Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 367 guests and no members online

Facebook

Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i

MARDONOV SHUHRAT

ALOQA MA'LUMOTLARI:

O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahar,

Mirzo Ulug'bek ko’chasi, 77-uy, 140103.

Tel:+99897-920-79-92

Fax: +99866-234-07-86

Qabul kunlari:

Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

 

 

 

 

Samarqand qishloq xo’jalik institutitutida o’quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida 1997 yilda «Test markazi» tashkil etilgan. Ushbu markazda kompyuterda test o’tkazish dasturi ishlab chiqilgan. 1997-2002 yillarda ushbu markazda asosan barcha fanlar bo'yicha test savollari va javoblari bazasi tashkil etilgan va barcha fakultet talabalaridan kompyuterda test o’tkazib kelingan. Keyinchalik bu bo’lim O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 may 2001 yilgi qarorini amalga oshirish maqsadida «Axborot texnologiyalari markazi»ga aylantirilgan.

Ushbu markazda hozirda to’rtta bo’lim faoliyat olib bormoqda. Markazni 2016 yil avgust oyidan boshlab Mardonov Shuhrat boshqarib kelmoqda. Shuningdek, ushbu markazda:

1. Axborot tizimlarini joriy etish bo’limi.

Jumayev Zafar Zarifovich –Bo’limi boshlig'i.

Uzoqov Erkin Panjiyevich - Muhandis dasturlovchi 1-toifa.

Qurbonova Nigina - Tizim administrator .

2. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi.

Rustamov Adhamjon-Bo'lim boshlig'i.

Karimov Tolib Inayat o'g'li-Muhandis dasturlovchi 1-toifa.

Kiselev Sergey – Tarmoq administratori.

Isroilova Zuhra – Texnik 1-toifa

3. Texnik qo’llab-qo’vvatlash bo’limi.

Raxmonova Dildora - Muhandis dasturlovchi 1-toifa.

Shodmonqulov Navro’z - Muhandis dasturlovchi 1-toifa.

Azimov Sherkuzi Urolovich–Kompyuter zali mudiri.

4. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi.

G'aybarova Laylo–Muhandis dasturlovchi 1-toifa.

 

Samarqand qishloq xo'jalik instituti "Axborot texnologiyalari markazi"

NIZOMI

Asosiy qoidalar

- «Axborot texnologiyalari markazi» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 23.05.2001 yildagi 230 sonli qarori asosida tashkil etildi.

- Markaz o'z faoliyatini amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi, hamda oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari buyruq va farmoyishlari, hay'at qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

- Markaz faoliyati institut rektori, ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha prorektori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.

- Markazning moliyaviy faoliyati institutning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari evaziga olib boriladi.

- Markaz boshlig'i (direktori) institut rektorining buyrug'i bilan tayinlanadi.

- Markaz institutning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi (manzili Samarqand shahar, M.Ulug'bek ko’chasi, 77-uy, Samarqand qishloq xo'jalik instituti).

Markazning maqsad va vazifalari

- Institutut ish faoliyatiga va o'quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini qo'llash va doimiy boyitib borish;

- Yangi axborot texnologiyalari va masofaviy o'qitish bo'yicha elektron ilmiy, uslubiy qo'llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko'rsatish, hamda ularni Internet - xalqaro axborot tizimlari bo'yicha tarqatishni yo'lga qo'yish;

- Professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va informasion texnologiyalar bo'yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish;

- Professor-o'qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter va axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish;

- Amaliyot va laboratoriya darslarini multimediya va kompyuter tizimlari orqali imitasion stendlar va virtual laboratoriya dasturlar ta'minotini yaratish ishlarida amaliy yordam ko'rsatish va uni tashkil qilish;

- Turli xil dasturlar yaratish va ularni tadbiq etish;

- Kompyuter tarmog'ini tashkil qilish;

- Axborot o'zatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa va shu kabi bosh.) foydalanish ishlarini amalga oshirish;

- Axborot texnologiyalari bo'yicha Respublika va xorijiy o'quv muassasalari va ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib borish, internetdan foydalanib xorijiy davlat oliy o'quv yurtlari bilan aloqa o'rnatishni yo'lga qo'yish;

- O'quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish va yagona axborot makonini yaratish, mashg'ulotlar o'tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish;

- Axborot texnologiyalari uchun zarur bo'lgan texnik vosita va jixozlarni zamon talablari asosida yangilab turish;

- Oliy ta'lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;

- Axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma'lumotlar bilan yangilab borish;

- Institutdagi barcha fakultet, kafedra va bo'limlarni umumiy tarmoqqa birlashtirishni amalga oshirish;

- Institutning WEB-sayti (Veb-saxifasi) ni yaratish va uni doimiy yangi ma'lumotlar bilan yangilab borish;

- Buyurtmalar bo'yicha Veb saxifalar yaratish, dasturlar ta'minotini tuzish, kompyuter texnikalarini sozalash va ishga tushirish bo'yicha pullik servis xizmatini ko'rsatish;

- Talabalar bilimini nazorat qilishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish.

