Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil 

   

 

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 321 guests and no members online

Facebook

Odob-axloq qoidalari

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XO'JALIGI VAZIRLIGI

SAMARQAND QIShLOQ XO'JALIK INSTITUTINING

ODOB-AXLOQ QOIDALARI

       «Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin».

I.A.Karimov

 1-bo'lim. Umumiy qoidalar

1.1. Samarqand qishloq xo'jalik instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda «Qoidalar» deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi, «Ta'lim to'g'risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi qonunlar, «Yoshlar yili», «Barkamol avlod yili» davlat dasturlari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli buyruqlari, Institutning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume'tirof etilgan ma'naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

«Qoidalar" ishlab chiqilishida O'zbekiston Respublikasi ta'limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta'minlashga, ta'lim oluvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli Institutning asosiy funksiyasi ta'lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan. 

1.2. «Qoidalar» Institut Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan co'ng kuchga kiradi va unga o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1.3. «Qoidalar» Institutning ma'muriyati, professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a'zolari)ning Institutga oid o'zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo'lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.

1.4. «Qoidalar»ga rioya qilish Institut jamoa a'zolarining barchasi uchun majburiydir.

1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs «Qoidalar» bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o'z zimmasiga olib imzo qo'yishi shart.

1.6. Institut jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o'zaro munosabatlarda «Qoidalar»dagi ko'rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

 2-bo'lim. Maqsad va vazifalar

2.1. «Qoidalar»ning maqsadi institutda sog'lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro'-e'tiborini asrab-avaylash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko'maklashish, Institutning jamiyatdagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.

2.2. «Qoidalar»ning asosiy vazifalari:

- yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to'g'ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg'oq mutaxassislarni tayyorlash;

- institut jamoa a'zolarining ma'naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;

- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo'ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo'lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko'maklashishdan iborat.

 3-bo'lim.  Jamoa azolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar

3.1. Institutda hamjihatlik, o'zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g'amxo'rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a'zolarining o'zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

3.2. Institutda o'zaro munosabatlarning asosiy tamoyili-bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim, jumladan, jamoa a'zosining so'z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o'zaro munosabatlarda umum e'tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so'zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, diniy e'tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida Institutga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta'lim maskanida tarbiya jarayonga salbiy ta'sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3. Jamoa a'zolarining Institutga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof ko'rsatib turadigan, yelka, ko'krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to'g'nog'ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a'zolari Institutga orasta bo'lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.

3.4. Jamoa a'zosining sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma'naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a'zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so'zlar ishlatishi qat'iy taqiqlanadi hamda Institutda o'zaro «Siz» deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.

3.5. Institut jamoa a'zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig'ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) co'zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o'z so'zini tugatib, boshqasi so'z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.

3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-o'qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o'zlaridan oldin o'tkazib yuborishlari lozim.

3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas'ul shaxs yoki navbatchiga o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko'rsatishi shart.

3.8. Jamoa a'zolari Institut hududida yo'lning o'ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-o'qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo'lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qo'l berib so'rashish istisno bo'lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo'lib qo'l uzatganidan keyingina unga javoban qo'l uzatish mumkin.

3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo'lmagan yoki Institutning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog'iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo'lida foydalanish taqiqlanadi.

3.10. Kompyuterlarda institutga tegishli bo'lmagan ma'lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma'lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ'ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ'ib etish qat'iyan man etiladi.

3.11. O'quv mashg'ulotlariga va ishga hamda jamoa a'zolarining
osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik,
televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz
foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.

3.12. Institut jamoa a'zolari dars mashg'ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga ko'ra o'z vaqtida kelishlari shart.

3.13. Institutda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta'qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a'zosiga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlar o'ynash qatiyan man etiladi.

4-bo'lim. Professor-o'qituvchilar va talabalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro munosabatlari

4.1. Professor-o'qituvchilar va talabalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro munosabatlari «Ustoz-shogird» milliy an'analariga asoslanishi lozim.

4.2.      Professor-o'qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar
o'rinlaridan turib salomlashishlari, so'ngra o'z joylarini egallashlari lozim.

