Sifat ta’minoti
- Details
- Category: O'zbek tilidagi materiallar
- Published on Friday, 22 May 2015 09:00
- Written by Amirkhonov Jamolkhon
- Hits: 5885
2013 yilda Yevropa Komissiyasi moliyaviy ko`magi yordamida SAMUz – O`zbekistonda qishloq xo’jaligini boshqarish bo’yicha barqaror o’quv rejalari nomli TEMPUS loyihasi o`z faoliyatini boshladi. Loyihaning turli vazifalari bo`lib shulardan biri bu 2014 yil dekabr oyigacha ta’lim dasturlarining sifat ta’minoti siyosati va jarayonlarini Yevropa sifat standartlariga mos ravishda tayyorlash va joriy etishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda loyiha ish paketlaridan biri aynan yangi joriy etilishi kutilayotgan ta’lim yo`nalishlari sifatini ta’minlashga qaratilgan bo`lib mazkur ish paketi uchun Yevropalik hamkorlardan Santiago de Compostella (Ispaniya) va O`zbekistonlik hamkorlardan Termiz davlat universiteti (O`zbekiston) mas’uldir. Bunda ispaniyalik va o`zbekistonlik hamkorlar Yevropa va O`zbekiston oliy ta’lim tizimlarida mavjud sifat ta’minoti tizimlarini chuqur o`rganish va qiyosiy tahlil qilish orqali yangi joriy etilishi kutilayotgan bakalavr va magistratura ta’lim yo`nalishlari uchun sifat ta’minoti tizimini ishlab chiqishlari va bu borada uslubiy qo`llanma yaratishlari rejalashtirilgan. Mazkur sifat ta’minoti bo`yicha uslubiy qo`llanmani yaratish jarayonida o`zbekistonlik va ispaniyalik hamkorlarning yaqindan hamkorlik qilishi, tajriba va fikrlar almashishi uchun Termiz davlat universiteti vakillarining Santiago de Compostella Universitetiga va o`z navbatida ispaniyalik hamkorlarning O`zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.