Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 106 guests and no members online

Facebook

Samarqand qishloq xo’jalik institutida Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan e’tiborga molik ishlar to’g’risida ma’lumotlar

O’quv, o’quv-uslubiy ishlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  qator buyruqlari  asosida tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida  ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar, fermer xo’jaliklarining talablarini hisobga olgan holda veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakultetidagi 4 ta ta’lim yo’nalishi va 10 ta mutaxassisliklar bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, Namunaviy o’quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib  borish yo’lga qo’yildi.
    Institutdagi mavjud ta’lim yo’nalishlariga qabul kvotalari ishlab chiqarish korxonalarining talablaridan kelib chiqib, 2020 yilgacha bo’lgan muddatga buyurtmalar shakllantirildi va qabul kvotalari  mustaqillikning dastlaki yillarida bakalavriaturada 850-900 nafar bo’lgan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatkich 1230 nafarga, magistratura mutaxassisliklari ochilib har yiliga  50-54 nafar magistrantlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
     O’quv jarayoniga yangi axborot kommunikasion va pedagogik texnologiyalar joriy etish bo’yicha yetakchi professor-o’qituvchilardan tyutorlar  shakllantirildi, ular asosida  har o’quv yilida   seminapr-treninglar tashkil etilib, barcha fanlarning o’quv uslubiy majmualari yaratilib,  fanlarning ta’lim texnologiyalari ishlab chiqildi va takomillashtirilib borilmoqda.
    Institutning 5 ta o’quv binosida 174 ta o’quv xonalari, 21 ta laboratoriyalar ta’mirdan chiqarilib, 500 dan ortiq ko’rgazmali qurollar bilan jihozlandi, laboratoriya ishlarini bajarishga doir pasportlar yangilandi, texnik vositalar olindi. Har bir kafedrada 3 tadan, dekanatda 6 tadan  bir xil ko’rinishdagi ko’rgazmali stendlar yangilandi, nomenklatura bo’yicha hujjatlar yig’ma jildlari tayyorlanib, hujjatlar ijrosi kuchaytirildi. 
     O’quv  jarayoni uchun texnik vositalaridan har bir ma’ruza xonasi uchun  36 ta videoproyektorlar, 40 dan ortiq  noutbuk, 20 ta kodoskop ekrani bilan, 10 ta yangi avlod zamonaviy SSD-kamerali mikroskoplar olindi,  29 ming yevro qiymatga ega lingofon sinfi tashkil etildi, yangi zamonaviy    kompyuterlar hamda chet tilini o’rganishga ko’maklashuvchi maxsus dasturlar  bilan jihozlandi.    Institutda 21 ta laboratoriyalar tubdan ta’mirlandi, darslarida elektron mikroskop, mikrotomlar, distilyatorlar, avtoklav, laminar boks, sokslet apparati, refraktometr, ionomer, elektr tarozilar, bakterisid lampa, sun’iy ozuqa muhitlar, «agar-agar»,  o’simliklarning 32 ta turiga mansub 40 dan ortiq navlari, chorva hayvonlarining 10 ta turiga mansub turli zotlaridan  o’quv jarayonida foydalanilmoqda.
      Institutda barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitiladigan 342 ta fanning o’quv-uslubiy majmualari qog’oz va elektron variantlarida ARM javoniga joylashtirildi hamda 420 ta komp’yuterlarni birlashtiruvchi  lokal tarmoq komp’yuterlar dasturiga kiritildi. Institut Axborot resurs markazida adabiyotlarning elektron matnli resurs manbalarini yaratish uchun Karmat dasturi o’rnatildi va unga 6000 ga yaqin adabiyotlar kiritildi. Institut hududida simsiz internetdan foydalanishning  WI-FI tizimi yo’lga qo’yildi.
     Institutda tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida tayanch OTMlari o’quv-uslubiy  Kengashi tuzildi, turdosh OTMlararo uslubiy seminarlar tashkil etish, ishlab chiqiladigan barcha o’quv-uslubiy me’yoriy hujjatlar turdosh OTMlarining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan hamkorlikda tayyorlanishi  yo’lga qo’yildi.
     O’tgan  22  yil davomida  professor-o’qituvchilar tomonidan 100 dan ortiq darsliklar, o’quv qo’llanmalar tayyorlandi. “Yilning eng yaxshi darsligi” Respublika tanlovida 33 ta darslik va o’quv qo’llanmalar ishtirok etib, 5 ta birinchi o’rin, 3 ta ikkinchi o’rin va 5 ta rag’batlantiruvchi o’rinlarni olishdi.
