Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 243 guests and no members online

Facebook

Agronomiya fakultetida

OSTONAQULOV TOSHTEMIR ESHIMOVICH

Qishloq xo'jalik fanlari doktori, professor, Rossiya Federatsiyasi Peterburg Fanlar akademiyasi akademigi

 

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani Surxon sovxozi 5-bo'limida 1954 yil 10 mayda tug'ilgan. Samarqand qishloq xo'jalik instituti agronomiya fakultetini 1975 yil imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1976-1979 yillar O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot instituti aspiranti, 1976-1984 yillar paxtachilik, seleksiya va urug'chilik kafedrasi assistenti, dotsenti, 1989-1991 yillar Butunittifoq o'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, 1992-2004 yillar meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi mudiri, 2004-2005 yillar agronomiya fakulteti dekani, 2005-2011 yillar institut o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektor lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 2011 yil noyabr oyidan boshlab Samarqand qishloq xo'jalig instituti rektori vazifasida ishlab kelmoqda.

Ilmiy ishlarining asosiy yo'nalishlari kartoshka, pomidor va sabzavot makkajo'xori seleksiyasi, zamonaviy urug'chiligi, ularni ko'chat, ertagi, takroriy va ikkihosilli ekinlar sifatida o'stirib yuqori hosil olish hamda saqlash texnologiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan. Ko'p yillik ilmiy izlanishlar asosida 280 dan ziyod ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 10 ta darslik va o'quv qo'llanma, 21 ta uslubiy qo'llanma va tavsiyalar, 5 ta kartoshka, 1 ta sabzavot makkajo'xori, 5 ta patent muallifi. U kishi rahbarligida 2 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik dissertatsiyasi ­himoya qilingan. 

 

 

XALILOV NASRIDDIN

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

 Samarqand viloyatining Payariq tumani Ravot qishlog’ida 1948 yil 5 fevralda tavallud topgan. Samarqand Davlat Universiteti biologiya fakultetini 1972 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1976 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakultetida aspirant, assistent, dotsent, agronomiya fakulteti dekanining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasida kuzgi bug’doyning biologiyasi, yetishtirish texnologiyasini o’rganishga bag’ishlangan. Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doyni hosildorligi va don sifatini oshirishni ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan. So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish davomida 4 ta darslik va o’quv qo’llanmasi, 2 ta monografiya, 1 ta ma’lumotnoma chop ettirdi. O’simlikshunoslik sohasiga bag’ishlangan 120 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda chop etilgan.

Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida resurslarni tejaydigan, ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish texnologiyasini yaratish bo’yicha byudjet, O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar markazi granti va xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

 

ABDUKARIMOV DIAMAT TO’XTAYEVICh

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

Abdukarimov Diamat To’xtayevich 1934 yil 17 – iyundaSamarqand shahrida tug’ilgan.

Samarqand qishloq xo’jalik institutini 1957 yilda muvaffaqiyatli bitirgan.1957 yildanoliygohningagronomiya fakultetitidaaspirant assistent, dotsent, professor, institut rektori, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat kursatib kelgan.

 Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasidakartoshka, boshoqli don ekinlari, moyli ekinlar va topinamburseleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish texnologiyasini o’rganishga bag’ishlangan.

Davlat reyestriga kiritilgan bug’doyning Sherdor, Ulug’bek - 600, O’zbekiston –1, arpaning Afrosiyob, Temur, kartoshkaning Zarafshon, Quvonch- 1156 M, Bahro- 30, Hamkor – 1150, Bardoshli - 3 navlari muallifi hisoblanadi.

 Seleksiya va urug’chilik sohasiga bag’ishlangan250 dan ziyod ilmiy, uslubiy ishlar, monografiya, darslik, qo’llanma va maqolalar chop ettirgan, shundan 10 dan ortiq darsliklar va o’quv qo’llanmalaridir.

Hozirgacha u kishirahbarligida 7 ta doktorlik, 25 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan va2 aspirantga ilmiy rahbarlikqilmoqda.

O’zbekistonRespublikasi Fan va texnologiyalar markazigrantiasosidailmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

 

ERGAShEV IBRAGIM TASHKENTOVICh

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

Samarqand viloyatiningUrgut tumani Beshyog’och qishlog’ida1964 yilda 20 aprelda tavvallud topgan.Samarqand qishloq xo’jalik institutining agronomiya fakultetini 1985 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1986 yildaSamarqand viloyatiBolshevik tumanidabo’lim agronomi, 1986 – 1989 yillar O’zbekiston sabzavot,polizekinlari va kartoshkachilik ilmiy - tadqiqot institutiaspiranti,1990 – 1991 yillarshu institutilmiy xodimi,1991 yildanbuyon Samarqandqishloq xo’jalik instituti genetika, seleksiya va urug’chilikkafedrasida kattailmiy xodim, assistent, doktorant, dotsent, professor va kafedra mudiri lavozimlaridafaoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Asosiyilmiy tadqiqotishlariO’zbekiston sharoitidakartoshka virussiz asosdagiurug’chiligini tashkiletishga qaratilgan.U kishining muallifligidakartoshkaningDavlat reyestriga kiritilgan yangi Quvonch -1656 m,Baxro –30 va Hamkor –1150 navlari yaratilgan.U jami 96 ta jumladan,12 darslik, o’quv qo’llanmalari vauslubiy ko’rsatmalarni chopetgan.