4.3.      Dars mashg'ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.

4.4.      Talaba o'zini nojo'ya harakatlari bilan dars mashg'ulotlariga
xalaqit bersa, professor-o'qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni
xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg'ulotlardan
chetlatishi mumkin.

4.5.      Talabada professor-o'qituvchi bilan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo'lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya'ni:

-professor-o'qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg'ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki o'zaro kelishuv bo'yicha belgilangan vaqtda shug'ullanishini;

-o'zi muloqot qilmoqchi bo'lgan professor-o'qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.

4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o'qituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki o'zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo'lsa, professor-o'qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.

4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o'qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo'pollik, ta'magirlik, professor-o'qituvchining aybi bilan mashg'ulotlar o'tkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) ko'rsatilishi va bu bo'yicha guruhning yagona fikri mavjud bo'lishi shart.

4.8. Professor-o'qituvchi bilan talaba o'rtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo'lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.

5-bo'lim.  Professor-o'qituvchilarning o'zaro munosabatlari

5.1.      Professor-o'qituvchilarning o'zaro munosabatlarida-yagona jamoa, o'zaro hurmat va e'tibor, do'stlik, hamjihatlik, halollik va adolat
tamoyillari amal qilishi lozim.

5.2.      Professor-o'qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga
hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o'zganing intellektual mulkini o'zlashtirib olish, qo'pollik, behayo so'zlar ishlatish, mushtlashish, o'zgalarga ma'naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat'iyan man etiladi.

 

6-bo'lim. Talabalarning o'zaro munosabatlari

6.1.Talabalarning o'zaro munosabatlarida-yagona jamoa, o'zaro hurmat
va e'tibor, do'stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal
qilishi lozim.

6.2.      Talabalar   munosabatlarida   inson   qadr-qimmatiga   hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o'zganing intellektual mulkini o'zlashtirib olish, qo'pollik, behayo so'zlar ishlatish, mushtlashish, o'zgalarga ma'naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat'iyan man etiladi.

 7-bo'lim. Professor-o'qtuvchilarnnng odob-axloqqa oid majburiyatlari

-odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo'lish;

-Institut manfaatlariga zid bo'lgan xatti-harakatlardan o'zlarini tiyish;

-biror-bir noxush voqyea yoki hodisa ro'y bersa, zudlik bilan u haqida ma'muriyatga xabar berish;

-Institut sha'ni va nufuziga dog' tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;

-Institut to'g'risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro'siga ziyon yetkazish uchun yoki o'z manfaatlari yo'lida foydalanmaslik;

-dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy an'analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ'ib qilish;

-yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo'lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban «ommaviy madaniyat» xurujlaridan ogoh etib borish;

-ta'lim oluvchilarni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko'maklashish.

 8-bo'lim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari

            a) Institut hududida:

-hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko'rsatib kirish;

-hududni   ifloslantirmaslik   va   chiqindilarni   faqat   joylardagi urnalarga tashlash;

-ustozlar bilan duch kelganda salom berish;

-o'quv mashg'ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;

-Institut mulki (ko'char va ko'chmas mulki, o'simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;

-kiyinish va o'zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

-mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;

-maishiy tinchlikka rioya qilish;

-narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar iste'mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar hakida tegishli tashkilotlarga o'z vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab bo'lishi alohida qayd etiladi. 

b) auditoriyada:

-uyali aloqa vositalarini o'chirib qo'yish;

-dars vaqtida gaplashmaslik;

-jihozlarga madaniy munosabatda bo'lish, partalarga yozmaslik; 

-qog'oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

-ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

v) umumiy ovqatlanish joylarida:

-taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;

-tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko'rsatish;                   

-ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

-umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya
qilish.

g) axborot resurs markazida:

-ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo'lish; 

-kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish;

-baland ovozda so'zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik; 

-qog'oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; 

-kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

d) talabalar turar joylarida:

-mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;

-elektr-energiyasi,   gaz   va   suv   resurslaridan   tejamkorona   (oqilona) foydalanish;

-sanitariya va gigiyena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;

-talabalar turar joyi «Nizomi» va «Ichki tartib qoidalari»ga qat'iy rioya qilish.

ye) sport majmualarida:

-sport majmuasiga xos bo'lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

-sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo'lish;

-mashg'ulotlardan  keyin  sport  inventarlarini belgilangan  joylarga qayta topshirish;

-sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o'tkazish joylarida:

-o'rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo'lish;

-ommaviy tadbirlar  vaqtida  hushtak chalmaslik,  baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

-uxlab o'tirmaslik, o'rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan
gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.

