Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 318 guests and no members online

Facebook

Test nizomi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o’tkazish

tartibi to’g’risidagi

NIZOM

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidaginizomgaasosan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (bundan buyon matnda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o’tkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom harbiy ta’lim muassasalariga talablarni qabul qilishda test sinovlarini o’tkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Test sinovlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan o’tkaziladi.

2. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o’tkazish mas’uliyati, mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, ta’lim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) raislari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

3. Test sinovlari o’tkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega bo’lmagan shaxslarning test sinovlari o’tkaziladigan binolarga kirishi taqiqlanadi.

4. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun 1 avgustda o’tkaziladi.

II bob. Test sinovlarini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish

1-§. Qabul komissiyalarini tashkil etish va ularning vazifalari

5. Ta’lim muassasalarida o’qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.

6. Qabul komissiyasi raisi tomonidan test sinovlarini o’tkazish bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish to’g’risida qabul komissiyasining ish rejasi tasdiqlanadi.

7. Qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, test jarayonining xolisona va adolatli o’tishini ta’minlash, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlarini o’tkazish bilan bog’liq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda test sinovlari natijalari bo’yicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga to’liq ma’lumotlar berish qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.

8. Qabul komissiyalari 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham), O’zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha abituriyentlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qiladi va hujjatlar qabul qilinganligi to’g’risida abituriyentlarga belgilangan shaklda tilxat beradi.

9. Qabul komissiyasi qabul jarayoni boshlangan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizom, mazkur Nizom, ta’lim yo’nalishlari, ta’lim shakli va tili bo’yicha qabul kvotalari, test o’tkaziladigan fanlar ro’yxati hamda ixtisoslik bo’yicha ijodiy imtihon topshiriladigan ta’lim yo’nalishlarini qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga joylashtirishi lozim.

10. Qabul komissiyalari test sinovlari o’tkaziladigan bino va auditoriyalarni mazkur bobning 2-paragrafidabelgilangan tartib bo’yicha test sinovlarini o’tkazish uchun tayyorlaydi.

11. Qabul komissiyasi hujjat topshirgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni hujjat topshirilgan kunning o’zida qayd daftarlariga va Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan «ABT-Abitur» dasturi orqali bazaga xatosiz kiritadi va ularni elektron suratlari bilan birga Davlat test markaziga taqdim etib boradi.

«ABT-Abitur» dasturi orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, ta’lim turi, ta’lim muassasasining nomi, fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tug’ilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, ta’lim olgan ta’lim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma) raqami, diplom (shahodatnoma)dagi o’rtacha bali, muddatli harbiy xizmatni tugatganlar uchun harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasi hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalar g’olibi ekanligi haqida ma’lumot (agar shunday hujjatlar bo’lsa), o’quv tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usuli kiritiladi.

12. Ta’lim yo’nalishlari, o’qitish shakli va tili bo’yicha ta’lim muassasasiga topshirilgan hujjatlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari g’oliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega bo’lgan hamda ko’zi ojiz abituriyentlar tomonidan topshirilgan hujjatlar haqidagi ma’lumotlar abituriyentlar va ota-onalar e’tibori uchun qabul komissiyasi tomonidan har kuni e’lon qilib boriladi.

13. Qabul komissiyasi test sinovlarini samarali tarzda o’tishini ta’minlash maqsadida Davlat test markazi vakillari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risida amaliy seminar mashg’ulotlarini o’tkazadi.

14. Qabul komissiyasi 21 iyul kuni mazkur Nizomning 1-ilovasi 1 — 4-shakllari bo’yicha ma’lumotlarni qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va ushbu hujjatlarga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritishi qat’iyan man qilinadi.

15. Qabul komissiyasi 22 iyulda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi titul varaqalari va mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi abituriyent ruxsatnomalarini Davlat test markazidan qabul qilib olib, abituriyentlarga taalluqli ma’lumotlarni printerda xatosiz chop etadi.

16. Qabul komissiyasi 22 iyul kuni mazkur Nizomning 4-ilovasi 1-shakliga muvofiq ta’lim yo’nalishlari bo’yicha guruhlangan abituriyentlar sonining binolar va guruhlar bo’yicha taqsimotini mazkur Nizomning 1-ilovasi 1-shakli bo’yicha tayyorlangan abituriyentlardan kelib tushgan arizalar haqidagi ma’lumotlar va mazkur Nizomning

4-ilovasi2-shaklidagi abituriyentlarning auditoriyalardagi o’tirish o’rinlari soni haqidagi ma’lumot bilan taqqoslab, Davlat test markaziga taqdim etadi va 24 iyulda abituriyentlarning binolar va guruhlar bo’yicha umumiy ro’yxatini mazkur Nizomning

4-ilovasi 3-shakli bo’yicha Davlat test markazidan qabul qilib oladi.

