Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 163 guests and no members online

Facebook

Veterinariya, zootexniya va qorako'lchilik fakultetida

HAITOV RO’ZI

Veterinariya fanlari doktori,  professor

 

            Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi  Jaloir qishlog’ida 1926 yil 18 dekabrda tavallud topgan. Samarqand zooveterinariya texnukumini 1943 yil, Samarqand qishloq xo’jalik institutining veterinariya fakultetini 1949 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan va 1949 yildan boshlab Samarqand qishloq xo’jalik institutining veterinariya  fakultetida assistent,  aspirant, dotsent, «Hayvonlar fiziologiyasi, patofiziologiyasi va biokimyo» kafedrasining mudiri, Samarqand qishloq xo’jalik instituti rektori, kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda. Nomzodlik ilmiy-tadqiqot ishlari Samarqand viloyati qorako’l qo’ylarining anoplosefalyatoz kasalligining epizootologiyasi va doktorlik ilmiy-tadqiqot ishlari «Biologik preparatlarning  paratifoz immunitetga ta’siri» ga bag’ishlangan. So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish borasida 6 ta  darslik, 2 ta broshyura, 1 ta ocherk, 20 dan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar, 10 dan ortiq tavsiyanomalar, 400 dan ortiq ilmiy maqolalar tayyorlab Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda chop etgan. Bugungi kungacha 10 nafar fan  doktorlari va     40 nafar fan  nomzodlari Ro’zi Haitovich rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilgan.

 

SALIMOV BO’RI

veterinariya fanlari doktori, professor

 

            Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Mixchagar qishlog’ida 1935 yil 22 oktyabrda tavallud topgan. 1959-1979 yillar O’zVITIda kichik ilmiy xodim, aspirant, laboratoriya mudiri bo’lib ishlagan. 1979-2004 yillar SamQXIda  Zoologiya va tabiatni muhofaza qilish kafedrasi professori, kafedra mudiri, 2005 yildan hozirgi kunga qadar «Hayvonlar kasalliklari va parazitologiya» kafedrasi professori, K.120.34.02 raqamli ixtisoslashgan kengash raisi 200 ga yaqin ilmiy maqola uslubiy qo’llanma, tavsiyanoma, avtorlik guvohnomasi muallifi, 1 ta fan doktori 10 ga yaqin fan nomzodi, 5 ta magistrant tayyorlagan. Hozirda 3 ta  aspirantga va 3 ta magistrantga  ilmiy rahbarlik  qiladi.

            Ilmiy yo’nalishi gelmintologiya sohasida  turli gelmintlarning bioekologik xususiyatlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

NORBOYEV QURBON

Veterinariya fanlari doktori,  professor

 

     Navoiy viloyatining Nurota tumani G’ozg’on qishlog’ida 1949 yil 15  iyulda tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jaligi institutining «Veterinariya» fakultetini 1972 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1972 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti veterinariya fakultetida assistent, dotsent, veterinariya fakulteti dekani,  kafedra mudiri lavozimlarida  faoliyat ko’rsatib kelgan.

         Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari qishloq xo’jalik hayvonlarida jigar kasalliklarini oldini olish va davolash ishlariga bag’ishlangan. Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari Respublikadagi katta fermer xo’jaliklariga joriy etilgan. 5 ta yangi veterinariya preparatining muallifi. So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish davomida 5 ta o’quv qo’llanma va 4 ta tavsiyanoma chop ettirdi. Veterinariya sohasiga bag’ishlangan 120 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda  chop etilgan.

       Hozirgi paytda Orol bo’yi mintaqasidagi hayvonlarda endemik kasalliklarini oldini olish va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish mavzusidagi GNTM-11-283 davlat dasturi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 6 ta fan nomzodi tayyorlagan va 2 ta aspirantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

 

DAVLATOV NUMON

Veterinariya fanlari doktori, professor

 

   Buxoro viloyatining Jondor tumani Guliston qishloq’ida 1949 yil 15 iyunda tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jalik institutini veterinariya fakultetini 1971 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1971-1972 yillar Qurolli kuchlar safida xizmat qilgan, 1973-1976 yillarda O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti, 1976 yildan Samarqand qishloq xo’jalik instituti veterinariya fakultetida ordinator, assistent, dotsent, kafedra mudiri,  professor, 1999-2004 yillar davomida  institutning ilmiy ishlar bo’yicha  rektor muovini lavozimida faoliyat ko’rsatib kelgan.

    Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari «Qishloq xo’jalik hayvonlarini zaharlanishlari va  uni  davolash muammolari», «Hayvonlarni noto’q’ri oziqlantirish va saqlashdan kelib chiqadigan tuyoq kasalliklari» va «Orol oldi va Qizilqum mintaqasi sharoitida turli faktorlarni hayvonlar organizmiga ta’siri» mavzularida ilmiy ishlar yaratishga qaratilgan. So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohatlarni amalga oshirish davomida 4 ta darslik va o’quv qo’llanmalari, 1 ta monografiya va 120 ga yaqin ilmiy, o’quv uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda chop etilgan.

