Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 254 guests and no members online

Facebook

Xalqaro aloqalar


 Hasanov Shavkat Tursunqulovich 

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i

Tel. (+99866) 2340142 (office)
(+99866) 2611843 (mobile)
e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  
 

             Samarqand qishloq xo’jalik instituti hozirgi kunda dunyo mamlakatlarining 50 dan ortiq Oliy o’quv yurtlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro munosabatlarda samarali ishlar olib bormoqda. Jumladan: Gottingen, Giessen, Halle, Osnabruck va Waynshtefan amaliy bilimlar universitetlari(Germaniya); Timiryazev nomidagi Rossiya qishloq xo’jalik Akademiyasi va Chelyabinsk agromuhandislik Akademiyasi(Rossiya); Gent universiteti(Belgiya); Nitra shahridagi qishloq xo’jalik universiteti(Slovakiya);  Banha universiteti(Misr Arab Respublikasi); Royal veterenariya kolleji(Buyuk Britaniya); Ohio, Penn & Colorado Davlat universitetlari(AQSH); Aquila, Piza va Genoa universitetlari(Italiya); Kangwon Milliy universiteti(Janubiy Koreya) va Hinging qishloq xo’jalik universiteti(Xitoy) bilan hamkorlikda professor o’qituvchilar va talabalar uchun qo’shma ilmiy izlanishlar doirasida ikki tomonlama shartnomalar imzolangan.

            Hozirgi kunda, o’quv dasturlarini rivojlantirish maqsadida, Evropa Ittifoqi TEMPUS dasturining 3 ta qo’shma loyihalari-UZHELTH(O’zbekiston Respublikasida jamoat sog’ligini saqlashni yaxshilashni o’rganish va o’qitishda oily ta’lim tizimi), SAMUz(O’zbekistonda barqaror fermer xo’jaligini boshqarishni o’qitish) va UZWATER(O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida suv resurslarini boshqarish negizida atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanish bo’yicha magistrlik kursini rivojlantirish) orqali hamkorlikda samarali ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Erasmus Mundus dasturining-TOSCA(Markaziy Osiyoga malakalar transferi), MARCO XXI va eASTANA(Texnikaviy Akademik tizimlarda Evroosiyo ishtirokchisi) loyihalari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib, 15 dan ortiq professor o’qituvchilar, 5 nafar katta ilmiy izlanuvchilar, 12 nafar doktorantlar, 8 nafar magistrlar va 12 nafar bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar safarbarlik loyihalari asosida Evropa Ittifoqi hamkor universitetlarida o’z bilim va malakalarini oshirib kelishdi. 2015 yildan Volkswagen Fondi(Germaniya) bilan hamkorlikda, “Markaziy Osiyoning sug’oriladigan yerlarida, yer va mehnat unumdorligini yaxshilashni rag’batlantirish’’ mavzusida yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

            Institut talabalariga xorijda qishloq xo’jaligida malakaviy-amaliyot o’tashlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan: Germaniya bilan hamkorlikda “Internship International’’ xalqaro amaliyot dasturi, Bavariya Fermerlar Uyushmasi va Waynshtefan Amaliy bilimlar universiteti dasturlari asosida amaliyot dasturi hamda Rossiyaning Chelyabinsk Agromuhandislik Akademiyasi “ROSIS’’amaliyot dasturlari bilan hamkorlikda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Har yili ushbu dasturlar orqali 25 nafar talaba Germaniyada va 40 nafar talaba Rossiyada amaliyot utaydilar. Bundan tashqari, institut-IFPRI, CGIAR, CIMMYT, IFAD, FАО, ICARDA, USDA, DAAD, KOICA va JICA kabi bir qancha xalqaro tashkilotlar, fondlar va agentliklar bilan o’zaro hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’ygan.

 Yangiliklar: 2015-yil 3-4 Iyun kunlari Samarqand Qishloq Xo’jalik Institutida Janubiy Koreyaning Kangvon Milliy Universiteti bilan hamkorlikda ”Qishloq xo’jaligida hududiy innovatsion tizimlar’’ mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tadi. 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550