Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 317 guests and no members online

Facebook

Institut tarixi

 Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Hozirgi paytda institutda davr talablariga javob beradigan yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar, fan nomzodlari, fan doktorlari tayyorlanmoqda. Institutning 4 fakultetida quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

5111005-Kasb ta’limi: Agronomiya
5111009-Kasb ta’limi: Veterinariya
5111015-Kasb ta’limi: Zootexniya
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha):
5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha):
5410100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)
5410300-O’simliklar himoyasi va karantini
5410400-Qishloq xo’jaligi ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi 
5410500-Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
5410600-Zootexniya (turlari bo’yicha)
5420100-Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish
5430100-Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish
5440100-Veterinariya
             Institutda parazitologiya (professor N.V.Badanin, akademik I.Х.Irgashev), qorako`lchilik (professor A.A.Raximov), zootexniya (professorlar P.M.Pushkarev, N.A.Mavlonov), hayvonlar fiziologiyasi (professor R.H.Haitov), hayvonlar morfologiyasi (professorlar P.P.Vinogradov, D.Х.Narziyev, Sh.I.Ibragimov), hayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari (professor H.Z.Ibragimov), seleksiya va urug`chilik (professor D.Т.Abdukarimov), o`simlikshunoslik (professor Ye.P.Gorelov), tuproqshunoslik (professor D.M.Kuguchkov), o`simliklar himoyasi va karantini (professor M.I.Kosobutskiy), qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti (professor M.Х.Хusanov) sohalari bo`yicha ilmiy maktablar yaratilgan. Institutda o`qitishning zamonaviy texnik vositalari va kompyuterlar bilan jihozlangan laboratoriyalar, o`quv xonalari hamda o`quv binolari talaba va o`qituvchilar xizmatida. Shuningdek institutda boy axborot resurs markazi, sport majmuasi, talabalar turar joylari mavjud. Institut qoshidagi faoliyat ko’rsatayotgan o`quv-tajriba xo’jaligida, o`quv poligonida talabalarning amaliy mashg`ulotlar va ilmiy izlanishlar o`tkazishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.  
        Institutda faoliyat kursatayotgan 21 ta kafedralarda 25 dan ortiq fan doktorlari, professorlar, 130 dan ziyod fan nomzodlari, dotsentlar talabalarga ta’lim-tarbiya berish bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Kunduzgi bo`limida ta'lim olayotgan talabalar soni 2283 dan ziyod bo'lsa, 937 talaba ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o`z bilimlarini oshirishmoqda. Bugungi kungacha institutda  39 mingdan ortiq oliy malumotli, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Ta'limning uzluksizligini ta'minlash bo'yicha yosh ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi paytda quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda:

5A410102-Agrokimyo
5A410202-O’simlikshunoslik (ekinlar guruhlari bo’yicha)
5A410401-Seleksiya va urug’chilik (ekinlar guruhlari bo’yicha):
5A410603-Qishloq xo’jalik hayvonlarini urchitish, ko’paytirish va ularning seleksiyasi (hayvonlarning turlari bo’yicha)
5A440102-Veterinariya jarrohligi
5A440108-Hayvonlarning parazitli va yuqumli kasalliklari
5A440109-Kinologiya

Aspiranturada quyidagi ixtisosliklar bo’yicha ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda:

03.00.05-Botanika 
03.00.13-Odam va hayvonlar fiziologiyasi 
03.00.20-Gelmintologiya 
05.20.01-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash 
06.01.01-Umumiy dehqonchilik 
06.01.04-Agrokimyo 
06.01.05-Selektsiya va urug’chilik 
06.01.09-O’simlikshunoslik 
06.02.04-Xususiy zootexniya, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
08.00.04-Mikroiqtisodiyot 
16.00.01- Hayvonlar diagnostikasi va terapiyasi 
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi 
16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi 

     Doktoranturada quyidagi ixtisosliklar bo’yicha fan doktorlari tayyorlanmoqda:

06.01.05-Selektsiya va urug’chilik 
06.01.09-O’simlikshunoslik 
06.02.04-Xususiy zootexniya, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
08.00.04-Mikroiqtisodiyot 
16.00.01- Hayvonlar diagnostikasi va terapiyasi 
16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi 

     Institut 77 yillik faoliyati mobaynida 120 dan ortiq fan doktori va 343 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. Keyingi 10 yilda 24 ta fan doktorligi, 61 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
    Boshoqli don ekinlarning 7 ta, kartoshkaning 3 ta, nuxatning 2 ta navi, qorako'l qo'ylarning 3 ta zavod tipi, 4 ta vetpreparatlar, 7 ta yangi mexanizmlar yaratildi. Institut olimlarining ijodiy faoliyati va keng ko'lamli ilmiy izlanishlari natijasida umumta'lim va mutaxassis fanlar bo'yicha 100 dan ortiq darsliklar va o`quv qo'llanmalari, monografiyalar, 120 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar chop etildi va ular Respublika xalq xo'jaligida qo`llanilmoqda.
    Professor-o`qituvchilar talabalarga serqirra agrar fanlarning sirlarini fidoiylik bilan o`rgatish hamda talabalarning ma'naviy va ma'rifiy dunyoqarashlarini shakllantirishda Vatanga, millatga sadoqatli, fidoyi komil insonlar bo`lib yetishishida astoydil mehnat qilmoqdalar. Hozirgi kunda institutning qator xorijiy mamlakatlar, jumladan: AQSh, Angliya, Gollandiya, Germaniya, Polsha, Rossiya va boshqa mamlakatlarning Oliy o`quv yurtlari bilan o`quv-uslubiy va ilmiy-amaliy hamkorligi uzviy rivojlanib bormoqda.
      Ilmiy izlanishlar asosan qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirish, chorvachilik maxsulotlarini ko'paytirish, qishloq xo`jalik ekinlarining yangi serhosil va tezpishar navlarini yaratish, tuproqning unumdorligini oshirish, atrof-muxit musaffoligini ta'minlash, chorva mollarini har xil kasalliklardan asrash, qishloq xo`jalik texnikalari, mashina va agregatlarini samarali tizimini yaratish bo’yicha olib borilmoqda. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarish iqtisodini tashkillashtirish, buxgalteriya hisobi, agrar iqtisodiyot soha ishlab chikarishni faoliyati tahlili yuzasidan tavsiya va ishlanmalar joriy etilmoqda. Ilmiy tekshirish ishlari sohasida atrof muhit va toza ichimlik suvi muammolari, arzon elektro energiya olish texnologiyasi hamda biotexnologiya, genetika qonuniyatlari va yutuqlaridan foydalanish muammolariga alohida etibor qaratilgandir.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550