Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 270 guests and no members online

Facebook

Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’limi

Rahimov Abdulla Rustamovich  

    Markazda ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va umumlashtirish, izlanishlar natijalarining o'quv jarayoniga va ishlab chiqarishga joriy etilishini tashkillashtirish, O'zbekiston Respublikasi va xalqaro grantlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, institut ilmiy saloxiyati va izlanishlarning sifat ko'rsatkichlarini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlari  natijalari bo'yicha marketing xizmatini yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar bajarilmoqda.

    Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

    -institut ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish va uni xalqaro andozalar talabi darajasiga yetkazish;

    -fundamental, amaliy, innovasion loyihalar tanlovida muvaffaqiyatli qatnashish;

    -xo'jalik shartnomalarini tuzish;

    -yakunlangan ilmiy tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga joriy etish;

    -xalqaro ilmiy tashkilotlar, xorijdagi yetakchi universitetlar, respublikamiz oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qilish;

    -institutda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish, muvrfiqlashtirish.

     Mustaqillik yillarida institut olimlari tomonidan 180 ta monografiya, darsliklar 180 ta, o'quv qo'llanmalar 1026 ta, patentlar 126 ta, mualliflik guvohnomalari 36 ta, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 8244 ta shundan  xalqaro konferensiyalarda 1188 ta, Respublika konferensiyalarida 1386 ta, institut konferensiyalarida 5670 ta ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Ayniqsa so'ngi 5 yilda  ilmiy tadqiqot ishlarining salmog'i sezilarli darajada oshdi. Institut olimlarining 40 ga yaqin yakunlangan ishlari ishlab chiqarishga joriy etiildi. Hozirda 20 ta amaliy tadqiqotlar grantlari asosida 288 mln. 440 ming so'mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi. Xo'jalik shartnomalari bo'yicha 5  mln. 50 ming so'mlik va innovasiya loyihalari bo'yicha 19 mln so'mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jami joriy yilda 312  mln. 490 ming so'mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi, 1 nafar professor-o'qituvchi o'rtacha 1 mln. 500 ming so'mlik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarmoqda.

    Bugungi kunda stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orqali quyidagi 14 ta, katta ilmiy-xodim izlanuvchilar maktabi orqali 6 ta ixtisosliklar bo'yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo'lga  qo'yilgan.

    Hozirgi kunda mamlakatimizni bozor iqtisodiyotiga o'tishi munosabati bilan institutda quyidagi ustuvor ustuvor yo'nalishlar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

    Agronomiya sohasida qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, serhosil, turli kasalliklarga, zararkunandalarga, tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, hosil sifati yuqori, sanoat talablariga javob beradigan, tezpishar navlarini yaratish bo'yicha ham izlanishlar olib borilmoqda.

    Chorvachilik, veterinariya sohalarida yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni oldini olish va samarali davolash, anatomiya, gistologiya, fiziologiya, farmokologiya, jarrohlik va chorva mollari seleksiyasi va naslini yaxshilash, oziqlantirish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazilmoqda.

    Qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash sohasida yerlarni tekis shudgorlovchi frontal pluglarni ishlab chiqish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash jarayonlari va ularni mexanizasiyalashtirish, qorako'lchilikda texnologik jarayonlarni mexanizasiyalash, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksik elementlarni spektr usulida aniqlash, bog', uzum qator oralariga ishlov beruvchi mashinalarni, tomchilatib sug'orish texnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

       Iqtisodiyot sohasida, buxgalteriya hisobi va audit, moliya-kredit tizimidagi muammolar yechimi, qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti va menejmentni takomillashtirish, qishloq xo'jalik tarmoqlarining muammolarini hal etishda iqtisodiy-matematik usullar, informasion texnologiyalar va EHM larni qo'llash yo'nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.    

Samarqand qishloq xo’jalik instituti: bugungi kunda institutda 5 ta fakultet, 22 ta kafedrada 462 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan, 23 nafar fan doktori-professorlar, 119 nafar fan nomzodi - dosentlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 41,8 % ni tashkil qiladi.

Institutda faoliyat ko’rsatayotgan 22 ta kafedrada 2013-2020 yillarga mo’l-jallangan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish dasturi bo’yicha kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tadbirlarni bajarish bo’yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bo’yicha yillik ish rejalar, institutning har bir kafedrasida talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish hamda qo’llab quvvatlash bo’yicha yillik ish rejalar asosida barcha kafedra, fakultetlarda ishlar olib borildi.            Kafedralarning 2013-2020 yillarga mo’ljallangan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha tasdiqlangan istiqbolli rejalari belgilangan muddatlarda amalga oshirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi O’zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PF-4456 sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi № 365-sonli qarori hamda mazkur qarorning 2013 yil 8 yanvardagi 07/1-502-sonli Nazorat rejasi topshiriqlari asosida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish bo’yicha ilmiy kengash to’g’risidagi Nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to’g’risidagi Nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to’g’risidagi ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomlar asosida bugungi kunda institutda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan ish olib bormoqdamiz.

Institutda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustakil izlanuvchilar instituti orqali qo’yidagi 13 ta ixtisosliklar bo’yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan:

03.00.05-Botanika

03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi

03.00.06-Zoologiya

05.07.01-Qishloq xo’jaligi va meliorasiya mashinalari.Qishloq xo’ja-ligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash

06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik

06.01.04-Agrokimyo

06.01.05-Seleksiya va urug’chilik

06.01.08-O’simlikshunoslik

06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi

08.00.04- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti

16.00.01- Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi

16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi.