Shuningdek,

-turli davralarda o'zining namunaviy xulqi va bilimi bilan institut haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

-doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

-Institut manfaati, uning sha'ni va shonli an'analari, obro'si hamda nufuzi to'g'risida qayg'urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish.

 9-bo'lim. Professor-o'qituvchi va talabalar odob-ahloqida man etiladigan holatlar

Professor-o'qituvchiga:

-jamoa a'zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o'zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

-jamoa a'zolari va boshqalar ustidan turli ig'vo, g'iybat va bo'htonlar
uyushtirish;

-talabalar bilan o'z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy
kamchiliklarini muhokama qilish;

-talabalarni asossiz o'quv mashg'ulotlardan chiqarib yuborish;

-o'quv mashg'ulotlarida tijorat reklamasi o'tkazish;

-o'quv mashg'ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

-o'quv mashg'ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

-binolarda ichish va chekish kabilar qatiyan man etiladi.

Talabaga:

-professor-o'qituvchilarga qo'pollik qilish, mashg'ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

-professor-o'qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;

-yolg'on gapirish, g'irromlik yoki professor-o'qituvchilarni chalg'itish
bilan bog'liq har qanday xatti-harakatlar qilish;

-xodimlar va o'z o'rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

-yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-tamoyillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o'zgalarga yordam ko'rsatish;

-boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan toshiriqlar yoki yozma ishlarni o'z nomidan topshirish;

-mashg'ulotlarni o'tkazib yuborish yoki kechikib kelish;

-mashg'ulotlar vaqtida professor-o'qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;

-boshqa talabaning sa'y-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;

-moddiy jihatdan yaxshi ta'minlanganligini turli yo'llar bilan ko'z-ko'z qilish qat'iyan man etiladi.

 

10-bo'lim. Ma'muriyat, professor-o'qituvchilar va xodimlar o'rtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar

10.1.    Ma'muriyat, professor-o'qituvchilar va xodimlar o'rtasidagi munosabatlar, o'zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag'rikenglik, insonparvarlik, g'amxo'rlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

10.2. Ma'muriyat, professor-o'qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo'yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o'tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoyillariga va Institut manfaatlariga zid bo'lgan qarorlar tayyorlanishiga yo'l qo'ymaydi.

10.3. Lavozim darajalari teng bo'lgan xodimlar o'rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng bo'lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o'z vakolatlari doirasida, ma'muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma'qullanadi.

10.4.    Jamoada biror bir masala bilan ma'muriyatga murojaat qilish
tartibi subordinasiya tamoyili asosida tashkil etiladi.

10.5.    Professor-o'qituvchi va xodimning Institutda ma'naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo'yicha tashabbus va g'oyalari rag'batlantiriladi.

10.6. Ma'muriyat professor-o'qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog'idan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.

 11-bo'lim. Rag'batlantirish va chora ko'rish tartibi

11.1.    O'quv yili davomida «Qoidalar»ga to'la rioya qilgan, Institutda yuksak ma'naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a'zolari, fakultet dekani, kafedra mudirlari vabo'lim boshliqlari tavsiyasiga binoan Institut ichki tartib-qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma'naviy rag'batlantiriladi.

11.2. Jamoa a'zolari ushbu «Qoidalar»ni buzganida, Institutning ichki mehnat tartibi qoidalari bo'limlarida keltirilgan holatlar bo'yicha choralar ko'riladi.

Shuningdek, jamoa a'zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta'minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari Institutdagi Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi, «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar va «Ota-onalar» Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a'zosining xulq-atvori to'g'risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig'iniga ma'lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550