Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 99 guests and no members online

Facebook

AL va KHK lar bilan ishlash bo'limi

Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich

Veterinariya fanlari nomzodi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi boshlig'i

 

   ALOQA MA'LUMOTLARI

   Samarqand shahri M.Ulug'bek, 77

   Samarqand qishloq xo'jalik instituti

   Tel:/Faks: (+ 998 66) 234-07-86

 

        Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limining faoliyati. Samarqand qishloq xo'jalik instituti "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo'limi" o'quv jarayonini modernizasiyalash, ta'limning innovasion texnologiyalarini keng joriy etish, ta'limni uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda institut qoshidagi 2 ta akademik litsey, viloyatdagi 30 ta qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMlariga jalb qilish hamda bitiruvchilarni bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovasion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.

     Institut qoshidagi 2 ta akademik litsey va institutga biriktirilgan 30 ta qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlariga fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, kafedralarning yetakchi professor-o'qituvchilari mas'ul etib ta'yinlangan. Har bir biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida institut kafedralarining filiallari tashkil etilgan. Bundan tashqari Respublikamizning boshqa viloyatlaridagi 150 dan ortiq qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bilan ham o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari tuzilgan.     

     Kafedra filiallarining maqsadi professor-o'qituvchilar bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonini samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, kollejlarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, kollejlarda yangi laboratoriya jihozlarini ishlatishga amaliy yordam berish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlardan o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berishdan iborat. 

    Institut qoshidagi akademik litseylar va biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bo'yicha zaruriy ma'lumotlar, ARM lari fondi, o'quvchilarining ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kontingenti, professor-o'qituvchilar tarkibi, ulardan ilmiy darajalilar, maxsus fan o'qituvchilari va ularning ilmiy salohiyati tahlil qilib boriladi. 

        Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o'quvchilariga institutning ta'lim yo'nalishlari to'g'risidagi taqdimot materiallari doimo yetkazib berilmoqda va har yili yangi o'quv yiliga qabul boshlanish oldidan "Ochiq eshiklari" kuni tashkil etilib, lisey va kollej o'quvchilari jalb qilinadi. 

     Institut professor-o'qituvchilari tomonidan kollejlarda yetishmaydigan adabiyotlarni yaratish borasida 50 dan ortiq darslik va o'quv qo'llanmalar, 100 dan ortiq ishlanmalar tayyorlanib kollej o'quvchilariga yetkazib kelinmoqda. Ular turli yillarda "Yilning eng yaxshi" darsligi nominasiyalarda sovrinli o'rinlarni olishgan. Darsliklarning sifatiga e'tibor qaratilmoqda, ularda nazariy qismlarni yoritish bilan birga amaliy laboratoriya darslari ham bayon etilgan.

      Samarqand qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejida chorvachilik yo'nalishidagi mutaxassisliklarga Yaponiyaning hamkorlik dasturi asosida keltirilgan sutni qayta ishlaydigan minisex, tuxumdan jo'ja ochiradigan inkubator, diagnostika va zooanaliz laboratoriyalarida jihozlarni ishlatish, o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlarda, o'quv amaliyotlarida bevosita kasbga yo'naltirish va malaka talablarini shakllantirishda biriktirilgan yetakchi professor-o'qituvchilari kollej o'quv-uslubiy jarayoniga amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda. 

      Institutga biriktirilgan qishloq xo'jalik kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishda ish beruvchi korxona, tashkilot va qo'shma korxona, fermer xo'jaliklari rahbarlarining bitiruvchilar bilan, viloyat o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda uchrashuvlar o'tkazilib kelinmoqda. Uchrashuvda ish beruvchilarga bitiruvchilar to'g'risidagi taqdimot materiallari taqdim qilinadi. Kollej o'quvchilarini 2-kursdan boshlab amaliyotga yuborishda kelgusida ish beruvchi tashkilot sifatida tuzilgan uch tomonlama shartnomaga muvofiq bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash kuzda tutilgan.

    Institutning kasb ta'limi (Agronomiya, Veterinariya, zootexniya) yo'nalishi bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlarga ishga yuborish bilan ham ta'limda uzviylikni ta'minlash amalga oshirilmoqda. 

      Institutga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida institutning 2 nafar fan doktori professorlar, 20 nafar fan nomzodlari, dosent va katta o'qituvchilar o'rindoshlik asosida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550