Samarkand agricultural institute was established in 1929. The institute is one of Central Asia's largest institution of higher education in the field of agriculture.More

Our address

Samarkand city
Mirzo Ulugbek st, 77
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Helpline:
+99866 2340100

PosterAcademica2

postermind

Who is... 

We have 62 guests and no members online

Facebook

Information Resource Center

TASHMANOV HASAN NOMOZBOYEVICH

ARM direktori

     

ALOQA MA'LUMOTLARI: 
Mirzo Ulug'bek -77. 140103. 
Samarqand O'zbekiston. 
Tel: +998933458705: +998944248787 
Fax: +998662340786 
Qabul kunlari: 
Har kuni 15:00 - 17:00 gacha.

Tashmanov Hasan Nomozboyevich 1987-yil, 26-fevralda Samarqand viloyati, Payariq tumanida, tug'ilgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan. 2012-yil 10-iyuldan boshlab SamQXI ARM direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 
O'zbekiston qishloq xo'jaligi instituti ilmiy kutubxonasi 1930-yil tashkil topdi. O'sha paytda kutubxona 155 ta kitobxonga ega bo'lgan, kitoblar 3 ta kitob javoniga joylashgan. 1937-yilga kelib kutubxonaning a'zolari 627 nafarga, kitob fondi esa 31958 nusxaga yetgan. Ilmiy kutubxona 1966-yilda, yangi zamonaviy 3 qavatdan iborat maxsus qurilgan binoga ko'chirilgan. Unda keng va yorug 'o'quv zallari, kitobxonlarga xizmat qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2006-yil 20 iyundagi "Respublika aholisining axborot kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida" gi qaroriga muvofiq kutubxona "Axborot resurs" markazi deb tashkil etildi. 
Davlatimiz rahbari bugungi va ertangi tarraqqiyotimiz, o'z oldimizga qo'ygan o'ta muhim va dolzarb vazifalarning amalga oshirilishi, avvalambor, farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo'lib, hayotdan o'ziga munosib o'rin topishiga bog'liq ekani haqida to ' xtaldi.

2012-yilga yurtimizda "Mustahkam oila yili" deb nom berilishi bilan davlat idoralari, nodavlat va ijtimoiy tashkilotlar, xayriya jamg'armalari bilan birgalikda ishlab chiqilib qabul qilinadigan dasturda ayni shunday ezgu tushuncha, orzu-intilishlarimiz o'z ifodasini topdi. 
Ongli yashaydigan har bir odam yaxshi anglaydiki, bu yorug 'olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, hayot abaydiligi, bebaho ne'mat bo'lmish farzand bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha kelajagini o'ylab, ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. 
Institutda talabaning kitobga bulgan ehtiyojini o'rganib chiqqan holda kitob fondini boyitib borish yulida harakat qilinmoqda. Kitob zaxirasida 2012-yili holatiga ko'ra (626862) 571588 nusxani tashkil qiladi. Yangi olingan adabiyotlar 1825 nusxada (304 nomda). Oynoma va ro'znomalar 10459276 so'mni tashkil qiladi. 
Darsliklar - 209720 
Umumiy siyosiy- 50120 
Ilmiy- 179193 
Institut resurs markazida 6 ta bo'lim va ularga qarashli 4 sektorlar mavjud. Ushbu bo'limlar hamma toifadagi kitobxonlarga, birinchi navbatda talabalar, aspirantlar va professor-o'qituvchilarga xizmat qiladi.Markaz tarkibida quyidagi bo'lim va sektorlar mavjud: 
Bo'limlar: 
1. Qabul qilish, butlash va kataloglash bo'limi. 
2. Marketing va axborot xizmat ko'rsatish bo'limi. 
3. Axborot texnologiyalar bo'limi. 
4. Ilmiy-uslubiyat bo'limi. 
5. Fondlarni saqlash bo'limi. 
6. Adabiyotlar va elektron axborot-resurs bo'limi xizmati 
Sektorlar: 
1. Birinchi qiroatxona sektor abonamenti. 
2. Ikkinchi qiroatxona sektor abonamenti. 
3. Badiiy kitoblar tarqatish sektor abonamenti. 
4. Vaqtli matbuot tarqatish sektor abonamenti. 
5. Chet tili adabiyotlari sektor abonamenti. 
6. 1 ta ma'naviyat va ma'rifat xona. 
2012-yil holatiga ko'ra kitobxona o'quvchilarning soni kitobxonlik abonamenti bo'yicha hammasi bo'lib, 89514 nafar kishi tashkil qiladi.