17. Qabul komissiyasi 27 iyulga qadar mazkur Nizomning 5-ilovasi 1-shakli bo’yicha ko’zi ojiz abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni,

1 avgustda mazkur Nizomning5-ilovasi2 va 3-shakllari bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va chet tili imtihonlari natijalarini Davlat test markaziga taqdim etadi va abituriyentlarning e’tibori uchun ma’lumot sifatida e’lon qiladi hamda ushbu ma’lumotlarning o’zgarmasligini ta’minlaydi va O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining abituriyentlarlarni talabalar safiga o’tkazish haqidagi qarori chiqmaguncha e’lonlar taxtasidan olmasligini ta’minlaydi.

Qabul komissiya shu kunning o’zida mazkur Nizomning4-ilovasi4-shakliga muvofiq abituriyentlarning umumiy ro’yxatini, shuningdek mazkur Nizomning6-ilovasi1—5-shakllariga muvofiq test o’tkaziladigan binolarning reja-chizmasi, ta’lim muassasasi bo’yicha binolarning joylashish sxemasi, har bir bino uchun asosiy sxema va test sinovlari uchun mo’ljallangan qavat bo’yicha auditoriyalarning joylashish sxemasi hamda test sinovlari o’tkaziladigan binolar to’g’risidagi umumiy ma’lumotni e’lon qiladi va ushbu ma’lumotlarni Davlat test markazi vakillariga yetkazadi.

18. Qabul komissiyasi 28 iyuldan boshlab test sinovlari o’tkaziladigan binolarda mazkur Nizomning 7-ilovasi 1-shakli bo’yicha abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnoma»sini tarqatadi.

19. Qabul komissiyasi 30 iyul kuni Davlat test markazidan mazkur Nizomning 7-ilovasi 2-shakli bo’yicha ikki nusxada abituriyentlarning auditoriyalar bo’yicha ro’yxatini qabul qilib oladi.

20. Qabul komissiyalari harbiy qism qo’mondonligi tavsiyanomasiga ega bo’lgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili, javoblar varaqasi raqami ko’rsatilgan holda 1 avgust kuni mazkur Nizomning 5-ilovasi 4-shakli bo’yicha Davlat test markazi orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasiga kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun taqdim etadilar.

21. Qabul komissiyasi test sinovlari o’tkaziladigan kuni soat 5.30 gacha nazorat xizmati postlariga bino hududiga kirishga ruxsat berilgan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining ro’yxatini topshiradi.

22. Qabul komissiyasi test sinovlari o’tkaziladigan kuni soat 7.00 gacha abituriyentlarning auditoriyalar bo’yicha ro’yxatini va abituriyentlarning guruhlar bo’yicha titul varaqalari solingan paketni Davlat test markazining bino bo’yicha vakiliga (bundan buyon matnda bino bo’yicha vakil deb yuritiladi) topshiradi.

23. Qabul komissiyasi test sinovlari tugagandan keyin test materiallarini belgilangan tartibda feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirilishini ta’minlashi shart.

24. Qabul komissiyasi Davlat test markazidan test sinovi natijalari bilan birga barcha titul varaqalarini tekshirib qabul qilib oladi va olingan kuni test natijalarini ta’lim muassasasida e’lon qiladi hamda abituriyentlar va ularning ota-onalariga test natijalari bo’yicha to’liq ma’lumotlar beradi.

25. Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun javobgarlik qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi zimmasiga yuklatiladi.

2-§. Test sinovlari o’tkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash

26. Test sinovlari o’tkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash bo’yicha javobgarlik qabul komissiyalari zimmasiga yuklatiladi.

27. Qabul komissiyalari joriy yilda test sinovlariga qatnashadigan abituriyentlar sonini o’tgan yilga nisbatan yigirma foiz qo’shgan holda rejalashtiradi. Test sinovlari o’tkazish talablariga javob beradigan bino va auditoriyalarning hududlar bo’yicha ma’lumotlar bazasidan test jarayonida foydalanish uchun tanlaydi.

28. Test sinovlari o’tkaziladigan binolari reja-chizmasi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.

29. Test sinovlari o’tkaziladigan binolar hududiy joylashuvi bo’yicha test materiallarini o’z vaqtida va xavfsizligi ta’minlangan holda yetkazish hamda Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo’yicha vakilining test sinovlari jarayonida nazorat qila olishi uchun bir-biriga yaqin bo’lishi kerak.