      «Hozirgi paytda Qizilqum sharoitida texnogin faktorlarni q/x hayvonlari organlariga ta’siri» mavzusida F.T.M. granti bo’yicha  ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

    Hozirgacha 4 ta  fan nomzodi tayyorlagan, yana 4 ta apirantga va 1 ta doktorantga rahbarlik qilmoqda.

 

DAVLATOV RAVSHAN BERDIYEVICH

Veterinariya fanlari doktori     

      Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining "Langar" shirkat xo'jaligida 1965 yilning 13 fevralida tug'ilgan, Samarqand qishloq xo'jalik instiutining veterinariya fakultetini 1989 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990-1993 yillar Samarqand qishloq xo'jalik instituti "Parazitologiya" kafedrasining aspiranti, 1993-2003 yillar mazkur kafedraning assistenti, dotsenti, 2004-2011 yillar "Hayvonlar kasalliklari va parazitologiya" kafedrasining mudiri lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. O'zR Oliy Attestatsiya komissiyasining D 120.34.02 birlashgan ixtisoslashgan kengash a'zosi.

        2011-yildan boshlab ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha prorektor vazifasida ishlab kelmoqda.

      Ilmiy ishlarining asosiy sohasi parranda kasalliklariga bag'ishlangan bo'lib, tovuqlarning askaridioz, eymerioz (koksidioz) va kolibakterioz kasalliklarini o'rganish hamda ularni davolash va oldini olish tadbirlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan. O'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi asosida 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta monografiya, 6 ta darslik va o'quv qo'llanmalar, 8 ta uslubiy qo'llanma va tavsiyalar hamda 3 ta patent muallifi.

           O'zbekiston fan va texnologiyalar markazi granti va korporativ hamkorlik shartnomalari asosida parrandachilik fermerl xo'jaliklarida tovuqlarning infeksion va invazion kasalliklari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

DILMURODOV NASRIDDIN BABAKULOVICH
Veterinariya fanlari doktori     

     Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, 1965 yilda Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, partiyasiz, 1989 yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutini tugatgan, veterinariya fanlari doktori,  2001 yildan Samarqand qishloq xujalik institutining ilmiy kotibi, Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya kafedrasi dosenti.

     Dilmurodov Nasriddin Babakulovich  1989 yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti veterinariya fakultetini imtiyozli tamomlab, Davlat imtihon komissiyasining tavsiyasiga binoan shu institutning hayvonlar anatomiyasi, gistologiyasi va patanatomiya kafedrasi ordinaturasida qoldirildi. U ordinaturani o’tash bilan birgalikda, O’zbekistonning turli xil iqlim sharoitlarida parvarish qilinadigan hayvonlarning ixtiyoriy harakat organlarini morfofunksional xususiyatlarini o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

    Shuningdek, N.Dilmurodov  aspirant-tadqiqotchi sifatida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalari asosida 1996 yilda nomzodlik, 2011 yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ilmiy tadqiqotlari natijasida ilk bor respublikamizning bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki xil tabiiy iqlim sharoitidagi hayvonlarning postnatal taraqqiyoti qorako’l qo’ylarining avtopodiy suyaklari misolida o’rganilib, ular o’rtasidagi tafovutlar hamda qo’ylarni parvarish qilganda ularning fiziologik holatidan kelib chiqqan holda postnatal ontogenezning ma’lum bosqichlarida alohida ko’rsatkichlarga e’tiborni kuchaytirish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berdi. Shuningdek, u kishi tomonidan berilgan xulosa,  taklif va tavsiyalar talabalarga «Hayvonlar anatomiyasi», «Hayvonlar morfologiyasi» fanlarini o’qitishda keng qo’llanilib kelinmoqda.

    2011 yilda «O’zbekistonning turldi ekologik sharoitlaridagi qo’ylar avtopodiy suyaklari postnatal ontogenezi» mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.

     N.Dilmurodov uslubiy ishlarga ham e’tibor qaratib, 2 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta uslubiy ko’rsatma, 4 ta namunaviy dasturlarni ishlab chiqishda hammualliflik qilgan, 1 ta monografiya, 3 ta metodik tavsiyalar, 50 dan ziyod ilmiy maqolalar chop etgan. 

