Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 162 guests and no members online

Facebook

Axborot resurs markazi

Axborot resursi markazi direktori
Abdixalikova Barchinoy Abdixomitovna
ALOQA MA'LUMOTLARI:
Mirzo Ulug'bek -77. 140103.
Samarqand O'zbekiston.
Tel: +99890-250-10-58 Fax: +998662340786
Qabul kunlari: Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

 

Abdixalikova Barchinoy Abdixomitovna 2016-yil 10-apredan boshlab SamQXI ARM direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi instituti ilmiy kutubxonasi 1930-yil tashkil topdi. O'sha paytda kutubxona 155 ta kitobxonga ega bo’lgan, kitoblar 3 ta kitob javoniga joylashgan. 1937-yilga kelib kutubxonaning a’zolari 627 nafarga, kitob fondi esa 31958 nusxaga yetgan. Ilmiy kutubxona 1966-yilda, yangi zamonaviy 3 qavatdan iborat maxsus qurilgan binoga ko’chirilgan. Unda keng va yorug’ o’quv zallari, kitobxonlarga xizmat qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2006-yil 20 iyundagi “Respublika aholisining axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida” gi qaroriga muvofiq kutubxona “Axborot resurs” markazi deb tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’q’uv adabiyotlari yaratish va o’qituvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilde darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib zamonaviy electron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakillantirish va sotish bo’yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish. Ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag’lar yetarli darajada mavjud bo’lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va vahallarda yangi kitoblar taqdimotini o’tkazish, mutolla madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali tartibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yetarki emas.
Axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o’quv adabiyotlari bilan bir qatorda, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommobop adabiyotlar ro’yxatini hamda uklarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar smetasini qayta ko’rib chiqish.

2016 yilning 7 dekabr sanasida yurtboshimiz SH. M. Mirziyoev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildilar.
Davlatimiz rahbari bugungi va ertangi tarraqqiyotimiz, o‘z oldimizga qo‘ygan o‘ta muhim va dolzarb vazifalarning amalga oshirilishi, avvalambor, farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib, hayotdan o‘ziga munosib o‘rin topishiga bog‘liq ekani haqida tuxtaldi.
Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘tarishga da’vat etdilar.
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini buguni zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.
Institutda talabaning kitobga bo’lgan ehtiyojini o’rganib chiqqan, holda kitob fondini boyitib borish yo’lida harakat qilinmoqda. Kitob zaxirasida 2017-yili holatiga ko’ra (579268) 634465 nusxani tashkil qiladi. Yangi olingan adabiyotlar 1325 nusxada (245 nomda).
Oynoma va ro’znomalar 10459276 so’mni tashkil qiladi.

Darsliklar – 897
Umumiy siyosiy- 150
Ilmiy- 73
Institut resurs markazida 5 ta bo’lim va ularga qarashli 4 sektorlar mavjud. Ushbu bo’limlar hamma toifadagi kitobxonlarga, birinchi navbatda talabalar, aspirantlar va professor-o’qituvchilarga xizmat qiladi.Markaz tarkibida quyidagi bo’lim va sektorlar mavjud:
Bo’limlar:
1. Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘lim.
2. Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlash va tizimlashtirish bo‘limi.
3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi.
4. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.
5. Elektron axborot-kutubxona resurslari bo‘limi.

Sektorlar:
1. Birinchi qiroatxona sektor abonamenti.
2. Ikkinchi qiroatxona sektor abonamenti.
3. Badiiy kitoblar tarqatish sektor abonamenti.
4. Vaqtli matbuot tarqatish sektor abonamenti.
5. Chet tili adabiyotlari sektor abonamenti.
6. 1 ta ma’naviyat va ma’rifat xona.

2017-yil holatiga ko’ra kitobxona o’quvchilarning soni kitobxonlik abonamenti bo’yicha hammasi bo’lib, 89514 nafar kishi tashkil qiladi.
Shulardan:
Kunduzi o’qiydigan talabalar soni – 5300 nafar.
Magistraturada o’qiydiganlar soni – 120 nafar.
Professor-o’qituvchilar soni – 420 nafar.
Har xil xizmatchilar soni – 352 nafar.
Kutubxonalar aro o’qituvchilar soni – 810 nafar.
O’quv yordamchilar soni – 75 nafar;
Markaz xodimlari kitobxonlarga xizmat ko’rsatish maqsadida hamma vaqt yangi uslubda izlanish choralarini topishga harakat qiladilar. Masalan, 2017-yilda qabul qilingan barcha talabalar uchun ham, markaz xodimlari uchun ham qo’lay uslubdir. Yangi o’quv yili boshlangach barcha bosqich talabalari tasdiqlangan fakultetlar jadvali va chiqarilgan farmoyishlari asosida darsliklar va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanadi.Markaz fondidan faqatgina institut talaba-o’quvchilari va xodimlari foydalanmasdan, balki barcha toifadagi oliy o’quv yurtlari talabalari, ilmiy tekshirish muassasalari, kollej, xodimlari, viloyat va tumanlarda kelgan barcha muhandis xodimlar ham foydalaniladilar.
2017-yilda “Armat” programmasiga 6200 (oltti ming ikki yuz ) nusxa kitob kiritildi

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550