30. Test sinovlarini tartibli o’tkazish uchun bino joylashgan hudud o’ralgan bo’lishi kerak.

31. Test o’tkaziladigan bino sig’imi kamida 360 nafar abituriyentga mo’ljallangan bo’lishi lozim.

32. Har bir binoda abituriyentlarni tartibli va o’z vaqtida kiritish uchun kirish eshigida nazorat xizmati postlari tashkil etilgan bo’lishi shart.

33. Har bir binoda test materiallarini tarqatish va yig’ib olish uchun mo’ljallangan maxsus katta xona (shtab) tayyorlanadi va Davlat test markazining vakillari uchun yetarli miqdorda stol-stullar, stasionar telefon aloqasi va hujjatlarni test jarayonida saqlash uchun seyf bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

34. Test o’tkaziladigan bino va auditoriyalarning holati sanitariya va yong’in xavfsizligi qoidalariga to’liq javob berishi shart.

35. Har bir qavatda kamida 180 nafar abituriyentlar uchun mo’ljallangan 12 tagacha auditoriyalar tashkil etilishi hamda ushbu auditoriyalar Davlat test markazining qavat bo’yicha vakili (bundan buyon matnda qavat bo’yicha vakil deb yuritiladi) tomonidan nazorat qila oladigan masofada joylashgan bo’lishi lozim.

36. Ta’lim muassasasi bo’yicha test sinovlari o’tkaziladigan auditoriyalar raqami bino raqamining o’sishi tartibida, bino bo’yicha yuqori qavatdan pastki qavatga kamayishi tartibida, auditoriyalarning tartib raqami ketma-ketligi guruhlar tartib raqamining ketma-ketligi bilan bir xil bo’lishi hamda test sinovlari qaysi binoda o’tkazilishidan qat’i nazar, takrorlanmasligi kerak.

37. Har bir auditoriyadagi o’tirish o’rinlari soni 30 yoki 60 nafar abituriyentga mo’ljallangan bo’lishi kerak hamda auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar va test materiallarini tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.

38. Test o’tkaziladigan har bir auditoriyani tayyorlashda yorug’lik tushish, shamollatish, abituriyentni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.

39. Auditoriyalar xonadan-xonaga o’tiladigan bo’lmasligi va ular bir nechta shartli auditoriyalarga bo’linmasligi, shuningdek undagi stol-stullar boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljallanmagan bo’lishi lozim.

40. Barcha auditoriyalardagi abituriyentlarning o’tirish o’rinlari raqamlangan bo’lishi lozim. Bunda toq qatorlar chapdan o’nga, juft qatorlar o’ngdan chapga qarab raqamlanadi.

41. Auditoriyalarning eshiklariga qavat, guruh, ta’lim yo’nalishi shifri va abituriyentlar soni yozilgan ko’rsatkichlar ilib qo’yilgan bo’lishi lozim.

42. Har bir test sinovlari o’tkaziladigan har bir binoda test jarayoni uchun zarur bo’lgan axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo’lishi shart.

43. Har bir auditoriya soat, bo’r, yozuv taxtasi (doska), yelim, ichimlik suvi hamda abituriyentlar, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari soniga teng miqdorda havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlangan bo’lishi shart.

44. Auditoriyalarda test sinovlari topshiriladigan fanlarga taalluqli bo’lgan ko’rgazmali vositalar bo’lmasligi lozim.

45. 31 iyul kuni test sinovlari o’tkaziladigan barcha binolarda nusxa ko’chirish vositalari saqlanadigan va test sinovlari o’tkazilmaydigan auditoriyalar hamda qavatlarning kirish-chiqish eshiklari bino bo’yicha vakil ishtirokida yopib muhrlanishi lozim.

46. Test o’tkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yo’lak (koridor) va shunga o’xshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.

47. 30 nafar abituriyent uchun mo’ljallangan auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari va kamida 1 nafar kuzatuvchi hamda 60 nafar abituriyent uchun mo’ljallangan auditoriyaga1 nafar auditoriya rahbari va kamida 2 nafar kuzatuvchi biriktiriladi.

48. Ta’lim muassasasi bo’yicha test sinovlari o’tkaziladigan binolar haqidagi dastlabki ma’lumotlar ushbu paragrafda ko’rsatib o’tilgan talablar asosida shakllantirilib, binolarning test sinovlari o’tkazish uchun yaroqliligi bo’yicha tegishli idoralardan ruxsat olinganidan keyin 1 iyuldan kechiktirilmasdan mazkur Nizomning 4-ilovasi2-shakli va6-ilovasi1—5-shakllari bo’yicha Davlat test markaziga taqdim etilishi lozim.