SOBIROV PARMON SOBIROVICH

qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

Buxoro viloyati Olot tumanida 1931 yil 10 yanvarda tavallud topgan.   Samarqand  qishloq xo’jalik instituti  zootexniya fakul’tetini 1956 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.1958 yildan beri  Samarqand qishloq xo’jalik institutining Genetika va qishloq xo’jalik hayvonlarini urchitish  kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, dotsent, professor, zootexniya fakultetining dekani, institutda o’quv ishlar bo’yicha  prorektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari Respublikamizda urchitilayotgan rejali qoramol zotlarining nasl sifatini yaxshilash va ularni chatishtirishdan olingan avlodlar hisobidan yuqori mahsuldorli podalarni yaratishdan iboratdir. So’nggi yillarda ta’lim sistemasida islohatlarni chuqurlashtirish bo’yicha va ularni amaliyotda qo’llash sohasida 3ta darslik, 2ta o’quv qo’llanmasi, 5 ta uslubiy qo’llanma, 6 ta ilmiy tavsiyanomalar, 1ta elektron darslik, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, shundan 60 dan ortig’i chet mamlakatlarda bosilib chiqqan. 2 aspirantga rahbarlik qilgan. Toshkentda O’zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining ilmiy daraja berish ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi.

Hozirgi paytda seleksiya va naslchilik sohasida ish olib borayotir va magistrlarga shu yo’nalishlar bo’yicha rahbarlik qilmoqda.

 

KAXXOROV ABDUSATTOR

Qishloq xo’jalik fanlari doktori

 

     Surxondaryo viloyatining Sherobod tuman Xatak qishlog’ida 1945 yil 13 yanvarda  tug’ilgan. Samarqand qishloq xo’jalik instituti Zootexniya fakultetini 1971 yilda tugatgan. 1971 yil mart oyidan e’tiboran shu institutda  katta laborant, institut komsomol qo’mitasining birinchi kotibi, tayyorlov bo’limi boshlig’i, assistent, dotsent, fakultet partiya tashkilotining kotibi,  dekaning o’quv ishlari bo’yicha muovini, kafedra mudiri, dekan lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.

         Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari mamlakatni janubiy hududi ekologik sharoitida qoramol go’shti ishlab chiqarishni jadallashtirishga va qoramollarni go’sht mahsuldorligi bo’yicha genetik potensialidan samarali  foydalanishga qaratilgan. Ushbu mavzu bo’yicha u jami 130 dan ortiq ilmiy maqolalarni mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda chop  ettirgan.

       Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni amalga  oshirish borasida faol ilmiy, o’quv-uslubiy ishlarni olib borib, 2 ta o’quv qo’llanma, 1 ta darslikka  hammualliflik qilgan 5 ta risola chop ettirgan.

Hozirgi  vaqtda qishloq xo’jaligida resurslarni  tegmaydigan, ekologik toza qoramolchilik mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.

          4 tadqiqotchi-aspirantga va 1 ta magistrga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

 

 

XOLMIRZAYEV DUSTMUXAMMAD

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

            Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani Kamar qishlog’ida 1945 yilda 25 iyulda tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jalik institutini zootexniya fakultetini 1973 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1973-1976 yillari Bulung’ur tumanidagi «Rossiya chorvachilik xo’jaligida bosh zootexnik, viloyat cho’chqachilik birlashmasida» zootexnik-iqtisodchi vazifasida faoliyat ko’rsatgan. 1977 yildan buyon shu institut zootexniya fakulteti dekanining ilmiy ishlari bo’yicha o’rinbosari, kafedra mudiri, hozirgi kunda kafedra professori lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasida Yilqichilik mahsuldorligini ko’paytirishga va qayta ishlash texnologiyasini yaxshilashga bag’ishlangan.

       Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari birinchi marta Respublikaning tog’ oldi, tog’ va yarim sahro mintaqalarida, yaylov sharoitida qorabayir otining mahsuldorligi va xo’jalik uchun foydali belgilari o’rganilib, ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan. Ot go’shtidan tayyorlanadigan tansiq mahsulotlarning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan.

2 ta o’quv qo’llanma, 6 ta tavsiyanoma, 10 dan ortiq namunaviy dastur chop ettirdi.

Yilqichilik va tuyachilik sohasiga bag’ishlangan 80 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda chop etishgan.

        Hozirgi vaqtda har xil zotli ot va tuyalardan olingan qulun, toy va bo’taloqlarning o’sish va  rivojlanishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirda 1 ta fan  nomzodi, 4 ta magistrant tayyorlagan va 1 ta aspirantga rahbarlik qilmoqda.

