Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 338 guests and no members online

Facebook

Qabul nizomi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Oliy ta’lim muassasalari qabulni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
3. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi (keyingi o’rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo’yicha ta’lim yo’nalishlari, o’qitish tillari va shakllariga ko’ra alohida o’tkaziladi.
Test sinovlari, shuningdek ularni o’tkazish tartibini belgilash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini o’tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
4. Test sinovlari uch tilda — o’zbek, rus, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tili, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradi. Bunda o’zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o’z arizasiga asosan test sinovlarini o’zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo’nalishlari ro’yxati va test bo’yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo’yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o’qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari o’tilmasdan boshqa chet tillari o’qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o’rniga ko’p balli tizim bo’yicha imtihon topshiriladi.
Oliy ta’limning ayrim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan ta’lim yo’nalishlari ro’yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Ayrim ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlariga qabul ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladigan ta’lim yo’nalishlari ro’yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu ta’lim yo’nalishlariga arizalar ko’rsatilgan tillarda o’rta ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko’rsatilgan tillarda umumiy o’rta ta’lim muassasasini tugatib, akademik lisey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo’lgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko’p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig’indisi shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2012 y., 28-son, 320-modda)
6. Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari o’qitilmagan holda) chet tili sifatida o’qigan abituriyentlar mazkur tildan ko’p balli baho tizimi bo’yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo’yicha esa test sinovlaridan o’tadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham o’qitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud bo’lganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg’ur tilidan ko’p balli baho tizimi bo’yicha imtihon topshiradi.
(6-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yo’nalishi bo’yicha o’qishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qo’llanilmaydi.
Ushbu fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
7. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va ko’p balli imtihonlarni o’tkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oliy ta’lim muassasalariga ko’zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik «Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yo’nalishiga qabul faqat o’rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo’nalish bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi.
10. Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo’limning ta’lim yo’nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo’nalishiga muvofiq o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
II. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
11. Oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o’qishga jo’natish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta’lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
III. Hujjatlarni qabul qilish
12. Oliy ta’lim muassasalarida o’qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Abituriyentlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham), O’zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 20 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.
Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ta’lim yo’nalishi, o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo’qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo’lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo’nalishini ko’rsatishlari hamda test sinovlarini o’tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to’g’ri to’ldirish bilan tanishganligi ko’rsatiladi);
(12-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
o’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086-U — shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo’lim abituriyentlari uchun).
Ariza shakli Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlovdan tashqari o’qishga kirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g’oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Abituriyent arizasida «o’zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman» grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, chin yetim va yetim, «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo’q) qayd etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolar harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug’ilganligi to’g’risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko’rsatiladi.
Harbiy qismlar qo’mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so’ng hujjatlarga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o’rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari 21 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta’lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili ko’rsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni imtiyozga ega bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan qo’shib taqdim etadilar.
IV. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari o’tkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha, test majmualarida fanning o’rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizigacha bo’lgan oraliqda yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo’yicha tushgan norozilik (apellyasiya) arizalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat komissiyasi va Davlat test markaziga oliy ta’lim muassasalari tomonidan 30 iyulgacha taqdim etiladi.
(13-bandning uchinchi va to’rtinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
V. Test sinovlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish
14. Test sinovlari kunduzgi va maxsus sirtqi bo’limlar uchun 1 avgustda o’tkaziladi.
15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo’nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar.
«Jurnalistika», «Xalqaro jurnalistika» va «Nutq madaniyati va notiqlik san’ati» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha bo’lgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar o’tkaziladi.
Test topshiriqlari o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari o’quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
16. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o’z ichiga oladi.
Quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:
a) 72 savolga — 2 soat;
b) 108 savolga — 3 soat.
Majmualar quyidagi fanlar bo’yicha shakllanadi:
1. Ona tili va adabiyoti: o’zbek tili va adabiyoti
2. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
3. Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti
4. Matematika (informatika bilan)
(16-bandning to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
5. Fizika
6. Kimyo
7. Biologiya
8. Tarix
9. Geografiya
10. Chet tili: ingliz tili
11. Chet tili: nemis tili
12. Chet tili: fransuz tili
Matematika (informatika bilan)» fanidan test savollari «Matematika» fani bo’yicha birinchi 30 ta savol, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha oxirgi 6 ta savoldan iborat bo’ladi.
(16-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan o’n sakkizinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini to’g’ri to’ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o’tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o’tkazish mas’uliyati, test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Test sinovi sinov o’tadigan xonada sinovni o’tkazish qoidalari talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda to’g’ri va adolatli o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha shaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.
Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa o’tganda boshlanadi.
Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastasi bo’lgan sharikli ruchka bilan to’ldiriladi.
Javoblar varaqasini to’ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo’shimcha 20 daqiqa ajratiladi.
Javoblar varaqasi to’g’ri to’ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto’g’ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko’rib chiqilmaydi.
Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.
Test sinovlari o’tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo’lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent test sinovlarini o’tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.
(16-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varag’i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi.
Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyent test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o’n besh kun davomida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga yozma tartibda apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega.
(16-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan o’ttizinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
VI. Abituriyentlarni to’lov-kontrakt asosida qabul qilish, o’qish uchun to’lov tartibi va miqdori
17. Abituriyentlarni to’lov-kontrakt asosida qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o’rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to’lov har yili kontrakt shartlarida ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g’oliblarini qabul qilish
18. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston o’quvchi yoshlarini rag’batlantirish choralari to’g’risida» 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish to’g’risida» 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g’oliblari bo’lgan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini taqdirlash tartibi to’g’risidagi Nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o’tkazish to’g’risidagi Nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g’oliblari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo’nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida» 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-sonFarmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bo’lgan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari mos ta’lim yo’nalishlari bo’yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili o’tkaziladigan pedagogika o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining «Tarbiyachi» respublika tanlovi g’olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining «Hamshira» respublika tanlovi g’olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo’yicha respublika tanlovi g’oliblari, «Nihol» mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg’armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yo’nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta’lim yo’nalishlari o’rtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g’oliblarining arizalari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim yo’nalishi, o’quv shakli va tili ko’rsatilgan holda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22 iyulgacha bo’lgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31 iyulgacha g’olib bo’lganlar bo’yicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
VIII. Muddatli harbiy xizmatni o’tagan abituriyentlarni qabul qilish
19. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tasdiqlanganNizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2012 y., 28-son, 320-modda)
IX. Qabul qilish tartibi
20. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to’g’risidagi qarori 15 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 20 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo’yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo’ladi.
To’lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o’qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o’qish uchun kontraktda belgilangan mablag’ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o’tkazilgandan so’ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
To’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish to’g’risida oliy ta’lim muassasasining buyrug’i rasmiylashtiriladi.
X. Yakunlovchi qoidalar
21. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.


Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga
1-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarida yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish
TARTIBI
1. Oliy ta’lim muassasalarida yagona ko’p balli baholash tizimi bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi o’rinlarda — imtihonlar deb ataladi) test sinovlari boshlangunga qadar Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o’tkaziladi.
2. Test sinovlariga qo’shimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan ta’lim yo’nalishlari ro’yxati bo’yicha o’tkaziladi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo’yicha o’qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar bo’yicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko’nikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
4. Imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Sport fanlari bo’yicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo’yicha) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.
5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida fan bo’yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrug’i bilan oliy ta’lim muassasasida tegishli fanlar bo’yicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari bo’yicha tajribali, malakali va mas’uliyatli o’qituvchilar tarkibidan fan bo’yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan bo’yicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa ta’lim muassasalari o’qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yo’l qo’yiladi;
oliy ta’lim muassasasi idoraviy bo’ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan bo’yicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni o’z vaqtida tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;
«Oliy hamshiralik ishi» yo’nalishi bo’yicha imtihon komissiyalarining raislari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda o’tkaziladi;
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan o’rniga qarab belgilangan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizgacha bo’lgan oralig’ida, yagona ko’p balli tizim bo’yicha baholanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2012 y., 28-son, 320-modda)
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qo’yilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta’lim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladigan fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.
Agar imtihon ta’lim yo’nalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar bo’yicha o’tkaziladigan bo’lsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga bo’linadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi. «Oliy hamshiralik ishi» yo’nalishi bo’yicha ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro’yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo’yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihon qaydnomalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan o’z vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
8. Jadval bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qo’yilmaydi.
9. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyasiya) arizalarini ko’rib chiqish uchun appelyasiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.



Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomga
2-ILOVA
O’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ayrim ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarini qabul qilish
TARTIBI
1. Ayrim ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarida, Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda, qabul ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Bu ta’lim yo’nalishiga arizalar faqat umumiy o’rta ta’lim muassasasini yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini ko’rsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
2. Ko’p balli tizim bo’yicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari ko’rsatilgan holda o’qitish tojik, qozoq, turkman va qirg’iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo’nalishlarining ro’yxatini, kasbiy imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
3. Savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga qat’iy muvofiq bo’lishi lozim.
4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda fanlar bo’yicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasasi idoraviy bo’ysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar bo’yicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni o’z vaqtida tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda o’tkaziladi.
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan o’rniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng ko’p ballning 0 dan 100 foizgacha bo’lgan oralig’ida, yagona ko’p balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy ta’lim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar e’tiboriga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon o’tkaziladigan fanlar bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon ro’yxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan bo’yicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
Imtihonlar natijalariga ko’ra, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tasdiqlangan o’rinlar kvotasiga tanlov o’tkazadi.
Test sinovlari topshirilmaydigan ta’lim yo’nalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilinadilar.
(6-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
7. Jadval bo’yicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
8. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy imtihonlar o’tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (appelyasiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona o’tkazilishini ta’minlash bo’yicha shaxsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori va qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.



Oliyta’limmuassasalariningbakalavriatigatalabalarniqabulqilishtartibito’g’risidagi nizomga
3-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalariga ko’zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish
TARTIBI
1. Ko’zi ojizlar toifasiga maxsus maktab-internatlar tomonidan ko’zi ojizlar uchun berilgan yetuklik attestati, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko’zi ojizlar uchun berilgan diplom, o’rta ta’lim (11-sinf bazasida) hujjati yoki akademik lisey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo’lgan ko’zi bo’yicha 1-guruh nogironligi to’g’risida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomasiga ega bo’lgan abituriyentlar kiradi.
(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2012 y., 28-son, 320-modda)
2. Ko’zi ojiz abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish chog’larida kirish imtihonlarini ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi ko’p balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi bo’yicha, an’anaviy uslubda topshiradilar.
3. Fanlar bo’yicha kirish imtihonlarini o’tkazish shakli (yozma yoki og’zaki) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
4. Ko’zi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus mas’ul xodim ajratiladi.
5. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini o’tkazish uchun fanlar bo’yicha komissiyalarni tashkil etadi.
6. Fan bo’yicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga to’la muvofiq holda tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Kirish imtihonlarini o’tkazuvchi komissiya tarkibiga ko’zi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
8. Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari ko’zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari bo’yicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
9. Ko’rsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26 iyulga qadar o’tkaziladi.
10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma’lumotlar 27 iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan abituriyentlar Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan tanlovsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.



Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o’rinlarda Magistratura deb yuritiladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining magistraturalariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi 375-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 1-son, 7-modda)
2. Magistraturaga qabul oliy ta’lim muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Magistraturaga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi (keyingi o’rinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko’ra, to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yo’nalishi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo’yicha) oliy ta’lim yo’nalishlari ro’yxati bo’yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar o’rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar turdosh ta’lim yo’nalishlari ro’yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo’yicha magistrlik mutaxassisligi, o’qitish tili va shakliga ko’ra alohida o’tkaziladi.
4. Kirish sinovlari uch tilda — o’zbek, rus, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o’tkaziladi.
Magistraturada o’qitish tili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul ko’rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradi.
6. Magistraturaga qabul qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy o’quv yili uchun tayinlangan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bo’yicha qabul komissiyasi mas’ul kotibining o’rinbosari tayinlanadi.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo’nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.
II. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida» 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
III. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan o’rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e’lon qiladi.
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma — O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo’lgan holda);
(10-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan to’rtinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
086-U — shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
11. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.
13. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

IV. Kirish sinovlari
14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo’yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
(14-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) bo’yicha sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti asoslari bo’yicha sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).
Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o’zlashtirish ko’rsatkichi (o’zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo’lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
Xalqaro (TOEFL bo’yicha kamida 58 yoki IELTS bo’yicha kamida 5 ball) sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo’yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Magistraturaga o’qishga kirishda eng ko’p (maksimal) to’planishi mumkin bo’lgan ball — 350 ni tashkil etadi.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta’lim yo’nalishining maxsus fanlari;
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti.
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
(15-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 199-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 28-son, 363-modda)
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o’tkazish shakli va fanlar bo’yicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar e’tiboriga yetkaziladi.
Tanlangan mutaxassislik bo’yicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30—50 foizi abituriyentning mutaxassislik bo’yicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish bo’yicha bilimini aniqlashga ajratiladi;
(16-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi 199-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 28-son, 363-modda)
Suhbatdan o’tkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar e’tibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida e’lon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga og’zaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) ko’rib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.
(16-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kursi bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o’tkaziladi.
(17-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o’tkazilishiga qadar, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari bo’yicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
19. Kirish sinovlarini o’tkazish uchun rektorning buyrug’i bilan har bir sinov fanlari bo’yicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar bo’yicha komissiya raislari, oliy ta’lim muassasasining idoraviy bo’ysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
20. Sinov fanlari bo’yicha komissiya tarkibi oliy ta’lim muassasasining yetuk va tajribali professor-o’qituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy ta’lim muassasasining o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
21. Sinov fanlari bo’yicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi mas’uliyat yuklanadi:
kirish sinovlari sifatli o’tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-o’qituvchilarni jalb etish;
komissiya a’zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
22. Fanlar bo’yicha sinovlarni o’tkazish tartibi (o’qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bo’yicha imtihon komissiyasining a’zolari, qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
24. Oliy ta’lim muassasasiga o’qishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig’ma jildlariga tikib qo’yiladi.
O’qishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, so’ng belgilangan tartibda yo’q qilinadi.
25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.
Magistraturaga mutaxassislik bo’yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to’plaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 iyundagi 172-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2014 y., 27-son, 325-modda)
26. Oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda apellyasiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Abituriyent sinov natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyasiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyasiya haqidagi arizani ko’rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
27. Magistraturaga ko’zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomning 3-ilovasigamuvofiq amalga oshiriladi.
V. Abituriyentni to’lov-kontrakt asosida qabul qilish va o’qish uchun to’lov tartibi
28. Magistraturaga to’lov-kontrakt asosida qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilagan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Abituriyentlarni to’lov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish to’g’risida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o’rtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to’lov har yili kontrakt shartlarida ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
VI. O’qishga qabul qilish tartibi
29. Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to’g’risidagi qarori 20 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo’yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo’ladi.
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to’g’risidagi qaroriga muvofiq to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o’qish uchun belgilangan mablag’ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o’tkazilgandan so’ng, oliy ta’lim muassasasining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
VII. Magistraturada o’qish muddati
30. Magistraturada o’qish muddati kamida 2 yil.
VIII. Yakunlovchi qoida

31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550