3-§. Test sinovlarini tashkil etish va o’tkazishda  

Davlat test markazining asosiy vazifalari

49. Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq quyidagi vazifalarni bajaradi:

test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlaydi;

test materiallarini test sinovlari o’tkaziladigan kunda soat 6.00 dan kechikmasdan, yetarli darajada ta’lim muassasalariga yetkazilishini ta’minlaydi;

auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun seminar mashg’ulotlarini talab darajasida tashkil etilishini nazorat qiladi;

Davlat test markazi vakillarining o’z xizmat vazifalarini vakolati doirasida aniq bilishi va o’z vaqtida test sinovlari o’tkaziladigan binoga yetib kelishini ta’minlaydi;

ta’lim muassasalarini va mahalliy davlat hokimiyati organlarining auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini o’qitishi uchun maxsus yo’riqnoma bilan ta’minlaydi;

auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni bo’yicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari bo’yicha test sinovi natijalarini hisoblaydi;

mazkur Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

4-§. Test sinovlarini tashkil etish va o’tkazishda mahalliy  

davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari

50. Test sinovlarini joylarda to’g’ri va adolatli o’tkazish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklari Davlat test markazi tomonidan mazkur Nizomning8-ilovasi1-shakliga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlar asosida mazkur Nizomning8-ilovasi  2-shakliga muvofiq Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etiladigan xodimlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlaydi.

51. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ta’lim muassasalarining murojaatiga asosan test sinovlarini o’tkazish uchun belgilangan talablarga javob beradigan binolar va transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam beradi, shuningdek test sinovlari o’tkaziladigan har bir binoda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida nazorat xizmati postlarini tashkil etadi hamda vakolati doirasida test sinovlarini tartibli o’tishi uchun tegishli organlarga ko’rsatma beradi.

5-§. Test sinovlarini tashkil etish va o’tkazishda davlat test markazi vakillarining vazifalari

52. Test sinovlarini o’tkazish uchun Davlat test markazining vakillari shartnoma asosida jalb etiladi.

Davlat test markazi vakillari manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, ilmiy muassasalar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan tanlab olinadi.

Davlat test markazi vakillarini ta’lim muassasalariga taqsimlash Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

53. Davlat test markazi vakillari test jarayonida auditoriya rahbariga amaliy yordam ko’rsatadi.

Davlat test markazi vakillari o’ziga biriktirilgan bino, qavat va auditoriyalarda test o’tkazish tartiblariga qat’iy rioya qilinishiga javobgar shaxs hisoblanadi.

Davlat test markazi vakili test sinovlari uchun ajratilgan vaqt davomida test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qiladi, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida o’tishini ta’minlaydi.

54. Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo’yicha vakili bino va qavat vakillarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.

Har 12 ta auditoriyaga kamida bitta qavat vakili biriktiriladi.

55. Davlat test markazi vakili o’ziga yuklatilgan vazifalarni suiiste’mol qilsa, shu jumladan binoga begona shaxslarning kirishiga yo’l qo’ysa, abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib bersa va shu kabi boshqa holatlarni sodir etsa, Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo’yicha vakili tomonidan dalolatnoma tuzish orqali vazifasidan chetlashtiriladi hamda uning o’rniga zaxiradan boshqa shaxs tayinlanadi va bu haqda nomzodni tavsiya etgan tashkilotga ma’lum qilinadi.

56. Davlat test markazi vakillari 29 iyul kuni qabul komissiyasi mas’ul kotibi bilan birgalikda o’ziga tegishli bino, qavat va auditoriyalarning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi hamda binoning test sinovlariga tayyorligi to’g’risida bayonnoma tuzadi va uni qabul komissiyasi orqali Davlat test markaziga yetkazadi.

57. Davlat test markazi vakillari 30 iyul kuni soat 8.00 dan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyasi, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ishtirokida 1 avgustda o’tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik ko’rish uchun repetisiya o’tkazadi hamda mazkur Nizomning9-ilovasidakeltirilgan shakl bo’yicha binoda repetisiya o’tkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi.

58. Davlat test markazi vakillari 1 avgust kuni soat 6.00 dan kechikmasdan o’ziga tegishli binoga yetib keladi va bino hududiga nazorat xizmati postlari orqali ro’yxat asosida pasporti bilan kiradi.

59. Bino bo’yicha vakil test sinovlari o’tkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:

qavat vakillari bilan birgalikda soat 6.00 dan 6.30 gacha shtabda feldyegerlik xizmati xodimlaridan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari ro’yxatlarini, ularning ruxsatnomalarini hamda mazkur Nizomning10-ilovasigamuvofiq test materiallarini qabul qilib oladi;

test materiallari solingan zaxira qutilarni seyfga joylashtiradi va muhrlaydi;

soat 7.00 dan 7.30 gacha qavat vakillariga, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatadi, kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari o’rniga zaxiradagi shaxslarni tayinlaydi va mazkur Nizomning11-ilovasigaasosan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining taqsimotini rasmiylashtiradi;

auditoriya rahbarlariga qabul komissiyasi tomonidan ikki nusxada berilgan abituriyentlarning auditoriyalar bo’yicha ro’yxatini va abituriyentlarning guruhlar bo’yicha titul varaqalari solingan paketni beradi;

mazkur Nizomning12-ilovasigamuvofiq test sinovlariga kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtiradi;

soat 7.45 dan 8.15 gacha qavat vakillari bilan birgalikda test materiallari qutilarini auditoriya rahbarlariga topshiradi va bu haqda mazkur Nizomning13-ilovasi 1-shakliga muvofiq bayonnoma rasmiylashtiradi;

abituriyentning test materialida tipografik nuqson borligi haqidagi murojaati yuzasidan, zudlik bilan test materiallari zaxira qutilardan ta’lim yo’nalishi va tiliga mos test materiallarini qavat vakiliga beradi va bu haqda mazkur Nizomning13-ilovasi 2-shakliga muvofiq bayonnoma rasmiylashtiradi;

abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilib boradi va test jarayonida muammo paydo bo’lganda, zudlik bilan Davlat test markazining ta’lim muassasasi bo’yicha vakili yoki doimiy vakili bilan bog’lanadi, muammoni hal qilish choralarini ko’radi;

auditoriyalarda test sinovlarini o’tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning testdan chetlashtirilishini va bu haqda dalolatnomalar tuzilishini nazorat qiladi;

test sinovining tugash jarayonini nazorat qiladi;

abituriyentlarning auditoriyadan pasporti va ruxsatnoma bilan chiqishini, ruxsatnomada javoblar varaqasi raqami yozilib, uning auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan tasdiqlanganligini nazorat qiladi;

bino bo’yicha to’ldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar hamda testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ruxsatnomalarini maxsus paketga solib muhrlaydi;

soat 12.20 dan 12.40 (ikkita fan bo’yicha test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.20 dan 11.40)gacha javoblar varaqasi paketi, savollar kitobi qutisi, titul varaqalari paketi auditoriyalarda yelimlanib, mazkur Nizomning14-ilovasi1, 2 va 3-shakllarida keltirilgan Davlat test markazi emblemalari bilan muhrlanishini nazorat qiladi;

soat 12.40 dan 13.00 gacha (ikkita fan bo’yicha test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.40 dan 12.00 gacha) mazkur Nizomning13-ilovasi1-shakli bo’yicha auditoriya rahbarlaridan test materiallari qutilarini muhrlangan holda qabul qilib oladi va o’z vaqtida topshirgan auditoriya rahbarlari ruxsatnomasining tegishli joylarini to’ldirib, imzo qo’yadi;

qavat vakillari ishtirokida test materiallari qutilarini mazkur Nizomning10-ilovasigamuvofiq test materiallari qutisi reyestri asosida feldyegerlik xizmati xodimlariga topshiradi.

60. Qavat vakillari test sinovlari o’tkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:

soat 7.30 gacha auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini shtabga boshlab keladi va bino rahbari tomonidan ularga ruxsatnomalar tarqatilishida ishtirok etadi hamda ularni belgilangan auditoriyalarga olib boradi;

test o’tkazilayotgan auditoriyada abituriyent tomonidan test o’tkazish tartibining buzilishini aniqlaganda, auditoriya rahbaridan ushbu holat bo’yicha test sinovlaridan chetlashtirish to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtirilishini talab qiladi;

test sinovlari qoidalarini buzgan abituriyentlar bo’yicha o’ziga tegishli auditoriyalar rahbarlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalarni tasdiqlab, imzo qo’yadi;

o’ziga tegishli qavatda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining faoliyatini nazorat qiladi. O’ziga yuklatilgan vazifalarni suiiste’mol qilgan, shu jumladan binoga begona shaxslarning kirishiga yo’l qo’ygan, abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib bergan va shu kabi boshqa holatlarni sodir etgan auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini vazifasidan chetlashtiradi hamda uning o’rniga zaxiradan boshqa shaxsni tayinlaydi va ushbu holatlarni hisobotida ko’rsatadi;

auditoriya rahbari abituriyentning test materialida tipografik nuqson borligi haqida murojaat qilganda, murojaatning asosli ekanligini tekshirib ko’rib zudlik bilan bino bo’yicha vakilga murojaat qiladi hamda test materiallari zaxirasidan ta’lim yo’nalishi va tiliga mos test materiallarini keltirib beradi;

test sinovlari tugagach, o’ziga tegishli guruhlarning auditoriya rahbarlarini auditoriyada muhrlangan test materiallari qutilari bilan birga shtabga boshlab boradi va topshirish jarayonini nazorat qiladi.

6-§. Test sinovlari o’tkazishda auditoriya rahbari va

kuzatuvchilarining vazifalari

61. Test sinovi o’tkaziladigan auditoriyada test sinovini mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda to’g’ri va adolatli o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha shaxsiy javobgarlik auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.

Auditoriya rahbari auditoriya kuzatuvchisining faoliyatini nazorat qiladi.

62. Test sinovlari o’tkazilayotgan ta’lim muassasasida auditoriya kuzatuvchisi sifatida ushbu muassasalarning vakillari ham tayinlanadi.

63. Test sinovlari o’tkaziladigan kuni auditoriya rahbari va kuzatuvchisi o’zi biriktirilgan ta’lim muassasasi binosiga soat 6.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishi shart.

Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi tomonidan binoga ortiqcha buyumlarni olib kirishlari taqiqlanadi.

64. Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi test sinovlari o’tkaziladigan kuni soat 7.00 dan 7.30 gacha bino shtabida o’zlariga tegishli ruxsatnomalarni oladi va o’zlariga biriktirilgan auditoriyaga boradi va o’zlarining ism va familiyalarini yozuv taxtasi (doska)ga yozib qo’yadi.

Auditoriya kuzatuvchisi soat 7.30 dan 7.45 gacha auditoriyaning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, test jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko’radi. Agar auditoriyada abituriyentlar bo’lsa, ularni tashqariga chiqaradi. Auditoriyadagi o’tirish o’rinlarini o’rnatilgan tartib asosida raqamlanganligini tekshiradi.

65. Auditoriya rahbari soat 7.45 dan 8.15 gacha bino shtabida bino bo’yicha vakildan test materiallari qutisini muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qiladi, qavat vakili boshchiligida auditoriyaga olib keladi va soat 8.30 da auditoriya kuzatuvchilari va kamida ikki nafar abituriyentlar guvohligida test materiallarini muhrlanganligiga ishonch hosil qilib ochadi. Test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos savollar kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan savollar kitoblari va javoblar varaqasi, titul varaqalari uchun bo’sh paketlar, dalolatnoma shakllari hamda muhr va Davlat test markazi emblemalari mavjudligini tekshirib, mazkur Nizomning15-ilovasigamuvofiq test materiallari qutisini ochilganligi haqida dalolatnoma tuzadi.

66. Auditoriya kuzatuvchisi soat 8.30 gacha auditoriya rahbaridan abituriyentlarning guruh bo’yicha ro’yxatini oladi va abituriyentlarni titul varaqasi, abituriyent ruxsatnomasi, pasporti asosida tekshirib (rasmlar shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib), ularni guruh ro’yxati bo’yicha auditoriyaga kiritadi hamda test sinoviga kelmagan abituriyentlarning o’rnini bo’sh qoldiradi.

Auditoriya kuzatuvchisi titul varaqalaridagi rasmlarni pasportdagi rasm bilan taqqoslangan holda tekshiradi va abituriyentlarga tarqatadi.

67. Auditoriya kuzatuvchisi javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini abituriyentlarga tarqatib chiqadi. Shundan so’ng, auditoriya rahbari abituriyentlarga savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqishlarini, javoblar varaqasi va savollar kitobi muqovasida ko’rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo’yishlari bo’yicha ko’rsatma beradi.

Auditoriya kuzatuvchisi test sinoviga kelmagan abituriyentlarning javoblar varaqalari va savollar kitoblarini sanab, auditoriya rahbariga topshiradi, shuningdek auditoriya rahbarining ko’rsatmasi asosida abituriyentlar tomonidan to’ldirilgan titul varaqalarini yig’ib oladi va sanab, auditoriya rahbariga topshiradi.

Savollar kitobining muqovasi mazkur Nizomning16-ilovasida, javoblar varaqasi namunasi mazkur Nizomning17-ilovasidakeltirilgan.

68. Agar abituriyent savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, auditoriya rahbari quyidagi ishlarni tezkorlik bilan soat 9.00 gacha amalga oshiradi:

auditoriyada test sinovida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan savollar kitobini javoblar varaqasi bilan birga murojaat qilgan abituriyentga beradi;

auditoriyada ortiqcha savollar kitobi bo’lmasa qavat vakilidan zaxiradagi shu ta’lim yo’nalishi va tiliga mos bo’lgan savollar kitobi va javoblar varaqasini keltirib berishni so’raydi.

69. Auditoriya rahbari nuqsonli test materialiga «Nuqsonli» degan yozuv kiritib, uni almashtirilgan vaqtini ko’rsatadi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo’yadi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzib, nuqsonli test materialiga yelimlaydi hamda javoblar varaqasi paketiga solib qo’yadi.

70. Auditoriya rahbari tomonidan abituriyentlarga javoblar varaqasini bukmaslik, javoblar varaqasining marker chizig’iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo’yamaslik tushuntiriladi.

71. Soat 8.30 dan 9.00 gacha auditoriya rahbari va kuzatuvchisi:

yozuv taxtasi (doska)ga ilib qo’yilgan plakatdan foydalanib, javoblar varaqasini to’ldirish qoidalarini tushuntiradi;

mazkur Nizomning18-ilovasidakeltirilgan auditoriya rahbarining abituriyentlarga eslatmasini o’qib beradi;

abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini titul varaqasi va abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga to’g’ri ko’chirib yozishlari bo’yicha ko’rsatma beradi;

abituriyentning javoblar varaqasi raqamini titul varaqasiga ko’chirib yozganligini tasdiqlash maqsadida titul varaqasining maxsus joyiga imzo qo’yadi.

72. Auditoriya kuzatuvchisi soat 9.00 gacha abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini abituriyentlarning auditoriyalar bo’yicha ro’yxatiga yozdirib, imzo qo’ydiradi.

73. Test sinoviga kelmagan abituriyentlarning savollar kitobi auditoriya rahbari tomonidan ishlatilmagan savollar kitobi paketiga solinib, muhrlanadi va abituriyentlarning auditoriyalar bo’yicha ro’yxatiga test sinoviga kelmagan abituriyent haqida «qatnashmadi» degan yozuv kiritiladi.

74. Auditoriya rahbari test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qiladi va abituriyentlarni o’rinlaridan turishlarini talab qiladi hamda auditoriya kuzatuvchisiga abituriyentlardan test materiallarini yig’ib olish bo’yicha ko’rsatma beradi. Test materiallarini yig’ib olinganidan so’ng auditoriya rahbari savollar kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib, abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyini to’ldirib, imzo qo’yadi hamda abituriyentlarga test materiallarini topshirilganligini tasdiqlash maqsadida mazkur Nizomning7-ilovasi2-shaklida keltirilgan ro’yxatga (ro’yxat ikki nusxada to’ldirilib, bir nusxasi bino bo’yicha vakilga taqdim etiladi) imzo qo’ydirib, ularni abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan auditoriyadan chiqarib yuboradi.

75. Auditoriyadagi barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solinishi uchun auditoriya rahbari va kuzatuvchisi shaxsan javobgar hisoblanadi.

Javoblar varaqasi paketiga quyidagilar solinadi:

testda qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari;

ishlatilmagan javoblar varaqalari;

test sinovidan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan javoblar varaqasi va titul varaqasi;

test materiallarining o’z vaqtida topshirmaganlarni chetlashtirish haqidagi dalolatnoma yelimlangan titul varaqalari;

dalolatnoma yelimlangan holdagi nuqsonli savollar kitobi;

test sinoviga kelmagan abituriyentlarga tegishli titul varaqalari.

76. Auditoriya rahbari titul varaqalari paketiga test sinovida qatnashgan abituriyentlarning titul varaqalari va abituriyentlarning auditoriya bo’yicha ro’yxatini solib, auditoriya kuzatuvchilari va abituriyentlar guvohligida muhrlaydi hamda paket ustidagi ma’lumotlarni to’liq rasmiylashtiradi.

77. Auditoriya rahbari ishlatilgan savollar kitoblarini, ishlatilmagan savollar kitobi paketini, javoblar varaqasi paketini hamda titul varaqlari paketini test materiallari qutisiga soladi, auditoriya kuzatuvchilari va abituriyentlar guvohligida mazkur Nizomning19-ilovasibo’yicha test materiallari qutisini yopish haqida dalolatnomani rasmiylashtiradi va muhrlaydi.

78. Auditoriya rahbari soat 12.40 (ikkita fandan test sinovlari topshiruvchilar uchun soat 11.40)dan kechikmay muhrlangan test materiallari qutisini bino bo’yicha vakilga topshiradi hamda ushbu materiallarni o’z vaqtida topshirganligini tasdiqlatib, ruxsatnomasining tegishli joyiga imzo qo’ydiradi.

7-§. Test sinovlarini o’tkazish

79. Abituriyentlar test sinovlari o’tkaziladigan binoga pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan videokuzatuv orqali tartibli ravishda kiritiladi.

80. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo’nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo’yicha test sinovini topshiradi.

Test topshiriqlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

81. Test sinovi ertalab soat 8.30 da boshlanadi.

Abituriyentlar test sinovlari o’tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o’tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi.

82. Test boshlangandan keyin hyech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari bo’yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.

83. Abituriyent javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo’yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo’qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo’lganda darhol bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi.

