Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 75 guests and no members online

Facebook

Abiturient eslatmasi

    O’zbekiston Respublikasi ta’lim  
muassasalariga test o’tkazish 
tartibi to’g’risidagi Nizomga 
1- ilova

 

Abituriyentga eslatma
 
     Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
  • ta’lim yo’nalishi, o’qitish tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;
  • o’rta yoki o’rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning  asli; 
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasporti nusxasi, harbiy xizmatga aloqadorligi shaxsan ko'rsatiladi;
  • 3,5x4,5 sm hajmdagi 6 ta rasm;
  • xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa sovrindorlariga o’qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;
muddatli harbiy xizmatni o’tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo’lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi. 
    Maxsus sirtqi bo’limlarga o’rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo’yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo’lgan pedagog kadrlar, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan hujjatlar qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo’limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirmasi talab etiladi. 
    Abituriyent hujjatlari qabul qilingandan so’ng, qabul komissiyasida tashkil etilgan web kamera yoki raqamli fotoapparat orqali  rasmga tushadi. Bu rasm abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Rasmga tushmagan abituriyentga ruxsatnoma va titul varag’i berilmaydi. 
    Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko’rsatadi. 
    Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
    Arizada test o’tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma’lumotga ega yoki ega emasligi ko’rsatiladi.         Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to’g’risida tilxat beriladi.
    Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, 14-modda).
    Test sinovi boshlanishidan 5 kun oldin abituriyent qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o’rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
    Abituriyentlar guruh tartib raqami ko’rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan  3 kun oldin ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
    Kunduzgi, maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari, “Qabul to’g’risidagi nizom”ga asosan, o’zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog’iston Respublikasida) va rus tillarida, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o’tkaziladi (*-bilan ko’rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).
    Test o’tkaziladigan kuni abituriyentlarni bino ichkarisiga kiritish ertalab soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma  va pasportini shaxsan ko’rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o’z guruhlari raqamiga muvofiq raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
    Test sinovlariga mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari  va shpargalkalarni olib kirish taqiqlanadi. 
    Test sinovlari boshlangandan so’ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi. 
    Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo’shimcha test sinovlari o’tkazilmaydi.    
    Abituriyent test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida o’qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.
    Test vaqtida abituriyentlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
savollar kitobi va javoblar varag’ini olgandan so’ng, javoblar varag’i varianti bilan savollar kitobi varianti mosligini sinchiklab tekshirib chiqadi. Savollar kitobining fanlar bo’yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa sabablarga ko’ra to’la nashr qilinmagan o’rinlar yoki betlar bo’lsa, darhol auditoriya rahbariga xabar beradi va nuqsonsiz test savollari kitobi hamda javoblar varag’ini oladi (agar abituriyent soat 9.00 gacha savollar kitobidagi nuqsonlar haqida auditoriya rahbariga xabar bermasa, uning murojaati qabul qilinmaydi). Savollar kitobining tegishli joyiga o’z familiyasi, ismi va sharifini yozib, imzo qo’yadi. Shundan so’ng abituriyent javoblar varag’ining “Abituriyentlar diqqatiga” qismini o’qib chiqadi. 
    Javoblar varag’ini to’ldirishda abituriyent faqat ko’k (havorang) pastali sharikli ruchkadan foydalanadi. Flomaster va siyohli avtoruchka va gelli sharikli ruchkadan foydalanish man etiladi.
    Abituriyent o’zi haqidagi ma’lumotlarni javoblar varag’ining tegishli qismiga titul varag’idan ko’chirib yozadi va imzo qo’yadi. 
    Javoblar varag’i raqamini titul varag’i va ruxsatnomasidagi mos kataklarga ko’chirib yozadi. 