Shulardan:

Kunduzi o'qiydigan talabalar soni - 3980 nafar. 
Magistraturada o'qiydiganlar soni - 85 nafar. 
Aspiranturalar va tajriba muddatini o'tayotgan o'quvchilar soni - 22 nafar 
Professor-o'qituvchilar soni - 300 nafar. 
Har xil xizmatchilar soni - 643 nafar. 
Kutubxonalar aro o'qituvchilar soni - 980 nafar. 
O'quv yordamchilar soni - 81 nafar; 
Markaz xodimlari kitobxonlarga xizmat ko'rsatish maqsadida hamma vaqt yangi uslubda izlanish choralarini topishga harakat qiladilar.Masalan, 2012-yilda qabul qilingan barcha talabalar uchun ham, markaz xodimlari uchun ham qo'lay uslubdir. Yangi o'quv yili boshlangach barcha bosqich talabalari tasdiqlangan fakultetlar jadvali va chiqarilgan farmoyishlari asosida darsliklar va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlanadi.Markaz fondidan faqatgina institut talaba-o'quvchilari va xodimlari foydalanmasdan, balki barcha toifadagi oliy o'quv yurtlari talabalari, ilmiy tekshirish muassasalari, kollej, xodimlari, viloyat va tumanlarda kelgan barcha muhandis xodimlar ham foydalaniladilar. 
2012-yilda "Karmat" programmasiga 500 (besh yuz) nusxa kitob kiritildi.


Axborot texnologiya bo'lim


Hozirgi kunda oldimizda turgan asosiy vazifa "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi" asosida kom'pyuterlarni sonini ko'paytirish, video, axborot jamlangan, slaydlar to'plami diopozitivlardan iborat fonetika, noyob va kam sonli adabiyotlarning elektron versiyalarni tayyorlash, nusxa ko'chirish xizmatini jadal yo'lga qo'yishdan iborat. Axborot texnologiyalar bo'limining fondi 6051 ekz. tashkil etdi. 
1. Darsliklar - 2469 ta; 
2. O'quv qo'llanmalar - 2522 ta; 
3. Multimediya - 21 ta; 
4. Ma'ruza matnlar - 899 ta; 
5. Laboratoriya ishlari - 140 ta; 

 

Ularning 4800 tasi krill, 1141 tasi lotin alifbosida va 110 tasi rus tilida tayyorlangan. 8065 ta kitobxon foydalangan, ulardan: 2314ta o'qituvchilar va 5751 ta talabalardir. 37634 elektron adabiyot berildi.Ulardan 11572 ta o'qituvchi va aspirantlar, 26062 ta talabalar foydalanganlar.

Axborot resurs markazida 46 ta zamonaviy kompyuter, kseroks-1ta, printer 2 ta, skaner 2 ta, rezak, laminator, audiomagnitofon, videomagnitofon,, televizor bor. Shundan 10 tasi ARM da joylashgan bo'lib, ular 1 kompyuter sinfini tashkil qiladi va 12 tasi 2 kompyuter sinfini tashkil qiladi. Ulardan bittasiga yangi adabiyotlar haqida, o'quv adabiyotlar bilan ta'minlanganlik to'g'risida, obuna haqida ma'lumotnomalar bazasi kiritilgan.Biznes, gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, texnologiya fanlari va tibbiyot fanlari bo'yicha 403 ta elektron kitoblar mavjud. 
2012-yilda ARM o'quv zaliga 20 ta kompyuter joylashtirilib INTERNET tarmog'iga ulangan va "Karmat" programmasi asosida ishlamoqda.

Markazlararo abonement xizmati

Ushbu sektor asosan Samarqand viloyati miqyosida xizmat turini amalga oshirdi, ya'ni u buyurtmalar olish va ular asosida kitoblarni jo'natish (berish) bilan shug'ullandi. Chetdan kelgan kitobxonlarga adabiyotlar asosan hujjatlar asosida berildi.Masalan, SamDChTI, ilmiy tekshirish institutlari, SamDU, SamMI, SamISI va boshqa oliy o'quv yurti va kollej xodimlari pasport bo'yicha foydalandilar. Hammasi bo'lib 254 632 kitobxonga nusxa kitob berildi. Kitobxonlarning asosiy qismi talabalardir.

ARM hozirgi kunga qadar quyidagi mukofotlarga sazovor bo'lgan.

1. Butunittifoq jamoa ko'rigida faol qatnashganligi, kutubxona ishini tashkil qilish va kitoblar targ'ibotidagi muvaffaqiyati uchun kutubxona I - darajali Diplom bilan taqdirlandi. Moskva. 
2. Butunittifoq Markaziy ko'rik - tanlov komissiyasi SamQXI kutubxonasini Butunittifoq ko'rik - tanlovidagi muvaffaqiyatlari uchun Qishloq xo'jalik Vazirligining "Faxriy yorlig'i" bilan mukofotlandi. Moskva 1981-yil. 
3.Qishloq xo'jalik Vazirligi SamQXI kutubxonasini Butunittifoq qishloq xo'jalik kutubxonalari ko'rigida g'olib chiqqanligi uchun "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi. Moskva 1978-yil. 
4. SamQXI kutubxonasi Butunittifoq kutubxona ishlari bo'yicha ko'rikda g'olib chiqqanligi uchun I - darajali Diplom bilan taqdirlandi. Moskva. 
5.SamQXI ilmiy kutubxonasi Butunittifoq kutubxona ishlari bo'yicha ko'rikda g'olib chiqqanligi uchun "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi. Moskva 1970-yil. 
6. SamQXI ilmiy kutubxona jamoa sosialistik musobaqada g'olib chiqqani uchun SamQXI rektori, kasaba uyushmasi va partiya komiteti tomonidan "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi. Samarqand 1984-yil. 

 

7. Respublika tashkiliy qo'mitasi Butunittifoq ko'rik - tanlovda yaxshi natijalarga erishgan uchun SamQXI ilmiy kutubxonasini Diplom bilan taqdirlandi.Samarqand. 
8. O'zbekiston Madaniyat Vazirligi Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining Respublika qo'mitasi SamQXI ilmiy kutubxonasini Respublika kutubxonalari ko'rigida g'olib chiqqanligi uchun Diplom bilan taqdirlanadi. O'zbekiston. 
Xorijiy kutubxonalar bilan hamkorlik qilishda Tasis - Tempus proyekti bo'yicha kutubxona xodimlari 2001-yil noyabr oyida kutubxona direktori N.Xodjakulova va uslubchi G.Abduraxmonova, 2002-yil oktabr oyida kutubxona direktori muovini E.Kan va kom'pyuter operatori G.Sanayev Germaniyada Hoehenhaem universitetiga malaka oshirish maqsadida xizmat safariga borib kelishgan. Eng avvalo ular Hoehenhaem universitetidan Markaziy kutubxona va direktori janob Hortsman bilan tanishdilar. Janob Hortsman ularga kutubxonaning barcha eng muhim kitoblari, jurnallari, eng qimmatbaho, milliy boyliklari bilan tanishtirdi. Janob Apple bilan 4 kun «Internet Elektnon katalog» haqida ma'lumot olishdi. 
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog'ini tashkil qilishni takomillashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodning intellektual extiyojlarini qondirishga, ma'daniy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yunaltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir.

 

Популярные краски для мастики и как их наносить
Посмотреть классные триллеры лучшие всех времен и народов

About us | News | Ads | Faculties | Chairs | Departments and Centers

Our partners:

                                                      

#fc3424 #5835a1 #1975f2 #2fc86b #fsmac9 #eef8239 #241013141550