- Institutda tashkil etiladigan jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etish;

- Markaz faoliyati doirasida axborot jarayonlari va masofaviy ta'lim tizimini rivojlantirish borasida takliflar bilan institut ilmiy - uslubiy kengashlarida ishtirok etish;

- Axborot texnologiyalari bo'yicha yangiliklarni, elektron qo'llanmalarni belgilangan tartibda o'quv tizimiga joriy qilish;

- O'zbekiston Respublikasining qonunlariga rioya qilgan xolda, Nizom maqsadlarini bajarish uchun markaz faoliyatidan kelib chiqqan xolda axborot texnologiyalari va masofaviy ta'lim tizimi, kompyuter savodxonligi, internet va elektron pochta tizimlaridan foydalanish bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat ko'rsatish, bo'limlar tashkil kilish;

- Axborot texnologiyalaribo'yicha markaz faoliyatini rivojlantirish maqsadida boshqa oliy o'quv yurtlar va chet el universitetlari bilan aloqalar o'rnatish, uchrashuvlar o'tkazish va ishtirok etish;

- Markaz va bo'limlarga qarashli kompyuter texnikasidan maqsadli va unumli foydalanishni nazorat qilib borish;

Axborot texnologiyalari markazi tarkibi

Axborot texnologiyalari markazi ikkita bo'limdan tashkil topgan:

1. Axborot va texnik ta'minot bo'limi.

2. O'quv ko'rgazmali resurslarni joriy etish va dasturlar ta'minoti bo'limi. Markazda 9 ta shtat birligi mavjud: 2 ta bo'lim boshlig'i, 3 ta muxandis dasturlovchi, 1 ta muxandis elektronchi, 1 ta kompyuter zali mudiri, 1 ta tizim dasturchisi va 1 ta texnik lardan iborat.

Kompyuter majmualariga mas'ul shaxslarning huquqlari va majburiyatlari

1. Kompyuter sinfi operatori yoki boshqa xonalardagi kompyuterlar uchunmas'ul shaxslar kompyuter sinflari yoki kompyuter turgan xonadagitexnik jihozlar va dasturiy ta'minot uchun, hamda tartib - intizom, mebel jihozlari va ozodagarchilik uchun javobgardir.

2. Kompyuterlarda bajariladigan barcha ishlar shu kompyuter joylashgankompyuter sinfi operatori yokimas'ul shaxs boxabarligida va roziligida amalga oshiriladi.

3. Kompyuterlar majmuasiga mas'ul shaxslar kompyuter sinfida yoki boshqa kompyuter texnikasi turgan xonalarda tartibni buzgan shaxslarga nisbatan"Ichki nizom" va Rektor buyruqlari asosida ma'muriy chora ko'rish xuquqlariga ega.

4. Kompyuterlar majmuasiga mas'ul shaxslar dasturiy ta'minotdanfoydalanish, uni qayta tiklash va o'rnatish ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.

5. Kompyuterda saqlanayotgan ma'lumotlarni va dasturiy ta'minotni"kompyuter virus" laridan himoya kilish va "virus"langan dasturiy ta'minotni qaytatiklash ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.

Kompyuter majmualaridan foydalanish qoidalari

1. Komyuter sinflaridagi darslarga talabalar faqat o'qituvchi boshchiligida qo'yiladilar.

2. Talabalarga dars rejasida kursatilgan dasturiy ta'minotdan foydalanishga ruxsat beriladi.

3. Kompyuter sinflarida kompyuter operatori ruxsatisiz begona texnik jixozlaridan (SD disketa, fleshka va x.k ) foydalanish qat'iyan ta'qiqlanadi.

4. Kompyuter sinflarida Ichki tartib qoidalarini buzgan va buning natijasida mebel, texnik jixozlariga yoki dasturiy ta'minotga zarar keltirilgan xolarda, ushbu jixozlarni qayta tiklash,almashtirish yoki qayta o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar aybdor shaxsdan to'liq undirib olinadi, begona qurilma va texnik jixozlar musodora qilinadi.

Markazning burchlari

- Oliy ta'lim muassasining axboratlashtirish sohasidagi yagona texnikaviy siyosatini olib borish; 

- Yangi axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish;

- Sifatli va kafolatli o'z faoliyatini amalga oshirish va xizmat ko'rsatish;

- Oshkor qilinishi mumkin bo'lmagan axborotlarni sir saqlash;

- Moddiy texnika baza va jixozlarni boyitib borish va saqlashni ta'minlash.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Institut ish faoliyatidakompyuter texnologiyalarini joriy etish;

- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini joriy etishda texnik xizmat ko'rsatish;

- Institutdagi mavjud kompyuter texnikalarining texnik holatini nazorat qilish va yangi zamonoviy texnikalar bilan boyitib borish;

- Institutdagimavjud kompyuterlarni talab darajasidagi dasturlar bilan ta'minlash;

- Institut lokal kompyuter tarmog'i ish faoliyatini ta'minlash;

- Institutda ta'lim jarayoni faoliyatini avtomatlashtirish resurs bazasini tashkil etish,

- ZIYONETaxborot ta'lim resurslarini boyitib borish;

- Yuqori tashkilotlardan kelgan elektron hujjatlarni o'z vaqtida olish va institut ma'muriyatiga o'z vaqtida yetkazib turish;

- Elektron hujjatlarni tegishli elektron manzillarga o'z vaqtida yuborish;

- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portalidagi institut pasportini doimiy ravishda yangilab borish;

- Institut veb saytini tuzish va uni yangilab borish;

- Talabalar, xodimlar va professor-o'qituvchilarning internetdan samarali foydalanishini ta'minlash;

- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

- Elektron variantdagi darslik va qo'llanmalar yaratib o'quv jarayoniga tadbiq etish;

- Ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash.

Institutda 200 dan ortiq kompyuterlar mavjud bo'lib, ularning ko'p qismi o'quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 10 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Institut lokal kompyuter tarmog'iga120 ta kompyuter tugunlari bog'langan bo'lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, aspirantlar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilar doimiy ravishda foydalanib kelmoqdalar.

Shuningdek avdio-vedio jihozlar bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud bo'lib, ularda zamonoviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar olib boriladi. Bir necha yillardan buyon markaz qoshida «Kompyuterdan foydalanuvchi operatorlar» tayyorlash kursi ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550