Samarqand qishloq xo`jalik instituti 1929 yilda tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning agrar sohasidagi yirik oliy o'quv yurtlaridan biridir. Batafsil

Bizning manzil

Samarqand shahar
Mirzo Ulug'bek, 77-uy
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Ishonch telefoni:
+99866-234-01-00

Ko'zi nuri pastlar uchun sayt versiyasi 

PosterAcademica2

postermind

Hozir saytda 

We have 282 guests and no members online

Facebook

Talabalar turar joylari

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI 1-SON TALABALAR TURAR JOYI КОМЕНДАНТИ

САЙИДХЎЖА МАЛЛАЕВ 

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI

1-SON TALABALAR TURAR JOYI 1978-1979 YILLARDA QURILGAN BO’LIB 300 KISHIGA,  2-SON TALABALAR TURAR JOYI 400 KISHIGA MO’LJALLANGAN.

 Bugungi kunda monitoring natijalariga ko’ra talabalar turar joyida ehtiyoj 700 nafarni tashkil etishini hisobga olsak, 1-sonli talabalar turar joyida hozirgi vaqtda 276 nafar, 2-son talabalar turar joyida 240 nafar talabalar istiqomat qilmoqda. Mavjud talabalar turar joylarida  barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Talabalar xonalariga 2-4 nafardan joylashtirilgan.

    Xonalar  kirish va buyumlarni saqlash, ovqatlanish va dars tayyorlash hamda dam olish xonalariga ajratilgan. Talabalar uchun har bir qavatda oshxona, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, kir yuvish xonasi, hojatxona, gigiyena xonasi tashkil etilgan. Shu bilan birgalikda  har bir qavatda dam olish xonasi ham tashkil etilgan bo’lib, talabalar uchun televizor, shaxmat, shashka, tennis stoli joylashtirilgan.

TTJning 3-qavatida institut axborot resurs markazining kutubxonasi tashkil etilgan.  Kutubxona 4090 ta nusxada kitob va 29 turdagi gazeta, jurnallar bilan ta’minlangan.

    TTJda talabalar bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish maqsadida bir qator davra suhbatlari, seminar-treninglar o’tkazilib borilmoqda.

  TTJda joriy o’quv yilidainstitut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan “Konstitutsiya kuni”,  “Vatan himoyachilar kuni”, “8-mart Xotin-qizlar kuni”, “Navro’z” bayramlariga bag’ishlab bir qator tadbirlar o’tkazilgan bo’lsa, Samarqand viloyati  “Kamolot”  YIH kengashi  qoshidagi ijtimoiy xizmatlar tizimidagi  OITS va giyohvandlikka qarshi kurashish  markazi, O’smirlar dispanseri vrachlari,Institut xotin-qizlar qo’mitasi bilan uchrashuvlar va davra suxbatlari muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

TTJda yashaydigan talabalar xoxishiga ko’ra maxsus til o’rgatish kursi, ijtimoiy fan o’qituvchilarining seminarlari, sportning kurash, stol tennisi, voleybol, karate, qizlar uchun tikuvchilik to’garaklari tashkil etilgan.

TTJda TALABALAR BO’SH VAQTLARINI SAMARALI O’TKAZISHI

                 TTJda TALABALAR BO’SH VAQTLARINI SAMARALI O’TKAZISHI


Institut 1-son talabalar turar joyi 1979 yilda qurilgan bo'lib, 300 kishiga mo'ljallangan bo'lib hozirgi vaqtda 276 nafar talabalar istiqomat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi 11-sonli buyrug'ini Samarqand qishloq xo'jalik institutidagi ijrosini ta'minlash maqsadida institut rektorining 2006 yil 20 yanvardagi «Talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me'yoriy xujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 19-t-sonli buyrug'i chiqarildi.

Ushbu buyruq asosida institutning talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qo'yidagi me'yoriy huquqiy xujjatlari:

 - institutning «Talabalar turar joyi to'g'risida»gi Nizomi;

- talabalar turar joyiga kirish-chiqish tartibi;

- talabalar turar joylarida yashovchilar amal qiladigan ichki tartib qoidalar;

- talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari faoliyatini huquqiy maqomi va qoidalari;

- talabalar turar joylarida faoliyat ko'rsatadigan «Talabalar Kengashi» haqidagi Nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi

 

Talabalarturarjoyida olib boriladigan 6 ta bo’lim va 27 ta banddan iborat Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqilgan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan va ushbu rejaasosida ishlar tashkil etilib borilmoqda.

Institutda talabalarning darsdan bo'sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilish maqsadida «Ma'naviyat-ma'rifat maskani» (rahbari S.Nurbayev), «Zakovat» (rahbari Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sh.Tangirov), «Zulfiyaxonim qizlari» (J.Sayfiddinova), Badiiy xavaskorlik tugaragi (raxbari A.Niyozov) tashkil etilib faoliyat olib bormoqda. 1-qavatida, kompyuter o'rganish markazi (A.Shamsiyev), «Kamolot» YIH boshlang'ich tashkiloti yetakchisi (A.Shamsiyev) faoliyat ko'rsatmoqda.

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

Biz haqimizda | Yangiliklar | E'lonlar | Fakultetlar | Kafedralar | Markaz va bo'limlar

Bizning hamkorlarimiz:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550