Talabalar uchun yo'riqnoma

Talabalar uchun yo'riqnoma
 

Siz, talabalikning dastlabki kunlaridan boshlab:

1. Ta'lim jarayonida domlalaringiz berayotgai bilim, malaka va ko'nikmalarni qunt bilan o'zlashtirib boring;

2. Kitoblar, manbalar bilan ishlash, ularni konspektlashtirish, o'z oldingizga murakkabroq muammolarni qo'yish va ularni yecha olish mahoratini egallang;
3. O'zingizda mustaqil, ijodiy fikr yuritish ruhiyatini, o'z fikringizni mutlaqo mustaqil, ravon, go'zal va lo'nda ifoda etish malakasini shakllantiring;

4. O'zingizda batartiblik, mas'uliyat, javobgarlik, ijtimoiy faollik hissini uyg'otishingiz lozim;

5. Ahloqan pok, madaniyatli, jismonan chiniqqan bo'lmog'ingiz lozim. 

Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi chaqiriqlarini siz qalbingizga jo qilib oling:

 -bizning yurtimizda yashayotgai har bir inson o'z taqdirini Vatan taqdiri bilan chambarchas bog'lagan holda kurashishi va mehnat qilishi lozim!
 -butun kuch-g'ayratini ona-yurtga, uning buyuk kelajagiga baxshida etish kerak!

-  aziz Vatanimizni asrash va yuksaklikka ko'tarish darkor 

-  Vatan oldida insoniy va fuqarolik burchini vijdonan ado etish lozim!

Qo'lingizdagi mazkur kitobcha yoki hozirgi sharoitda leksiyalar kursi deb nomlanadigan risola Sizga ilm sirlarini bilib olishda, zamonaviy buxgalter mutaxassisligini egallashda ko'maklashadi. Uni qunt bilan o'qing va mag'zini chaqing.

To'liq matni

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов