Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 103 guests and no members online

Facebook

Marketing bo’limi

Marketing bo’limi  boshlig’i
Shamsiyev baxodir muxitdinovich

Veterinariya fanlari nomzodi, dotsent
Aloqa ma’lumotlari:
Mirzo Ulug’bek -77. 140103.
Samarqand O’zbekiston.
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 – 17:00 gacha.

 

 

Marketing xizmatlari bo’limi 1998 yilda tashkil topgan. 1998 yil 25 noyabrdan boshlab dosent Mavlonberdi Avezov 2004 yil 13 avgustga qadar bo’lim boshlig’i bo’lib ishlab kelgan. 2004 yil 1 oktyabrdan 2005 yil 7 iyunga qadar dosent Bozorov Soli Raxmatovich bo’lim boshlig’i bo’lib ishlab kelgan. 2005 yil 16 iyundan xozirga qadar dosent Shamsiyev Boxodir Muxiddinovich bo’lim boshlig’i bo’lib ishlab kelmoqda.
Shamsiyev Boxodir Muxiddinovich raxbarligida yosh mutaxassislar bilan ishlash bo’yicha uslubchi Z.Tolipova, nazoratchi Sh.Sattorova va M.Shomurotovalar ishlab kelmoqdalar.
Malakali kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyojlarini o’rganish, bitiruvchilarni ishga joylashganligini tahlil qilish, ularning mehnat faoliyati monitoringini olib borish, mutaxassislar bozorini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini jahon mezonlari darajasiga olib chiqish marketing bo’limining asosiy vazifasidir.
Institut marketing xizmati bo’limi xodimlari mutaxassislar bozori konyukturasini o’rganish, uni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 28 yanvardagi «Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash soxasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari» to’g’risidagi 48 – sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida»gi 2005 yil 2 iyun PQ – 92 sonli qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2005 yil 14 oktyabrdagi «Davlat granti asosida tahsil olgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlashni ta’minlash choralari to’g’risida»gi 225 – sonli buyrug’i O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 6 avgustda davlat ruyxatidan o’tkazilgan (№ 1506) «Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risida» gi Nizom va institutimiz rektori buyruqlari asosida faoliyat ko’rsatib kelmokda.Bitiruvchi bitirgandan so’ng “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risidagi Nizomga asosan Vazirlik nomi ko’rsatilgan “Ishga yuborilganlik to’g’risida”gi yo’llanma bo’lagi va “Yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish to’g’risida”gi ShARTNOMAning bir nusxasi kelishuv muddati bilan korxona va tashkilotlar ixtiyoriga yuboriladi. So’ngra korxona va tashkilot rahbarlari imzosi hamda muhr bosilgan yo’llanma bo’lagi Marketing bo’limiga olib kelinadi. Davlat granti asosida tahsil olgan talabalar bitirgach marketing bo’limiga Mehnat daftarchasi nomeri hamda buyruq nomeri bitiruvchilar kitobiga yozib olinadi. So’ngra uch yil davomida Marketing bo’limi, o’quv bo’limi boshlig’i, fakultet dekanlari mutaxassislik kafedra mudirlari, katta o’qituvchilari tomonidan nazorat qilinadi va tegishli yordamlar ko’rsatiladi.Har bir korxona va tashkilotlar bilan institutni mutaxassislik talab darajasini va ehtiyojini o’rganib chiqib, Navoiy, Jizzax va Samarqand viloyatlari bilan shartnoma qilinib, 2018 yilgacha reja tuziladi va shu asosida ish yuritib boriladi.O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida»gi Nizomga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o’quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to’lash tartibi va miqdorlari to’g’risida»gi 2001 yil 17 avgustdagi 344-sonli qaroriga muvofiq talabani o’qitish uchun to’lov haqining kamida 50 foizini birinchi kurs uchun 15 sentyabrgacha, ikkinchi va yuqori kurslar uchun 1 oktyabrgacha, qolgan qismini 1 martgacha ikki tomonlama yoki uch tomonlama kontrakt asosida to’lov ishlari olib boriladi.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550