 

IZBASAROV O’NGAR QAHAROVICH

Veterinariya fanlari doktori, professor

 

            Jizzax viloyatining Forish tumani "Oq-tepa" qishlog’ida 1936 yil 17 iyun oyida tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jalik institutining Veterinariya fakultetini 1964 yilda tugatgan. 1964-1968 yillarda Butun Ittifoq Ilmiy Tekshirish Qorako’lchilik institutining biologiya laboratoriyasida stajyor-izlanuvchi, aspirant bo’lib, akademik G.V.Zvereva rahbarligida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, 1968 yildan boshlab Samarqand Qishloq xo’jalik Institutining zoogigena kafedrasining assistenti, dosenti, professori bo’lib, 1972 yildan boshlab 1998 gacha ishlab kelgan.

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari. O’zbekiston Respublikasida qorako’lchilikni rivojlantirish, oziqa bilan ta’minlash kabi masalalarga bag’ishlangan.

Hozirgi davrda odamlar va hayvonlarda uchraydigan dermatoz kasalliklarni bartaraf qilish muammosi ustida ishlamoqda. So’nggi yillarda ta’lim sohasida yetuk mutaxasiss yetishtirish va ularni hozirgi zamon talabi darajasida o’qitish borasida 3 ta darslik va o’quv qo’llanmalar, 3 ta risola, 14 ta tavsiyanomalar chop etilgan.  8 ta Rossiya va O’zbekistonni Davlat  patent idoralarining muallifi hisoblanadi. Veterinariya va tibbiyot sohasida 150 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Mutaxassislar uchun o’quv-uslubiy ishlar, qo’llanmalar tayorlanib chop etilgan. Hozirgi paytda hayvonlar va odamlar orasida keng tarqalgan dermatoz kasalliklarga qarshi kurash va davolash maqsadida fitopreparatlar tayorlash bilan shug’ullanmoqda.

Hozirgi vaqtda 2 ta fan nomzodi, 2 ta doktorant va 2ta izlanuvchilarga raxbarlik qilmoqda. Ilmiy izlanishlarning natijalarini Rokfeller grantiga va mukofotiga tavsiya etilgan.

 

MAXMUDOV MUXIDDIN MAXMUDOVICH

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

      Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 11 iyun 1938 yilda tavallud topgan.

     Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakultetini 1961 yilda tugatgan. Shu yildan e’tiboran O’zbeksiton qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, aspirant, katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri, markaz rahbari, bosh ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek o’rindoshlik sifatida 1970 yildan boshlab (ayrim uzilishlar bilan) Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya, veterinariya, zootexniya, qorako’lchilik fakultetlari talaba va magistrlariga oziqa yetishtirish, o’tloqchilik, yaylovshunoslik, qorako’lchilik hududlari ekologiyasi fanlaridan ta’lim berib kelmoqda.  Bu borada mazkur fanlarning dasturlari, ish rejalarini yaratib tasdiqdan o’tkazgan; shuningdek mazkur fanlarni o’rgatishga oid  qishloq xo’jalik institutlari bakalavr yo’nalishi bo’yicha darslik (10 bosma taboq) va amaliy mashg’ulotlar o’quv qo’llanmasi (8,5 bosma taboq)  tayyorlandi.

      Uning ilmiy faoliyati asosan o’ta qurg’oqchil (arid) sharoitida oziqa yetishtirish va ulardan samarali foydalanish masalalariga bag’ishlangan bo’lib, cho’l ozuqabop o’simliklari introduksiyasi, seleksiyasi, urug’chiligi, fitomeliorasiyasi va sug’oriladigan maydonlarida ozuqabop ekinlar parvarishi texnologiyasi masalalarini qamrab oladi.

    Maxmudov M.M.  160 ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, 3 cho’l ozuqabop o’simliklari navlari muallifidir.

     Maxmudov M.M. IKARDA, IFAD, FAO, SIRAD, AQSh qishloq xo’jalik deportamenti bilan hamkorligining mahsuli sifatida ingliz tilida 2 ta monografiya, 7 ta ilmiy maqola chop etdi; yaylovshunoslarning VII Halqaro kongressi (Durban, 2003), Qurg’oqchil mintaqalarda oziqa yetishtirish VI Halqaro konferensiyasi (Tehron, 2003), Janubiy-G’arbiy va Markaziy Osiyo o’simliklari hayoti V Halqaro simpoziumlari (Toshkent, 1998) ilmiy to’plamlarida maqolalari chop etilgan.

     M.M. Maxmudovning ilmiy rahbarligida 2 nafar fan nomzodi tayyorlangan, 7 nafar aspirant-tadqiqotchi va 3 nafar doktorant-tadqiqotchi o’z dissertasiyalarini himoyaga tayyorlamoqdalar.

 

   So’ngi yillarda ta’lim tizimida islohatlarni chuqurlashtirish, cho’l chorvachiligi sohasiga amaliy yordam, fan yutuqlarini amaliyotga jadalroq joriy etish maqsadida 2 darslik, 10 ta tavsiyanoma, amaliy qo’llanma, instruktiv kursatmalar tayyorladi va chop etdi.

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550