Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

2017- yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» 

Hozir saytda 

We have no guests and no members online

Facebook

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i.

 

 

 

   NamozovShuhratBaxromovich 1981-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumani  Ahmad  Yorloqobov  shirkat  xojaligida  tugilgan. 1988-1998 yillardaXatirchitumandagi 16-ortatalimmaktabdatahsilolgan. 2003 yil Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakultetini, 2009 yil O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining  magistratura bo’limi “Umumiy tarix” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2014 yil 6 noyabrdan institut  Ma’naviyat  va ma’rifat  bo‘limi boshlig‘i.

 

            e-mail: samqxi manaviyat@umail.uz

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari:

 

Uslubchilar:  Sahobiddin Nurboyev, Vohid Ismoilov, Niyozov  Aziz

Manaviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektor kotibasi  Farida Xadjayeva

Xotin qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raisi  Jamila Sayfiddinova

Kamolot YoIH yetakchisi  Anvar Shamsiyev

 

Murabbiylar kengashi raisi  Ermamat Ismoilov

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limining  faoliyat tayanchi va maqsadi

 

- Talabalarning istiqlol g'oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug' va oliyjanob maqsadga e'tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan;

- Ma'naviy-ma'rifuiy muhitning ahvolini, talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an'ana va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va ularga shart-sharoitlar yaratish;

- Ma'rifiy targ'ibot ishlarining shaklan va mazmunan uyg'unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta'minlash, ya'ni ma'ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferensiyalar o'tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo'li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish;

- O'zbek xalqining ulug' mutafakkirlari qutlug' merosidan talabalarimizning ham muntazam va to'laqonli bahramand bo'lishiga, ularning mana shunday ma'naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g'oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratish;

- O'zbek xalqining boy tarixi, ilmiy, falsafiy, madaniy va axloqiy merosiga, milliy o'zligini tanish orqali yuksalish yo'lini bosib o'tgan peshqadam davlatlarning tajribasiga tayangan holda milliy istiqlol g'oyalarini talabalarning qalbi va ongiga teran singdirish;

 - Talabalarni dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlariga mustaqil va ongli munosabat bilan shakllantirish, faol fuqorolik va fidoyi vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirish;

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zda tutilgan asosiy maqsadlarni, milliy dasturning har bir talaba, oila taqdiri, kelajagi bilan chambarchas bog'liqligini keng targ'ib etish, uning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash;

- O'zbekistonning tashqi va ichki siyosatida erishayotgan yutuqlarini, bu yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali talabalarda milliy iftixor tuyg'usini tarbiyalash.

 

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar natijalari

 

    Ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan tadbirlar mazmuni asosan talabalarning ma'naviy, axloqiy, siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol fuqarolik va fidoiy vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirish, talabalar o'rtasida qonunbuzarlikni oldini olish, sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish va sport-sog'lomlashtirish ishlari, talabalarda kasbga muhabbat tuyg'ularini shakllantirishga, ularni badiiy-estetik ongini yuksaltirish, mumtoz va zamonaviy san'at durdonalari bilan tanishtirish, tarixiy sanalar, milliy bayramlar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlashga, g'oyaviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishva diniy ekstremizm, terrorizimga qarshi kurash hamda xavfsizlikni ta'minlashga qaratilmoqda. Bunda asosiy e'tibor davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

  Ma'naviy targ'ibot ishlarining shaklan va mazmunan uyg'unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta'minlash hamda talabalarni tarbiya jarayonlariga to'liq qamrab olish maqsadida ular bilan kurslar, guruhlar kesimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borilmoqda.

   Bunda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o’rinbosarlari, kurs, guruh rahbarlari va professor-o'qituvchilar faolligi oshirildi. Shu bilan birgalikda har oyning oxirgi payshanba kunida o'tkaziladigan "Ma'naviyat kuni"da,salohiyati yuqori, tajribali professor-o'qituvchilar tarkibidan iborat "Axborot guruxi" tomonidan har xafta payshanba kuni o'tkaziladigan axborot soatlarida talabalarni kengroq jalb etishga, ularning ma'naviy barkamollik darajasini yuksaltirishga qaratilmoqda. "Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi" bilan hamkorlikda "Gumanitar fanlar" kafedrasi tomonidan o'tiladigan" O'zbekiston tarixi", "Ma'naviyat asoslari va dinshunoslik" fanlarining Samarqand shahridagi me'moriy obidalarga oid mavzulari shu joylarda amaliyot bilan bog'lab o'tkazilmoqda hamda talabalarni yurtimizdagi muqaddas qadamjolarga ziyoratlari tashkil etilmoqda.

      Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samardorligini oshirish va bu jarayonni tashkil etishda talabalarning o'zlarini tarbiyaviy jarayonga faol ishtirokini ta'minlashda har bir guruh talabalaridan iqtidorli, faol talabalar tanlab olinib "Lider talabalar", "Disput klublari"ga jalb etilmoqda hamda ularning faoliyatidan talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda, ularni ijodiyotga keng jalb etishda foydalanilmoqda. Shu bilan birgalikda institutda "Zakovat", "Notiqlar guruhi", "Zulfiyaxonim qizlari", "Talaba posbonlar" kabi badiiy-ijodiy, "Talaba bog'bonlar", "Yosh muhandislar", "Kichik bizneschilar", "Talaba tadbirkorlar", "Formakologlar", "Yosh genetik", "Yosh zootexnik", "Sabzavotkor", "Seleksioner", "Paxtakor", "Hosilot" kabi kasbiy hamda sportning "Futbol", "Basketbol", "Voleybol", "Yengil atletika", "Qo'l to'pi", "Kurash", "Belbog'li kurash", "Stol tennisi", "Tosh ko'tarish", "Shaxmat-shashka" turlari bo'yicha to'garaklar faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu to'garaklarni boshqarishda talabalarni kengroq jalb etishda lider, iqtidorli va a'lochi talabalar faollik ko'rsatmoqdalar.

       Talabalar o'zlari mustaqil ravishda institut "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

 "Kamolot" YoIH viloyat va shahar Kengashlari, Samarqand shahar IIB, "Nayman", Qarshi yo’li, "A.Raximboyev", "Bog'ishamol" mahalla fuqarolar yig'inlari, Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali, viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi, Narkologiya dispanseri, Respublika ma'naviyat targ'iboti markazi Samarqand viloyat bo'limi, viloyat Xotin-qizlar kengashi va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan tasdiqlangan xamkorlikdagi chora-tadbirlar rejalari asosida samarali tadbirlar olib borilmoqda.

    Talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun har xil sport musobaqalari rejaga muvofiq uyushtirilib turilgan. Bayramlarda va turli xil tadbirlarda muntazam sport chiqishlari tashkil qilinmoqda.

Mahallalarda ham bolalar sportini rivojlantirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Institut atrofidagi "Nayman", “Qarshi yo’li” va "A.Raximboyev" mahallari bolalari institut sport inshoatlaridan bepul foydalanish uchun sharoit yaratib berilgan.

  Institutda talabalarni tibbiy ongini oshirish, sog'lom turmush tarzida tarbiyalash to'g'risidagi tushunchalar bilan boyitish va tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan «Sixat salomatlik bebaho boylik», «Giyohvandlik va uning oqibatlari»,«Teri-tanosil kasalliklari va ularning oldini olish», «Sog'lom turmush tarzi va uning ahamiyati», «Jismoniy tarbiya va sport sog'lom kelajak», «Sog'lom oila poydevori yoshlikdan», «Sog'lom oilani shakllantirish», «Jismoniy faollik-salomatlik garovi», «Siz o'z huquqingizni bilasizmi?», «Shaxsiy gigiyena», «Siz oila qurishga tayyormisiz?» «Onalar va bolalar sog'ligini muhofaza qilish», «Tozalik sog'lik garovi», «OITS va giyohvandlikni oldini olish» va boshqa mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma'ruzalar, seminarlar hamda aksiyalar o'tkazilmoqda.

    Institutda o'tkaziladigan «O'zbekiston vatanim manim», "Barhayot an'analar" «Shaddod qizlar», «Quvnoqlar va zukkolar», «Nihol», «Sho'x yigitlar», «Lider qizlar», «Balli qizlar» ko'rik tanlovlarida «Zakovat», «Disput» intellektual o'yinlarida talabalar faol ishtirok etib kelmoqda. Buning natijasida, talabalar viloyat respublika miqyosida o’tkazilayotgan ko'rik tanlovlarida faxrli o’rinlarni qulga kiritib kelishmoqda.

   Respublikamizda nishonlanib kelayotgan «Mustaqillik kuni», «O'qituvchilar va murabbiylar kuni» O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, bayrog'i, madhiyasi, davlat tili haqidagi qonun qabul qilingan kunlar, «Vatan himoyachilari kuni», Xotin-qizlar bayrami, Navruz umumxalq bayrami,buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari va muhim tarixiy sanalar keng nishonlanmoqda. Bayramlar munosabatlari bilan professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar moddiy va ma'naviy rag'batlantirib kelinmoqda.

   Talabalarni huquqiy tarbiyasi va huquqbuzarlik, jinoyatchilik, missionerlik, diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosi kabi illatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, aksiyalar, bahs munozaralar ham o'tkazilgan. Tadbirlar viloyat prokuraturasi, viloyat va shahar IIB, viloyat Milliy Xavfsizlik Xizmati, viloyat diniy boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi, OITS markazi va Narkologik dispanser bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

 «O'zbekkino» milliy agentligi tomonidan ishlangan «Temuriylar tarixiy muzeyi», «Islom Karimov O'zbekiston XXI asr busag'asida», «Axmad Yassaviy», «Xalq so'zi-haq so'z», «Barkamol avlod», «Ilm maskani», «Buyuk Bobur vorislari», «El suygan adib», «Imom Аl-Buxoriy»,«Amir Temur», «Shaxmat tojdori», «Buyuk Temur tuzuklariga sharxlar», «Mirjalol Qosimov», «Muxammad Yusuf», «Davr salnomasi», «Mustaqillik maydoni», «Quyoshga intilib»,«OITS-asr vabosi», «Xalqaro tashkilotlar bilan giyohvandlikka qarshi hamkorlida kurashish davlat dasturi», «O'lim so'qmog'i», «Giyohvandlik muommolari» nomli xujjatli filmlarining SD, DVD, disklari, video kassetalari olinib namoyish etilib borilmoqda.

      Institut 1-son talabalar turar joyi 1979 yilda qurilgan bo'lib 300 kishiga mo'ljallangan bo'lib hozirgi vaqtda 276 nafar talabalar istiqomat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi 11-sonli buyrug'ini Samarqand qishloq xo'jalik institutidagi ijrosini ta'minlash maqsadida institut rektorining 2006 yil 20 yanvardagi «Talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me'yoriy xujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 19-t-sonli buyrug'i chiqarildi.

Ushbu buyruq asosida institutning talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qo'yidagi me'yoriy huquqiy xujjatlari:

 

- institutning «Talabalar turar joyi to'g'risida»gi Nizomi;

- talabalar turar joyiga kirish-chiqish tartibi;

- talabalar turar joylarida yashovchilar amal qiladigan ichki tartib qoidalar;

- talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari faoliyatini huquqiy maqomi va qoidalari;

- talabalar turar joylarida faoliyat ko'rsatadigan «Talabalar Kengashi» haqidagi Nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

        Institutda talabalarning darsdan bo'sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilish maqsadida «Ma'naviyat-ma'rifat maskani» (rahbari S.Nurbayev), «Zakovat» (rahbari Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sh.Tangirov), «Zulfiyaxonim qizlari» (J.Sayfiddinova), Badiiy xavaskorlik tugaragi (raxbari A.Niyozov) tashkil etilib faoliyat olib bormoqda. 1-qavatida, kompyuter o'rganish markazi (A.Shamsiyev), «Kamolot» YoIX boshlang'ich tashkiloti yetakchisi (A.Shamsiyev) faoliyat ko'rsatmoqda.

 

1 va 2-sonli talabalar turar joyining tashqi va ichki ko’rinishi

 

2-sonli talabalar turar joyining «Zakovat» клуби Turar joy «ELXOLDING» ma'suliyati cheklangan jamiyat tomonidan tayyorlangan «O'quvchi yoshlar orasida giyohvandlik, OIV-OITS (VICh-SPID), alkogolizm va chekishning oldini olish» nomli 12 turdagi plakatlar komplektidan 2 nusxada va «O'zbekistonning dadil odimlari» plakatidan 2 nusxada jihozlangan.

1-son talabalar turar joyida talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Talabalar xonalariga 2-4 nafardan joylashtirilib, kirish va buyumlarni saqlash, ovqatlanish va dars tayyorlash hamda dam olish xonalaridan iboratdir. Talabalar uchun har bir qavatda oshxona, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, kir yuvish xonasi, xojatxona, gigiyena xonasi tashkil etilgan. Shu bilan birgalikda talabalar uchun televizor, DVD pleyerlar, shaxmat-shashka joylashtirilgan 3-qavatida institut axborot resurs markazining qiroatxonasi jamoatchilik asosida Agronomiya fakulteti 3-bosqich talabasi (A.Xoliqov) ishtirokida kech soat 18:00 dan 22:00 gacha faoliyat ko’rsatilmoqda. Qiroatxonada talabalar uchun 4020 ta nusxada kitob va 29 turdagi gazeta, jurnallar bilan ta'minlangan, hozirda talabalarga to'liq xizmat ko'rsatmoqda. Kartotekalar, qaydnoma daftarlari va ish rejalari tashkil etilgan.

    Gazetalar: Adolat, Oila va jamiyat, XXI asr, Xalq so'zi, Narodnoye slovo, Turkiston, O'zbekiston ovozi, Ma'rifat, Mohiyat, O'zbekiston adabiyoti va san'ati, Xurriyat, Zarafshon, Qishloq hayoti, Adolat sari, Samarqand, Kitob dunyosi va boshqalar.

     Jurnallar: Fuqarolik jamiyati, O'zbekiston qishloq xo'jaligi, Yoshlik, Muhofaza, Muloqot, Tafakkur, Sog'lom avlod va boshqalar.

   Respublikamiz hayoti va jahon yangiliklari institut Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda «Gumanitar fanlar» kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan «1-son talabalar turar joyi»da yashayotgan talabalar o'rtasida muntazam ravishda muhokama qilinishi yo'lga qo'yilgan.

Umuman, institutda ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari talabalarni va Vatanimizga sadoqat, mustaqillikni, istiqlolni mustahkamlash g'oyalari ruhida tarbiyalashga, ulug' ajdodlarimiz moddiy va ma'naviy meroslarini qadrlashga, fidoyilik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir.

 

 

2014-2015 o’quv yili davomida  amalga oshirilgan Ma'naviy-ma'rifiy ishlarining natijalari

 

Samarqand qishloq xo’jalik institutida O’zbekston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari bilan “Parlament soati” o’tkazildi.

7 aprel kuni Samarqand qishloq xo’jalik institutning kichik majlislar zalida O’zbekston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari bilan davra suhbati o’tkazildi.Davra suhbatida institut rektori professor T.E.Ostonaqulov, Viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi N.I.Rabbimova, Adolat SDP viloyat kengashi raisining 1-o’rinbosari Sh.F.Bakayeva, Adolat SDP shaxar kengashi raisi M.A.Roziqova, Adolat SDP bo’lim boshlig’i M.Q.Bobobekova, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.Hamzayev, Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Namozov, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi J.Sayfiddinova, institut “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi A.Shamsiyev, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

   TadbirdaViloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi N.I.Rabbimova so’zga chiqib, bugungi kunda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohatlar hamda yaqinda bo’lib o’tgan saylovlar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. N.I.Rabbimova o’z ma’ruzasida Prezident I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi nutqi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzalari to’g’risida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berib o’tdi. Shundan so’ng Adolat SDP viloyat kengashi raisining 1-o’rinbosari Sh.F.Bakayeva so’zga chiqib, Adolat sosial demokratik partiyaning asosiy maqsadi “qonun ustuvorligi” ekanligi hamda partiyaning bugungi kundagi faoliyati va  Inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti (Ombudsman) bilan 2015-2019 yillarga mo’ljallangan “Istiqbolli rejalari” tuzilganligi to’g’risida talabalarga atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi.

    Tadbir davomida O’zbekston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari hamda Adolat sosial demokratik partiyasi vakillari bilan talaba-yoshlar o’rtasida qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi.            

 

27-fevral kuni Samarqand qishloq xo’jalik institut katta majlislar zalida Iqtisodiyot va boshqaruv, Agronomiya, Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va maxsulotlarni qayta ishlash hamda Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakultetlari talabalari bilan viloyati prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati,  Samarqand IIB bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusidagi tadbir o’tkazildi.Tadbirda institut rektori professor T.E.Ostonaqulov, Samarqand viloyati prokuraturasi bo’lim boshlig’i o’rinbosari U.A.Xamdamov, O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati xodimi A.A.Mahkamov,Samarqand IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo’lim boshlig’i podpolkovnik X.Q.Boboqulov, Viloyat bosh imom xatibi o’rinbosari Zayniddin Hoji Eshonqulov, Imom Buxoriy Xalqaro markazi direktori o’rinbosari B.To’rayev, Samarqand IIB 5-son IIB XOOG MTP prof katta inspektori mayor F.N.Sattarov, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Hamzayev fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kurs va guruh rahbarlari talabalardan jami 1255 nafari ishtirok etdi.

4-mart kuni institut katta majlislar zalida Iqtisodiyot va boshqaruv, Agronomiya, Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va maxsulotlarni qayta ishlash hamda Veterinariya, zootexniya va qorako’lchilik fakultetlari talabalari bilan viloyati prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati,  Samarqand IIB bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizm –yoshlar kelajagiga taxdid”mavzusidagi tadbir o’tkazildi. Institut rektori professor T.E.Ostonaqulov, Samarqand viloyati prokuraturasi vakili A.Sheraliyev, Samarqand IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo’lim boshlig’i podpolkovnik X.Q.Boboqulov, Musulmonlar idorasi imom xatibi T.Ravshanov, Samarqand IIB 5-son IIB XOOG MTP prof katta inspektori mayor F.N.Sattarov, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor A.X.Hamzayev, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kurs va guruh rahbarlari talabalardan jami 1610 nafari ishtirok etdi. 

 

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550