    Pasporti seriyasi va nomerini, maxsus kodini, ta’lim muassasasi kodini va tanlov kodini javoblar varag’ining mos joylariga titul varag’idan ko’chiradi va doirachalarni mos ravishda bo’yaydi.
    Har bir fanning o’z joyiga belgilanishiga e’tibor beradi. Chet tili bo’yicha test topshirayotgan abituriyent mos kelgan tilga tegishli doirachani bo’yashi shart.
    Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanadi. Agar bitta savolga ikki yoki undan ko’p javob belgilansa, ushbu savolga ball berilmaydi. 
    Javoblarni tanlash uchun 108 ta savolga 3 soat, 72 ta savolga 2 soat vaqt ajratiladi.
    Javoblarni tanlash-ixtiyoriy. Abituriyent o’zi tanlagan javoblarini javoblar varag’ining tegishli blokiga mos ravishda ko’chiradi. Buning uchun testga ajratilgan vaqtdan tashqari 20 daqiqa vaqt beriladi.
    To’ldirilgan javoblar varag’i abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjatdir.
    Javoblar varag’ining to’g’ri to’ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir.
    Javoblar varag’ida tegishli doirachalarni noto’g’ri belgilagan, javoblar varag’ini almashtirgan, fan bloklari o’rnini almashtirib bo’yagan, javoblar varag’ining tegishli bloklarida familiyasi, ismi va sharifi, ta’lim muassasasi kodi, maxsus kodi, tanlov kodi, pasport seriyasi va nomerini yozmagan hamda imzo qo’ymagan, titul varag’iga javoblar varag’i raqamlarini yozmagan yoki undagi raqamlarni bo’yagan abituriyentlarning e’tirozi ko’rib chiqilmaydi. 
    Test sinovi tugagunga qadar abituriyentlarning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo’yilmaydi.
    Test sinovlariga abituriyent mikrokalkulyator, lug’at, jadval, kitob, uyali telefon aloqa vositalari va shpargalkalar olib kirgan bo’lsa, test jarayoni davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, boshqa abituriyentlarga yordam bersa va shu kabi boshqa salbiy hollarda abituriyent test sinovlarini o’tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va dalolatnoma tuzilib, u test sinovidan chetlashtiriladi. 
    Test sinovini belgilangan muddatdan oldin tugatgan abituriyent savollar kitobi, javoblar varag’i va titul varag’ini auditoriya rahbariga topshiradi, abituriyentlar ro’yxatidagi o’z familiyasi to’g’risiga testni tugatgan vaqtini yozadi va o’z joyiga borib o’tiradi. Agar u boshqa abituriyentlarga yordam bersa yoki ularni ishlashiga xalaqit bersa, unga ham test sinovidan chetlashtirish haqida dalolatnoma tuziladi va dalolatnoma javoblar varag’iga yelimlanadi. 
    Test sinovidan chetlashtirilganlarning javoblar varag’i o’qilmaydi va unga ball berilmaydi.
    Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so’ng (soat 12.20, 11.20**), auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi. Abituriyentlarning barcha test materiallari: savollar kitobi, javoblar varag’i va titul varaqlarini auditoriya rahbari va kuzatuvchisi yig’ib oladi. Bu vaqtda hamma abituriyent o’z joyida o’tiradi. Test materiallarini topshirishga rozi bo’lmagan abituriyent uchun belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi va uning javoblar varag’i o’qilmaydi. 
    Auditoriya rahbari va kuzatuvchisi test materiallarini sanab qutiga joylashtiradi va qutiga ikki abituriyent ham shaklda belgilangan joyga imzo qo’yadi. 
    Abituriyent javoblar varag’ining tegishli joyini bo’yash bilan auditoriyadagi test jarayonining borishiga o’z fikrini bildirishi mumkin.
     O’tkazilgan test sinovlari bo’yicha hamda fanlar bo’yicha test savoliga e’tirozi bo’lgan abituriyentlarning murojaatlarini ko’rib chiqish maqsadida DTMda murojaatlarni ko’rish komissiyasi (keyingi o’rinlarda - Komissiya) tashkil etiladi.
    Komissiya tarkibiga DTMning mas’ul xodimlari va fanlar bo’yicha ekspertlar kiritiladi.
    Komissiyaning tarkibi DTM direktori tomonidan tasdiqlanadi.
    Test savoliga e’tiroz arizalari komissiya tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab, bir oy davomida ko’rib chiqiladi.
    Test savoliga e’tiroz bo’yicha arizalar abituriyent ishtirokida ko’rib chiqiladi. Arizani ko’rib chiqish jarayonida abituriyentning ota yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ko’rsatgan holda qatnashishga haqli. Abituriyent Komissiyaga pasporti va ruxsatnomasi bilan belgilangan kuni keladi.
    Arizasini ko’rib chiqish jarayonida abituriyentning javoblar varag’i ko’rsatiladi va unga test sinovida yo’l qo’ygan noto’g’ri javoblari ro’yxati bilan birgalikda testda tushgan savollar kitobi varianti nusxasi joyida ko’rib chiqish uchun beriladi.
    Murojaatni ko’rib chiqish natijasi bo’yicha bayonnoma tuziladi va Komissiya a’zolari hamda abituriyent tomonidan imzolanadi.
    Komissiya xulosasi to’g’risidagi ma’lumot O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
    Abituriyent o’z huquqlarini himoya qilishni so’rab boshqa idoralarga murojaat qilishga haqli.
Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550