16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya eksper-tizasi.

Jami ushbu ixtisosliklar bo’yicha 2016 yilda 17 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, jumladan 1-bosqichda - 1 nafar, 2-bosqichda -6nafar va 3-bosqichda -10nafar tahsil olishmoqda, ulardan 3 nafari xotin qizlarni tashkil etadi.

Institutida tahsil olayotgan 1 va 2-bosqich 16 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va 13 nafar mustaqil izlanuvchilar 2015 yilda attestasiyadan o’tkazildi. Attestasiya (monitoring) natijalari 2015 yil 30 noyabrda institutning Ilmiy Kengashida tasdiqlandi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda mustaqil izlanuvchilar kursdan kursga o’tkazildi.

Institutda har oyning birinchi seshanbasida katta ilmiy xodim-izla-nuvchilar va mustakil izlanuvchilarning uslubiy seminar va ularning faoliyati bo’yicha monitoring olib borilmoqda. Bundan tashqari institutda iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining assistenti, iqtisod fanlari nomzodi Sh.Islomov raisligida «Yosh olimlar kengashi» faoliyat ko’rsatib, kengash 34 nafar o’qituvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan iborat.

Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash.

Institutda mustaqil izlanuvchilarning 13 ta ixtisosligi bo’yicha 2016 yil ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

03.00.05-Botanika

03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi

03.00.06-Zoologiya

05.07.01-Qishloq xo’jaligi va meliorasiya mashinalari.Qishloq xo’ja-ligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash.

06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik

06.01.04-Agrokimyo

06.01.05-Seleksiya va urug’chilik

06.01.08-O’simlikshunoslik

06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi

08.00.04- Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti

16.00.01- Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi

16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi.

16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi.

Mustakil izlanuvchilar institutida 2016 yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun 19 kishi, jumladan 1-bosqichda - 5 nafar, 2-bosqichda - 9 nafar va 3-bosqichda - 5 nafar mustaqil izlanuvchilar tahsil olishmoqda, ulardan 2 nafari xotin qizlarni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi O’zbekiston Res-publikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PF-4456 sonli Farmoniga binoan o’tkazilgan fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash bo’yicha test sinov-laridan o’tish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasiga institutning 115 nafar ilmiy darajasiz o’qituvchilarning ruyxati va dip-lom kseronus’halari yuborildi.

2016 yildaO’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiyalarni tayyorlash va himoyaga chiqish yangi talablaribo’yicha 08.00.04-«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» Hasanov Shavkat, 05.07.01-«Qishloq xo’jaligi va meliorasiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash.» ixtisosligi bo’yicha Musurmonov A’zam, Jahongirov Abdurashit; 16.00.02-«Hayvonlar patologiyasi, onkolo-giyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi» Eshburiyev Baxtiyor, 03.00.06-«Zoologiya» ixtisosligi bo’yicha Daminov Asadullo Suvonovich; 06.01.08-«O’simlikshunoslik» ixtisosligi bo’yicha Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich, Bobomirzayev Pirnazar Xursanovich; 16.00.01-«Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi» ixtisosligi bo’yicha Bakirov Baxtiyorlar himoyaga chiqishi rejalashtirilmoqda.

     Institut kafedralarni yoshartirish maqsadida, 2014-2015 yillarda o’rtacha yoshi yuqori bo’lgan bir qator kafedralarga magistrant va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda yosh olimlar ishga jalb qilingan. Shuningdek, ko’pgina yosh olimlarimiz kafedra mudirligi lavozimlariga tayinlandi. Jumladan, gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport, qishloq xo’jaligida menejment, qorako’lchilik, hayvonlarni oziqlantirish va zoogigiyena kabi ko’plab kafedralarda mudirlik lavozimiga yosh, ilmiy salohiyatga ega bo’lgan kadrlar qo’yilgan.

Bugungi kunda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish maqsadida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilik instituti Nizomi hamda institut rektorining buyrug’iga asosan har bir yo’nalishda katta il-miy xodim-izlanuvchilar hamda magistrlar dissertasiyalari mavzularining dolzarbligini aniqlovchi va ilmiy ishlarini nazorat qiluvchi ekspert guruhlar tuzish vazifasi belgilangan. Magistratura bo’limida magistrlik dissertasiyalari mavzularining elektron varianti bazasi yaratilgan.

         Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestasiyasidan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida № 365-sonli qaro-ri ijrosini bajarish va har bir kafedra professor-o’qituvchilarning yangi talablarga mos doktorlik dissertasiya mavzularini va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar xamda mustakil izlanuvchilar institutiga talabgorlarni tayyorlash borasida 2014 va 2015 yillarda fakultetlarda ilmiy seminar-lar o’tkazildi.

         Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestasiyasidan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida № 365-sonli qaro-rining “Oliy o’quv yurtidan keyingita’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarg qo’yiladigan talablar”ning 3 bandi ijrosini bajarish uchun institut bo’yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo’yicha testga 135 nafar talabgorlarning hujjatlari yuborildi va ulardan 78 nafari layoqat testidan muvaffaqiyatli o’tib, sertifikatlarga ega bo’lishdi.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550