 Hozirgi paytda1 ta fan nomzodi,4 taaspirant-tadqiqotchigailmiy rahbarlik qilmoqda.

 O’zbekistonRespublikasi Fan va texnologiyalar markazigranti va xo’jalik shartnomasi asosidailmiy tadqiqotlar olib bormoqda

 

UZOQOV PANJI

Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, professor

 

 Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarnihimoya qilish kafedrasi professori1935 yil 5 iyunda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug’ilganQishloq xo’jalik fanlari nomzodi, professor. Chopetilgan o’quv ilmiy, uslubiy ishlari soni 78 ta shu jumladan: darsliklar_3 ta, o’quv qo’llanma 6 ta, uslubiy qo’llanma 3 ta, monografiya 2 ta, ilmiy maqolalar 68 ta, jahon nashrlarida 10 ta, respublika ilmiy jurnallarida va boshqa nashrlarda 34 ta, institut miqyosida 24 ta. Himoya qilgan aspirantlari 2 ta. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan paxtakor.

P.Uzoqovning asosiy ilmiy ishlari Zarafshon vodiysida tarqalgan karbonat kalsiyli va magniyli sho’rlangan tuproqlarning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari va ularning unumdorligini oshirishga bag’ishlangan. U kishining ilmiy izlanishlarida Samarqand viloyatida tarqalgan karbonatli sho’rlangan gidromorf tuproqlarning mineralogik va kimyoviy tarkibi, suv-fizik xossalari, tuproq profilida karbonatli tuzlarning taqsimlanishi, uzoq muddatli sug’oriladigan dehqonchilik ta’sirida karbonatlarning profil bo’ylab harakati va qayta taqsimlanishi, magniy ionining singdiruvchi kompleksda ko’p saqlanishi, magniyli sho’rtoblanish va boshqa qator muammolar echimini topgan. Ilmiy izlanishlarining yana bir yo’nalishi yangidan o’zlashtirilgan gipsli bo’z tuproqlar tarkibi, xossalari va tarqalishini o’rganib, bu erlardan qishloq xo’jaligida samarali foydalanish usullarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Narpay va Paxtachi tumanlaridagi bir qator xo’jaliklarda olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslanib, bunday yerlarda paxtadan yuqori hosil olish texnologiyasini o’ziga xos jihatlari ishlab chiqildi, hamda gipsli gorizont yaqin joylashgan tuproqlarda donli, dukkakli ekinlar, ko’p yillik o’tlar ekish va uzumzorlar barpo etish tavsiya qilindi.

 

ORIPOV RAZZOQ ORIPOVICH

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

 Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekuz qishlog’ida 1938 yil 20 –avgustda tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jaligi instituti Agronomiya fakultetini 1960 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1968 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakultetida aspirant, assistent, dotsent, professor kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Asosiy ilmiy tadqiqotlari O’zbekiston Respublikasi g’o’za biologiyasi, yetishtirish texnologiyasini hamda urug’chiligini o’rganishga bag’ishlangan. Bajarilgan ilmiy ishlari paxta hosildorligini va xom-ashyo sifatini oshirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan.

 So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohatlarni amalga oshirish davomida 4 ta darslik va o’quv qo’llanmasi, 1 ta monografiya, 1 ta ma’lumotnoma chop ettirgan. O’simlikshunoslik va paxtachilik sohasiga bag’ishlangan 132 tadan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlarini mamlakatimiz va xorijda chop ettirgan.

 Hozirgi paytda resurslarni tejaydigan, ekologik toza, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, jumladan paxta yetishtirish texnologiyasini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Hozirgacha 2 ta fan nomzodi, 3 ta aspirantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

R.Oripov va boshq. № 4-S Section – 416 (V) 2005 y. Испытание ресурсосберегаюших высокоэффективных технологий получения оргонаминералных удобрений из отходов животных и различных производствь управления плодородием эродированных корбонатных почв за счёт оптимизация внесения удобрений и сева промежуточных культур. Grant asosida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

 

MO’MINOV KOMIL MO’MINOVICH

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

 Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Gavband qishlog’ida 1951 yil 10 –sentyabrda tavallud topgan. Sam DU biologiya fakultetini 1972 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.

