Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 104 guests and no members online

Facebook

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida

 

FRUNZE JO’RAYEVICH JO’RAYEV

Iqtisod fanlari doktori, professor

 

 Jo’rayev F.J. 1940 yil 20-aprelda Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida tug’ilgan. 1964 yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti Zooinjeneriya fakultetini tamomlagan. 1971 yilda «Экономические эффективности основных производственных фондов в каракулевочестве» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1989yilda «Экономические проблемы развития каракулеводство в Узбекистане» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilib, 1990 yilda professorlik unvonini olgan. 1988-1998 yillarda «Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish» kafedrasiga mudirlik qilgan. 1990 yildan buyon professor ilmiy unvoniga ega.

F.Jo’rayev talabalarga «Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» va magistrlar uchun "Qishloq xo'jalik korxonalari biznes rejasi", "Yangi va tejamkor texnologitalar", «Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining faoliyatini tashkil etish» fanlaridan dars berish bilan birga, 2004 yilda oliy o’quv yurti talabalari uchun «Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish» darsligini chop etgan. Bundan tashqari 12 ta namunaviy dastur, 17 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, ko’plab uslubiy ko’rsatmalar muallifidir.

Professor F.Jo’rayev hozirgi kunda qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ichki xo'jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish muammolari bilan shug’ullanib, 2 ta monografiya, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Qishloq xo’jalik korxonalari, jumladan korako’lchilik xo’jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalari amaliyotga joriy qilingan.

F.Jo’rayev rahbarligida 3 ta nomzodlik va 9 ta magistrlik ilmiy ishi himoya qilingan bo’lib, hozirgi kunda nomzodlik dissertasiyalarini himoya qilish bo’yicha Samarqand Iqtisodiyot va servis institutidagi ixtisoslashgan kengash a’zosi.

 

MURTAZAYEV OLIM MURTAZAYEVICH

Iqtisod fanlari doktori, professor 

 

1952 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug’ilgan. 

1976 yilda Toshkent Xalq Xo’jaligi instituti (hozirgi Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti)ni imtiyozli diplom bilan tugatgan.

 Iqtisod fanlari doktori, professor. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi mudiri.

Uning 162 ta ilmiy va uslubiy ishlari e’lon qilingan bo’lib, shulardan, 2 ta darslik (“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”.T:. “Moliya” 2003 y. va 2005 y.), 2 ta monografiya(“Paxtachilik agrosanoat majmuasi samaradorligini oshirish muammolari”.T:. “FAN”, 2005 y. va “Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish” T:. “FAN” 2011 y. , ), 1 ta o’quv qo’llanma, 8 ta uslubiy qo’llanma va 27 ta ilmiy maqola, shundan 6 tasi xorij nashrlarida, 49 ta konferensiya tezislari, O.Murtazayev 1984-1988 yillarda Mehnat ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, 1988-1992 yillarda Samarqand qishloq xo’jaligi instituti “Iqtisodiy nazariya” kafedrasida o’qituvchi, 1992-1994 yillarda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida assistent, dosent, 1997-1998 yillarda iqtisodiyot fakultetida dekan muovini, 1998-2004 yillarda “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekani va 2006 yildan hozirga qadar “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruv” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

O.Murtazayev bakalavr va magistrlar uchun o’quv rejalarini takomillashtirish borasida Samarqand qishloq xo’jalik instituti va O’zbekistonning bir qator Oliy o’quv yurtlarida Yevropa Ittifoqi Tempus dasturi doirasida Germaniyaning Vaynshtefan Universiteti (Fachhochschule Weihenstephan) bilan Joint master programme in Agricultural management Tempus Project Jep_25067_2004 loyihasi qatnashchisi sifatida va bevosita rahbarligida xorijiy grantlar asosida 2 ta kompyuter sinflari tashkil etildi. U KOXRAN dasturi granti sovrindori sifatida AQShning Kaliforniya shtati Devis universitetida malaka oshirgan. Uning shogirdlari orasida Respublika fan olimpiadalarining g’oliblari, nomdor stipendiyalar va xalqaro grantlar sovrindorlari bor. Paxtachilik majmuasi samaradorligining metodologik masalalari mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining amaliyotga joriy qilinishi natijasida 287 mln so’m iqtisodiy samara olinishi kutilmoqda.

 Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik, 8 ta magistrlik dissertasiyalariga va 50 dan ortiq bakalavrlik ishlari tayyorlangan. Hozirgi kunda 3 ta aspirant va 4 ta ilmiy tadqiqotchilarga rahbarlik qilib kelmoqda. 

O’zbekistonQishloqxo’jaligiilmiy-ishlabchiqarishMarkaztomonidang’olibdebtopilganva umumiy qiymati 14 mln. so’mlik,QXA–2-022- raqamli “Paxtachilik majmuasi tarmoqlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish” mavzusida grant rahbari sifatda faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, viloyatdagi fermer xo’jaliklari va kasb-hunar kollejlari bilan qiymati 20,0 mln. so’mlik korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shuningdek “Navoiy IES” OAJ bilan 8.1 mln. so’mlik xo’jalik shartnomasi tuzilgan.

 

 

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550