedraviy mavzular hamda O’zbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar Markazi tomonidan mablag’ bilan ta’minlangan hamda Samarqand qishloq xo’jalik institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilindi.
Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi. Institutda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar o’z muddatida yoqlash - yo’q, bir yildan va keyingi yillarda 56,7 % ni tashkil etdi. Bu Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi OTM o’rtacha ko’rsatkichdir.
          Nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoyasi. 
   Institut qoshida tashkil etilgan aspirantura yagona uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo’lib ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning asosiy shaklidir. Hisobot yilida institut stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va tadqiqotchilari tomonidan 3 ta dissertasiya, shundan 1 nafar  doktorlik, 3 ta  nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi.

2010 yilda himoya qilingan nomzodlik va  doktorlik dissertasiyalari himoyalari

T/r Familiyasi, ismi Himoya qilgan vaqti
Aspirantura
1 Kenjayev Yunus  Chintoshevich 2010 yil 18 may
2 Qurbonov Shukrullo Xolmuminovich 2010  yil  30 mart
3 Ro’ziqulov Rahmutullo Fayzullayevich 2010 yil 28 sentyabr
4 Ro’ziqulov Nuriddin Bolliyevich 2010 yil 21 sentyabr

2011 yilda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik  dissertasiyalari himoyalari

t/r

Familiyasi, ismi

Himoya qilgan vaqti

Aspirantura

1

Toshpo’latov Bahodir Jo’raniyozovich

2011 yil 30 iyun

2

Aliyev Dilmurod Davronovich

2011 yil 26 iyun

3

Eshbo’riyev Sobir Baxtiyarovich

2011 yil 27 dekabr

4

Mo’minova Zulfiya Komilovna

2011 yil 30 dekabr

Doktorantura

1

Dilmurodov Nasriddin Boboqulovich

2011 yil 22 iyun

 
2012 yilda himoya qilingan nomzodlik va  doktorlik  dissertasiyalari
 

T/r

Familiyasi, ismi

Ilmiy rahbar

Himoya qilgan vaqti

Doktorantura

1

Aliqulov Abdimo’min Ismatovich

ProfessorXasanov B.A.

2012 yil 27 aprel

Aspirantura

1

Qambarov Abdurauf Abdurasulovich

Professor Parmanov M.P.

2012 yil  11 iyul

2

Narbayeva Mavlida Qosimovna

Professor Kaxarov A.K.

2012  yil  26 iyun

3

Islomov Shuxrat Marufjonovich

Dosent Kulmatov M.J.

2012 yil  22 noyabr

     Mustaqil tadqiqotchilik asosida imiy-pedagog kadrlar tayyorlash.       Institutda 2009 yilda 82 nafar, 2010 yilda 96 nafar, 2011 yilda 108 nafar, 2012 yilda 118 nafar professor-o’qituvchi mustaqil tadqiqotchi, ilmiy izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Shundan 20 nafari doktorlik dissertasiyasi 98 nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bordi. Mustaqil tadqiqotchilik orqali  2009 yilda 1 nafar doktorlik dissertasiyasi va 2 nafar nomzodlik dissertasiyasi, 2010 yilda 4 ta nomzodlik dissertasiyasi, 2011 yilda 1 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertasiyasi  himoya qilindi va 2012 yilda 1 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertasiyalar himoya qilindi.  

1-ilova

Samarqand qishloq xo’jalik institutining  katta ilmiy xodim-izlanuvchilar
RO’YXATI

Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar-ning  F.I.Sh.  Ixtisos­lik bo’yicha shifri O’tka-zil-gan  bos-qich Qaytadan tasdiqlangan dissertasiya mavzusi Ilmiy masla-hatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni, ixtisos­lik  shifri
Mirsaidova Ra’no Ravshanovna 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi 2 Issledovaniye morfofi-ziologicheskix i immuno-adaptivnыx parametrov krossov kur, zavozimыx v Uzbekistan Xayitov R.X., veterinariya fanlari doktori, professor 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Xo’jayev Fayzulla Amatjonovich 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya 2 Tovuq eymeriozining epizootologik monito-ringi va kimyo-immuno-kimyo-profilaktikasida koksidiostatiklarning samaradorligini o’rganish Davlatov R.B., veterinariya fanlari doktori 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya
Nishanov Dilshod Xasanovich 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya 2 Itlarning ektopara-zitlari va ularga qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish Davlatov R.B., veterinariya fanlari doktori  03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya
Aripov Jamaliddin Uktamovich  06.01.04-Agrokimyo 2 Mikroelementlarning xushbo’y va skelet tamaki navlari oziqlanishi, hosildorligi hamda sifatiga ta’siri Xoshimov F.X., qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor 06.01.04-Agrokimyo
Eshonkulov Babur Mamurovich 06.01.05-Seleksiya va urug’chilik 2 Generativ urug’lardan urug’bop va xo’raki kartoshka yetishtirish-ning ilmiy asoslarini ishlab chiqish Ergashev I.T., qish-loq xo’jalik fanlaridoktori, professor 06.01.05-Seleksiya va urug’chilik
Atamurodova Muqaddas Achilovna  06.01.08-O’simlikshu-noslik 2 Kuzgi yumshoq bug’doy hosildorligi va don sifatini shakllanishiga agrotexnologik usullarining ta’siri Xalilov N.X., qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor 06.01.08-O’simlikshunoslik
Boshmonov Saidmurod Saimnazarovich 06.02.03-Xusu-siy zootexniya, chorvachilik mahsulotla-rini ishlab chiqarish texnologiyasi 2 Qorabayir zotli otlarning xo’jalikka foydali belgilarini takomillashtirishning ilmiy-amaliy asoslari Xolmirzayev D., qishloq xo’jalikfanlari doktori, professor 06.02.03-Xususiy zootexniya, chorvachi-likmahsulotlarini ishlab chiqarishtexnologiyasi
Boboyev Oybek Rayimovich  16.00.01-Hayvonlar diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi 2 Zotli qoramollar adapta-siyasida qalqonsimon va qalqonoldi bezlari gipofunksiyasining oldini olish Norboyev Q.N, veterinariya fanlari doktori, professor 16.00.01-Hayvonlar diagnos-tikasi, terapiyasi va xirurgiyasi
Muxtorov Baxtiyor Zokirovich 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi 2 Qoramollarda yiringli pododermatitlarni etiopatogenezi, patomor-fologiyasi va fitotera-piyasini ilmiy asoslash Dilmurodov N.B., veterinariya fanlari doktori 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi
Narzulayeva MexrangizIlxomovna 03.00.03-Botanika 3 O’zbekistonning bo’z tup-roqlarida no’xat mahal-liy, xorijiy navlarini yetishtirishning biologik xususiyatlari, amaliy ahamiyati Xamdamov I.X., biologiya fanlari doktori, professor 03.00.03-Botanika
Xo’janova Latofat Absalamovna 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi 3 Tojikiston alyumin za-vodi chiqindilarining tovuqlar organizmiga ta’sirini o’rganish va fiziologik muhit yaratish Xayitov R.X., veterinariya fanlari doktori, professor 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Islomov Xurshid Iskandarovich 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya 3 Tovuq eymeriozi qo’zg’a-tuvchilarining koksi-diostatiklarga nisbatan moslanuvchanlik xusu-siyatlari va dorilarni almashlab qo’llash G’afurov A.G’., veterinariya fanlari doktori, professor 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya
Xudjamshuku-rov Axtam Nurmamatovich 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya 3 Tovuq eymeriozi bilan pullorozining parazitosenozi va kimyoprofilaktikasi Davlatov R.B., veterinariya fanlari doktori 03.00.11-Parazitologiya va gelmintologiya
Tashtemirov Bekzod Ravshanbekovich 05.20.01-Qishloq xo’jaligi va meliorasiya ma-shinalari, qish-loq xo’jaligi va meliorasiya ishlarini me-xanizasiyalash  3 Razrabotka mexaniko-texnologicheskix osnov sozdaniya kombiniro-vannogo agregata dlya posadki seyansev fitomeliorantov Ergashev I.T., tex-nika fanlari dokto-ri, professor 05.20.01-Qishloq xo’jaligi vamelio-rasiya mashinalari, qishloqxo’jaligi va meliorasiya ishla-rinimexaniza-siyalash
Abduzuxurov Jamshid Tolibovich 06.01.05-Seleksiya va urug’chilik 3 Topinamburning innova-sion agrotexnologiyalari, tuganaklarni jadal ko’paytirish va ishlab chiqarishda foydalanish-ning ilmiy asoslari Ostonaqulov T.E., qishloq xo’jalikfanlari doktori, professor 06.01.05-Seleksiya va urug’chilik, 06.01.08-O’simlikshunoslik
Abdullayeva Shaxnoza Baxtiyorovna 06.01.08-O’simlikshu-noslik 3 Kartoshkaning mahalliy, xorijiy navlarini turli usullarda yetishtirish va xo’jalik belgilarini ilmiy asoslash Ostonaqulov T.E., qishloq xo’jalikfanlari doktori, professor 06.01.05-Seleksiya va urug’chilik;06.01.08-O’simlikshunoslik
Sulaymanov Oybek Madixonovich 06.01.08-O’simlikshu-noslik 3 Kuzgi bug’doy rivoj-lanishi, hosildorligi va don sifatiga pestisid-lar, biologik faol moddalarning ta’siri Xalilov N.X., qish-loq xo’jalik fanlari doktori, professor06.01.08-O’sim-likshunoslik
Nurullayev Ulug’bek Uytalovich 08.00.04-Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti 3 Chorvachilikka ixtisos-lashgan dehqon xo’jalik-larini barqaror rivoj-lantirish va ularning samaradorliginingoshirish asoslari Murtazayev O., iqtisod fanlari doktori, professor 08.00.04-Qishloq xo’jalikiqtisodiyoti
Xudoynazarova Nilufar Eshmuratovna 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi 3 Qo’ylar suyaklarining postnatal ontogenezda morfofunksional o’zga-rishlarini tashki mu-hitga bog’liqligini ilmiy asoslash Dilmurodov N.B., veterinariya fanlari doktori 16.00.02-Hayvonlar patolo-giyasi, onkologiyasi va morfologiyasi
Eshmatov G’ayrat Xurram o’g’li 16.00.04-Farmakologiya va toksikologiya 3 Qorako’l qo’ylari serpushtligiga sassiq kovrak donining ta’siri, uning me’yor darajasini ilmiy asoslash
Davlatov N.Sh.
Veterinariya fanlari doktori, professor 16.00.04-Farmakologiya va toksikologiya

   

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550