1972 -1978 yillarda SamDU biologiya fakultetida kichik ilmiy xodim, aspirant, assistent lavozimlarida ishlagan. 1978 yildan buyon Samarqand qishloq xo’jalik instituti agronomiya fakultetida kichik ilmiy xodim, tajriba dalasi mudiri, kafedra assistenti, dotsent, dekan muovini, fakultet dekani iva professor lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari Respublikamizda sug’oriladigan yerlarda irrigatsiya eroziyasi va unga qarshi kurash choralarini o’rganishga bag’ishlangan. Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari. sug’oriladigan yerlar unumdorligini saqlash va oshirish hamda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan.

So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohatlarni amalga oshirish davomida 3 ta darslik va o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya, chop ettirgan. Tuproq unumdorligini oshirish hamda o’simlikshunoslik sohasiga bag’ishlangan 100 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda chop ettirgan.

Hozirgi paytda sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish texnologiyasini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Hozirgacha 2 ta fan nomzodi, 2 ta aspirantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

 

HAMDAMOV ISKANDAR HAMDAMOVICH

Biologiya fanlari doktori, professor

 

Samarqand viloyati Samarqand tumani Do’stlik jamoa xo’jaligi Turkman qishlog’ida 1934 yil 13 avgust kuni tavallud topgan. 1957 yilda Samarqand Davlat Universiteti Biologiya fakultetini tugatgan. Universitetni tugatgach, 1957 yildan buyon Farg’ona Davlat pedagogika institutining Botanika kafedrasida assistent, Samarqanddagi Butunittifoq Qorako’lchilik instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, Samarqand qishloq xo’jalik institutining Botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasining mudiri, kafedra dotsenti, professori, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasining professori lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelgan.

Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekistonning cho’l yaylovlarining mahsuldorligini oshirish, yaylovlarni yaxshilash, ulardan ratsional foydalanish va hosildorligini oshirishga bag’ishlangan. Hozirgi vaqtda sug’oriladigan yerlarda no’xat etishtirishning texnologik elementlariga bag’ishlangan katta ilmiy yo’nalish bo’yicha ish olib bormoqda. Sug’oriladigan yerlarda etishtirish uchun no’xatning "Umid" va kuzgi qattiq bug’doyning "Istiqlol" navi muallifi. So’nggi yillarda ta’lim sohasida islohatlarni amalga oshirish davomida 2 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanmasi, 2 ta monografiya, 5 ta tavsiyanoma chop ettirgan, o’simlikshunoslik sohasiga bag’ishlangan 125 dan ortiq ilmiy, o’quv-uslubiy ishlari mamlakatimiz va xorijda chop etilgan.

Hozirgi paytda sug’oriladigan yerlarda no’xatning xashaki va xo’raki navlarini etishtirishning texnologik elementlariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Hozirgacha 7 nafar fan nomzodiga rahbarlik qilgan va 1 nafar aspirantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

O’zbekiston respublikasi Fan va texnologiyalar markazi grant va xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda

 

HOSHIMOV FARHOD HAKIMOVICH

Qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor

 

 Primorye o’lkasining Cherneshovka qishlog’ida 1944 yil 1 fevralda tavallud topgan. Samarqand qishloq xo’jalik institutining agronomiya fakultetini olim agronom mutaxassisligi bo'yicha 1965 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1967 – 1970 yillarda aspirant, keyinchalik kafedradaassistent, dotsent, professor, fakultet dekani o’rinbosari, dekan, kafedra mudiri, o’quv bo’limi boshlig’i, o’quv ishlari bo'yicha prorektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1982 yildan buyon agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatayapti.

 Asosiy ilmiy - tadqiqot ishlari eroziyaga uchragan bo’z tuproqlar mintaqasida azotli va fosforli o’g’itlar samaradorligini almashlab ekish tizimlarida turli qishloq xo’jalik ekinlarida o’rganish, ekinlar hosildorligi va sifatiga, tuproq unumdorligiga ta’siri masalalarini o’rganishga bag’ishlangan. So’nggi yillarda 2 ta monografiya va 40 dan ortiq ilmiy, o’quv uslubiy ishlari chop etildi. Umuman ilmiy ishlari soni 240 dan ortiq bo’lib, mamlakatimiz va chet ellarda chop etilgan.

 Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida o’g’itlar samaradorligi va tuproq unumdorligini oshirish, ekologik toza mahsulot yetishtirish texnologiyalar boyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Hozirgacha 2 fan doktori va 17 ta fan nomzodlari tayyorlandi. Hozir uning rahbarligida 2 ta doktorant, 2 nafar aspirant va 3 nafar ilmiy tadqiqotchilar ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

 

«Section - 412» dasturi bo'yicha chet el granti asosida 8,5 mln so’mlik ilmiy tadqiqot granti uning rahbarligida bajarilmoqda, shuningdek, bir qancha xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayapti. Uning rahbarligida institut markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko’rsatayapti.

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550