Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash fakultetida

 

ERGASHEV ISMOIL TASHKENTOVICH

Texnika fanlari doktori

 

           Samarqand viloyati Urgut tumani Beshyog’och qishlog’ida 1962 yil 16 sentabrda tavallud topgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining (TIQXMII) «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» fakultetini 1984 yilda imtiyozli diplom bilan bitirgan.

1992 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va mahsulotlarni qayta ishlash» fakultetida assistent, dotsent, institut o’quv bo’limi boshlig’i va fakultet dekani lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Asosiy ilmiy ishlari O’zbekiston sharoitida tuproqqa asosiy ishlov berish texnologiyasi va texnik vositalarini yaratishga bag’ishlangan.

Ilmiy izlanishlari natijasida tuproqqa egat va marzalarsiz tekis ishlov berish texnologiyasi va ushbu texnologiyani amalga oshiradigan frontal pluglar ishlab chiqarilgan, bitta o’quv qo’llanmasi, bitta broshyura, 2 ta monografiya, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 34 ta ixtiroga patent olingan.

Hozirgi paytda tuproqqa ishlov berishning ekologik muammolari, cho’llanishni oldini olish va yaylovlarni fitomeliorativ yo’l bilan yaxshilash texnologiyalari va texnik vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

 

NAZAROV SHARIP

Kimyo fanlari doktori, professor

 

               Turkmaniston respublikasi Kerki shahrida 1933 yilda tug’ilgan.  O’rta Osiyo Davlat universiteti Kimyo fakultetini 1958 yilda tugatgan, kimyo fanlari doktori, professor.

Samarqand qishloq xo’jalik institutida 1958 yildan buyon «Umumiy kimyo» kafedrasi assistenti (1958-1962 yillar), katta o’qituvchisi (1962-1967 yillar), dotsenti (1967-1975 yillar) va kafedra mudiri (1975-1998 yillar) lavozimlarida ishlagan. Hozirgi vaqtda Fizika va kimyo kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Uning asosiy ilmiy ishlari qishloq xo’jaligida gilmoyalardan foydalanish muammolariga bag’ishlangan.

Hozirgi kunga qadar 5 ta darslik, bitta monografiya va 200 dan ortiq  ilmiy maqolalar chop etgan. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik va bitta doktorlik dissertasiyalari himoya qilingan.

            Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida gilmoyalardan foydalanish muammolari ustida tadqiqotlar olib bormoqda.

 

SUVANQULOV SHODIYOR QODIROVICH

Texnika fanlari doktori (RF), dotsent

 

            Samarqand viloyati G’allaorol tumani Koriz qishlog’ida 1947 yil 15 fevralida tavallud topgan. Toshkent Irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining (TIKXMII) qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetini 1970 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1970-1972 yillarda TIQXMIIda assistent, 1976 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti qishloq xujaligini mexanizatsiyalash fakultetida assistent, dotsent, kafedra mudiri, bo’lim boshlig’i, dekan va hozirda dotsent lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari qorako’lchilikdagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnika vositalari yaratishga bag’ishlangan bo’lib, 1994 yilda Sankt- Peterburg Davlat Agrar Universitetida  «Sovershenstvovaniye texnologicheskix prosessov i sredstv mexanizasii pastbiщnogo karakulevodstva» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shu soha bo’yicha 110 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarning muallifi.

 

            Hozirgi paytda qorako’lchilikdagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550