      Institutda ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida institut qoshida 2 ta akademik lisey, viloyatdagi biriktirilgan 29 ta qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlarida institutning mutaxassis chiqaruvchi kafedralarining 38 ta filiallari tashkil etilgan, yetakchi professor-o’qituvchilarning 25 nafari (10 %) akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’rindosh sifatida ishlab, o’quv-uslubiy, ilmiy-pedagogik jihatdan amaliy yordam ko’rsatib kelishmoqda.
     Talabalarning va professor-o’qituvchilarning xorijiy tillarni hamda komp’yuter savodxonligini mukammal egallashlariga keng imkoniyat yaratish maksadida ingliz, nemis, rus tillarini o’rgatish markazi,  komp’yuter kurslari tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar. Mustaqillik yillarida “Axborot soati” va “Ma’naviyat soati” larida targ’ibot ishlari samarali tashkil etildi. O’tkazilgan tadbirlar davomida diniy ekstremizm va missionerlikning salbiy oqibatlari, “Odam savdosi” va jinoyatchilikka qarshi kurash, salomatlikga oid mavzularda suhbatlar o’tkazilib, “Ta’limdagi ta’magirlar”, “Zulmatga yetaklovchi nur”, “Ogohlik yovuzlik to’ri”, “Riyokor ziyokorlar”, “Xunrezlik”, “Kalavaning uchi”, “Aqllilik balosi”, “Aldanib qolmang”, “OITS asr balosi”, “O’lim so’qmog’i”, “Allo ogoh bo’ling”, ”Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”, “Missionerlik”, “O’zbekiston mustaqillika erishish ostonasida yoxud sho’rolarning so’nggi talvasasi” kabi mavzulardagi badiiy va hujjatli filmlar namoyish etildi. 
     Respublika  miqyosida fan olimpiadalari, sport musobaqalari va ko’rik-tanlovlarda institut talabalaridan 5 nafari Prezident, 8 nafari Beruniy, 7 nafari Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, “Fond Forum” jamg’armasining “Yil ayoli”   loyihasida “Eng yosh va yaxshi tadbirkor”, Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvatlash Fondi tomonidan “Zamonaviy o’zbek qishloq ayoli” tanlovida “Eng yaxshi ishbilarmon ayol” nominasiyalari  bo’yicha 4 nafari,  Kelajak Ovozi yoshlar ko’rik tanlovining Respublika bosqichi g’olibi 2 nafar, fan olimpiadalarida 8 marataba birinchi o’rin 19 marataba  ikkinchi o’rin, 24 marataba  uchinchi o’rinni olishgan.
      Institutda jismoniy tarbiya darslari va sport to’garaklarini olib borish uchun sport majmuasida 28x15 hajmdagi katta sport zali, 20x6 hajmda kurash zali,  1-son talabalar turar joyi hovlisida gimnastika shaharchasi (turnik, brusya, gimnastik narvonchalar, past brusya),  katta ochik sport majmuasida 40x60 hajmdagi futbol maydoni, 20x40 hajmdagi qo’l tupi maydoni, 18x9 hajmdagi voleybol maydoni, uzunlikka va balandlikka sakrash maydonchasi, 4x300 m. yugurish yo’lakchalari  tashkil etildi. 
     Institut  sportchi talabalaridan bir nafar Jahon, Osiyo, Respublika chimpionlari yetishib chiqqan.  Agronomiya fakulteti talabasi Xudoyberdiyev Suxrob 2010-yilda Fransiyada bo’lib o’tgan “Milliy kurash” sport turi bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilgan Jahon chempionati I o’rin sohibi, 2010-yil “Eng yaxshi kurashchi” nominasiyasi g’olibi, bir necha bor Respublika va Osiyo chempionatlari va Halqaro turnirlar ishtirokchisi, 2011-yil dekabr oyida bo’lib o’tgan “Milliy kurash” bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasida II o’rin sohibi, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Nasimov Jahongir 2012-yil 24-26-fevral kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “Karate”  sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionatida  I o’rin g’olibi bo’ldi.
     Agronomiya fakulteti talabasi Usmonov Farrux 2011-yil 7–9-aprel kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan  “Yunon rum” kurashi bo’yicha O’zbekiston chempionati I o’rin sohibi, 2011-yil 22–24-dekabr kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston kubogida II o’rin g’olibi, Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakulteti talabasi Shamiyev Akmal 2010-yil 6–9-iyun kunlari Qozog’istonda o’tkazilgan “Dzyu - do” bo’yicha Halqaro turniri I o’rin sohibi. 2010-yil dekabr oyida “Dzyu – do” bo’yicha O’zbekiston kubogi II o’rin sohibi, 2012-yil 17–20-  fevral kunlari bo’lib o’tgan “Sambo” bo’yicha O’zbekiston chempionatida 100 kg vaznda III o’rin sohibi, 1–4-mart kunlari bo’lib o’tgan “Dzyu-do” sport turi bo’yicha O’zbekiston chempionati umumjamoa hisobida II o’rin g’olibi, 2013-yil 10–13-fevral kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan talabalar o’rtasida Belbog’li kurash bo’yicha Respublika chempionatida 1- o’rin sohibi bo’lishdi.
Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti talabasi Ibrohim Saidrushan Ravon Komiliy “Moytay” sport turi bo’yicha  bir necha bor Respublika chempionati, Xalqaro turnirlar ishtirokchisi, 2011-yil 5–12-dekabr kunlari bo’lib o’tgan “Moytay” sport turi bo’yicha Xalqaro turnirda II o’rin sohibi bo’ldi.
      Talabalar turar joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi barcha jihozlar bilan ta’minlangan. Turar joy “O’quvchi-yoshlar orasida giyohvandlik, OIV-OITS (VICh-SPID), alkogolizm va chekishning oldini olish”,  “O’zbekistonning dadil odimlari”, “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”, “Vatan, el manfaati muqaddasdir”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan”  kabi plakat va stendlar bilan jihozlandi. TTJda yashaydigan talabalar uchun kompyuter sinfi namunali tashkil etilgan va internetga ulangan.  Shuningdek, TTJning 1-qavatida maxsus bufet tashkil etilgan va o’kuv-tajriba xo’jaligi hisobidan doimiy sut bilan ta’minlangan.
      Ilmiy tadqiqot ishlari. 2010-yilda davlat grantlari asosida 227 mln. so’mlik, xo’jalik shartnomalari bo’yicha 3 mln. 875 so’mlik va innovasiya loyihalari bo’yicha 12 mln. so’mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi va 1 nafar professor-o’qituvchiga o’rtacha 1 mln. 247 ming so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari to’g’ri keldi. 2011 yilda Davlat grantlari asosida 288 mln. 440 ming so’mlik, xo’jalik shartnomalari bo’yicha 5 mln. 50 ming so’mlik va innovasiya loyihalari bo’yicha 19 mln. so’mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jami 312  mln. 490 ming so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.  Mazkur yilda 1 nafar professor-o’qituvchi o’rtacha 1 mln. 500 ming so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajardi. 2012-yilda davlat granti bo’yicha 485 mln. so’mlik, (amaliy tadqiqotlar bo’yicha 333 mln. so’mlik, innovasiya loyihalari uchun 152 mln. so’mlik) ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi. O’rtacha bir nafar professor-o’qituvchiga 1 mln. 681 ming so’mlik ilmiy tadqiqot ishlari to’g’ri keldi. Jami so’nggi uch yilda  bir mlrd so’mlik ilmiy tadqiqot loyihalari bajarilgan. 
     Institutda  sungi 22 yil davomida 20 ta doktorlik, 106 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi.
     Institut professor-o’qituvchilari, yosh olimlar, aspirantlar, doktorantlar, izlanuvchilar, iqtidorli talabalar hamda magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokamaga olib chiqish va chop etish maqsadida institut bo’yicha 22 ta, Respublika miqyosida 12 ta, Xalqaro miqyosda 4 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi. Maqolalar to’plam shaklida chop etildi. Eng yaxshi ilmiy ishlanmalar ishlab chiqarishga  joriy etildi.
       Institut olimlari tomonidan 26 ta monografiya, 70 ta tavsiyanomalar va xorij ilmiy jurnallarida 34 ta, patentlar  56 ta, mualliflik guvohnomalari 20 ta olingan.
Keyingi  yillarda  institut ma’muriyati o’quv-tajriba xo’jaligida va hamkor fermer xo’jaliklarida 4000 kg go’sht, 500 kg asal, 2100 kg parranda go’shti, 800 litr sut, 12000 kg kartoshka, 14000 kg piyoz, 12000 kg sabzi, 7600 kg olma, 2400 kg qaroli, 5600 kg oshqovoq, 12400 kg tarvuz kabi qishloq xo’jalik mahsulotlarini institut professor-o’qituvchilari, ishchi xizmatchilari va talabalariga arzonlashtirilgan narxlarda yetishtirib berishdi.
     O’quv-tajriba xo’jaligida paxta hosildorligi 20 sentnerdan 35,7 sentnerga, kuzgi bug’doy esa 35,5 sentnerdan 76 sentnerga oshirildi.   
     Institut o’quv-tajriba xo’jaligida respublikamizda rayonlashtirilgan asosiy zotlarga mansub qoramollarni urchitishni takomillashtirish  maqsadida bushuyev zotli 3 bosh, qora ola (golshtin genotipli) zotli 10 bosh, qizil cho’l zotiga mansub 1 bosh, mahalliy zebusimon  mollardan 4 bosh, qizil eston zotli 1 bosh, qizil ola zotli 1 bosh (jami 20 bosh), 1 bosh ot, hisori zotli  7 bosh qo’y qo’zisi bilan, qorako’l zotli  10 bosh qo’y qo’zisi bilan, angor zotli 2 bosh echki (egiz uloqlari bilan), 2 bosh (erkak va urg’ochi) tuyalar, 13 oila asalari, hovuz baliqchiligi tashkil etilib o’quv jarayonida foydalanilmoqda.
      Institut professor-o’qituvchilari tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlarining 9 ta navlari yaratilib, Davlat reyestriga kiritildi, mualliflik guvohnomalari olindi. G’o’za va bug’doyning erta pishadigan, sifatli, yuqori hosil olishga imkon beruvchi tejamkor texnologiyasi, kungaboqar, shirin makkajo’xori, kartoshkani ertagi, kechki, takroriy va ikki hosilli ekinlar sifatida o’stirish texnologiyasi yaratildi, joriy etildi. 
      Chorva mollarining modda almashinuv buzilishlari va jigar kasalliklariga qarshi DOB, Ultraketost, LPP premikslari, «Yo’ldosh ekstrakti», «Gepastimulin» va «Fexoselen» to’qima preparatlari, «Mikrovit» preparati, jinsiy siklni muvofiqlashtiruvchi «Ovariotropin» gormonal preparati, pasterellyoz, salmonellyoz va kolibakterioz kasalliklariga qarshi  autovaksinalar, parranda eymeriozi va kolibakterioziga qarshi «Kolikokstat», «Kolikoksid» kompleks preparatlari, «Antgelmintikli – tuzli yalama» va boshqa qator preparatlar yaratildi.
      Chetdan olib kelingan zotdor qoramollarda adaptasiya sharoiti bilan bog’liq holda paydo bo’ladigan kasalliklar o’rganilmoqda. Ulardagi yuqori mahsuldorlik va pushtdorlik imkoniyatlarini saqlab qolish hamda ularning o’lka kasalliklariga chidamliligini oshirishni ta’minlashga qaratilgan «Uyg’un dispanserlash» usuli ishlab chiqildi.
      Xalqaro aloqalar. Xorijdagi ilg’or OTMlar bilan 145 nafar professor-o’qituvchi va 376 nafar talabalar almashinuvi bo’ldi. 11 nafar talaba Germaniyaning Vayenshtefan  universiteti magistri  darajasiga ega bo’ldi hamda 6 nafari hozirda o’qishni davom ettirmoqda. YeI Erasmus Mundus dasturi bo’yicha YeI universitetlarida almashinuvchi-talaba sifatida o’qish yo’lga qo’yildi. Germaniyada  LOGO dastri bo’yicha 163 nafar va Bavariya fermerlar uyushmasida 22 nafar; Rossiyada Chelyabinsk agroinjeneriya akademiyasida 118 nafar    talabalar amaliyot o’tashdi. Professor o’qituvchilardan 18 nafari Germaniyada,  2 nafari Polsha, 3 nafari Chexiya, 3 nafari Italiya, 2 nafari Vengriya,  2 nafari Rossiyada, 1 nafari AQSh, 1 nafari Xitoyda, 1 nafari Belgiya, 1 nafari Gresiya va boshqa davlatlarda stajirovkalarda  bo’lishdi.
     2010-yilda Germaniyaning Gyottengen Universiteti bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining Tempus IV  dasturi doirasida Germaniya Federativ Respublikasining Gyottengen universiteti bilan hamkorlikda TEMPUS- «Ekologik ta’lim o’quv dasturlarini Bolonya prosessi doirasida isloh qilish» (CIBELIES) loyihasi hamda Erasmus-Mundus dasturi asosida Yevropa va Markaziy Osiyo universitelari bilan hamkorlikda TOSCA loyihasi qo’lga kiritildi va hozirda ushbu loyihalar amalga oshirilmoqda.
      Hozirda institutda 3 ta Tempus CIBELIES (Ekologik ta’lim o’quv dasturlarini Bolonya prosessi doirasida isloh qilish), EPASAT (Atrof-muhitni himoya qilishda barqaror qishloq xo’jaligi texnologiyalarni rivojlantirish va qo’llash) va UzWATER (O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida suv resurslarni boshqarishda atrof-muhit himoyasi va barqaror rivojlanish magistratura dasturini rivojlantirish); 3 ta Erasmus Mundus loyihalari- TOSSA(Markaziy Osiyoga malakalar transferi), eASTANA (Texnikaviy Akademik Tizimlarda Yevroosiyo ishtirokchisi) va MARCO XXI loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550