84. Abituriyent javoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini ko’chirib yozadi. Shundan so’ng, titul varaqasida ko’rsatilgan ta’lim muassasasining kodi, maxsus kod va tanlov kodini javoblar varaqasiga ko’chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo’yaydi.

85. Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga ko’chirilgan ta’lim muassasasi kodi, maxsus kod va tanlov kodini abituriyentning ta’lim tili, ta’lim yo’nalishi, ta’lim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona ma’lumot bo’lganligi sababli, to’ldirilmagan javoblar varaqasi bo’yicha natija chiqarilmaydi va e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o’zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni yozib, imzo qo’yadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu ma’lumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va test sinovi bo’yicha natija chiqarilmasligiga asos bo’ladi.

86. Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni o’z ichiga oladi. «Matematika (informatika bilan)» fanidan test savollari «Matematika» fani bo’yicha birinchi 30 ta savol, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha oxirgi 6 ta savoldan iborat bo’ladi.

Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

72 savolga — 2 soat;

108 savolga — 3 soat.

Har bir savolga 4 tadan («A», «V», «S», «D») javoblar varianti berilgan bo’lib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o’zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda bo’yashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o’zgartirish mumkin emas).

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi «Belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo’yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo’yalsa yoxud to’liq bo’yalmasa ushbu javobga ball berilmaydi.

To’ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

87. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan to’ldiriladi.

Javoblar varaqasi to’g’ri to’ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto’g’ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko’rib chiqilmaydi.

Javoblar varaqasini to’ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo’shimcha 20 daqiqa ajratiladi.

88. Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Test sinovlari o’tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo’lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, savollar kitobi varag’ini yirtsa abituriyent test sinovlarini o’tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan mazkur Nizomning20-ilovasigamuvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, abituriyent test jarayonidan chetlashtiriladi.

89. Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi, sog’lig’ining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat bo’yicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.

90. Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga bo’yash uchun qo’shimcha berilgan yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni to’xtatib, savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarni bo’yashni boshlashi, qo’shimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to’xtatishi shart.

Abituriyent test savollari yoki test sinovlarini o’tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlari mavjud bo’lganda, test materiallarini topshirganidan so’ng, qabul komissiyasi orqali Davlat test markaziga mazkur Nizomning21-ilovasigamuvofiq ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

91. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abituriyentlar yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach abituriyentlar mazkur Nizomning74-bandidanazarda tutilgan tartibda test materiallarini topshiradi.

III bob. Test sinovlari natijasi bo’yicha berilgan

apellyasiya shikoyatlarini ko’rib chiqish

92. Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyent test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o’n besh kun davomida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga mazkur Nizomning22-ilovasigamuvofiq shaklda yozma tartibda apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellyasiya shikoyati qabul qilinganligi to’g’risida abituriyentga mazkur Nizomning22-ilovasigamuvofiq xabarnoma beriladi.

Apellyasiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi.

93. Apellyasiya komissiyasi tarkibidagi ekspertlardan fanlar bo’yicha ekspertlar guruhi shakllantiriladi.

Apellyasiya komissiyasi apellyasiya shikoyatini ko’rib chiqish jarayonida qabul komissiyasi a’zolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar bo’yicha jalb qilishga haqli.

94. Apellyasiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o’zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

95. Apellyasiya shikoyati ko’rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test sinovida yo’l qo’ygan noto’g’ri javoblari ro’yxati hamda testda tushgan savollar kitobi beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o’zining har bir noto’g’ri chiqqan savoliga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyasiya komissiyasiga taqdim etadi.

96. Apellyasiya shikoyati apellyasiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko’rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o’z tasdig’ini topmagan bo’lsa, apellyasiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyasiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.

97. Abituriyent tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda to’ldirilmagan, shuningdek test sinovidan chetlashtirilgan yoki o’zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyasiya shikoyati ko’rib chiqilmaydi.

98. Apellyasiya shikoyati ko’rilayotgan auditoriyaga abituriyent uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar (lug’at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa, apellyasiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa yoki yordam olsa, auditoriyaga xalaqit bersa, savollar kitobi varag’ini yirtsa, abituriyent apellyasiya shikoyatini ko’rib chiqish tartibini buzgan hisoblanadi va apellyasiya komissiyasi a’zolari tomonidan dalolatnoma tuzilib, apellyasiya jarayonidan chetlashtiriladi va uning e’tirozi qayta ko’rib chiqilmaydi.

99. Apellyasiya komissiyasi qarori bo’yicha ma’lumot O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasiga apellyasiya jarayoni to’liq tugagandan so’ng 5 ish kuni ichida taqdim etadi.

100. Apellyasiya komissiyasining apellyasiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

IV. Yakuniy qoida

101. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, «O’zbekiston temir yo’llari» DAK, Davlat soliq qo’mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK bilan kelishilgan.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550